Totemizm (Shimoliy Amerika indeetslarining ojibve qabilasi tilidagi „ototem“ – „uning urugʻi“ soʻzidan) – ibtidoiy diniy eʼtiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning maʼlum guruhi bilan hayvon va oʻsimliklarning muayyan turlari (baʼzan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) oʻrtasida gʻayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor degan eʼtiqodga asoslanadi. Hayvonlar, oʻsimliklar, jonsiz predmetlar totem hisoblangan. Totemlar (koʻpincha hayvonlar) ov qilinmagan, oʻldirilmagan, goʻshti yeyilmagan, ular goʻyo kishilarning qudratli himoyachisi hisoblangan. Qabila, urugʻ har bir aʼzosining hayoti va farovonligi totemga bogʻliq deb qaralgan. Ular oʻz totemini qarindoshi, akasi, otasi, doʻsti deb hisoblagan. Har bir qabila, urugʻ oʻz totemining nomi bilan atalgan. Totemistik eʼtiqod va marosimlar muayyan koʻrinishda koʻp xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan.


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m