Axbaxoʻjakaspi dovoni
(Axbaxo‘jakaspi dovonidan yoʻnaltirildi)
Axbaxoʻjakaspi dovoni – Surxondaryo viloyati bilan Tojikiston Respublikasi chegarasidagi dovon. Machitli tizma togʻining shimoli-sharqiy qismida, Kishtut daryosi, Xoʻjakaspi irmogʻining yuqori oqimida joylashgan. Balandligi 3870 m. Gʻarbiy yon bagʻirlari qor va muzliklar bilan qoplangan va sharqiy yon bagʻriga nisbatan qiyaroq. Axbaxoʻjakaspi dovoni orqali yoz oylarida Xoʻjakaspi daryosi vodiysidan Sandaldaryo vodiysiga oʻtiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |