Dnepr
Dnepr yoki Dnipro (ukraincha: Дніпро; belaruscha: Дняпро, Днепр[1][2] yun. Borisfen) — Sharqiy Yevropadagi daryo, RF, Belarus va Ukraina xududida. Uzunligi 2201 km. (Yevropada uzunligi boʻyicha Idel (Volga) va Dunaydan keyin 3-oʻrinda), havzasining mayd. 504 ming km2. Valday qirlaridan boshlanib Qora dengizning Dnepr limaniga kuyiladi. Dneprning oʻng va chapdan irmogʻi koʻp; yiriklari — Drut, Berezina, Pripyat, Soj, Desna, Suda, Psyol, Vorskla, Samara, Ros. Oʻrta oqimida dneprning vodiysi keng (6–18 km), qad. terrasalar bor. Quyi oqimida dnepr Qora dengiz boʻii pastgekisligidan oqib oʻtadi. Qor va funt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1700 m3/sek. dekabrdan mart oxirigacha muzlaydi. Dneprda kuyilish yeridan 1677 km masofada kema qatnaydi. Asosiy pristanlari va portlari: Mogilyov, Kiyev, Kanev, Cherkassi, Kremenchug , Dnipro, Zaporojye, Nikopol, Xerson. Dnepr sunʼiy suv sistemalari orqali Boltiq dengizi havzasining daryolari: Daugava bilan Berezina sistemasi, Neman bilan Dnepr-Neman, Gʻarbiy Bug bilan DneprBug kanallari orqali bogʻlangan. GESlar qurilgan.
Dnepr | |
---|---|
ukraincha: Дніпро | |
Tavsif | |
Uzunligi | 2 201 |
Maydoni | 504 000 km² |
Suv sarfi | 1 670 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya, Belarus va Ukraina |
Dnepr |
Yana qarang
tahrirAdabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |