Abduqodir Toshkulov

Abduqodir Hamidovich Toshqulov
(Abdukodir Toshkulovdan yoʻnaltirildi)

Davlat arbobi

Toshqulov Abduqodir Hamidovich Davlat arbobi
 Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari
 
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-avgust 1976-yil (1976-08-29) (48 yosh)
Surxondaryo viloyati Boysun tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumoti Termiz universiteti
Mukofotlari

Abduqodir Hamidovich Toshqulov (1976-yil 29-avgust, Surxondaryo viloyati Boysun tumani) – Termiz davlat universiteti rektori.

Tarjimai holi

tahrir

Taʼlim

tahrir

1998-yil Termiz universitetini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

tahrir

Oʻqishni tamomlagach, universitetning moliya va soliq tizimi kafedrasida oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi vazifalarida ishlagan. 2002—2004-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan. 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi vazifasidan boshlagan. 2010-yilgacha ushba lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham davom ettirib, oʻrindoshlik asosida Termiz universiteti moliya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan. 2010-yildan boshlab mamlakat siyosiy hayotidagi jarayonlardagi ishtirokini boshlagan. 2010—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi, 2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatidada faoliyat koʻrsatgan. 2017—2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga tayinlangan[1].
2022-yildan boshlab Voleybol Federatsiyasi rahbari va 2023-yil 1-noyabrdan Termiz davlat universitetiga rekrot sifatida faoliyat yuritgan[2][3].

Ilmiy-pedagogik faoliyati

tahrir

Oliy taʼlim tizimida oʻqituvchi vazifasidan rektor lavozimigacha ishlagan. Termiz davlat universitetida moliya va soliq tizimi kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi (1998 – 2020 yy.), iqtisodiyot-moliya fakulteti dekani oʻrinbosari (2004 – 2005 yy.), moliya kafedrasi mudiri (oʻrindoshlik asosida, 2006 – 2010 yy.) vazifalarida ishlagan. 2002 – 2003-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, 2003 – 2004-yillarda Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan. 2017 – 2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan. AQSH, Yevropaning qator davlatlari, Yaponiya, Turkiya va Rossiya Federatsiyasida ilmiy malaka oʻtagan. Germaniya, Yaponiya, Xitoy va Polsha kabi davlatlarda oʻtkazilgan ilmiy anjuman va simpoziumlarda oʻz ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etgan. 100 dan ortiq ilmiy ish, jumladan, 3 ta monografiya, 4 ta oʻquv va uslubiy qoʻllanma, 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi, 20 dan ortiq xalqaro sertifikatga ega. Iqtisodiyot fanlari doktori.

Siyosiy faoliyati

tahrir

Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) aʼzosi. 2005-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ketma-ket ikki marta deputat boʻlib saylangan. (70-Termiz saylov okrugidan saylangan). Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2010- 2017-yillar). 2016-yilgi saylov oldi jarayonlarida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili boʻlgan. 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi. 2020-2021-yillarda ikkinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi. 2013-yilda oʻtkazilgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti saylovida hamda 2020-yil 20-fevralda Tojikiston Respublikasi Parlamenti deputatligiga oʻtkazilgan saylovda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro kuzatuvchisi (Dushanbe shahri) sifatida qatnashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi hamda Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi aʼzosi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi viloyat Ishchi guruhi rahbari, Xalk deputatlari viloyat Kengashi, Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyaci raisi sifatida jamoatchilik ishlarida faol boʻlgan.

Oilasi

tahrir

Oilali. Toʻrt nafar farzandning otasi.

Mukofotlari

tahrir

Doʻstlik ordeni (2020-yilda)

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir