Anvar Yuldoshevich Ergashev (1954-yil 19-aprel, Stalinobod, Tojikiston SSR – 2020-yil 8-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek bastakori va dirijyori, pianinochi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Davlat mukofoti laureati, spektakllar, baletlar va filmlar uchun koʻplab simfonik, kamera-instrumental asarlar, musiqalar muallifi. Oʻzbekiston musiqa sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002)[1].

Anvar Ergashev
Tavalludi 19-aprel 1954-yil
Vafoti 8-avgust 2020-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kompozitor, pianinochi

Boigrafiyasi

tahrir

Ergashev 1954-yil 19-aprelda dirijyor oilasida tavallud topgan. Boshlangʻich va oʻrta maʼlumotni Fargʻona shahrida olgan. Shundan soʻng Toshkent davlat konservatoriyasining uch mutaxassisligi boʻyicha: 1977-yilda „Fortepiano“ boʻlimi, 1986-yilda „Bastakorlik“ yoʻnalishi, 1994-yilda „Opera-simfonik dirijyorlik“ yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.

Anvar 1986-yilda „Bastakorlik“ ixtisosligini tugatgach, „Fortepiano va orkestr uchun konsert“ diplom ishi uchun SSSR Bastakorlar uyushmasiga qabul qilingan.

2000-yilda Ofarin mukofoti nominatsiyasida „Yilning eng yaxshi bastakori“ deb topilgan.

Anvar 2002-yilda "Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi" unvoni bilan taqdirlangan.

Bastakor 2020-yil 8-avgustda Toshkentda vafot etgan[2][3].

Ergashev uzoq yillar davomida bastakorlik, dirijyorlik, oʻqituvchilik va ijtimoiy tashkilotchilik sohalarida koʻp qirrali ijodiy faoliyatni amalga oshirgan.

Ergashevning bastakorlik faoliyati turli musiqiy asarlar yozishida namoyon boʻldi. U 200 dan ortiq musiqiy asarlar yozgan. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan musiqa tanlovlarida „Kroshka“ operettasida (Oʻzbekistondan tashqari Rossiyaning Irkutsk, Volgograd, Yekaterinburg va Moskva shaharlarida ham sahnalashtirilgan), „Nevesta Xlestakova“, „Ubey menya, golubchik“ va boshqa musiqalari yangragan. 50 dan ortiq filmlar uchunn bastalagan musiqasi, jumladan, „Uch qirolning jangi“ (rej. Suhail Ben Barka; Marokash, Italiya, Ispaniya va „Oʻzbekfilm“ bilan birgalikda), „Sharif va Marif“, „Yulduzimni qaytar“, „Bomba“, „Oyijon“, „Fidoyilar“ musiqiy filmlari juda mashhur boʻlgan. Bastakorning soʻnggi filmlaridan biri „101“, harbiy mavzuga bagʻishlangan boʻlib, ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek askarlarining qahramonliklari haqida edi. Musiqiy filmlar uchun yozilgan koʻplab qoʻshiqlari juda mashhur boʻlib, taniqli estrada xonandalarining repertuariga kirgan.

Anvar Yoʻldashevich ulkan ijodiy muvaffaqiyatlari Oʻzbekiston Milliy akademik teatri bilan bogʻliq boʻlib, unda tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan S. Ahmad „Ufq“, A. Oripov „Sohibqiron“, H. Rasul „Al Fargʻoniy“, Usmon Azim „ Kunduzsiz kechalar“, „Usmon Nosir“ kabi muhim spektakllarni sahnalashtirgan. Bastakor oʻz musiqasida Sharqning Al-Fargʻoniy, Amir Temur, At-Termiziy, Cho‘lpon, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom kabi koʻplab atoqli namoyandalari obrazlarini aks ettirgan.

Anvar 1998-yilda Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrida bosh dirijyori boʻlgan. 2002-yildan A. Navoiy nomidagi davlat akademik katta opera va balet teatri badiiy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Bastakorning bu teatrdagi ijodiy faoliyati 1994-yilda Toshkentda mashhur boʻlgan „12 oy“, „Morozko“, „Qor malikasi“, „Tegirmon ustidagi quyosh“ „Zolushka“ nomli yangi yil musiqiy ertaklarini yaratishdan boshlangan. Uning musiqiy filmlarida milliondan ortiq bolalar qatnashgan. Uning mehr va goʻzallik taratgan musiqalari bolalarda qalb pokligini tarbiyalagan[4].

Xalq eposi qahramoni Ergashev oʻz baletini „Humo“ baxtning afsonaviy qushi deb atagan. Balet premyerasi 2005-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan. Balet xalqaro ijodiy hamjamiyatda libretto muallifi – V. Sergeyev, baletmeyster – Gruziya xalq artisti, professor Georgiy Aleksidze, ssenariy muallifi – Gruziyada xizmat koʻrsatgan artist Y. Gegeshidze, xoreograf – T. Levina, liboslari boʻyicha rassom – K. Yoqubov tomonidan yaratilgan. Ergashev 2007-yilda „Humo“ baleti musiqasi uchun 1-darajali Davlat mukofoti laureati boʻlgan.

Ergashev 2005–2010-yillarda „Chexoviana“ baletida ishlagan. Balet musiqasi Chexovning „Uch opa-singil“ va „Chayka“ pyesalari hamda estoniyalik xoreograf May Ester Murdmaaning librettosi asosida yaratilgan. A. P. Chexov bastakorning sevimli rus yozuvchisi edi.

Anvar Katta teatrda dirijyori sifatida ham oʻzini koʻrsatgan. P. Maskanyaning „Rustikana sharafi“, K.Sen-Sayensning „Samson va Dalila“, N. Rimskiy-Korsakovning „Chor kelini“, D. Puchinnining „Floriya Toska“, P. Chaykovskiyning „Uxlayotgan goʻzal“, A. Glazunovning „Raymonda“ opera va balet spektakllarining musiqiy rahbari boʻlgan.

19771980-yillarda Fargʻona musiqa bilim yurtida va 1980–1986-yillarda Toshkentdagi Gliyer nomidagi maxsus musiqa maktabida oʻqituvchi boʻlib faoliyat olib borgan. Madaniyat ishlari vazirligida masʼul xodim (1986–1988), Toshkent madaniyat institutida (19881994) pedagog, Navoiy teatrida dirijyor (1993-yildan) va badiiy rahbar (2002-yildan), Oʻzbekiston milliy simfonik orkestrining bosh dirijyori (1998-yildan) boʻlib ishlagan. „Humo“ baleti, 2 fortepiano konserti, violonchel va orkestr uchun poema, fortepiano triosi, skripka va fortepiano uchun sonata, klarnet va fortepiano uchun „Sharqona kaprichchio“ kabi qator spektakllar uchun simfonik va kamer asarlar yozgan. Ayniqsa, Ergashevning kino va telefilmlarga yozgan musiqalari („3 qirol jangi“, „Sherali va Oybarchin“, „Tabib“, „Domla“, „Quyoshi botmaydigan yurt“, „Sharif va Maʼrif“, „Aka Sharif Toshkentda“, „Tilla bola“, „Yulduzimni ber, osmon“ va boshqalar), musiqali ertak („Balli uloqcha“, „Yarash-yarash“, „12 oy“, „Qor malikasi“), musiqali komediya („Anqovlar chayqovi“, „Mittivoy“, „Oʻldir meni azizim“ va boshqalar)lari ommalashgan.

Manbalar

tahrir





  1. „ЭРГАШЕВ АНВАР ЮЛДАШЕВИЧ“. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  2. „Скончался известный композитор и дирижер Анвар Эргашев“. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  3. „Скончался известный композитор и дирижер ГАБТ им. А. Навои Анвар Эргашев“. 2023-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  4. „ПРОБЛЕМЫ ФОРМЫ И СТИЛЯ В ТРИО А.Ю.ЭРГАШЕВА“. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.