Doʻlgonlar (saxa.: тыа киһи) dolganlar (oʻzlarini dulgaan, tiakixi, saxa deb ataydilar) — turkiy xalqlar, elat, Taymir milliy okrugining asosiy aholisi. Umumiy soni 7 ming kishi (1992). Yoqut tilining doʻlgon shevasida gaplashadilar. Dindorlari — tangrichilik, shomonlik, pravoslavlar. D.ning ajdodlari Taymir yarim oroldan uzoqda, Lena daryosining Vilyuy va Muna irmoqlari rnida yashagan. 18-asr davomida shim.-gʻarbga siljib, hozirgi yashaydigan joylariga koʻchib kelganlar. "Doʻlgon" 19-asrdagi urugʻlardan birining nomi. D.ning oʻzagini asli tungus boʻlgan doʻlgon, ejen, karintuo, dongot urugʻlari tashkil etgan. D. bugʻuchilik, ovchilik (moʻyna tayyorlash), balikchilik bilan shugʻullanadilar.

Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Rossiya

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil