1-yanvar
1-yanvar — Grigoriy taqvimida yilning 1-kuni. Yil yakuniga 364 (kabisa yilida 365) kun qoladi.
← yanvar → | ||||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
29 | 30 | 31 | ||||
2024-yil |
Oʻrta Asrlar davomida koʻplab davlatlar Xristian Cherkovi taʼsiri ostida yil boshini biror-bir muhim Xristian bayramlaridan biriga oʻtkazishga majbur boʻlgan. Masalan: 25-dekabr, 1-mart, 25-mart va hattoki Pasxaga. Sharqiy Yevropa davlatlari esa pravoslavlik tufayli yil boshini 988-yildan boshlab 1-sentyabr deb qabul qilishgan.
Angliyada 1-yanvar Yangi Yil bayrami sifatida nishonlangan, lekin 12-asrdan 1752-yilga qadar yil 25-martdan boshlangan. Buning natijasida ingliz Parlamenti arxividagi hujjatlarda Karl I qatl etilgan kun 1648-yilning 30-yanvari deb yozilgan, hozirgi olimlar esa Karl I qatl etilgan kunni 1649-yil 30-yanvar deb qabul qilishgan.
Koʻplab gʻarbiy Yevropa davlatlari yil boshini 1-yanvarga Grigoriy taqvimiga oʻtilmasidanoq koʻchirishgan. Masalan: Shotlandiya 1600-yilda 1-yanvarga oʻtgan. Angliya, Irlandiya va britan koloniyalari yil boshini 1752-yil 1-yanvarda oʻzgartirishgan. Keyinroq shu yili sentyabrda Grigoriy taqvimiga Britaniya va britan koloniyalarida oʻtildi. Bu ikki islohot 1750-yilgi yangicha taqvim qonuni orqali bajarilgan.
Davlatlarda 1-yanvar yil boshiga aylanishi yillar tartibi bilan:
- 1522 Venetsiya Republikasi
- 1544 Muqaddas Rim imperiyasi (Germaniya)
- 1556 Ispaniya, Portugaliya
- 1559 Prussiya qirolligi, Shvetsiya
- 1564 Fransiya
- 1576 Janubiy Niderlandlar
- 1579 Lotaringiya
- 1583 Niderlandiya birlashgan provinsiyalari (shimoliy)
- 1600 Shotlandiya
- 1700 Rossiya
- 1721 Toskana
- 1752 Buyuk Britaniya va uning [[Britaniya imperiyasi|koloniyalari.
Bayramlar
tahrirYana qarang: Turkum:1-yanvar bayramlari
Voqealar
tahrirYana qarang: Turkum:1-yanvar voqealari
Milodgacha
tahrir- Mil. av. 153 — Qadimgi Rimda yillik konsullikning boshlanishi 1-yanvarga koʻchiriladi.
- Mil. av. 104 — Rim konsuli Gaius Marius Numidiyaning asir etilgan shohi Jugurthani Rim boʻylab aylantirdi.
- Mil. av. 45 — Yuliy taqvimi birinchi marta kuchga kiradi.
XVIII-asrgacha
tahrir- 49 — Kichik Agrippina Claudiusga turmushga chiqdi.
- 1515 — Fransisk I voris qoldirmagan qaynotasi Lyudovik XIIdan soʻng fransuz qiroliga aylanadi.
- 1622 — Paplik devonxonasi yilni 1-yanvardan boshlashga qaror qiladi.
- 1660 — Samuel Pepys „Kundaliklar“ni yozishni boshlaydi.
XVIII-asr
tahrir- 1751 — Denis Diderot va Jean le Rond d'Alembertlarning mashhur ensiklopediyasining birinchi tomi chop etildi.
- 1785 — Eng eski kunlik London gazetasi „The Daily Universal Register“ning birinchi soni chiqdi (Nomi 1788-yilda „The Times“ga oʻzgaradi).
- 1788 — Ingliz gazetasi „The Times“ chop etila boshladi.
- 1793 — Buyuk fransuz inqilobi davrida Konvent dekretiga muvofiq „Milliy qoʻriqlash qoʻmitasi“ tuzildi.
XIX-asr
tahrir- 1801 — Palermolik astronom Giuseppe Piazzi ilk asteroid — Sererani kashf qiladi. Hozirda Serera asteroid deb hisoblanmaydi.
- 1801 — Irlandiyada navbatdagi qoʻzgʻolondan soʻng irland parlamenti bekor qilinadi.
- 1804 — Gaitining mustaqilli eʼlon qilinadi.
- 1806 — Fransiyada respublika taqvimining ishlatilishi toʻxtatildi.
- 1813 — rus armiyasining yurishi boshlandi.
- 1863 — Abraham Lincoln qullarni ozod etish haqidagi manifestni nashr qiladi.
- 1886 — Angliya Birmani bosib oladi
- 1887 —
- Buyuk Britaniya qirolichasi Victoria Hindiston imperatori deb eʼlon qilinadi.
- Sherlok Holms toʻgʻrisidagi birinchi kitob — Qizil rangli etyud chop etildi.
- Buyuk Britaniya qirolichasi Victoria Hindiston imperatori deb eʼlon qilinadi.
XX-asr
tahrir- 1905 — Libertadores kubogi soni boʻyicha rekordchi Argentina klubi „Independente“ga asos solindi.
- 1909 — Buyuk Britaniyada ilk nafaqa toʻlovlari amalga oshirildi.
- 1912 — Nankinda Xitoy respublikasining eʼlon qilinishi.
- 1919 — Belorus SSRining tashkil topishi.
- 1925 — Norvegiya poytaxti Xristianiya nomini Osloga oʻzgartiradi.
- 1930 — Misrda Vafd Nahas-posho milliy partiyasi gʻalabasidan soʻng hukumat tuzildi.
- 1934 — Alkatras rasman AQShning federal qamoqxonasiga aylanadi.
- 1935 — Turkiyada unvonlar bekor etilib, familiyalar kiritildi.
- 1940 — SSRI Rimdagi antisovet chiqishlar sababli oʻz konsulini Italiyadan chaqirtirib oladi.
- 1942 — 26 davlat Vashington Deklaratsiyasini imzolab, antigitler koalitsiyasini tuzishdi.
- 1946 — Yaponiya imperatori Xirohito oʻzining ilohiy statusidan voz kechdi.
- 1947 — Churchill SSSRning temir pardasi haqida Fulton nutqini soʻzlaydi.
- 1956 — Sudan Misr va Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishadi.
- 1958 — Yevropa iqtisodiy ittifoqi oʻz ishini boshladi.
- 1959 — Fidel Kastro boshchiligidagi inqilobiy askarlar Kuba poytaxti Gavanaga kirishdi. Diktator Fulgencio Batista hukumat tepasidan agʻdarildi.
- 1960 — Isroil kichik pul islohoti amalga oshirildi. Bir isroil lirasi 1000 prutot oʻrniga 100 agorotga oʻzgardi.
- 1970 — Unix davri boshlandi.
- 1973 — Buyuk Britaniya, Irlandiya va Daniya Yevropa ittifoqiga qoʻshiladilar.
- 1983 — ARPANET asosiy protokolini NCPdan TCP/IPga oʻzgartiradi, buning natijasida zamonaviy internet kelib chiqadi.
- 1984 — Bruney mustaqillikka ega boʻladi.
- 1992 — Serbiya va Xorvatiya BMT qoʻshinlarini mintaqada joylashtirilishiga rozi boʻladilar.
- 1993 — Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiyaga boʻlinib ketadi.
- 1995 — Avstriya, Finlandiya va Shvetsiya Yevropa ittifoqiga qoʻshiladilar.
- 1999 — Yevro naqd boʻlmagan toʻlovlarga kiritiladi.
XXI-asr
tahrir- 1993 - Slovakiya Respublikasi tashkil topdi.
- 1995 - Shvetsiya, Finlandiya va Avstriya Yevropa Ittifoqiga qoʻshildi. Ittifoqqa a’zo davlatlar soni 15 taga etdi. Shengen shartnomasi hayotga joriy etildi.
- 2002 — Yevro naqd toʻlovlarga kiritiladi.
- 2007 — Bolgariya va Ruminiya Yevropa ittifoqiga qoʻshildilar.
- Sulavesi osmonida Boeing-737 uchoqi xalokati roʻy berdi.
- Sloveniya yevro zonaga kirdi.
- Pan Gi Mun BMTning 8-bosh kotibiga aylandi.
- 2009
- Slovakiya yevro zonaga kirdi.
- Norvegiyada bir jinsli turmush toʻgʻrisidagi qonunlar kuchga kirdi.
- 2011
- Estoniya yevro zonaga kirdi.
- 2013 — Abijandagi (Kot-dʻIvuar) stadionda yangi yil mushakbozligi boshlanganidan soʻng tiqilinch boshlandi. 60dan koʻp kishi vafot etdi.
Tavalludlar
tahrirYana qarang: Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar
XIX-asrgacha
tahrir- 1431 — Rodrigo di Borgia, yaʼni Papa Alexander VI.
- 1449 — Lorenzo de Medici (vaf. 1492), Florensiya hukmdori, rassomlar va adiblar himoyachisi.
- 1467 — Zygmunt I Stary, Litva knyazi, Polsha qiroli.
- 1484 — Ulrich Zwingli (vaf. 1531), Shveysariya Reformatsiyasining faoli, svinglianchilikning asoschisi.
- 1557 — Istvan Bockai, Transilvaniya knyazi.
- 1618 — Bartolomé Esteban Murillo (vaf. 1682), ispan musavviri.
- 1714 — Kristijonas Donelaitis (vaf. 1780), Litva badiiy adabiyotining asoschilaridan biri, shoir, lyuteran pastor.
- 1767 — Maria Edgeworth (vaf. 1849), irland yozuvchisi, bolalar uchun didaktik hikoyalarning muallifi.
XIX-asr
tahrir- 1815 — Charles Bernard Renouvier (vaf. 1.09.1903), faylasuf, fransuz neokantianligining yetakchisi.
- 1819 — Arthur Hugh Clough, shoir, Matthew Arnoldning doʻsti.
- 1823 — Sándor Petőfi (vaf. 1849), vengr shoiri.
- 1854 — James George Frazer (vaf. 1941), ingliz olimi, din tarixining tadqiqotchisi.
- 1863 — Pierre de Coubertin (vaf. 1937), baron, zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi.
- 1863 — Rūdolfs Blaumanis (vaf. 1908), latish yozuvchisi.
- 1864 — Alfred Stieglitz (vaf. 1946), fotosanʼatning amerikalik ustasi va nazariyachisi.
- 1879 — Edward Morgan Forster, ingliz yozuvchisi.
- 1887 — Wilhelm Kanaris (vaf. 1945), nemis admirali, aygʻoqchi.
- 1895 — John Edgar Hoover (vaf. 1972), amerikalik kriminalchi, advokat, siyosiy arbob, FBI asoschisi.
- 1898 — Viktor Ullmann (vaf. 1944), chex bastakori, dirijyor.
- 1899 — Juozas Antano Tallat-Kljapsha (vaf. 1949), Litva bastakori, dirijyor, musiqiy-ijtimoiy arbob, Litva sanʼatlarining xizmat koʻrsatgan arbobi.
1999-yil 1-yanvarda Ilyosbek Usmonov tugʻilgan hozirda 22 yoshda
Vafot etganlar
tahrirYana qarang: Turkum:1-yanvarda vafot etganlar
XX-asrgacha
tahrir- 1560 — Joachim du Bellay (t. 1525), fransuz shoiri.
- 1748 — Iogann Bernulli (t. 1667), shveysar matematiki va mexaniki, Differensial tenglama teoriyasi, geometriya va mexanikaga hissa qoʻshgan.
- 1817 — Мартин Генрих Клапрот (t. 1743), olmon kimyogari. uran, tsirkoniy, titan, tellur elementlari va polimorfizm hodisasini kashf qilgan.
- 1894 — Henry Rudolph Gerz (t. 1857), olmon fizigi.
XX-asr
tahrir- 1931 — Мартин Beyering (t. 1851), golland mikrobiologi va botanigi. Ekologik mikrobiologiya asoschilaridan biri. Virusologiya asoschisi, birinchi marta „virus“ atamasini taklif qilgan.
- 1953 — Hank Williams (t. 1923), amerikalik kantri musiqasi ijrochisi.
- 1984 — Alexis Corner (t. 1928), ingliz blyuz qoʻshiqchisi. Mik Jagger va Charley Watts („The Rolling Stones“), Ginger Baker va Jack Bruce („Cream“), Robert Anthony Plunt („Led Zeppelin“) va boshqa koʻplab qoʻshiqchilarni tanitgan.
- 1992 — Grace Hopper (t. 1906), amerikalik kompyuter mutahasisi va harbiy, kontr-admiral, AQShdagi birinchi kompyuter — Mark Ini yaratish ustida ishlagan. Tarixdagi birinchi COBOL dasturlash tilining kompilyatorini yaratgan.
- 2000 - Venesuela yangi nom bilan Venesuela Bolivarcha Respublikasi deb ataldi.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ days.peoples.ru (Wayback Machine saytida 2006-07-15 sanasida arxivlangan) (rus.)