Borjomi (suv)
Borjomi (gruzincha: ბორჯომი) markaziy Gruziyaning Borjomi darasidagi buloqlardan olingan suvni tabiiy gazlangan mineral suv shaklida ishlab chiqaruvchi brendidir. Vodiydagi artezian buloqlari 2,300 m (7,500 ft) balandlikdagi Bakuriani togʻlarining muzlagan choʻqqilaridagi filtrlandigan suv asosida hosil boʻladi. Suv nasossiz yer yuzasiga ichki bosim bilan koʻtariladi va quvurlar orqali Borjomi shahridagi ikkita shisha quyish zavodiga yetkaziladi[1][2].
Shisha butilka | |
Mamlakat | Gruziya |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | IDS Borjomi |
Asos solingan sanasi | 1890 |
Kalsiy (Ca) | 20-150 mg/dm3 |
Xlor (Cl) | 250-500 mg/dm3 |
Birkarbon (HCO3) | 3500-5000 mg/dm3 |
Magniy (Mg) | 20-150 mg/dm3 |
Kaliy (K) | 15-45 mg/dm3 |
Natriy (Na) | 1000-2000 mg/dm3 |
TDS | 5000-7500 mg/dm3 |
Veb-sayt | borjomi.com |
Litr uchun milligrammdagi barcha konsentratsiyalar (mg/l) da; pH darajasi birliksiz |
Borjomi buloqlari 1820-yillarda Rossiya imperiyasi harbiylari tomonidan aniqlangan. Mazkur buloqlar butun Rossiya imperiyasida mashhur boʻlib, Borjomi mashhur sayyohlik markaziga aylangan. Brendning tarixi Rossiya imperatorligining mashxur Romanovlar sulolasi bilan chambarchas bogʻliq. 1890-yillarga kelib, Borjomi Rossiyaning Buyuk Gertsogi Mixail Nikolayevichga tegishli Gruziya mulklarida shishaga quyila boshlangan.
1917-yilgi Rossiya inqilobida Gruziya davlati Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olingach, Borjomi korxonasi milliylashtirildi va suv Sovet Ittifoqining asosiy eksport mahsulotiga aylantirildi[1].
Bugungi kunda „Borjomi“ xalqaro kompaniyasi — IDS Borjomi International tarkibiga kiruvchi IDS Borjomi Georgia tomonidan boshqariladi. 2022-yil 13-iyun holatiga ko‘ra, IDS BORJOMI International nazorat qiluvchi kompaniyasi, firmaning 7,73% ulushini Gruziya hukumatiga bepul topshirdi. Natijada, IDS BORJOMI International direktorlar kengashi raisi Gruziya hukumatining vakillaridan biriga aylandi[3][4].
2005-yilda „Borjomi“ mineral suvini ishlab chiqarish hajmi 200 million shishaga yetdi. 2007-yilda Bureau Veritas xalqaro sertifikatlash kompaniyasi „Borjomi“ kompaniyasiga ISO 22000 ishlab chiqarish xavfsizligi va sifati xalqaro sertifikatini taqdim etdi. Bugungi kunda „Borjomi“ mineral suvi dunyoning 40 ta davlatiga eksport qilinmoqda[5].
Borjomi suvidan foydalanish jarayonini oʻrgangan gruzin va rus tadqiqotchilari mazkur suv haqida bir qator fikrlar bildirib oʻtishgan. Jumladan, Borjomi bir qator ovqat hazm qilish kasalliklari va qandli diabetni kompleks davolashda qoʻllanilishga tavsiya etiladi[6][7][8][9].
Tarixi
tahrirBorjomi vodiysidagi mineral buloqlar ming yil oldin topilgan[1]. Arxeologlar tomonidan 7-asr boshlarida topilgan yettita katta tosh vannalari buloq suvlarining avvaldan mavjudligi va ulardan yerlik aholi foydalanganligini tasdiqlaydi. Ayrim farazlarga koʻra buloq suvidan aynan choʻmilish maqsadidagina foydalanilgan[1]. Buloqlar 19-asr boshlarida qayta kashf etilishidan ilgariroq qarovsiz holatga kelib qolgan[1]. O‘sha paytga kelib, tinimsiz urushlar natijasida Borjomi va uning atrofi aholi punkti yerlaridan mahrum bo‘lib, o‘tib bo‘lmas o‘rmonlar bilan qoplangan hududga aylangan edi[10].
1829-yilda Rossiya imperiyasining armiyasi Xerson Grenadiyor polki Usmonlilar imperiyasiga qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun Borjomiga joylashtirilganida, rus askarlari Borjomi daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan mineral buloqlar mavjudligini aniqlaydilar. Topilma bilan qiziqib qolgan polk komandiri polkovnik Pavel Popov buloqlarni tozalashni va suvni shishaga solib, harbiy bazaga olib borishni buyuradi. Oshqozon kasalligidan aziyat chekkan Popov suvni birinchi boʻlib oʻzida sinab koʻradi. Ijobiy natijalarni koʻrib, u buloq atrofida tosh devorlar qurishni buyuradi va oʻzi uchun kichik yozgi uy bilan birga shu hududga yaqinroq joyda oʻzi uchun hammom qurdiradi[1]. 1837-yilda Xerson polki Gruziya granadiatorlari polki bilan almashtirilganda, uning shifokori Amirov suv tarkibiy qismlari va ularning taʼsirini oʻrganib chiqadi hamda birinchi tahlil natijalarini Sankt-Peterburg va Moskvaga yuboradi[1]. 1841-yilga kelib, Borjomi suvining shifobaxsh taʼsiri shu qadar mashhurlikka erishadiki, rus podshosining Kavkazdagi noibi Yevgeniy Golovin kasal qizini davolash uchun, uni atayin shu buloqlar yoniga koʻchirib olib keladi. Davolanishning natijalarini hisobga olib, u birinchi bahorni Yekaterinskiy (ruscha: Екатерининский) deb ataydi. Bu qizi Yekaterina va oʻzining ismi Yevgeniyevskiy ismining aralashmasidan hosil boʻlgan soʻz hisoblanadi[1].
Golovin, shuningdek, suvlarni harbiylardan fuqarolik organlariga rasmiy ravishda topshirish ishlarini tezlashtiradi. 1850-yilda Borjomida mineral suv parki ochiladi va 1854-yilda hukumat birinchi shisha quyish zavodining qurilish ishlarini boshlab yuboradi. Borjomi suvi butun Rossiya imperiyasida shifobaxsh taʼsiri bilan mashhurlikka erishadi, hukumat tashrif buyurayotgan sayyohlar va bemorlarni qabul qilish uchun saroylar, bogʻlar va mehmonxonalar qurishni boshlab yuboradi. Tiflisdan Borjomiga boradigan yoʻl odatda faytunda harakatlanganda 8-9 soat davom etadi, ammo 1894-yilda qurilgan Mixaylovo-Borjomi yangi temir yoʻli sayohat uzunligini sezilarli darajada qisqartirishga erishadi. Anton Chexov, Pyotr Chaykovskiy kabi taniqli shaxslar, shuningdek, rus qirollik oilasi aʼzolari mazkur buloqlarga doimiy tarzda tashrif buyuruvchilardan hisoblanar edi[11]. Oʻsha vaqtga kelib, Borjomi rossiyalik sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan Vichy kabi mashxur Yevropa kurortlarining raqibiga aylanib ulgurgan, bu esa oʻz navbatida Borjomiga „rus Vichysi“[12][13] va „Kavkaz marvaridi“ singari nomlarning qoʻyilishiga sabab boʻldi[14].
1894-yilda Buyuk Gertsog Mixail Romanov Borjomi bogʻida 1950-yilga qadar faoliyat yuritgan shisha quyish zavodini barpo ettirdi. 1896-yilda shisha zavodi toʻliq qurib bitkazildi. Borjomi suv korxonasidan olingan daromad Mixailning oʻgʻli va vorisi Nikolayning hisobiga oʻtgan, u 1914-yilga kelib Rossiya buyuk knyazlari orasidagi eng boy kishilardan biri boʻlgan. 1854-yilda jami 1350 shisha suv ishlab chiqarilgan boʻlsa, 1905-yilga kelib ularning soni 320 mingtaga yetdi, 1913-yilda esa bu koʻrsatgich 9 milliondan oshib ketgan. Gruziyada Sovet hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng, Borjomi mineral suvi Sovet Ittifoqi boʻylab keng sotila boshlandi va Iosif Stalin kabi Sovet rahbarlari tomonidan manzur koʻrilishi uning yana ham mashxurlashib ketishiga sabab boʻldi[1][15]. Borjomi darasini oʻrganish ishlari 1927-yilda amalga oshirildi. Shu vaqtdan to 1982-yilgacha 57 ta razvedka qudugʻida (chuqurligi 18.4 m (60 ft) dan 1,502 m (4,928 ft) gacha yetgan) burgʻulash ishlari amalga oshirila boshlandi[16]. 1961-yilda 423 000 sona shisha Borjomi suvi 15 mamlakatga, shu jumladan AQSh, Fransiya va Avstriyaga eksport qilingan[1]. Sovet Ittifoqi mavjud boʻlgan davrda Borjomi Volga avtomobili va Aeroflot aviakompaniyalaridan keyin SSSRning uchinchi mashhur brendi sifatida tan olingan[17]. 1980-yillarda Borjomi suvining yillik ishlab chiqarish hajmi 400 million donaga yetdi[1]. Sovet Ittifoqi parchalanishi natijasida Gruziya Respublikasining mustaqil boʻlishi iqtisodiy turgʻunlikdagi ishlab chiqarish faoliyatinining sekinlashishiga sabab boʻldi. 1995-yilda Gruziya shisha va mineral suv kompaniyasi (GG&MW) tomonidan Borjomi shishasini qayta ishlash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi, bu esa ishlab chiqarish hajmini qirq barobarga oshirdi[1]. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, oʻsha yili ishlab chiqarilgan Borjomining 80 foizi chet elga eksport qilingan — bu miqdorning yarmidan koʻpi Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi[18]. 1990-yillarda qaroqchilikning kuchayishi natijasida „Borjomi“ yorligʻi ostida soxta ichimliklar ishlab chiqarilishiga qaramay, Borjomi suvi oʻziga xos qadoqlash usullari sababli, 2000-yilga kelib oʻz obroʻsini tiklashga muvaffaq boʻldi. 1998-yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi sabbali qaroqchilik faoliyatlari ham kamaya boshladi[17].
2006-yil may oyida Rossiya hukumati Gruziya mineral suvlarini xavfli deb eʼlon qilib, ularni import qilishni taqiqladi. Taqiq 7 yildan keyin 2013-yilda bekor qilindi[19]. Gruziya bu holatni Rossiya bozoriga kirishni cheklash va Borjomini postsovet davridagi siyosiy hokimiyat oʻyinlarida oddiy piyoda sifatida harakatlanish deya[20][21][22]. Taqiq natijasida GG&MW 2006-yilda 25 million lari yoʻqotdi, biroq kompaniya 2008-yilga kelib inqirozni yengib oʻtganligini, savdo hajmi 2006-yildan oldingi darajaga yetganligini malum qildi. 2008-yilning oktyabr oyidan boshlab jahon moliyaviy inqirozi tufayli Borjomi mineral suvining savdosi va eksporti yana 30-40 foizga kamayib ketdi[23]. Ammo 2010-yilda kompaniya „Borjomi“ ning sotuv koʻrsatkichlari kompaniyaning taqiqdan oldingi koʻrsatkichlari bilan bir xil ekanligini eʼlon qildi. 2011-yilda kompaniya taqiqdan oldin sotilgan mahsulotlaridan 15% koʻproq Borjomi suvi sotganligi aniqlandi. Bugungi kunda Borjomi dunyoning 40 ta davlatida sotiladi. Borjomi postsovet mamlakatlarida import qilinadigan mineral suv brendi segmentlari orasida birinchi raqamli brend hisoblanadi.
Borjomi mineral suvi hozirda Kyurasaoda roʻyxatdan oʻtgan, IDS Borjomi International xalqaro kompaniyasining bir qismi hisoblangan IDS Borjomi Georgia tomonidan ishlab chiqariladi. 2022-yil 13-iyun holatiga ko‘ra, IDS BORJOMI International nazorat qiluvchi kompaniyasi kompaniyaning 7,73% ulushini Gruziya hukumatiga bepul topshirgan. Natijada, IDS BORJOMI International direktorlar kengashi raisi Gruziya hukumatining vakillaridan biriga aylandi[24][25][26].
Bugungi kunda kompaniya Borjom-Bakuriani vodiysida 3 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi[27]:
- Borjomi
- Likani
- Bakuriani
Borjomi soʻzining etimologiyasi
tahrir„Borjomi“ nomining oʻzi ikki soʻzdan iborat: „borj“ — „qal’a devori“ va „omi“ — „urush“. Arxeologlarning fikricha, bu hududda tez-tez urushlar boʻlib turgan, mahalliy aholi bunday vaqtlarda togʻlardan mudofaa uchun qalʼa devori sifatida foydalangan[28].
Xususiyatlari
tahrirBorjomi – 1500 yildan ortiqroq tarixga ega boʻlgan vulkanik suv. U tabiiy karbonat angidrid bosimi bilan yer ostidan 1500 m chuqurlikdan yer yuzasiga otilib chiqadi. Borjomi suvi yer yuzasiga chiqquncha sovib qolmaydi va suvning harorati 38–41 °C (100–106 °F) haroratda boʻladi[29]. Borjomi buloqlari Katta Kavkazdagi Adjara-Imereti togʻ tizmasining markaziy qismida dengiz sathidan 760–920 m (2,490–3,020 ft) balandlikda joylashgan. Toʻqqizta buloqli quduqning har biri oʻrtacha 1,200–1,500 m (3,900–4,900 ft) chuqurlikda joylashgan[16].
Buloqlardagi suvning mineral tarkibini saqlab qolish uchun 2006-yilda Gruziya Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vazirligi 2006-2031-yillarga moʻljallangan ishlab chiqarish rejasini tasdiqladi. Unga koʻra kuniga 561 000 litrni suvni sotuv uchun olishga ijozat berildi, bu Borjomidagi 10 ta quduq yordamida kuniga 1 milliondan ortiq shisha idishini toʻldirish imkonini beradi. Quduqlar 3 ta ekspluatatsiya uchastkasida joylashgan: Markaziy (Borjomi shahri yaqinida), Likani (Likani qishlogʻida) va Vashlovani-Kvibisi (Vashlovani va Kvibisi qishloqlarida)[16]. Quduqlardan olingan suv 25 km (16 mi) uzunlikdagi zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan quvur liniyasi yordamida avval sovutilib, soʻngra shishaga qadoqlaydigan ikkita suv quyish zavodiga yuboriladi. Birinchi zavod mineral suvni shisha idishlarga, ikkinchisi esa PET idishlariga qadoqlashga ixtisoslashgan[29].
Borjomi va yaqin atrofdagi Borjomi-Xaragauli milliy bogʻida mineral suv ishlab chiqarish va sayyohlik iqtisodiyoti Gruziya eksport savdosining 10 foiz qismini tashkil etadi. Boku-Tbilisi-Jeyhan neft quvurining Borjomi yaqinida qurilishi mintaqaga salbiy ekologik va iqtisodiy taʼsir koʻrsatishi sababli koʻplab munozaralarga sabab boʻlgan[30].
Kasalliklar
tahrir„Borjomi“ mineral suvi quyidagi kasalliklarni davolaydi[31][32] :
- Surunkali gastrit
- Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi
- Kolit va enterokolit
- Jigar va oʻt yoʻllari kasalliklari
- Pankreatit
- Metabolizm bilan bogʻliq kasalliklar
- Qandli diabet
Tibbiy tadqiqotlar natijasida „Borjomi“ mineral suvi tishlar uchun foydali ekanligi aniqlangan. Ushbu mineral suvda ftorid va yodid ionlari mavjud boʻlib, ular tishlarning parchalanish ehtimolini kamaytiradi[33].
„Borjomi“ suvini muntazam isteʼmol qilish pH darajasini muvozanatlashtiradi, shuningdek, organizmdagi metabolizm uchun maqbul sharoitlarni yaratadi. „Borjomi“ shuningdek, ichak faoliyatini yaxshilaydi. „Borjomi“ muvozanatli mineral tarkibi bilan ajralib turadi, chunki anʼanaviy ravishda koʻpchilik uni oddiy isteʼmol suvi sifatida ichishadi. Shuningdek, „Borjomi“ dagi kalsiy miqdori 100 mg dan kam, bu kunlik isteʼmol qilish uchun maqbuldir. Tanada tuzning toʻplanish xavfi faqat kalsiy miqdori 200 mg/l dan oshganda yuzaga keladi[34].
Parhezshunoslar ortiqcha vaznli odamlarga odatdagidan koʻra koʻproq miqdorda „Borjomi“ suvidan isteʼmol qilishni maslahat berishadi. U uglevodlar va lipidlar almashinuviga ijobiy taʼsir koʻrsatadi va adenozin trifosfor kislotasini (ATP) ishlab chiqaradi, bu kislotaning parchalanishi natijasida tanada energiya paydo boʻladi[35].
Kimyoviy tarkibi
tahrirKavkaz hududida koʻplab mineral suvlar ishlab chiqariladi, ammo ularning hech biri „Borjomi“ bilan bir xil kimyoviy tarkibga ega emas. 19-asrdan buyon „Borjomi“ va uning oʻziga xos xususiyatlari haqida 100 dan ortiq ilmiy ishlar va tibbiy tadqiqotlar yozilgan. 1890-yildan buyon Borjomi mineral suvlari geologlar va kimyogarlar tomonidan oʻrganilib, uning harorati, fizik-kimyoviy xususiyatlari va mineral tarkibi oʻzgarmasligini taʼkidlaydilar[36].
100 gramm „Borjomi“ suvining tarkibi quyidagicha[36]:
Qadoqlash
tahrirBorjomi 0,33 va 0,5 litrli shisha butilkalarida, shuningdek, 0,5 litr, 0,75 litrl, 1 litr va 1,25 litrli plastik butilkalarda hamda 0,33 litrli alyuminiy idishda sotiladi. Shisha butilkalar va PET butilkalar vintli qopqoqqa ega. Shisha idishlarning yashil rangli boʻlishi (Gruziya yashili deb ham ataladi) xususiy formulaga asoslanadi. 2011-yil fevral oyida yorliqdagi kiyik tasviri shuningdek, ishlab chiqaruvchi hudud relyefini yana ham aniqroq koʻrsatish maqsadida, yangi va yanada murakkab zamonaviy koʻrinishga ega boʻlgan Borjomi suvining yangi qadoqlari taqdim etildi. 2019-yil oxirida Borjomi asosiy dizayn tendensiyalari — soddalik va minimalizmga rioya qilgan holda yangi dizaynni qabul qildi. Yangi shishalar zamonaviy koʻrinishga ega bo‘lib, ularda „Gruziya mineral suvi“ iborasi va kumush chiziqlar tasvirlangan edi[37].
Mukofotlar
tahrir1907-yil | SPA Gran-prisi |
---|---|
1909-yil | Qozon Buyuk Oltin medali |
1911-yil | Drezden Faxriy diplomi |
1940-yil | Tallin oltin medali |
1975-yil | Budapesht faxriy diplomi, Butunjahon koʻrgazmasi |
1998-yil | Novosibirsk oltin medali |
1996-yil | Sankt-Peterburg oltin medali |
1997-yil | Sankt-Peterburg oltin medali |
1998-yil | Sankt-Peterburg oltin medali |
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 „History of TM“. IDS Borjomi Georgia. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-fevral.
- ↑ Forbes, Bertie Charles. Forbes. Volume 175, Issues 1-4, 2005 — 81-bet.
- ↑ http://www.messenger.com.ge/issues/5172_june_14_2022/5172_natalia1.html
- ↑ https://agenda.ge/en/news/2022/2237
- ↑ https://borjomi.com/brandHistory
- ↑ „Clinical researches results“. IDS Borjomi Georgia. 2011-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-mart.
- ↑ Iakhontova, OI; Valenkevich, LN; Shepp, EE; Lambina, SA; Demidova, TV; Shepp, AE (Aug 1992). "[The functional-morphological changes in the duodenum in chronic pancreatitis].". Likars'ka Sprava / Ministerstvo Okhorony Zdorov'ia Ukrainy (8): 33–6. PMID 1475921.
- ↑ Shugarov, AA; Tvauri, MP (Jun 1957). "[Indications for directing a patient to Borzhom spa].". Voenno-meditsinskii Zhurnal 5 (6): 63–4. PMID 13557781.
- ↑ Shugarov, AA; Tvauri, MP (Jul–Aug 1968). "[Experience in the treatment of patients with diabetes mellitus at the Borzhomi health resort].". Voprosy kurortologii, fizioterapii, i lechebnoi fizicheskoi kultury 33 (4): 366–7. PMID 4242626.
- ↑ (ruscha) Potto, Vasily (2006, originally published 1899), Кавказская война. Том 1. Турецкая война 1828–1829гг. [The Caucasus War. Vol. 1: the Turkish War, 1828–1829], p. 67. Tsentripoligraf), ISBN 5-9524-2105-9. Retrieved 2011-03-01
- ↑ Burford, Tim. Georgia. Timber Press, 2007 — 158-bet. ISBN 978-1-84162-261-3. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.
- ↑ McReynolds, Louise (2003), Russia at Play: Leisure Activities at the End of the Tsarist era, pp. 175, 173. Cornell University Press, ISBN 0-8014-4027-0. Retrieved 2011-03-01
- ↑ Cockfield, Jamie H. (2002), White Crow: The Life and Times of the Grand Duke Nicholas Mikhailovich Romanov, 1859-1919, p. 39. Greenwood Publishing Group, ISBN 0-275-97778-1. 2011-03-01
- ↑ Meakin, Annette M. B. (1906), Russia: Travels and Studies, p. 420. Ayer Publishing, ISBN 0-405-03086-X. Retrieved 2011-03-01.
- ↑ Aniśko, Tomasz. Plant exploration for Longwood Gardens. Timber Press, 2006 — 207-bet. ISBN 0-88192-738-4. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „Borjomi. Источники“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-fevral.
- ↑ 17,0 17,1 Cheverton, Peter. Understanding Brands. Kogan Page Publishers, 2006 — 11-bet. ISBN 0-7494-4665-X. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.
- ↑ „Russia Targets Georgian Mineral Waters“. Civil Georgia (2006-yil 18-aprel). Qaraldi: 2011-yil 1-mart.
- ↑ „Russia Ends Ban on Borjomi Water“. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
- ↑ Chivers, C.J.. „Russia Bars Georgian Mineral Water“. New York Times (2006-yil 5-may). Qaraldi: 2011-yil 20-fevral.
- ↑ Thorner, Rachel. „Today's Russian Newspapers“. New York Times (2006-yil 17-aprel). Qaraldi: 2011-yil 22-fevral.
- ↑ Bilefsky, Dan. „War Left Georgia Economy Bruised, but Not Broken“. New York Times (2008-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.
- ↑ „GG&MW Retains Borjomi Production License“. Civil Georgia (2011-yil 20-mart). Qaraldi: 2011-yil 1-mart.
- ↑ „Borjomi Owners Offer Free Shares to Georgian Govt“. Civil Georgia (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
- ↑ http://www.messenger.com.ge/issues/5172_june_14_2022/5172_natalia1.html
- ↑ https://agenda.ge/en/news/2022/2237
- ↑ https://www.ids-borjomi.ge/brand/
- ↑ „Вода долины Боржоми. Интересные факты | „Borjomi“ Rossiya“. www.borjomi.com. 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
- ↑ 29,0 29,1 „Production and Bottling“. IDS Borjomi Georgia. 2011-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-fevral.
- ↑ „BTC Pipeline Georgia“. WNET-PBS, New York. Qaraldi: 2011-yil 19-fevral.
- ↑ Ensiklopedicheskiy spravochnik meditsini i zdorovyab, 2008 – st. 215
- ↑ „კლინიკური კვლევების შედეგები“. 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-dekabr.
- ↑ „საინტერესო ფაქტები // borjomi.ge“. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-noyabr.
- ↑ „ბუნების ძალა, გაწმენდა“. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-dekabr.
- ↑ ბუნების ძალა, გახდომა[sayt ishlamaydi]
- ↑ 36,0 36,1 Eristavi D. I., Brouchek F. I.-Fiziko-ximicheskoe issledovanie mineralnoy vodi borjomi.-"Sabchota sakartvelo", Tbilisi, 1964. str 76
- ↑ „Legendary mineral water "Borjomi" changes its packaging“. Vestnik Kvakaza (2011-yil 1-fevral). 2019-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
Havolalar
tahrirVikiomborda Borjomi (suv) haqida turkum mavjud |