Sirdaryo

Oʻrta Osiyodagi eng uzun daryo
(Banokat daryosidan yoʻnaltirildi)


Sirdaryo — Oʻrta Osiyodagi eng uzun va Amudaryo’ dan keyingi eng sersuv daryo hisoblanadi. Oʻzbekistondagi eng katta ikki daryolaridan biri. Sirdaryo Oʻzbekistonning shimoliy chegarasidan oqib oʻtib, Orol dengiziga quyiladi.

Sirdaryo
qozoqcha: Syrdarııa

oʻzbekcha: Sirdaryo
tojikcha: Сирдарё

Sirdaryo Xoʻjand shahrida, Tojikiston
Sirdaryo Xoʻjand shahrida, Tojikiston
Tavsif
Uzunligi 2 212 (Norin daryosi
bilan birgalikda 3 019)
Suv sarfi 703 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi
 · Boshlanish joyi Norin va
Qoradaryoning qoʻshilish joyi
 · Balandligi 400 m
Quyilishi [[Orol dengizi (Kichik Orol dengizi)]]
 · Quyilish joyi Gʻazali, Qozogʻiston
 · Balandligi 42 m m
Joylashuvi
Davlat

Nomlanishi

tahrir

Sirdaryo turli nomlar bilan atalgan. Yahartes (Yaksart) qadim yunon tarixchilarining asarlarida va oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa manbalarida uchraydigan nomi. Pliniyning maʼlumotiga koʻra, daryoni baqtriyaliklar Laksat (Yaksart), skiflar Silis deb atashgan. Klavdiy Ptolemey (mil. II asr)ning „Geografiyadan qoʻllanma“ asarida yozishicha, Yaksart daryosi sohillari yaqinida yaksartlar degan katta qabila yashagan.

Yaksartning pahlaviycha Yaxshart shakldagi nomini sharqshunos I.Markvart Yaxsha arta — haqiqiy, toza gavhar deb izohlaydi. Yaxshagavhar soʻzi daryoning xitoycha (Chinchuxe) va turkiycha (Yinchyuoʻgʻuz) nomlarida ham mavjud. Ya.ning xitoycha transkripsiyasi — Yaosha, Yausha yoxud Yosha. Islomiyat davridagi arab (Beruniyning „Masʼud qonuni“) va fors (Hudud ulolam) manbalarida — Xashart shaklida uchraydi.

Sirdaryo baʼzan, Tanais, zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda Danu, xitoy transkripsiyasida Yaosha, X asrda yozilgan geografik asar — „Xudud ulolam“da Xashart, runiy (turkiy) yozuvlarida Yenchuoʻgiz, Firdavsiyning „Shohnoma“sida va Hamdulloh Qazviniyning „Nuzhat ulQulub“ asarida Gulzarriyun, arablar kelgandan keyingi koʻpgina solnomalarda Sayxun, arab geograflaridan Ibn Xurdodbeh asarlarida (IX-Xasrlar) Xashart va Qanqar, Beruniy asarlarida Xasart shakllarida tilga olingan. Ayni vaqtda u qaysi yerdan oqib oʻtishiga qarab Obi Fargʻona (yoki Fargʻona daryosi), Oʻzgan daryosi, Obi Xoʻjand (Xoʻjand suvi), Nahr oshShosh (Shosh daryosi), Banokat daryosi deb ham ataladi.

Sirdaryo atamasi dastlab Rim tarixchisi Pliniy asarida (mil. 1-asr) „Silis“ shaklida uchraydi. „Silis“ yoki „Sir“ soʻzi bu daryo atrofida yashagan qabila nomidan olingan boʻlsa kerak.

Geografik joylashuvi

tahrir

Fargona vodiysining sharqiy chekkasida, Baliqchi qishlogi yonida Norin daryosi bilan Qoradaryo qoʻshilgan joydan S. deb ataladi. Oʻzbekistonning Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Tojikistonning Sugʻd viloyati va Qozogʻistonning Jan. Qozogʻiston va Kiziloʻrda viloyatlari boʻylab avval gʻarb, janubi-gʻarb tomon, soʻngra esa shim., shim.gʻarbga oqib borib, Orol dengiziga quyiladi.

Uzunligi 2272 km, Norin (daryo)ning boshlanish joyidan —3018 km. Daryo havzasining maydoni taxminan 462000 km², uning asosiy suv hosil boʻladigan qismi esa 219000 km². Sirdaryo eng sersuv daryo hisoblanadi

Tabiati

tahrir

Sirdaryo havzasining togʻli qismida Oqshiyraq, Boʻrqoʻldoʻy, Otboshi, Olay, Turkiston va Nurota tizmalari boʻylab, shimoliy da esa Terskay Olatovi boʻylab oqadi. Tizmalarning choʻqqilari koʻpincha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu tizmalarda 1600 dan ortiq muzlik boʻlib, ularning umumiy maydoni 2200 km²dan ziyodroq. Yoz oylarida erib ulgurmagan qorlik ham koʻp.

Fargʻona vodiysida Sirdaryoning oʻzani nisbatan chuqur, qayiri ham ancha pastda joylashgan. Fargʻona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod shahridan 4 km yuqorirokda) Sirdaryo Farhod GES uchun qurilgan toʻgʻon bilan toʻsilgan. Yilning koʻp qismida daryo suvi ana shu GESga suv beradigan Farhod kanali orqali oqadi. Bekobod shahridan quyirokda kanaddagi suvning bir qismi yana qaytadan daryoga quyiladi. Boshqa bir qismi esa „Doʻstlik“ kanali orqali Mirzachoʻl yerlarini sugʻorishga sarf boʻladi. Farhod GES toʻgʻonidan yuqorida daryo oʻzanida kattagina Farhod suv ombori barpo etilgan.

1956-yil Xoʻjand shahridan 12 km yuqorida, S. oʻzanida Qayroqqum suv ombori va „Xalqlar doʻstligi“ GES qurildi. Fargʻona vodiysi qismida Sirdaryoga juda koʻp irmoqkelib quyiladi. Ulardan eng yiriklari oʻng tomondan — Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib keladigan Pochchaotasoy, Kosonsoy, Gʻovasoy, Chodaksoy, chap tomondan — Olay va Turkiston togʻ tizmalaridan suv oladigan Isfayramsoy, Shohimardonsoy, Soʻx, Isfara, Xoʻjabaqirgʻon va Oqsuv. Bu irmoqlar baland togʻlardan oqib tushadigan kichik, lekin. juda nishab oqadigan togʻ daryolaridir. Ularning uzunligi 80-160 km, suv toʻplash maydoni 400-2500 km², oʻrtacha yillik suv sarfi esa 10-15 m³/sek., So'x daryosiniki esa 40 m³/sek.dan bir oz ortiq. Suvi kam boʻlishiga qaramay bu daryolar Fargʻona vodiysidagi yerlarni sugʻorishda muhim ahamiyatga ega. Fargʻona vodiysidan chiqqandan soʻng S.ga chap tomondan hech qanday irmoq qoʻshilmaydi, oʻng tomondan esa unga Ohangaron, Chirchiq, Keles va Aris daryolari kelib quyiladi. Sirdaryoning bu irmoqlari ham, ayniqsa, Chirchiq bilan Aris daryolari togʻdan oqib keladi. Togʻlardan chiqaverish yerida Chirchiqdaryosining oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 227 m³/sek., Aris daryosiniki 65 moʻsek. Ohangaron daryosiniki 23 m³/sek. Togʻlardan tekisliklarga chiqishi bilan daryolarning suvlari kanal va ariqlar orqali sugʻorishga olinadi. Ularning faqat sugʻorishdan orttan suvlarigina S.ga kelib quyiladi. Oʻrta hisobda Sirdaryo suvining 78% Norin suvidan, qolgan 22% Qoradaryo suvidan tashkil topadi.

Suv yigʻilishi va oʻzgarishi

tahrir

Togʻlarning pastki qismidagi mavsumiy qorlar eriydigan aprel oyidan suv keskin koʻpaya boshlaydi, bu koʻpayish iyun oyining oxirlariga qadar davom etadi. Iyun oyida eng koʻp miqdorda (yillik suv miqdorining 17%idan ziyodroq qismi) oqib oʻtadi, iyuldan boshlab, yanvar, fevral oylarigacha daryoning suvi kamaya boradi. Kam suv oqish davri oktabr oyidan may oyi oxirlariga qadar davom etadi, bu davrda oʻrtacha oylik suv miqdori 5—6% ni tashkil etadi. Eng koʻp suv sarfi may—iyun oylariga, eng kam suv sarfi esa yanvar — fevral oylariga toʻgʻri keladi.

Koʻp yillik (1910—75) kuzatishlarga qaraganda, Fargʻona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod sh. yaqinida) S.ning oʻrtacha yillik suv sarfi 278- 1080 m³/sek. orasida oʻzgarib turadi, oʻrta hisobda esa u 568 m³/sekundga (yoki yiliga kariyb 18 mlrd. m³ga) teng. Ohangaron va, ayniqsa, Chirchiq irmoqlarining sugʻorishdan ortgan suvlari qoʻshilgandan soʻng, S.ning suvi anchaga koʻpayadi. Koʻkbuloq kuzatish stansiyasi yonida (Chirchiq daryosi qoʻshilgan joydan 27 km quyida) daryoning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 724 m³/sek. yoki yiliga 23 mlrd. m³ni tashkil etadi. Koʻkbuloqsan oʻtgach, Sirdaryo keng oʻzanda yoyilib, osoyishta oqadi, shuning uchun suvi koʻproq bugʻlanishga va qisman sugʻorishga sarflanadi. Natijada daryo suvi etagigatomon kamaya boradi. Qiziloʻrda shahriga borganda daryoning oʻrtacha suv sarfi 673 m³/sek.ga, Gʻazali shahriga yetganda 492 m³/sek.ga va nihoyat, Orol dengiziga borganda 420 m³/sek.ga tushib qoladi.

Sirdaryoning eng koʻp suv sarfi Bekobod shahri yaqinida koʻpincha 1500-2000 m³/sek.oʻrtasida boʻladi, eng koʻp suv sarfi 3340 m³/sek.ga yetgan yillar ham boʻlgan (1934-yil 17-iyunda). Eng kam suv sarfi 150 m³/sek., hatto undan ham kamroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysidan chiqish yeridan Chirchiq daryosi kelib quyilgan joyga qadar S. kengligi 15 km gacha boʻlgan keng vodiyda oqadi.

Daryoning qirgʻoqlari yotiq, qayiri keng. Shu sababdan kam suvli yillarda daryo eni 0,3—0,5 km boʻladi, sersuv yillarda esa ayrim joylarda 5-7 km, hatto 11 km ga qadar toshib chiqadi.

Daryo oʻzani egribugri va koʻp joylarda orollar hosil qilib, tarmoqlarga ajralib ketgan. Yumshoq jinslardan tuzilganligi sababli daryo qirgʻoqlari koʻpincha oʻpirilib tushib, jarlik tusini olgan. 1964-yilda Sirdaryoning bu qismida (Chordara qishlogʻi yonida) katta toʻgʻon qurilib, Chordara suv ombori barpo etilgan. Suv ombori yonida quvvati 100 ming kVt ga teng boʻlgan GES ham qurilgan. Toʻmenariq qishlogʻidan quyida daryoning irmoklari pasaya bo~ rib, delta qismiga kelganda (Gʻazali shahridan oʻtgandan soʻng) deyarli suv sathi bilan tenglashib qoladi. Qiziloʻrda shahridan bir oz yuqorirokda Sirdaryoda suv koʻtargich toʻgʻon qurilgan. Bu toʻgʻon daryoning oʻng va chap sohillaridagi sugʻorish kanallariga suv chiqarib beradi. Toʻmenariq bilan Jusali temir yoʻl stansiyalari oraligʻida Sdan bir qancha tarmoklar ajralib chiqadi. Ulardan eng koʻhnasi Qizilqum choʻllari oralab ketgan Janadaryo bilan Quvondaryo tarmoqlaridir. Bir zamonlar suvga toʻlib toshgan bu tarmoqlar allaqachon qurib bitgan. Faqat keyingi yillarda ularning ayrim qismlari tozalanib, sugʻorish kanallariga aylantirildi. Koʻksuv, Chiyli, Savramboy, Chirkeyli va Qoraoʻzak tarmoklari hozirgi mavjud tarmoqlardir. Bulardan engyirigi — Qoraoʻzak tarmogʻi Sdan Qoraoʻzak temir yoʻl stansiyasi yonida ajralib chiqadi va 131 km oqib borgach, Jusali temir yoʻl stansiyasi yonida yana Sirdaryoga qoʻshiladi. Hozirgi vaqtda Qoraoʻzak daryoning bosh oʻzaniga aylangan, daryo suvining koʻp qismi shu tarmoq orqali oqadi. Qoraoʻzakdan boshqa tarmoklari ham muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. S.ning quyi oqimidagi 70 ming ga dan ortiqroq yerni sugʻoradigan 400 ga yaqin ariqkanallar ana shu tarmoklardan suv oladi.

Sirdaryo ancha loyqa daryodir. Bekobod sh. yaqinida uning har 1 m³ suvida oʻrta hisobda 2,17 kg loyqa oqiziq boʻladi (oqiziqlarning yillik miqdori qariyb 37 mln. t). Bu oqiziqlarning 72,3% mart — iyun oylarida, 20,3% iyul — sentabr va qolgan 7,4% oktabr — fevral oylarida oqib oʻtadi.

Fargʻona vodiysida Sirdaryo deyarli muzlamaydi. Daryoning bu qismida muzlash hodisalari, asosan, shovush oqimidan iborat boʻlib, bu hodisa oʻrta hisob bilan 10—15 kun davom etadi. Fargʻona vodiysidan chiqib, shim.ga tomon borgan sari S.ning oqish tezligi susayib, suvning yoppasiga muzlashi kamdankam sodir boʻlsa, etak qismida (Gʻazali sh. yonida) daryo 80—140 kun davomida qalin muz bilan qoplanib yotadi.

Sirdaryo va uning koʻpchilik irmogʻida qurilib ishga tushirilgan gidrotexnik inshootlar, ayniqsa, yirik toʻgʻonlar, suv omborlari, kattakatta kanallar va kollektorlar taʼsiri natijasida Sirdaryoning oqim miqdori va gidrologik rejimi ancha oʻzgardi. Masalan, keyingi yillardagi kuzatish maʼlumotlariga qaraganda, Sirdaryoning oʻrtacha yillik suv miqdori Xoʻjand yaqinida 476 m³/ sek. ga, daryoning etak qismida (Gʻazali sh. yonida) esa 158 m³/ sek.ga, tushib qolgan.

Isteʼmol

tahrir

Sirdaryo havzasida obikor dehqonchilik juda qadimdan mavjud boʻlgan. Lekin, 20-asrning 2oʻn yilligigacha oʻzlashtirilgan yerlar, asosan, Fargʻona vodiysi bilan Toshkent vohasida boʻlgan. Bu yerlar Sirdaryoning Fargʻona vodiysidagi irmok/shridan suv oladigan Andijonsoy, Shaqrixonsoy, Quvasoy. Margʻilonsoy, Oltiariqsoy hamda Chirchiq va Oqangaron daryolaridan chiqarilgan Zahariq, Qorasuv, Boʻzsuv, Tanachibuqa va Yordon kabi qad. kanal va ariqlar orqali suv olgan. 1920-yilda Sirdaryo havzasida hammasi boʻlib 1200 ming ga chamasida yer sugʻorilgan.

Sugʻoriladigan yerlar maydonini kengaytirish va ularning suv taʼminotini yaxshilash borasida keyingi 60 yil davomida katta suv xoʻjalik qurilish ishlari amalga oshirildi: Andijonsoy, Shahrixonsoy, Qorasuv va Boʻzsuv singari qad. kanallarni yangilash va kengaytirish bilan birga Sirdaryo havzasida murakkab gidrotexnik inshootlar sistemasiga ega boʻlgan Katta Fargʻona, Shim. Fargʻona, Jan. Fargʻona, Katta Andijon kanallari, Oxunboboyev nomli kanal kabi oʻnlab yirik va yuzlab kichiroq ariqkanallar qazildi. Natijada Sirdaryo havzasidagi ariqkanallarning umumiy uz. qariyb 65 ming km ga yetdi. Bu kanallarga muttasil suv berib turish uchun Sirdaryo va uning irmoklarida juda koʻp toʻgʻon va gidrotugunlar qurilgan. Norin daryosidagi Uchqoʻrgʻon, Qoradaryodagi Kampirravot, Teshiktosh, Kuyganyor, Sirdaryodagi Farhod Qiziloʻrda va Gʻazali gidrouzellari shular jumlasidandir.

Yildan yilga tobora koʻproq yerlar sugʻorilishi natijasida ayrim pastqam joylarni shoʻr va botqoq bosa boshladi. Ana shunday joylarning zaxini qochirish va yigʻilgan sizot suvlar bilan sugʻorishdan ortgan partov suvlarni daryolarga tashlash maqsadida Sirdaryo havzasida 300 dan ortiq kollektor va zovurlar ham qazilgan (32 ming km). Eng yirik kollektorlar Shim. Bagʻdod, SoʻxIsfara, Sarijoʻga, Sariqsuv, Yozyovon, Ulugnor, Zambarkoʻl, Shoʻrkoʻl, Asaka, Shoʻroʻzak, Markaziy Mirzachoʻl va Qorasuv. Suv xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida (1970-yillar oxirida) Sirdaryo havzasida sugʻorilayotgan yerlar maydoni 2,4 mln.ga dan ortib ketdi (2001-yilda 2887 ming ga).

Sirdaryo havzasidagi sugʻoriladigan yerlarda, asosan, paxta ekiladi. Shuningdek, don, sabzavot, meva va poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Norin daryosida ulkan Toʻxtagʻul suv ombori, Qoradaryoda Andijon suv ombori, Chirchiqda Chorvoq suv ombori, Sirdaryoda Qayroqqum suv ombori qurildi, Katta Namangan va Qizilqum kanallari kabi magistral sugʻorish kanallari qazildi.

Sirdaryo ayniqsa, uning baland togʻlardan oqib tushadigan irmoklari katta gidroenergetika zaxirasiga ega. Ularning umumiy potensial gidroenergetika zaxirasi kariyb 22 mln. kVt. Bu havzada 63 GES qurilgan. Ularning umumiy quvvati 2,8 mln. kVt.

Sirdaryo va uning irmoqlari koʻplab qishloq va shaharlarni, Fargʻona vodiysi, Toshkent, Chirchiq, Bekobod va Kiziloʻrda kabi shaharlardagi yirik zavod va fabrikalarni, koʻp sonli sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlaydi.

Daryoning uning qayirida qoldiq oʻzanlar oʻrnida hosil boʻlgan koʻpgina koʻllar bilan birgalikda Oʻzbekiston va Janubiy Qozogʻistonda baliqchilikning rivojlanishidagi ahamiyati ham katta. Bu sohada, ayniqsa, Sirdaryoning quyi oqimi va, shuningdek, Bekobod, Dalvarzin va Arnasoy atrofidagi koʻllar muhim, Sirdaryoning quyi qismi baliqchilikda alohida oʻrin tutadi, u ilgari Orol dengizida ovlanadigan osyotr, moybaliq, soʻvyan, toʻrta baliq, sazan va vobla kabi qimmatbaho baliklarning asosiy urchish joylaridan biri edi. Sirdaryoda 40 dan ortiq baliq turi yashaydi.

Adabiyotlar

tahrir

Ad: Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Zaxidov A. 3., Vodoxozyaystvennie sistemi Sredney Azii, T., 1971.