Anbiyo surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Anbiyo surasi (arabcha: سورة الأنبياء, nomining maʼnosi — Payg‘ambarlar[8][9]) — Qurʼonning 21-surasi. Makkiy suralardan biri, 112 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 322–331[10]-sahifasida va 17-juzida joylashgan. 73-boʻlib nozil boʻlgan.
Anbiyo surasi — سورة الأنبياء | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Payg‘ambarlar[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 322–331[4] | ||||||||||||
Juz | 17 | ||||||||||||
Sura raqami | 21 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 112 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 7[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 73[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
tahrirSura qiyomat soati yaqinlashib qolgani, odamlar esa u Kundagi hisob-kitobga hozirlanib, yaxshi amallar qilish oʻrniga gʻaflat uyqusiga gʻarq ekanliklari haqida xabar berish bilan boshlanadi. Soʻng oʻquvchi eʼtibori koinotdagi har bir mavjudotning oʻta nozik va aniq oʻlchov bilan yaratilib, yakkayu yolgʻiz Yaratgan tomonidan boshqarib turilishiga qaratiladi va yeru osmonda Allohdan oʻzga yana biron iloh boʻlsa, u oʻlchov va tartibga futur yetib, borliq buzilib ketishi aniq ekanligi taʼkidlanadi.
Bu surada Ibrohim paygʻambar va u zot bilan butparastlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan mojarolar xususida batafsil hikoya qilinib, oʻzini oʻzi himoya qilishga ojiz boʻlgan jonsiz but-sanamlar birovga yordam qilishi yoki ziyon yetkazishi amrimahol ekanligi uqtiriladi.
Yana bu surada Alloh taoloning paygʻambarlaridan Ishoq, Yaʼqub, Lut, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Ismoil, Idris, Zul-kifl, Zunnun, Zakariyo va Iyso alayhis-salomlar toʻgʻrisida ham xabarlar vorid boʻlganki, suraning «Anbiyo — paygʻambarlar» deb nomlanishiga ham bois shudir.
Suraning nihoyasida Alloh taoloning soʻnggi paygʻambari hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barcha olamga Allohning rahmat-marhamati boʻlib kelganlari zikr qilinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Haj surasi | 21-sura — arabcha matni | Oldingisi: Toha surasi |