Axbor Imomxoʻjayev
Axbor Rustamovich Imomxoʻjayev (Ахбор Рустамович Имомхўжаев, 1936-yil 19-fevral, Toshkent — 2022-yil 30-may, Toshkent) — oʻzbek sport sharhlovchisi, respublika toifasidagi futbol hakami va pedagog. Oʻzbek sport sharhlovchilari maktabining asoschisi .
Axbor Rustamovich Imomxoʻjayev | |
---|---|
Tavalludi |
19-fevral 1936-yil |
Vafoti |
30-may 2022-yil (86 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti |
Kasbi | sport jurnalisti, futbol hakami |
Faoliyat yillari | 1963—2001 |
Millati | Oʻzbek |
Dini | Islom, Hanafiylik mazhabida |
Otasi | Rustam |
Mukofotlari |
Faoliyatining dastlabki yillarida maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik hakam, sharhlovchi va sport jurnalisti boʻlgan
.O‘zbekiston futbol federatsiyasi hakamlar qo‘mitasiga rahbarlik qilgan .
„Shuhrat“ medali, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. „Turon“ Fanlar akademiyasining akademigi va Oʻzbekiston jurnalistlarining „Oltin qalam“ Milliy mukofoti laureati .
O‘zbek futboli haqida bir qancha kitoblar muallifi. Uning „Futbol — quvonchim, dardim, faxrim“, „Maftuningman, futbol“, „Asr futbolidagi asl qadrdonlarim“ nomli kitoblari nashr etilgan
.Biografiyasi
tahrirBolaligi va taʼlim
tahrir1936-yil 19-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. Eshonguzar qishlog‘ining Kattabog‘ ko‘chasidagi 45-maktabda o‘qigan. 1954—1956-yillarda Toshkent viloyati pedagogika institutida tahsil olgan. 1956—1957-yillarda Mirzachoʻl tumanidagi 13-maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. 1957-yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maktabda ham ishlagan. Keyinchalik Paxtakor sport jamiyatiga taklif qilindi[1]. 1963-yilda Jismoniy tarbiya institutining futbol fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Bu oliygohda Gennadiy Krasnitskiy, Vladimir Shtern, Hamid Rahmatullayev, Maqsud Sharipov kabi futbolchilar bilan tahsil oldi[2][3].
Jurnalist, hakam va pedagog sifatidagi faoliyati
tahrirInstitutdan so‘ng bir muddat Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 83-maktabda dars berdi va tez orada Jismoniy tarbiya institutiga taklif qilindi. Keyinchalik Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, futbol federatsiyasining hakamlik-nazorat qo‘mitasi boshlig‘i, „Paxtakor“ jamoasi rahbari, „Sport“ gazetasining futbol bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan[4][5][6].
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining sport boʻlimi futbol tahriryatida oddiy sharhlovchilikdan boʻlim boshligʻigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan[1][7][8].
Hakamlik faoliyati davomida Sovet Ittifoqi faxriylar jamoasining Paxtakor jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini boshqargan. 40 daqiqadan soʻng oʻyin durang bilan yakunlangan — 1:1. 1956-yilda Roman Turpishchev bilan birgalikda futbol sharhlovchisi sifatida ish boshladi[9].
Uning ilk sharhi shu yil, „Paxtakor“ning Spartak Yerevan klubiga qarshi o‘yinida bo‘ldi. Ikki sharhlovchi radioda rus va oʻzbek tillarida 15 daqiqadan sharhlashdi[10]. Birinchi televizion sharhi 1960-yilda boʻlgan. Ular Roman Turpishchev bilan birgalikda Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk, Kiyev, Boku, Tbilisi, Yerevan va Olmaota shaharlariga safar qilishdi va „Paxtakor“ ishtirokidagi oʻyinlarni sharhlashdi. Axbor Imomxoʻjayev O‘zbekistondan xorijga chiqqan birinchi oʻzbek sport jurnalisti bo‘ldi[11][12].
Keyingi faoliyati
tahrir1980-yilda Mahmud Abduraimov, Toʻlqin Qozoqboyev, Shavkat Toʻlaganov, Bahodir Ibrohimov, Stanislav Stadnik va Birodar Abduraimovlar bilan birgalikda „Tong“ nomli futbol faxriylari jamoasini tuzdi. Keyinchalik ularga boshqa viloyatlar vakillari ham qo‘shildi va jamoa ikki guruhga bo‘lindi. Jamoa tarkibida turli soha vakillari bor. Uning oʻzi bu jamoa sardori edi[13].
2000-yillar boshida O‘zbekiston futbol federatsiyasining hakamlar qo‘mitasi rahbari bo‘lgan[14].
Axbor Imomxoʻjayev 2022-yil 30-may kuni 86 yoshida vafot etgan. Minor qabristoniga dafn etilgan[15][16][17][18][19].
Kitoblari
tahrirAxbor Imomxoʻjayev „Futbol — quvonchim, dardim, faxrim!“, „Maftuningman futbol“, „Oʻzbegimning Mirjaloli“ kabi kitoblarning muallifi[20][21][22][23]. Kitoblarida o‘zbek futboliga oid ko‘plab tarixiy materiallar, xotiralar va qiziqarli faktlar, shuningdek, murabbiy, futbolchi, ekspert, sport jurnalisti bo‘lib ishlagan mashhur insonlar haqida ko‘plab maʼlumotlarni yozgan[24].
Mening eng katta dardim — „Paxtakor-79“ning aviahalokati. Chunki oʻsha „Paxtakor“ning har bir aʼzosi men uchun doʻst, aka-uka, qadrdon boʻlib qolgan edi. Halokatga qancha yillar oʻtdi, ularning halok boʻlganiga hamon ishongim kelmaydi. Hayot — oqar daryo. Vaqt davolaydi deydilar. Ammo baʼzi dardlarni hatto oʻtib ketgan yillar ham butlay olmaydi. Bunday dard eskirmaydi. Xotiralar har gal bu dardni yangilayveradi. Shuning uchun ham oʻzim bitgan har bir kitobida kitobxonlar eʼtiborini „Paxtakor-79“ga qarataveraman. Shu kungacha ushalmay kelinayotgan bitta orzum bor. U ham boʻlsa „Paxtakor“ va „Manchester Yunayted“ jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik xotira uchrashuvini oʻtkazish
— [25]
Oilasi
tahrirUch qiz va ikki o‘g‘li bor[26].
Oʻgʻli — Abror Axborovich Imomxoʻjayev, bir qancha oʻzbek sport internet nashrlari jurnalisti[27]. Uzoq yillar gazeta va televideniyeda ishlagan. Oʻzbekistondagi futbol yangiliklarini tahlil qilishga bagʻishlangan koʻplab teledasturlar muallifi[28].
O‘g‘li — Zafar Axborovich Imomxo‘jayev, sport jurnalisti. Hozirda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidentining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi, OAV va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori[29][30][31][32][33][34].
Nevarasi — Diyor Abrorovich Imomxoʻjayev, sport jurnalisti. Hozirda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori[35].
Mukofotlari
tahrir„Xalq taʼlimi aʼlochisi“ va „Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[36].
„Sport“ va „O‘zbekiston futboli“ gazetalaridagi jurnalistik faoliyati uchun „Oltin qalam“ milliy mukofoti bilan taqdirlangan[37].
1996-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[38].
1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan[39].
2006-yil 22-fevralda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq ommaviy sportni, xususan, futbolni keng targʻib qilish, yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazish yoʻlida jonkuyarlik koʻrsatgani va koʻp yillik samarali mehnat faoliyati uchun „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni berildi[40].
2021-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashi qarori bilan ushbu universitetning faxriy professori unvoni berilgan[41].
Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi instituti „Turon“ Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori bilan, akademiyaning haqiqiy aʼzoligiga qabul qilingan va jurnalistga „akademik“ ilmiy unvoni berilgan[42][43][44].
Xotira
tahrir2023-yilning 30-may kuni, vafotining bir yilligida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Axbor Imomxoʻjayev xotira turnirini oʻtkazish haqida qaror chiqardi[45]. Turnirning ochilish kuni 2-iyul – Jahon sport jurnalistikasi kuniga belgilandi. Oʻyinlar 3—6-iyul kunlari Bunyodkor stadionida boʻlib oʻtdi. Turnirda 4 nafar faxriy va 4 nafar jurnalist futbol jamoalari oʻzaro bellashdilar: „Paxtakor“, „Tong“, „OʻFA“, „Jurnalist“ faxriylar jamoalari hamda „Championat.asia“, „Sports.uz“, „Sharhlovchi“, „Sulola“ sport jurnalistlari jamoalari[46]. Turnir yakunida gʻoliblik Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining faxriylar jamoasiga nasib etdi[47]. 2-oʻrinni Axbor Imomxoʻjayevning farzandlari hamda nabiralaridan tashkil topgan „Sulola“ jamoasi qoʻlga kiritdi. „Paxtakor“ faxriylari 3-oʻrinni egalladi[48].
2024-yilning 28-may kuni Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Axbor Imomxoʻjayev xotira turnirini oʻtkazishga kelishib oldi[49][50]. Ikkinchi bor tashkil etilgan xotira turnirida 10 ta jamoa ishtirok etdi[51]. 5-iyul kuni qur’a tashlandi. 6-iyul kuni Oʻzbekistondagi barcha klublar tanaffusga chiqdi hamda 7-iyul sanasidan turnir start oldi[52]. Musobaqaning 1-kunida Ravshan Ermatov boshchiligidagi futbol assotsiatsiyasi jamoasi hakamlardan tashkil topgan Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi jamoasi ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozondi[53][54]. Finalda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va „Sulola“ jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Uchrashuv OʻFA jamoasining 4:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[55][56].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Eslab 19-son Axbor Imomxo'jayev YouTubeda
- ↑ „Ахбору Имамходжаеву 86 лет“ (ru).
- ↑ „Умер известный узбекский спортивный журналист Ахбор Имамходжаев“ (ru).
- ↑ kultura.uz. „Позади более полувека работы на радио и телевидении“ (uz).
- ↑ „Скончался Ахбор Имомходжаев“ (ru). кун.уз.
- ↑ „Михаил Ан“ (ru). mytashkent.uz.
- ↑ „Гордость узбекского футбола Ахбор Имамходжаев отмечает своё 86 летие!“ (ru). Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi.
- ↑ „Чтобы писать о спорте, диплом иметь не обязательно“ (ru). kzgazeta.ru.
- ↑ „Имамходжаев Ахбор Рустамович“ (ru). footballfacts.ru.
- ↑ „О некоторых спортивных журналистах советского Ташкента“ (ru).
- ↑ „Умер известный спортивный журналист Ахбор Имамходжаев“ (ru). gazeta.uz.
- ↑ „«Пахтакор» поздравляет Ахбора Имомходжаева с 82-летием“ (ru).
- ↑ „Axbor Imomxoʻjayev vafot etdi“ (ru). kun.uz.
- ↑ „«Пахтакор» поздравляет Ахбора Имомходжаева с 82-летием“ (ru).
- ↑ „Скончался спортивный журналист Ахбор Имомхужаев“ (ru). UzDaily.
- ↑ „Умер известный спортивный журналист Ахбор Имамходжаев“ (ru). Спорт Киргизии.
- ↑ „Скончался ветеран узбекской футбольной журналистики Ахбор Имамходжаев“ (ru).
- ↑ „Скончался Ахбор Имомходжаев“ (ru). kun.uz.
- ↑ „Имамходжаев, Ахбор Рустамович“ (ru). спорт-страна.ру.
- ↑ „Путешествие в историю футбола с новой книгой Ахбора Имамходжаева“ (ru). Народное слово. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
- ↑ „Путешествие в историю футбола: Вышла в свет новая книга Ахбора Имамходжаева“ (ru).
- ↑ „ИМАМХОДЖАЕВ Ахбор Рустамович“ (ru). centrasia.ru.
- ↑ „ВЫШЛА В СВЕТ ЭНЦИКЛОПЕДИЯ УЗБЕКСКОГО ФУТБОЛА“ (ru).
- ↑ „Почётному футбольному журналисту Ахбору Имамходжаеву сегодня исполнилось 83 года!“ (ru).
- ↑ „Axbor Imomxoʻjayev vafot etdi“. kun.uz.
- ↑ „Ахбор Имомхўжаев хотира турнири“ (uz).
- ↑ „Спортивный журналист Аброр Имамходжаев назвал виновного в проигрыше сборной Узбекистана“ (ru). Repost.uz.
- ↑ „"Журналист минбари". Аброр Имомхўжаев билан ЖОНЛИ ЭФИРДАГИ суҳбат“ (ru).
- ↑ „Директора департаментов // НОК Узбекистана“ (uz).
- ↑ „Поздравляем Зафара Имомхужаева!“ (ru).
- ↑ „7 YILLIK IZTIROB. SPORTDAN HAYDALGAN ZAFAR IMOMXO'JAYEV“ (uz).
- ↑ „Manba: “Sokker klub” ko‘rsatuvi tufayli Imomxo‘jayevlar “Sport” kanalidan chetlashtirilgan“ (uz). kun.uz.
- ↑ „Zafar Imomxo'jaevni tabriklaymiz!“ (uz). championat.asia.
- ↑ „Zafar Imomxo‘jayev – «Eng faol sport targ‘ibotchisi»!“ (uz). stadion.uz.
- ↑ „Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qoʻmitasi“ (uz). 2023-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
- ↑ „Мозийга қайтиб... Отам ҳақида“ (uz).
- ↑ „Axbor Imomxo'jayevga Akademik ilmiy unvoni topshirildi“ (uz).
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг беш йиллиги муносабати билан фан, соғлиқни сақлаш, маданият, маърифат, оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (uz). Газета «Народное слово» (1996-yil 27-avgust).
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг етти йиллиги муносабати билан фан, соғлиқни сақлаш, маданият, маърифат, оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (uz). Lex.uz (1998-yil 27-avgust).
- ↑ „О присвоении Имамходжаеву А.Р. почетного звания «Заслуженный наставник молодежи Республики Узбекистан»“ (ru). lex.uz.
- ↑ „Axbor Imomxo'jayevga Akademik ilmiy unvoni topshirildi“ (uz).
- ↑ „Sharhlovchilikdan akademiklikkacha. Axbor doda Imomxo'jaevni tabriklaymiz!“ (uz).
- ↑ „Sharhlovchilikdan akademiklikkacha. Axbor doda Imomxo'jaevni tabriklaymiz!“ (uz).
- ↑ „Axbor Imomxo'jayevga Akademik ilmiy unvoni topshirildi“ (uz).
- ↑ „Тошкентда Ахбор Имомхўжаев хотира турнири ўтказилади“ (uz).
- ↑ „Ахбор Имомхўжаев хотира турнири. Жамоалар таркиби эълон қилинди“ (uz).
- ↑ „OʻFA jamoasi Axbor Imomxo'jayev xotira turnirining g'olibi bo'ldi“. 2023-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
- ↑ „Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri o‘z g‘oliblarini aniqladi“.
- ↑ „Iyul oyida Axbor Imomxo'jaev xotira turniri bo'lib o'tadi“. championat.asia.
- ↑ „Iyul oyida Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri bo‘lib o‘tadi“. kun.uz.
- ↑ „Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida 10 ta jamoa ishtirok etadi“.
- ↑ „Axbor Imomxo'jaev xotira turniriga 5 iyul kuni qura tashlanadi“.
- ↑ „Axbor Imomxo'jaev xotira turniri. O'FA hakamlarni mag'lub etdi, Paxtakor faxriylari so'nggi soniyada "Championat.asia" bilan durang o'ynadi“.
- ↑ „Axbor Imomxo'jaev xotira turniri. Championat.asia, UzFHM, Paxtakor, Kun.uz va O'FAda yirik g'alabalar“.
- ↑ „Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri o‘z g‘oliblarini aniqladi“. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi.
- ↑ „Kun.uz jamoasi Axbor Imomxo‘jayev xotira turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi“.