Dharmik dinlar Hind subqitʼasida yuzaga kelgan dinlar oilasidir. Ularga Vedik dindan kelib chiqqan Hinduizm), Buddizm, Jainizm va Sikhizm kiradi. Dharmik dinlar dunyoning uch katta diniy oilalari sirasiga kiradi (Ibrohimiy va Taoik dinlar bilan birgalikda). Dharmik dinlarning teologiyasi va falsafasi Dharma (sanskrit tilida धर्म – dharma – „qonun“, „burch“) tushunchasi asosida qurilgandir.


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

"Dharmik" (sariq) va „Ibrohimiy“ (pushti) dinlarning dunyo boʻylab tarqalganligini koʻrsatuvchi xarita.

Dharmik dinlarning umumiy tushunchalari sanskrit, yoga, karma, dharma, nirvana, moksha hamda reinkarnatsiyalardir. Qolaversa, jainizm hinduizmning bir shakli oʻlaroq koʻriladi (lekin jainizm hinduizmdagi kastalarni tan olmaydi). Dharmik dinlarning Hindistondagi kuchli taʼsirini hind bayrogʻining oʻrtasida tasvirlangan Ashoka Chakra (Ashoka Gʻildiragi) ifodalaydi.

Dharmik dinlar mil. avv. 3300 yillar atrofida paydo boʻla boshlagan. Ular Vedik din, yaʼni Veda kitoblariga asoslangan din koʻrinishida yaxlit holda mavjud boʻlib, turli maktablar chiqishi bilan boʻlinib ketgan.

Shuningdek

tahrir