Alejandro Grimaldo
Alejandro Grimaldo García (1995-yil 20-sentyabr) – ispaniyalik professional futbolchi, Bundesliga klubi „Bayer“da va Ispaniya terma jamoasida chap qanot yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi. U oʻzining uzatmalari, hujumga qoʻshilishi va vaziyat yaratishi bilan mashhur.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 20-sentyabr 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Valensiya, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.71 m | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bayer Leverkusen | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Atlético Valbonense | |||
2006–2008 | Valencia | ||
2008–2012 | Barcelona | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011–2015 | Barcelona B | 92 | (6) |
2016–2023 | Benfica | 197 | (19) |
2023– | Bayer Leverkusen | 33 | (10) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010 | Ispaniya U16 | 2 | (0) |
2011-2012 | Ispaniya U17 | 8 | (1) |
2012-2014 | Ispaniya U19 | 9 | (0) |
2013-2016 | Ispaniya U21 | 2 | (0) |
2023- | Ispaniya | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (19-may 2024-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (30-iyun 2024-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirBarselona
tahrirValensiya shahrida tugʻilgan Grimaldo 2008-yilda Barselona yoshlar akademiyasiga qabul qilinadi. U 2011-yil 4-sentyabr kuni Barselona B-jamoasida rasmiy debyutini Cartagena klubiga qarshi oʻyinda 4-0 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi. Ushbu oʻyinda u 15 yosh-u 349 kunlik edi. 2023-yilgi Lamine Yamal debyutiga qadar Segunda División oʻyinida ishtirok etgan eng yosh oʻyinchiga aylandi[1][2].
2013-yil 23-fevral kuni Grimaldo jiddiy tizza jarohatini boshdan kechirdi va safdan chiqdi[3]. Keyingi yilning yanvar oyida maydonga qaytib, 14 ta oʻyinda ishtirok etdi va jamoasiga 3-oʻrinni qoʻlga kiritishga yordam berdi[4].
13-sentyabrda Grimaldo oʻzining birinchi professional golini kiritdi, Alavésga qarshi oʻyin 3:2 hisobidagi gʻalaba bilan oʻz jamoasining oxirgi goliga mualliflik qildi[5]. Jamoa quyi ligaga tushib ketgan mavsumda 36-oʻyinda 4 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qildi; u va Sergi Palencia 25-aprel 2015-yilda „Mini Estadi“ stadionida Ponferradina qarshi oʻyinda (2:1) maydondan chetlatilgan edi[6].
Benfica
tahrir2015-yilning 29-dekabrda uning shartnomasi tugash arafasida edi[7] va Grimaldo Portugaliya chempioni „Benfika“ bilan 2021-yilgacha 1,5 million yevro evaziga shartnoma tuzdi. „Barselona“ kelgusida sotishning bir foizini olish huquqini saqlab qoldi[8].
Grimaldo oʻzining yangi jamoasi bilan birinchi oʻyinini 2016-yilning 26-yanvarida oʻtkazdi, Taça da Liga oʻyinlaridan Moreirense qarshi (6:1) oʻyinda 62-daqiqada Silvioning oʻrniga maydonga tushdi[9]. U 29-fevral kuni Primeira Ligada debyut qildi, „União da Madeyra“ga qarshi oʻyinda (2:0) toʻliq 90 daqiqa oʻynadi[10]; mavsum oxirigacha faqat oxirgi oʻyinda Eliseu oʻrniga maydonga tushdi[11], „Estádio da Luz“ stadionida Nacional klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozondi va bu klubning ketma-ket 3-milliy chempionligini taʼminladi[12]. 20-may kuni esa Cidade de Koimbra stadionida Maritimoni 6:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgan Liga kubogi finalida maydonga tushdi[13].
Grimaldoning birinchi toʻliq mavsumi 2016-yilning 7-avgustida boshlanadi. U Aviroda „Supertaça Cândido de Oliveira“ stadionida Braga klubiga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozondi va Franko Cerviga hisobni ochuvchi goliga assistentlik qildi[14]. 2-oktyabr kuni esa klubdagi debyut golini jarima zarbasidan kiritdi va 4:0 hisobida Feirense ustidan uy oʻyinida gʻalaba qozondi[15]; 2017-yil 28-may kuniga kelib Taça de Portugaliya finalida toʻliq 90 daqiqa oʻynaydi va Vitória de Guimarães ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[16].
Grimaldoning UEFA chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvi 2016-yil 13-sentyabrida boʻlib oʻtdi. Guruh bosqichida Beşiktaş qarshi oʻz uyida 1:1 hisobidagi oʻyinda ishtirok etdi[17]. Uning musobaqadagi birinchi goli xuddi shu bosqichda, 2018-yilning 2-oktabrida „AEK Athens“ jamoasi ustidan 3:2 gʻalabali oʻyinda kiritildi[18]. 12-dekabr kuni esa javob oʻyinida ushbu raqibga qarshi oʻyinni takrorladi, 88-daqiqada 30 metrlik jarima zarbasidan gol kiritib, jamoasining 1:0 gʻalabasiga hissa qoʻshdi[19].
Bayer Leverkuzen
tahrir2023-yilning 21-mayida Grimaldo Germaniyaning Bayer Leverkusen klubiga erkin agent maqomida kelib qoʻshildi va 4 yillik shartnoma imzoladi[20]. 12-avgust kuni esa FC Teutonia Ottensen jamoasiga qarshi DFB-pokal oʻyinida yangi jamoasi safida debyut qildi[21]. 15-sentyabr kuniga kelib klub safidagi ilk golini „Bavariya“ darvozasiga jarima zarbasidan kiritdi va jamoasi 2:2 hisobida durang oʻynadi[22]. Grimaldo Leverkusendagi ilk mavsumini 2023–2024-yillarda Bundesligada 13 ta golli uzatma bilan eng yaxshi assistent sifatida yakunladi[23].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirGrimaldo 2013-yilning 5-fevralida 18 yoshga toʻlmasdan Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi va Belgiyaga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvining ((1:1)) ikkinchi yarmida maydonga tushdi[24].
2023-yilning 10-noyabrida Grimaldo Ispaniyaning milliy terma jamoasiga, Yevro-2024 saralashida Kipr va Gruziyaga qarshi oʻyin uchun ilk bor chaqiruv oldi[25]. 6 kundan soʻng esa Kiprga qarshi oʻyinda debyut qildi va Ispaniyaning Mikel Oyarzabal tomonidan kiritilgan 2-goliga assistentlik qildi va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[26].
2024-yilning may oyida u UEFA Yevro 2024 musobaqasi uchun Ispaniyaning 26 kishilik kengaytirilgan tarkibga kiritildi[27].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Barcelona B | 2011–12 | Segunda División | 1 | 0 | — | — | — | — | 1 | 0 | ||||
2012–13 | 24 | 0 | — | — | — | — | 24 | 0 | ||||||
2013–14 | 14 | 0 | — | — | — | — | 14 | 0 | ||||||
2014–15 | 36 | 4 | — | — | — | — | 36 | 4 | ||||||
2015–16 | Segunda División B | 17 | 2 | — | — | — | — | 17 | 2 | |||||
Total | 92 | 6 | — | — | — | — | 92 | 6 | ||||||
Benfica | 2015–16 | Primeira Liga | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 |
2016–17 | 14 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 21 | 2 | ||
2017–18 | 28 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 37 | 1 | ||
2018–19 | 34 | 4 | 4 | 0 | 1 | 0 | 15 | 3 | — | 54 | 7 | |||
2019–20 | 26 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 | 1 | 1 | 41 | 1 | ||
2020–21 | 31 | 2 | 4 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 43 | 2 | ||
2021–22 | 29 | 5 | 2 | 1 | 3 | 0 | 14 | 0 | — | 48 | 6 | |||
2022–23 | 33 | 5 | 4 | 1 | 3 | 0 | 14 | 2 | — | 54 | 8 | |||
Total | 197 | 19 | 25 | 2 | 11 | 0 | 66 | 5 | 4 | 1 | 303 | 27 | ||
Bayer Leverkusen | 2023–24 | Bundesliga | 33 | 10 | 6 | 0 | — | 12 | 2 | — | 51 | 12 | ||
Career total | 321 | 34 | 31 | 2 | 11 | 0 | 78 | 7 | 4 | 1 | 445 | 44 |
- 2024-yil 30-iyun holatiga ko'ra[28]
Xalqaro maydonda
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2023 yil | 1 | 0 |
2024 yil | 5 | 0 | |
Jami | 6 | 0 |
Yutuqlari
tahrirBenfika
- Primeira Liga : 2015–16, [12] 2016–17, 2018–19, 2022–23 [29]
- Taça de Portugaliya : 2016–17
- Taça da Liga : 2015–16 [30]
- Supertaça Candido de Oliveyra : 2016, 2017, [31] 2019 [32]
Bayer Leverkuzen
- Bundesliga : 2023–24 [33]
- DFB-Pokal : 2023–24
Ispaniya U19
- 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2012 [34]
Ispaniya
Individual
- UEFA 19 yoshdan kichik boʻlgan Yevropa chempionati jamoasi: 2012[36]
- UEFA Yevropa ligasi mavsumining jamoasi: 2018-19[37]
- Yilning Primeira Liga jamoasi: 2018-19,[38] 2022-23[39]
- Primeira Liga oylik himoyachisi: 2019 yil fevral, 2023 yil dekabr/yanvar, 2023 yil fevral[40][41][42]
- Primeira Liga oylik gol: 2019 yil yanvar,[43] 2021 yil avgust
- Bundesliga mavsum jamoasi: 2023-24[44]
- VDV Bundesliga mavsumining jamoasi: 2023-24[45]
- Bundesliga oylik futbolchisi: 2024 yil aprel [46]
- Futbol mavsumining atletik Yevropa erkaklar jamoasi: 2023-24
Manbalar
tahrir- ↑ García, Gregorio. „Vuelve el mejor Barça B con un festival goleador en Cartagonova“ (Spanish). Marca (2011-yil 4-sentyabr). 2015-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-sentyabr.
- ↑ Gascón, Javier. „Alejandro Grimaldo, la seducción de un lateral de 15 años“ (Spanish). Mundo Deportivo (2011-yil 5-sentyabr). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.
- ↑ „Alejandro Grimaldo sufre una rotura del ligamento cruzado anterior y del ligamento lateral externo de la rodilla“ (Spanish). FC Barcelona (2013-yil 24-fevral). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Grimaldo vuelve ante el Mirandés... y Masip se queda fuera“ (es). Sport (2014-yil 18-yanvar). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-sentyabr.
- ↑ „El Barça B se lleva los tres puntos con susto final“ (es). Marca (2014-yil 13-sentyabr). 2015-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Una genialidad de Munir da aire a un filial que acabó con nueve“ (es). Marca (2015-yil 25-aprel). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
- ↑ Nogueira, Carlos. „Grimaldo ruma à Luz por um milhão de euros“ (pt). Diário de Notícias (2015-yil 18-dekabr). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-dekabr.
- ↑ „"Tenho muita ambição em crescer neste clube"“ (pt). S.L. Benfica (2015-yil 29-dekabr). 2016-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-dekabr.
- ↑ „Classe e magia no check-in para as "meias"“ (pt). Benfica (2016-yil 26-yanvar). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-yanvar.
- ↑ „Quem tem um Jonas, tem tudo“ (pt). Rádio Renascença (2016-yil 29-fevral). 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
- ↑ „Gaitán volta com Talisca e Grimaldo no onze“ (pt). Jornal de Notícias (2016-yil 14-may). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
- ↑ 12,0 12,1 „Génio de Gaitán dá o 'tri' ao Benfica“. SAPO. pt (2016-yil 15-may). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
- ↑ „Benfica continua a ser o rei da Taça da Liga“ (pt). SAPO (2016-yil 20-may). 2016-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ „El Benfica campeón de la Supercopa gracias a Cervi y Pizzi“ (es). Diario AS (2016-yil 8-avgust). 2017-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ „Benfica goleia o Feirense“ (pt). Correio da Manhã (2016-yil 2-oktyabr). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ „Oito minutos à Benfica garantiram a 11.ª dobradinha“ (pt). Diário de Notícias (2017-yil 28-may). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-may.
- ↑ „Talisca, o dispensado, roubou uma vitória que parecia certa“ (pt). Diário de Notícias (2016-yil 13-sentyabr). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.
- ↑ Béu, Mariana. „Benfica com triunfo sofrido sobre o AEK (3–2). Seferovic e Grimaldo marcaram, gregos empataram e Alfa Semedo resolveu – como aconteceu“ (pt). Observador (2018-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
- ↑ Celso. „Benfica vence AEK de Atenas com grande golo de Grimaldo“. Rádio e Televisão de Portugal (2018-yil 12-dekabr). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.
- ↑ „Bayer 04 sign Grimaldo from Benfica“. BAYER 04 LEVERKUSEN (2023-yil 21-may). 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
- ↑ „Leverkusen bezwingt Ottensen klar und deutlich“ (de). sportschau.de (2023-yil 12-avgust). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
- ↑ „FC Bayern München 2–2 Bayer 04 Leverkusen“. Bundesliga (2023-yil 15-sentyabr). 2023-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „Bundesliga Stats 2023-2024“. Bundesliga. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ Villalobos, Fran. „España invierte en su futuro“ (es). Marca (2013-yil 5-fevral). 2016-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-dekabr.
- ↑ „Grimaldo convocado pela primeira vez para a seleção espanhola“ (pt). A Bola (2023-yil 10-noyabr). 2023-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-noyabr.
- ↑ „Euro-2024 Espanha derrota Chipre com boa estreia de Grimaldo“ (pt). A Bola (2023-yil 16-noyabr). 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-noyabr.
- ↑ UEFA.com. „Spain | Squad | UEFA EURO 2024“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
- ↑ „Álex Grimaldo“. EU-Football.info. 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-noyabr.
- ↑ Kundert. „Benfica crowned champions of Portugal“. PortuGOAL (2023-yil 27-may). 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
- ↑ „Depois do "tri", o "hepta". Benfica goleia e vence Taça da Liga“ (Portuguese). Rádio Renascença (2016-yil 20-may). 2016-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-may.
- ↑ „Benfica vence V. Guimarães (3–1) e faz a festa em Aveiro“ (Portuguese). A Bola (2017-yil 5-avgust). 2017-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
- ↑ „Benfica 5-0 Sporting CP“. Soccerway (2019-yil 4-avgust).
- ↑ „Bayer Leverkusen are 2023/24 Bundesliga champions!“. Bundesliga (2024-yil 15-aprel). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „La sub´19, campeona de Europa“ (es). La Nueva España (2012-yil 15-iyul). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
- ↑ UEFA.com. „Spain 2-1 England | UEFA EURO 2024 Final“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
- ↑ „Technical report“. UEFA. 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
- ↑ „UEFA Europa League Squad of the 2018/19 Season“. UEFA (2019-yil 30-may). 2019-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ „Vencedores dos Prémios Oficiais da Liga Portugal 2018-2019“. Liga Portugal. 2019-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-dekabr.
- ↑ „11 do Ano fechado com avançado do SC Braga (fotogaleria) (Liga)“ (pt). A Bola (2023-yil 25-iyun). 2023-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
- ↑ „Melhores de fevereiro: Bruno Fernandes e Adriano Castanheira em destaque“. Liga Portugal. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
- ↑ „Grimaldo distinguido com o Prémio de Defesa do Mês da Liga Portugal bwin“ (pt). Liga Portugal (2023-yil 13-fevral). 2023-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Grimaldo wins February Defender of the Month in Liga Portugal bwin“. Liga Portugal (2023-yil 14-mart). 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Melhores de janeiro: João Félix e Pedro Henrique em destaque“ (pt). Liga Portugal. 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
- ↑ „Bundesliga Team of the Season 2023/24 by EA FC 24!“. Bundesliga (2024-yil 3-may). Qaraldi: 2024-yil 3-may.
- ↑ „Florian Wirtz ist VDV-Spieler der Saison“ (de). VDV (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ „Bundesliga Player of the Month“. Bundesliga. Qaraldi: 2024-yil 17-may.