Amudaryo deltasi (Orol boʻyi deltasi) — Janubiy Orol boʻyidagi del-ta. Gʻarbda Ustyurt platosining chinki, shimolida Orol dengizining 1961-yil gacha boʻlgan qirgʻoq chiziqlari, sharqda shimoli-gʻarbiy Qizilqum, Beltov balandligining gʻarbiy va janubi-gʻarbiy etaklari, Oqchadaryo deltasining shimoli-gʻarbiy chek-kalari, janubi-sharqda Qizilqum, janubida Sariqamish boʻyi deltasiga tutash. Maz-kur chegaradagi Amudaryo deltasi maydoni 19 ming km². Daryoning quyi qismi 2 qadimgi va bir hozirgi deltadan iborat. Daryoning qadimgi deltalarida chap sohilda Xorazm vohasi va oʻng sohilda Beruniy-Toʻrtkoʻl vohasi vujudga kelgan. Bu vohalarda Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston Re-spublikasining Toʻrtkoʻl, Ellikqal’a va Beruniy tumanlari, Turkmanistonning Toshhovuz shahri atrofidagi tumanlar joy-lashgan. Amudaryoning hozirgi deltasida Ali-ovul qishlogʻidan shimolida daryo ikki qismga: chap sohilda Qipchokdaryo va oʻng sohilda Oqlaryo tarmoqlariga boʻlinadi. Oqlaryo asosiy oʻzan hisoblanadi va suvning asosiy qismi ushbu oʻzanda oqadi. Qipchoqlaryo Porlatov qishlogʻi yaqinida yana Oqlaryoga tutashadi. Daryoning hozirgi deltasi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida qumgil oqindilaridan tarkib topgan pasttekislik boʻlib, daryo boʻyidagi Ta-xiatosh shahri yonidan boshlanadi. Rele-fi shimoliga qiya. Bosh qismi (Nukus shahri yaqinida, mutlaq balandligi 73 m)dan Orol dengizining eski qirgʻoq chizigʻiga qadar (mutlaq balandligi 53 m) 200 km masofada 20 m ga pasayadi. Amudaryo deltasi sathi qadimda va hozirda mavjud boʻlgan daryo oʻzanlari va koʻl botiqlari bilan parchalangan. Deltaning allyuvial yotqiziqlari (qalinligi 142 m gacha) yuqori boʻr va paleogen-neogenning tub jinslari ustida vujudga kel-gan. Mayda zarrali qumning qumoq hamda qumloq bilan aralashmasi keng tarqalgan (qayir yotqiziqlari), baland qismlarida qum yoki qumloq koʻproq. Amudaryo deltasida Beltov, Qushxonatov, Ki-ziljar, Muynoqtov, Porlatov, Itkir, Xoʻjayli va boshqa qoldiq togʻlar mavjud. Amudaryo deltasining iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va bulutsiz. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida — 6,9° (Nukus)dan shimolida — 7,4° (Moʻynoq) gacha pasayadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,G (Nukus)dan 26,3° (Moʻynoq) gacha oʻzgaradi. Yillik yogʻin kam (Taxiatoshda 79 mm, Moʻynoqda 105 mm), asosan qish va bahorda yogʻadi. Yil davomida shimoli-sharqiy shamollar esadi. Orol dengizi va deltadagi daryo va koʻllarning qurib borayotganligi tufayli havo temperaturasi yezda odatdagidan 2 — 3°ga ortgan, qish ham 451sovuqroq, shamol harakati kuchaymoqda, havoning nisbiy namligi kamaymoqda. Orol boʻyida 1961-yildan boshlangan choʻllashish jarayoni natijasida Amudaryo deltasida tub oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Orol sathining tezlik bilan pasayishi, daryo suvi shoʻrligining ortishi va unda tur-li kimyoviy moddalar va boshqalarning mavjud-ligi, suv tanqisligi, Orolning qurigan qismi (Orolqum)dan tuzli changlarning havoga koʻtarilishi choʻllashishni tezlashtirmoqda. Deltada suv tarti-bining buzilishi oqibatida grunt suvlarining sathi barcha joylarda keskin pasaydi (0 — 0,5 mdan 5 −10 m gacha, pastqamliklarda — 1,3 m, minerallashuv darajasi ayrim joylarda 30 — 50 g/l va undan koʻp).Amudaryo oqimining deltada tartibga solinishi tufayli koʻplab oʻzanlar (Katta Jonsiz va Kichik Jonsiz, Er-kindaryo, Koʻhnadaryo, Madalioʻzak, Priyemoʻzak, Oqboshli, Injeneroʻzak va boshqalar) quridi. Suv faqat Oqlaryo orqali dengizga quyilmoqda. Qipchoqlaryoda vaqt-vaqti bilan suv oqmoqda. Ravshanda-ryo va Toldiqlaryo oʻzanlari kanalga ay-lantiriddi. 100 ga yaqin koʻl quridi, hozirda faqat Sudoche koʻli, Moshankoʻl, Xoʻjakoʻl, Qorateren koʻli, Keusir koʻlida suv mavjud, minerallashuv darajasi 3 — 5 g/ldan 30 — 45 g/l gacha (Sudoche koʻlida).Deltada grunt suvlarining bugʻlanishga sarf boʻlishi oqibatida tuproqning shoʻrlanishi ortib avval-gi qayirli allyuvial, oʻtloqi, botqoq, botqoq-oʻtloqi tuproqlar oʻrnida oʻtloqi, oʻtloqi-taqir, shoʻrxok (tipik oʻtloqi), taqir choʻl qum tuproqlari tar-kib topdi. Choʻllashish jarayonida avval-gi qamishzorlar oʻrnini (760 ming ga) endilikda shoʻrazor, yulgʻunzor, turli kserofit (qoʻshbarg, yantoq, oqbosh), ga-lofitlar (qorabaroq, shohilak, kermak va boshqalar) egalladi. Qa-mishli toʻqayzorlar faqat suv bilan muntazam taʼminlana-digan pastqamliklarda oz maydonda saqlanib qolgan (Sudoche koʻli va uning shim., shimoli-sharqida, Shege, Koʻkkoʻl havzalarida). Daryo oʻzanlari yoqalaridagi 261 ming ga noyob Amudaryo toʻqayzorlari (turangʻil, tol, jiyda) asosan qurimoqda. Suv taqchilligi tufayli baliq ham keskin kamaydi. Faqat ayrim koʻllardagina oz miqdorda ovlanadi. Ondatrachilik deyarli tutatildi. Su-zuvchi qushlar, toʻqayzorlarda yashovchi parrandalar va boshqa juda kamayib ketdi. Amudaryo deltasi -da vujudga kelgan noqulay eko-logik sharoitni yumshatish chora-tad-birlari koʻrilmoqda. Shamol eroziya-sining oldini olish uchun ihotazorlar bunyod etilmoqda, har yili imkoni bo-richa pastqamliklarga Amudaryodan suv jamgʻarib olinmoqda. Amudaryo deltasining janubiy qismi sugʻoriladigan dehqonchilikda foydalaniladi. Qariyb 400 ming ga yerda sholi, paxta, don, yem-xashak ekinlari ekiladi. Quvonishjarma, Suenli, Ke-geyli kabi yirik irrigatsiya tizimlari, Bosh chap sohil va boshqa magistral kollektorlar mavjud. Amudaryo suvining shoʻrligi, tuproq shoʻrligini kamaytirish samara-dorligining nihoyatda pastligi, barcha yerlar zovurlar bilan toʻliq taʼminlan-maganligi va boshqa sababli sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli juda ogʻir, tuproqlarning turli darajada shoʻrlanganligi tufayli ekinzorlarning hosildorligi ancha past.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil