Yungli lola
Yungli lola (lotincha: Tulipa lanata) — loladoshlar oilasi, lola turkumiga mansub, koʻp yillik piyozchali oʻsimlik. Birinchi marta 1884—yilda nemis-rus botanigi Eduard Lyudvigovich Regel tomonidan tasvirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida tarqalgan[1].
Yungli lola | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklar |
Sinf: | Bir urugʻpallalilar |
Turkum: | Lola |
Oila: | Loladoshlar |
Binar nomi | |
Tulipa lanata |
Tavsifi
tahrirBalandligi 15-40 sm ga yetadigan koʻp yillik, piyozchali oʻsimlik. Quyosh nuri yetarli bo‘lganda yaxshi o‘sadi. Piyozboshisi tuxumsimon shaklda, diametri 4 sm, tashqi qobigʻi yupqa charmsimon qoʻngʻir rangli, ichki tomoni qalin uzun tuklar bilan qoplangan. Bargining soni 4-5 ta, chetlari egri-bugri, uzunchoq lansetsimon shaklda. Guli ikki jinsli, yakka joylashgan diametri 5—6 sm, gultojibarglari qizil, asosi qoʻngʻir yoki qora, oq—sariq hoshiyali. Changchi iplari qisqa, tubi qora, uchburchak shaklda, changdonlari qizgʻish qora, tub qismi oq rangda. Aprel may oylarida gullab, iyun oyida meva beradi. Mevasi — yashil yoki jigarrang tusdagi koʻsak meva. Urug‘i va piyozchasidan koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
tahrirTabiatda yakka yoki kichik guruhlar hosil qilib oʻsadi. Hisor tizmasidagi Surxondaryo havzalarida, Koʻhitang, Boysuntogʻ va Bobotog‘da tarqalgan. Togʻlarning pastki qismidagi unumdor tuproqlarda, toshli yonbagʻirlarda hamda ochiq ola jinsli tuproqlarda oʻsadi. Gul va piyozchalarning koʻplab yigʻib olinishi va oʻsimlik oʻsadigan hududlarda chorva mollarining koʻplab boqilishi populyatsiyaning kamayishiga sabab boʻlgan. 1954—yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bogʻida oʻstirib kelinmoqda[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Тюльпан шерстистый - Tulipa lanata - Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.