Zaltikat
Zaltikat — Toshkent viloyatining Zangiota qishlogʻi oʻrnida boʻlgan qadimgi shahar xarobasi (VI asr—XV asrlar). Zaltikat Binkatdan Samarqandga boradigan savdo yoʻlidagi dastlabki yirik markaz boʻlgan (Istaxriy). Zaltikat katta tepa (220×400 m²) va uning janubi-sharqida joylashgan ikki kichik tepadan tashkil topgan. Katta tepaning shimoli-sharqiy burchagida ark (200 m²) joylashgan. Uning qalin devori (1,5 m) xom gʻishtdan (40×40×10×14 kub sm) ishlangan boʻlib, 5 m gacha balandlikda sakdangan. Turar joy qoldiqlari, sopol idishlari, taqinchoqlar topilgan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |