Deizm fizik olamni yaratib, unga boshqa aralashmagan xudo mavjudligiga ishonchdir. Bu ishonch diniy falsafa qismidir. Deizmda xudo olam tashqarisida nima bilan mashgʻul boʻlishi haqida ayon etilmaydi.


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Deizm (lotincha: deus — xudo) — diniy falsafiy taʼlimot; D. xudoni mukammal tabiat „mashinasi“ni yaratib, unga qonunlar va harakat baxsh etgan olamiy aql deb eʼtirof qiladi, biroq tabiatning oʻz harakatlariga xudoning keyingi aralashuvini inkor etadi va xudoni bilish uchun aqldan oʻzga yoʻlni rad qiladi. 17-asrda yashagan ingliz faylasufi lord G. Cherberi D. asoschisidir („Haqiqat haqida risola…“, 1624). Deistlar koʻpgina oʻzgarmas aqidalar va urfodatlarga qarshi chiqib, aqlga muvofiq keladigan dinni targʻib etadilar. Ular vijdon va fikr erkinligini himoya qilib, „tabiiy din“ va „aql dini“ni vujudga keltirishga intildilar. Moddiyunlar (Angliyada Toland, Kollinz, Pristli, Germaniyada Edelman, Rossiyada Lomonosov va Radishchev) ham, idealistlar (Leybnits, Yum, Kant) ham, eklektik dunyoqarashdagi mutafakkirlar ham D. bayrogʻi ostida oʻz fikrlarini bayon etishgan. 17— 18 — a. mutafakkirlari: Nyuton („1693-yil 11 fevralda Bentliga joʻna-tilgan maktub“), Lokk („Diniy aqida erkinligi xaqida toʻrt maktub“, 1685— 1704, 1689—1706-yillarda nashr etilgan; „Inson aqli haqida tajriba“, 1690), Volter („Kandid“, 1759; „A, V va S orasidagi suhbat“, 1768), Jefferson, Franklin („Birinchi ibtido“, 1840), shuningdek, „erkin fikrli“ Sheftsberi („Tashabbus haqida maktub“, 1708), Tindal („Sirru asrorsiz masixiylik“, 1730), Boling-brok, Russo va Lessinglar ham deist edilar. Biroq 18-asr oxiriga kelib D. Fransiyada Golbax, Didro, Rossiyada N. Kryukov, A. Baryatinskiylar tomonidan tanqidga uchradi. Hoz. vaqtda D. alohida oqim sifatida tan olinmaydi. Ammo koʻpchilik tabiatshunoslar olamning tartibli ravishda tuzilganida uning shaxsiy xususiyatga ega boʻlmagan xalloqi borligi isbotini D.da koʻradilar va shu sababli bu aqidaga qoʻshiladilar[1].

Deistlar odatda ilohiy, deb daʼvo qilinuvchi hodisalar (vahiy, muqaddas kitoblar nozil boʻlishi, moʻjizalar) aslida unday emas, deb taʼkidlashadi. Deizmga koʻra xudo odamlar ishlariga va tabiat qonunlariga aralashmaydi. Teistlar tomonidan „muqaddas kitoblar“, deb qaraluvchi asarlarni deistlar odamlar faoliyati mahsuli, deyishadi. Deistlarga koʻra, xudoning odamlarga bergan inʼomi din emas, balki fikrlash qobiliyatidir.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil