Caroline Buckee
Caroline OʻFlaherty Buckee – Epidemiolog olim, Garvard universiteti professori. Epidemiologiya sohasidagi statistik raqamlashtirish ishlari bilan tanilgan. Matematik modellashtirish, kasallik tarqalishining fazoviy strukturasi, yuqumli kasalliklarning populyatsiyalarda tarqalishi, mobil va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarini kuzatish bilan shugʻullangan. Bezgak, COVID-19 pandemiyasi kelib chiqishi, tarqalishi, oqibatlarini oʻrgangan va nazorat dasturlarini ishlab chiqqan[1].
Caroline O'Flaherty Buckee | |
---|---|
Buckee 2017-yilda Berkman Klein Internet va jamiyat markazida nutq so‘zlamoqda | |
Tavalludi | 1979 |
Fuqaroligi | Britaniyalik |
Taʼlimi |
Edinburg universiteti Oksford universiteti York universiteti |
Kasbi | Epidemiolog |
Faoliyat yillari | 2005 — hozirgacha |
Unvoni |
Epidemiolog Professor Doktor Fan nomzodi |
Hayoti va taʼlimi
tahrirBuckee 1979-yilda tugʻilgan. Uning oilasi otasi neft sanoatida ishlagani uchun u bilan birga koʻp joylarda ko'chib yurishiga togʻri kelgan. Alyaska, Norvegiya, Kanada, Yaqin Sharq, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda yashashgan. 2000-yilda Buckee zoologiya boʻyicha Edinburg universitetida bakalavr darajasida oʻqigan. Sharqiy Afrikadagi Tanzaniyada dala tadqiqoti amaliyot vaqtida bezgak kasalligiga duch kelgan va bu uning yuqumli kasalliklar sohasiga kirib kelishiga sabab boʻlgan.
2002-yilda Buckee York universitetida bioinformatika boʻyicha tadqiqotlar yoʻnalishida magist darajasini qoʻlgan kiritgan. Keyinchalik shu yili Oksford universitetida Sunetra Gupta rahbarligida matematik epidemiologiya boʻyicha taʼlim olgan va doktorlik darajasiga harakat qilgan. Bu yerda u neisseria meningitis bakteriyasi keltirib chiqaradigan meningit kasalligi dinamikasi va shtamning turlari, ekologik omillarga chidamliligini oʻrgangan. 2005-yilda ushbu „Patogen xilma-xilligining evolutsiyasi va saqlanishi“ disertatsiyasini tamomlagan hamda 2006-yilda fan nomzodi ilmiy darajasiga erishgan[2].
Karyerasi
tahrirMagistraturani tugatgandan keyin Buckee Keniya Tibbiy tadqiqotlar institutida tadqiqotchi doktor lavozimida ishlab boshlagan. U yerda bezgak kasalligining tarqalishi, aholi migratsiyasi bilan bogʻliq maʼlumotlarni mobillashtirish bilan shugʻullangan[3]. Keyinchalik huddi shu ishi boʻyicha adaptiv tizimlarni oʻrganishga qaratilgan koʻp tarmoqli tadqiqot instituti – Santa Fe institutida ilmiy hodim boʻlib ishlagan. 2010-yilda u Garvarddagi Chan salomatlik maktabi jamoasiga qoʻshiladi. Ular bilan birga inson patogenlarini qanday tarqalishini tushinish, prognoz qilish, biologiyasini oʻrganish usullarini matematik modellashtirish, genomika kombinatsiyasi yordamida qanday tarqalishini nazorat qilish ishlarini amalga oshirgan[4][5]. Buckee raqamli epidemiologiya sohasida kashshof sifatida faoliyat yuritgan. U mobil telefon, sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlaridan foydalanib sayyohlarning tashrifi, ularning kasallik tarqalishidagi ahamiyatini aniqlagan.
Raqamli epidemiologiya
tahrir2012-yilda Buckee va tadqiqotchilar guruhi Keniyada bezgak tarqalishini nazorat qilish va kuzatish uchun mobil telefon maʼlumotlaridan foydalangan ilovani ishlab chiqdi[6]. 2008—2009-yillarda har bir kishi matnli axborot va uyali telefonlar orqali bezgak kasalligi tarqalayotgani togʻrisida habar olish imkoniyatiga ega boʻldi. Keyinchalik Buckee va uning guruhi Telenor telefon kompaniyasidan foydalanadigan 40 million foydalanuvchi uyali telefon maʼlumotlari orqali Pokistonda dengue isitmasi tarqalayotganidan habardor boʻlishganini aniqlashgan[7].
COVID-19 pandemiyasida
tahrirBuckee 2019-yilda COVID-19 ni aniqlash boʻyicha ishlayotgan oʻndan ortiq univeritetlarning yuqumli kasalliklar epidemiologlari bilan COVID-19 Mobility Networkga hamrohlik qiladi[8]. Ushbu guruh hozirda Facebookning Data for Good dasturi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlardan foydalanib epidemiologik tadqiqotlar uchun kasalliklarni oldini olish va aholini ijtimoiy uzoqlashtirish choralari ishlab chiqaradi[8][9]. 2020-yilda Buckee The Washington Post gazetasiga muharrirlik qilgan. U oʻziga maʼlum ijtimoiy uzoqlashtirish siyosati, unga boʻlgan yondoshuvlar, samaradorlik choralarini eksperimental usullarda sinab koʻrgan[10].
Manbalar
tahrir- ↑ Glidden, Scott. „Caroline Buckee, Harvard Data Science Initiative“. Harvard Data Science Initiative (2018-yil 19-oktyabr).
- ↑ Buckee, Caroline O'Flaherty (2005). The evolution and maintenance of pathogen diversity (Ph.D. thesis). University of Oxford. 2023-06-27da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2024-08-02.
- ↑ „The population structure and expression patterns of Plasmodium falciparum var gene repertoires | Wellcome“. wellcome.ac.uk. Qaraldi: 2020-yil 22-aprel.
- ↑ Greenwood, Veronique „Networks Untangle Malaria's Deadly Shuffle“ (en). Quanta Magazine (2015-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-aprel.
- ↑ Buckee, Caroline (January 2017). "Using Cell Phones to Fight Infectious Disease". Trends in Parasitology 33 (1): 1–2. doi:10.1016/J.PT.2016.10.011. PMID 27890329. Andoza:Wikidata+icon
- ↑ Griggs, Brandon „The CNN 10: Thinkers“ (en-US). CNN (2013-yil oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
- ↑ Greenfieldboyce, Nell „Cellphone Records Could Help Predict Dengue Outbreak“ (en). NPR.org (2015-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-aprel.
- ↑ 8,0 8,1 Levien, Simon J.; Li, Austin W. „Harvard COVID-19 Researchers to Use Facebook Data for Disease Forecasting | News | The Harvard Crimson“. www.thecrimson.com (2020-yil 17-aprel). Qaraldi: 2020-yil 22-aprel.
- ↑ Newton, Casey „Facebook begins sharing more location data with COVID-19 researchers and asks users to self-report symptoms“ (en). The Verge (2020-yil 6-aprel). Qaraldi: 2020-yil 22-aprel.
- ↑ Barnett, Michael L.; Buckee, Caroline O.; Grad, Yonatan H.. „What we need to know before we can end social distancing“ (2020-yil 1-aprel). Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.