Qutlugʻ Nigorxonim

Fargʻona vodiysi malikasi

Qutlugʻ Nigorxonim (? — 1505/ 1506) — Fargʻona viloyati hukmdori Umarshayx mirzoning toʻngʻich xotini. QN.ning otasi Yunusxon Chingizxonning 2-oʻgʻli Chigʻatoyxon naslidan boʻlgan, onasi Eson Davlat begim tuman beklaridan Sher Xonibekning qizi edi. Yunusxon Eson Davlat begimdan 3 qiz koʻrgan. Q. N. oʻrtancha qiz boʻlgan. Q. N. Umarshayx mirzoga uzatilgach, undan bir qiz (Xonzodabegim) va bir oʻgʻil (Zahiriddin Muhammad Bobur) koʻrgan. Dono, oqila, mehribon va vafodor bu ayol Boburning Temuriylar saltanatini inqirozdan saq-lab qolish maqsadidagi harakatlarida madadkor boʻlgan, darbadarlik vaqtlarida hamrohlik qilgan. Bobur Kobulni qoʻlga kiritgandan soʻng, 5—6 oy oʻtgach, Q. N. ich terlama kasaliga chalinadi va dunyodan koʻz yumadi. U Ulugʻbek tomonidan qurilgan Bogʻi Navroʻziyda dafn etilgan.

Qutlugʻ Nigorxonim
Tavalludi nomaʼlum
Vafoti iyun 1505
Otasi Yunusxon
Onasi Eson davlat begim

Adabiyot

tahrir
  • Zahiriddin Muhammad bobur, Boburnoma, T., 1989.