Dugʻlat — qad. turkiy qavmlardan biri. Bular 13-asrda Chigʻatoy ulusining sharqiy mintaqalarida yashovchi yetakchi qabilalardan boʻlgan. D.lar Sharqiy Turkistonda, Issiqkoʻlning jan.da, Fargʻona vodiysining shim. qismlarida koʻchib yurganlar. Asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. Moʻgʻullar davlatiga itoat qilmagan D.lar oʻz mustaqilliklari uchun betinim kurashib, 1427— 28 yillarda Qashqarni egallaydi va bu viloyatni to 16-asrning 1-choragigacha mustaqil idora qiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur onasi Qutlugʻ Nigorxonim va "Tarixiy Rashidiy" muallifi Mirzo Muhammad Haydar D.dan boʻlganlar. 15—16-asrlar davomida D.lar bir qancha guruhlarga boʻlinib ketgan. Ular Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Qorategin va Hisor viloyatlariga kelib joylashgan. D.lar hozirda oʻzbek, qozoq va qirgʻiz xalqlari tarkibiga singib ketgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil