Dabusiya

Oʻzbekistonning Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar xarobasi
(Dabusqalʼadan yoʻnaltirildi)

Dabusiya (Dabusqalʼa) — arxeologik yodgorlik (mil.av. Z-mil. 19-asr). Zarafshonning oʻng qirgʻogʻida, Okdaryo va Qoradaryoning tutashgan joyida, Ziyovuddin sh.dan 7 km shim.-gʻarbda joylashgan. Ark (1,4 ga) keng xandaq va shahriston (taxminan 2,2 ga) bilan oʻralgan, atrofi rabod (60 ga dan ziyod)dan iborat. Antik davr qadahlari (mil. av. Z-a. — mil. 3-asr), ilk oʻrta asrlarga (67-asrlar) mansub tosh va sopoldan ishlangan buyumlar, sirlangan idishlar (912-asrlar), tangalar, shisha idishlar va b. narsalar topilgan. 6—7-asrlarda Buyuk ipak yoʻlida turgan Fay davlatining markazi. Arab xalifaligita qarshi Soʻgʻdda koʻtarilgan qoʻzgʻolon paytida (8-asr). D.da 10 ming kishilik garnizon bulgan. 9—12-asrlarda Samarqanddan Buxoroga boradigan „shoh yoʻli“da D. Soʻgʻdning yirik shahri hisoblangan. 13-asr boshida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 1518-asrlarga oid tarixiy manbalarda qalʼa sifatida eslatib oʻtilgan. 19-asrda Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin bekligining qalʼasiga aylangan. Ark oʻrnida bek qalʼasi joylashgan.[1]

Ali-teginning 1032/3-yil Dabusiyada zarb ettirgan tangasi

Tavsnif:

tahrir

Dobusiya yoki Dobusqal’a Paxtachi tumanining eng kohna va qadimiy tarixdan soʻzlovchi oʻlkasi. Samarqand bilan Buxoro shaharlarini o‘zaro bog‘lab turgan Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan qadimgi shaharlar ichida eng yirigi va ahamiyatlisi bu Dobusiya shaharchasidir. Bu qadimiy shahar Oʻrta Osiyo svilizatsiya markazlaridan boʻgan desak ham adashmagan boʻlamiz. Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan bu shahar barcha Sharq shaharlari kabi uch qismdan: ark, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Shahar arkida hukmdor, yaʼni davlatni boshqargan rahbar va saroy ayonlari yashashgan. Shahristonda shaharliklar hamda aslzodalar hayot kechirgan. Shaharning rabod qismida esa hunarmandlar, savdogarlar va qo‘shin askarlari istiqoad qilgan. Shahar atrofi dushman hujumidan saqlanish uchun chuqur xandak va mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan boʻlgan. Dobusiya shahri rabodining shimoli g‘arbiy qismida imom Bahra ota xotirasiga maqbara bunyod qilingan. Ushbu maqbara haqida ayrim manbalarda Abu Xurayra maqbarasi deb ham keltiriladi. Maqbarada saqlangan qabrtoshlardan bu yerga dafn qilingan tarixiy shaxsning shaxsiyati haligacha aniqlanmagan. Imom Bahra maqbarasining gʻishtlari va meʼmoriy tuzilishiga qarab olimlar uni taxminan XV-XVI asrlarda barpo qilingan, deyishadi.

Dobusqal’a tarixi:

tahrir

Dobusiya haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumotlar bizga arab tarixchisi Yaqubiy hamda vatandoshimiz Muhammad ibn Jafar Narshaxiylarning asarlaridan yetib kelgan. Bu haqida arxeolog Amriddin Berdimurodov internet nashrlaridagi maqolalarida xabar bergan. Maqolada Yaqubiy Sug‘d haqida gapirib, „Bu tarixiy o‘lka Samarqand, Dobusiya, Qushoniya, Kesh va Nasaflardan iborat“ligi haqidagi maʼlumotlarni keltirib oʻtganligi taʼkidlanadi. Narshaxiy esa o‘zining „Buxoro tarixi“nomli asarida „Buxoroning podshosi yashagan ulkan qishloq Poykend deb atalgan, Dobusiya qal’asini esa shahar deya atardilar“, — deb yozganligi keltiriladi. Tarixiy maʼlumotlarga tayanadigan boʻlsak, demak, Dobusiyaning shakllanish tarixi Buxoro va Poykend shaharlari paydo bo‘lmasidan ilgari davrlarga borib taqaladi.

 

Tarixda Dobusiya shahri arablarning Movaraunnahrga yurishlarini ham oʻz boshidan oʻtkazgan qal’alardan hisoblanadi. XI asrning o‘rtalariga kelib shahar yana ikki sulola o‘rtasidagi nizolarga guvoh bo‘ladi. Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li Mas’ud Xorazm hukmdori Oltintoshga, qoraxoniylar qaramog‘ida bo‘lgan Buxoro va Samarqand ustiga yurish qilishni buyuradi. Qoraxoniylar lashkari Ali Tegin boshchiligida Oltintoshga qarshi chiqadi va bu jangda u mag‘lub bo‘lib Dobusiyaga chekinadi. Oltintosh Dobusiyani qamal qiladi, ammo shaharning mustahkam istehkomlari Xorazmliklarni shaharga kirishlariga imkon bermaydi. Uzoq muddatli qamaldan so‘ng har ikki tomon o‘zaro kelishadi. Shu tariqa Xorazm hukmdori Oltintosh Mas’ud G‘aznaviyning buyrug‘ini bajara olmaydi. Buning ustiga Oltintosh jang paytida qattiq yarador bo‘ladi va buning oqibatida halok bo‘ladi. Ammo vazirning ustamonligi tufayli Xorazmliklarsharmandali mag‘lubiyatdan qutilib qoladilar. XIII asrning boshida yurtimizda yuz bergan mo‘g‘ullar bosqini Dobusiyaning taqdirida ham juda ayanchli bo‘ldi. Mo‘g‘ul bosqinchilari Buxoro shahri tomonga o‘tishda bu shaharni juda qattiq vayron qildilar. Chunki Dobusiyaliklar juda kam sonli bo‘lsalar-da, yovning katta qo‘shiniga qarshi chiqishga jur’at qiladilar. Shundan so‘ng shaharning katta qismi qayta tiklanmadi. Aynan shu davrdan boshlab Dobusiya shahri „Dobus qal’a“ nomini oladi. Lekin, Dobusiya qal’a maqomiga tushib qolgan bo‘lsa-da, baribir u Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi muhim strategik ahamiyatga ega, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavqeini saqlab qolgan.

Tarixiy manbalarda, o‘rta asrlarda Dobusiya shahri vohaning ilmiy, madaniy va maʼrifiy markazi bo‘lganligi, bu yerda juda ko‘plab fikxshunoslar, hadisshunoslar, qur’onshunoslar, yashab o‘tganliklari yozilgan. Dobusiyada tug‘ilgan allomalardan biri bu Abu Zayd Ubaydullo ibn Iso ad-Dobusiy. U 978 yili Dobusiyada tug‘ilgan va dastlabki bilimni o‘z ona shahrida olib so‘ngra Buxoro shahriga borib o‘qishni davom ettirgan. Ul zot yetuk ulamo bo‘lib yetishgach, fikx va shariatga oid bir necha muhim asarlarni yozgan. Alloma 1039 yili Buxoroda vafot etib, shu oʻlkaga dafn qilingan. Zulaym ibn Xatit ad-Dobusiy ham ayni Dobusiyada tugʻilgan. Bu zot ko‘plab mamlakatlarga sayohatga chiqqan va hadislar yigʻish bilan mashgʻul boʻgan. Aytishlariga qaraganda bu zot Imom al Buxoriyning ustozi va yaqin kishisi bo‘lgan ekan.

Dobusiya tarixi Ziyovuddin begi bilan ham uzviy bogʻliq. Ayrim tarixiy manbalarda, XIX asrlarda ham Dobusiya yodgorligi hududida Ziyovuddin begining qarorgohi, masjid va boshqa inshoatlar mavjud bo‘lgan degan maʼlumotlar keltiriladi. Bundan 10 yillar ilgari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Ya. G‘ulomov nomli arxeologik tadqiqotlar instituti bilan Yaponiyalik olimlar hamkorligida Dobusiya hududida qazishmalar oʻtkazilgan. Yodgorlikda olib borilgan keng ko‘lamli qazishmalar natijasida ushbu shaharchaga bundan 2600 yillar ilgari asos solinganligi isbotlandi. Ushbu isbot shaharni Zarafshon vohasida Samarqanddan keyingi ikkinchi qadimiy shahar ekanligini ko‘rsatdi. Bugungi kunda tumanimizda joylashgan qadimiy Dobusiya yodgorligi yaxshi saqlanib kelinmoqda. Bu yerda yaqin atrofda yashovchi aholi yiliga kamida ikki marta, Qurbon va Ramazon hayitlarida bu yerga kelib, namoz o‘qishib sayillar o‘tkazishib, ziyorat qilishga odatlanganlar. Bu shaharning bag‘rida xalqimizning qariyb uch ming yillik tarixi, madaniyati va maʼnaviyati uxlab yotibdi. Agar arxeologik qazishmalar davom ettirilsa, bu yerlar bizga yana uzoq va qadimiy oʻtmishimizning yangi sir-sinoatlaridan xabar beradi.

Manbalar

tahrir
  1. "Dabusiya" OʻzME. D-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil