Al-Muqtadiy
Abul Qosim Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Qoim (arabcha: أبو القاسم عبد الله بن محمد بن القائم), al-Muqtadiy (arabcha: المقتدي) nomi bilan mashhur. 1075—1094-yillarda Bagʻdodda hukmronlik ilgan Abbosiylar xalifasi. 1075-yilda bobosi al-Qoimdan keyin 27-Abbosiy xalifa sifatida hokimiyatga oʻtirgan.
Al-Muqtadiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalifa Amir al-Moʻminin | |||||||||
Al-Muqtadiyning nomi yozib zarb qilingan oltin dinor | |||||||||
Bagʻdod xalifaligining 27-xalifasi Abbosiy xalifalar Bagʻdodda | |||||||||
Saltanat | 1075-yil 2-aprel – 1094-yil 3-fevral | ||||||||
Oʻtmishdoshi | Al-Qoim | ||||||||
Davomchisi | Al-Mustazhir | ||||||||
Tugʻilishi |
1056-yil 24-iyul Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||||||
Vafoti |
1094-yil 3-fevral (37 yoshda) Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||||||
Turmush oʻrtogʻi |
| ||||||||
Farzandlari |
Al-Mustazhir Jafar | ||||||||
| |||||||||
Sulola | Abbosiylar | ||||||||
Otasi | Al-Qoim | ||||||||
Onasi | Urjuman | ||||||||
Dini | Islom, sunniylik |
Hayoti
tahrirAl-Muqtadiy 1056-yil 24-iyulda tugʻilgan[1]. Toʻliq ismi Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Qoim, kunyasi Abulqosim bo'lgan.
Al-Qoim oʻlimidan oldin nabirasi va vorisi al-Muqtadiyga Banu Johir qabilasini oʻz mavqeida saqlab qolishni maslahat berib shunday deydi: „Men Ibn Johir va uning oʻgʻlidan koʻra davlat uchun yaxshiroq kishilarni koʻrmadim, ulardan yuz oʻgirma“[2]. Al-Qoimning vafotidan keyin 1075-yilning 2-aprelida al-Muqtadiy xalifalik taxtiga oʻtirgan.
1077-yilda Bagʻdodga Abu Nasr ibn al-Ustoz Abu al-Qosim al-Qushayriy Al-Nizomiya maktabida dars berish uchun kelganida shaharning hanbaliy va ash’ariy guruhlari oʻrtasida halokatli gʻalayonlar boshlandi[2]. Qoʻzgʻolonlar paytida Nizomulmulkning oʻgʻli Muayyad al-Mulkning hayoti xavf ostida edi[2]. Nizomulmulk butun ishda Faxr ad-Davlani aybladi va 1078-yilda oʻz vakili Gohar-Aynni xalifaning qoshiga yuborib, uni[2] lavozimidan olib tashlashni, Banu Johir tarafdorlarini esa hibsga olishni talab qildi[3]. Gohar-Ayn 23-iyul kuni poytaxtga yetib keldi va 14-avgust seshanba kuni Faxr ad-Davlani lavozimidan olib tashlashni soʻrab yo'llangan maktubni xalifaga topshirdi[3]. Al-Muqtadiy dastlab bu talabni rad etdi[2], biroq 27-avgustga kelib, Gohar-Ayn, agar xalifa ushbu talabni bajarmagan taqdirda saroyga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi[3]. Oʻsha paytda al-Muqtadiyning bu talabni bajarishdan boshqa iloji qolmaydi, chunki raqibga qarshi chiqish uchun xalifalik oʻz qoʻshiniga ega emas edi[2]. Lavozimidan ozod etilishi oʻrniga Faxr ad-Davla oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqdi va al-Muqtadiy uni uy qamogʻiga mahkum qildi[3].
Bu orada Amid ad-Davla Nizomulmulkning rejalarini eshitib qolib, Isfahonga joʻnab ketgan edi[2][3]. U Gohar-Aynga duch kelmaslik uchun togʻlar orqali aylanma yoʻlni bosib oʻtdi va 23-iyul, Gohar-Ayn Bagʻdodga kelgan kunning oʻzida[2][3] Isfahonga yetib bordi. Amid ad-Davla Nizomulmulk bilan uchrashib, ikki tomon yarashib oldi hamda Nizomulmulkning nabirasi va Amid ad-Davla oʻrtasida nikoh shartnomasi imzolandi[2][3]. Al-Muqtadiy dastlab Banu Johirni hokimiyat lavozimiga olmay, ularni uy qamogʻida ushlab turdi, biroq keyinroq oraga Nizomulmulk aralashib, ularni qayta davlat xizmatiga oldi[2][3].
Shuningdek, 1078-yilning Ramazon oyida (mart-aprel) Faxr ad-Davla oʻz mablagʻi hisobidan al-Muqtadiyning unvonlari tushirilgan minbar yasattirdi[3]. Biroq keyinchalik, ushbu minbar parchalanib, yonib ketdi[3].
1081-yilda xalifa Faxr ad-Davlani sovgʻalar va 20 000 dan ortiq dinor bilan Malikshohning qizining qoʻlini soʻrash va muzokaralar olib borish maqsadida Isfahonga yubordi[2]. Bu vaqtda Molikshoh oʻgʻli Dovudning oʻlimidan chuqur qaygʻuda edi va shu sababdan ham muzokaralarda ishtirok etmadi[2]. Faxr ad-Davla va Nizomulmulk xalifaning iltimosini bildirish uchun malikani katta qilgan onasi Turkon xotunning oldiga borishdi[2]. Gʻaznaviylar hukmdori tomonidan malikaning qoʻlini soʻrab yuborilgan 100 000 dinor va sovgʻa-salomlarning qiymati yuqoriligi sabab dastlab Turkon xotun xalifaning taklifiga unchalik qiziqish bildirmadi[2][3]. Biroq al-Qoim bilan turmush qurgan Xadicha Arslon xotun Turkon xotunga xalifa al-Muqtadiy bilan tuziladigan nikoh obroʻliroq boʻlishini va xalifadan koʻp miqdorda pul soʻramaslik kerakligini tushuntirdi[3].
Oxir-oqibat, Turkon xotun ushbu nikohga rozi boʻldi, biroq buning evaziga al-Muqtadiyga ogʻir shartlar qoʻyildi. Saljuqiy malikaga uylanish evaziga al-Muqtadiy 50 000 dinor, qoʻshimchasiga yana 100 000 dinor mahr toʻlash, nikohda boʻlgan xotini va kanizaklaridan voz kechish hamda boshqa ayollar bilan jinsiy aloqa qilmaslikka rozilik bildirishi kerak edi[2]. Bu talab Abbosiylar xalifasiga juda ogʻir yuk edi, chunki Abbosiylar oʻzlarining reproduktiv siyosatini qattiq nazorat qilishar, ularning barcha merosxoʻrlari ummu al-valadlardan tugʻilar edi[2]. Turkon xotunning shartlariga rozi boʻlgan Faxr ad-Davla al-Muqtadiyni ogʻir ahvolga solib qoʻydi va shu bilan birga Saljuqiylarga ham katta foyda keltirdi[2].
Al-Muqtadiy Saljuqiylar sultoni Malikshoh I tomonidan ulugʻlangan, uning hukmronligi davrida xalifalik Saljuqiylar istilosi ostida tan olingan edi. Fotimiylardan qutulgan Arabiston yana Abbosiylarning ruhiy hokimiyatini tan oldi.
Ayrim ehtimollarga koʻra, Malikshoh ham xalifa, ham sulton boʻlishi mumkin boʻlgan oʻgʻil tugʻilishini rejalashtirgan holda qizini al-Muqtadiyga nikohladi. Oradan birmuncha vaqt oʻtgach, Malika oʻgʻil koʻrganiga qaramay, chaqalogʻi bilan Isfahon saroyiga joʻnab ketdi. Nikoh muvaffaqiyatsizlikka uchragach, sulton xalifaning davlat ishlariga aralashuvini tanqid qilib, uning nafaqaga chiqib, Basraga ketishini buyurdi. Ammo koʻp oʻtmay, Malikshoh I ning oʻlimi sabab bu buyruq oʻz kuchini yoʻqotdi.
Nizomulmulkning oʻlimidan koʻp oʻtmay, 1092-yilda Malikshoh I oʻldirilgach, Toj al-Mulk Mahmud I ni sulton etib tayinlaydi va Isfahonga yoʻl oldi[4]. Mahmud oʻsha vaqtda hali yosh bola edi, shu sababdan onasi Terken xotun uning oʻrniga hokimiyatni egallashni orzu qildi. Bu orzuni amalga oshirish va oʻz hukmronligini taʼminlash maqsadida xalifa al-Muqtadiy bilan muzokaralarga kirishdi. Xalifa bolaning ham, ayolning ham hukmdor boʻlishiga qarshi chiqdi, chunki hukmdorlik belgisi boʻlgan xutbaning ayol kishining nomi bilan eʼlon qilinishini toʻgʻri deb bilmadi. Oxir-oqibat, xalifa, agar xutba Terken xotunning oʻgʻli Mahmudning nomidan aytilsa, hokimiyat tayinlangan vazir yordami bilan boshqarilsagina bu taklifni qabul qilishini bildirdi. Turken xotin ham Muqtadiyning ushbu talabiga rozi boʻldi[5].
Oilasi
tahrirAl-Muqtadiyning birinchi xotini Sifriy xotun sulton Alp Arslonning qizi edi[6]. 1071–1072-yillarda uning otasi al-Qoim vaziri Ibn al-Johirni Sifriyning qoʻlini oʻgʻliga soʻrash uchun yubordi. Sulton Alp Arslon ham bu taklifga rozi boʻldi[7]. Xalifaning ikkinchi xotini sulton Malikshoh I ning qizi Mohi Mulk xotun edi. 1082-yil mart oyida al-Muqtadiy Abu Nasr ibn Johirni Isfahondagi Malikshohning huzuriga qizining qoʻlini soʻrash uchun yubordi. Malikshoh ham bu taklifga rozilik bergach, nikoh shartnomasi tuzildi. Shundan soʻng, 1087-yilning mart oyida Mohi Mulk Bagʻdodga keldi va ular 1087-yilning may oyida nikoh oʻqitishdi. Mohi Mulk 1088-yil 31-yanvarda shahzoda Jaʼfarni dunyoga keltirdi. Biroq oradan birmuncha vaqt oʻtib, al-Muqtadiy xotinidan uzoqlasha boshlagach, Mohi Mulk uyiga qaytish uchun xalifadan ruxsat soʻradi. 1089-yil 29-may sanasida oʻgʻli hamrohligida Bagʻdoddan Xurosonga joʻnab ketdi. Keyinchalik, uning oʻlimi haqidagi xabar Bagʻdodga yetib keldi. Mohi Mulkning oʻlimidan keyin uning xasta otasi Jaʼfarni 1092-yil oktyabr oyida Bagʻdodga olib keldi. Shahzoda Jaʼfar xalifalik saroyiga qaytarilib, vafotiga qadar (1093-yil 21-iyun) shu yerda yashadi. Oʻlimidan keyin Jaʼfar Rusofa qabristonidagi xalifa qabrlari yoniga dafn etildi[8]. Al-Muqtadiyning bundan tashqari Tayf al-Xayol nomi bilan tanilgan, asl ismi Kalbahor yoki Jalbhor boʻlgan turk kanizagi ham boʻlib, u boʻlajak xalifa Al-Mustazhirni dunyoga keltirgan[9].
Vorisligi
tahrirAl-Muqtadiy 1094-yilda 37–38 yoshlarida vafot etgan. Uning oʻrniga 16 yoshli oʻgʻli Al-Mustazhir xalifa etib tayinlangan.
Yana qarang
tahrir- Banu Johir, al-Muqtadiy hukmronligi davrida taniqli vazirlar oilasi.
Manbalar
tahrir- ↑ Richards, D.S.. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Ta'rikh of Ibn al-Athir, Routledge Studies in the History of Iran and Turkey. Taylor & Francis, 2014 — 187-bet. ISBN 978-1-317-83255-3.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. Archived from the original on 2023-06-24. https://web.archive.org/web/20230624201425/https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022.Al-Muqtadiy]]
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 Ibn al-Athir. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Ta'rikh of Ibn al-Athir, 4 April 2014 — 195–7, 203, 210-bet. ISBN 9781317832553. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ Boyle 1968.
- ↑ Mernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). The forgotten queens of Islam. Oxford University Press. ISBN 978-0-19-579868-5.
- ↑ El-Hibri, T.. The Abbasid Caliphate: A History. Cambridge University Press, 2021 — 211-bet. ISBN 978-1-107-18324-7.
- ↑ Lambton, A.K.S.. Continuity and Change in Medieval Persia, Bibliotheca Persica. Bibliotheca Persica, 1988 — 267-bet. ISBN 978-0-88706-133-2.
- ↑ al-Sāʿī, Ibn. كتاب جهات الأئمة الخلفاء من الحرائر والإماء المسمى نساء الخلفاء: Women and the Court of Baghdad, Library of Arabic Literature. NYU Press, 2017 — 63-bet. ISBN 978-1-4798-6679-3.
- ↑ Rudainy. „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
Al-Muqtadiy Tavalludi: 1056 Vafoti: 1094-yil fevral
| ||
Sunniylik unvonlari | ||
---|---|---|
Oldingisi | Musulmon xalifa Bagʻdod xalifaligi 1075-yil 2-aprel – 1094-yil fevral |
Keyingisi |