Andijon (futbol klubi)

(FK Andijandan yoʻnaltirildi)

Andijon PFK (Andijon professional futbol klubi) — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi vakili, Andijon viloyati sharafini himoya qiladi[1]. 2024-yilda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Kubogi sohibi.

Andijon PFK
Toʻliq nomi Andijon professional futbol klubi
Laqabi Burgutlar
Asos solingan 1964-yil
Stadion Bobur arena
Stadion hajmi 18.600
Egasi UzAvtoMotors
Prezidenti Oʻzbekiston Ulugʻbek Mirzayev
Murabbiyi Rossiya Aleksandr Xomyakov
Sardori Oʻzbekiston Ildar Mamatkazin
Homiysi UzAutoMotors
Musobaqasi Super liga
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi

tahrir

1964—1967, 1989—1990-yillari „Spartak“, 1969—1974-yillari „Andijanets“, 1983—1985-yillari „Toʻqimachi“, 1986—1988-yillari „Paxtakor“, 1991—1996-yillari „Navroʻz“ va 1997-yildan boshlab „Andijon“ nomlari ostida chempionatlarda ishtirok etishni boshlagan. 1964—1970, 1973—1974, 1986—1991-yillari Sovet Sotsialistlik Respublikalar Ittifoqi chempionatida ishtirok etgan. Klub 1992-yildan 2004-yilgacha Oliy ligada, 2005-yilda Birinchi ligada ishtirok etgan. 2006-yili klub yana Oliy ligaa qaytgan. 2008-yilda oʻz tarixidagi eng yaxshi natija, Oliy ligada 5-oʻrinni qoʻlga kiritgan[2]. 2012-yilgi mavsum soʻngida esa jamoa Oliy ligani tark etgan va navbatdagi bir mavsumni birinchi ligada oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumni 13-pogʻonada yakunlagan.

2012-yil 22-avgustda klub Oliy ligadagi oʻz oʻrnini saqlab qolishiga yordam berish uchun, Azamat Abduraimovni bosh murabbiy sifatida tayinlagan. Klubdagi oʻzgarishlar natija bermagan va jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasiga tushib ketgan. Klub navbadagi mavsum, Oʻzbekiston birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallab, yana Oliy Ligaga qaytgan. 2013-yilgi mavsumning birinchi yarmidan soʻng „Andijon“ atigi 4 ochko bilan chempionatda 14-oʻrinda edi. 2014-yil 14-iyun kuni „Bunyodkor“ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Oradan bir necha kun oʻtib, 2014-yil 20-iyunda Azamat Abduraimov isteʼfoga chiqqan. Klubga vaqtinchalik Ildar Mamatkazin bosh murabbiy etib tayinlangan. 2014-yil 26-sentyabrda Edgar Gess klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

2024-yil 5-noyabrda Andijon jamoasining 60 yilligi nishonlangan[3].

Klub nomlari

tahrir
  • 1964—1967: Spartak
  • 1969—1974: Andijanets
  • 1983—1985: Toʻqimachi
  • 1986—1988: Paxtakor (Andijon)
  • 1989—1990: Spartak (Andijon)
  • 1991—1996: Navroʻz
  • 1997—2005: Andijon
  • 2006-yil: Andijon UzDEU avto
  • 2008—h. v.: Andijon

Mahalliy tarix

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin Oʻyin D M UG OʻG O Ism Liga
1992 1 7 32 12 9 11 45 45 33 1/4 Final   Furqat Esonboyev 11   Karim Moʻminov

  Vladimir Jukovskiy

1993 1 7 30 11 8 11 43 41 30 1/4 Final   Karen Safarov 9   Vladimir Jukovskiy
1994 1 11 30 11 3 16 34 50 25 1/8 Final   Igor Golovanov 12   Iskandar Galiulin
1995 1 8 30 10 7 13 38 43 38 1/16 Final   Qahramon Abduqodirov 10   Iskandar Galiulin
1996 1 8 30 11 8 11 44 51 41 Playoff bosqichi   Qahramon Abduqodirov 9   Iskandar Galiulin

  Bahrom Hakimov

1997 1 12 34 11 6 17 54 62 39 1/8 Final   Otabek Qilichev 11   Viktor Borisov

  Sergey Shevchenko

1998 1 9 30 12 4 14 59 58 40 1/16 Final   Baxtiyor Hamidullayev 9   Sergey Shevchenko
1999 1 6 30 12 7 11 53 50 43   Baxtiyor Hamidullayev 24   Sergey Shevchenko

  Boris Lavrov

2000 1 8 38 15 10 13 82 62 55 1/16 Final   Baxtiyor Hamidullayev 33   Iskandar Galiulin
2001 1 7 34 15 3 16 64 58 48 1/8 Final   Baxtiyor Hamidullayev 25   Iskandar Galiulin
2002 1 11 30 9 6 15 43 61 33 1/4 Final   Baxtiyor Hamidullayev 22   Iskandar Galiulin
2003 1 7 30 11 6 13 38 36 39 Playoff bosqichi   Baxtiyor Hamidullayev 8   Hakim Fuzaylov
2004 1 14 26 6 1 19 30 68 19 1/8 Final   Shuhrat Yusupov 8
2005 2nd 1 34 27 3 4 85 20 84 1/8 Final   Yodgor Akbarov 26
2006[4] 1 10 30 10 5 15 46 52 35 1/16 Final   Baxtiyor Hamidullayev 17   Edgar Gess
2007 1 10 30 10 5 15 37 45 35 1/4 Final   Baxtiyor Hamidullayev

  Doniyor Hamidullayev

6   Edgar Gess

  Ishtvan Sekech

  Orif Mamatkazin

2008 1 5 30 13 7 10 35 28 46 1/8 Final   Levan Mdivnishvili 11   Vladimir Bondarenko

  Orif Mamatkazin

2009 1 7 30 10 9 11 47 48 39 1/8 Final   Shuhrat Mirxoldorshoyev 9   Orif Mamatkazin
2010 1 7 26 9 7 10 28 29 34 1/4 Final   Shuhrat Mirxoldorshoyev 11   Amet Memet
2011 1 12 26 7 7 12 29 43 28 1/8 Final   Lochinbek Soliyev 11   Orif Mamatkazin

  Aleksandr Averyanov

2012 1 14 26 4 4 18 28 52 16 1/4 Final   Vladimir Shishelov 7   Aleksandr Averyanov

  Azamat Abduraimov

2013 2 2 30 23 2 5 76 24 71 1/16 Final   Lochinbek Soliyev 15   Azamat Abduraimov
2014 1 14 26 3 3 20 18 50 12 1/8 Final   Abdulatif Abduqodirov

  Aziz Ibragimov

3   Azamat Abduraimov

  Orif Mamatkazin

  Sergey Shevchenko

  Edgar Gess

2015 1 13 30 8 4 18 27 56 28 1/8 Final   Anvar Berdiyev 7   Edgar Gess

  Sergey Kovshov

2016 1 16 30 6 5 19 20 50 23 1/4 Final   Nemanja Jovanović 5   Sergey Kovshov

  Baxtiyor Ashurmatov

  Orif Mamatkazin

2017 2nd 3 34 21 9 4 73 32 72 II-bosqich   Shahboz Jumaboyev 15   Vitaliy Legay

  Usmon Toshev

2018 2nd 1 32 18 9 5 57 29 63 1/4 Final   Shahboz Jumaboyev 17   Eldor Sakayev
2019 1 10 26 6 10 10 23 37 28 1/8 Final   Shaxzod Ubaydullaev 9   Eldor Sakayev

  Aleksandr Xomyakov

2020 1 13 26 2 10 14 16 38 16 1/8 Final   Jamshid Hasanov 5   Aleksandr Xomyakov

  Viktor Kumikov

2021 1 13 26 4 7 15 22 41 19 Guruh bosqichi   Usmonali Ismonaliyev 5   Viktor Kumikov
2022 2 1 26 17 6 3 42 25 57 1/8 Final   Shahboz Erkinov 12   Viktor Kumikov
2023 1 7 26 12 4 10 27 25 40 Guruh bosqichi   Rubin Hebaj 12   Aleksandr Xomyakov
2024 1 9 26 6 12 8 36 36 30 Gʻolib   Rustam Turdimurodov 7   Aleksandr Xomyakov
2025 1   Aleksandr Xomyakov

Jamoa ramzlari

tahrir

Yutuqlar

tahrir
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi (3): 2005-yil, 2018-yil, 2022-yil[6]
Oʻzbekiston Superligasida 5-oʻrin 2008-yil

Tarkibi

tahrir

Birinchi jamoa tarkibi

tahrir
2024-yil 25-yanvar holatiga koʻra[7]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Eldor Adhamov
5 DF   UZB Abduvohid Gʻulomov
8 MF   UZB Farhod Bekmurodov
10 MF   UZB Ilhom Abdugʻaniyev
12 GK   UZB Mohirbek Komilov
13 MF   UZB Sardor Azimov
14 DF   UZB Abdurahmon Komilov
18 FW   UZB Damir Temirov
26 MF   UZB Muhammadkarim Toirov
28 DF   UZB Islom Mamatkazin
31 FW   UZB Nuriddin Nuriddinov
51 FW   RUS Luka Zgurskiy
R. Poz. Millati Futbolchi
66 DF   UZB Ilhom Alijonov
71 MF   UZB Bektemir Abdumannonov
77 FW   UZB Rustam Turdimurodov
99 FW   TJK Shahrom Samiev
DF   UZB Oleg Zoteyev
GK   UZB Valijon Rahimov
MF   UZB Doniyor Abdumannopov
FW   RUS Islam Mashukov
MF   UZB Iskandar Shayqulov
MF   BIH Mirzad Mehanović
DF   MNE Miomir Đuričković
DF   UZB Usmonali Ismonaliyev
DF   UZB Abubakir Ashurov

Oʻsmirlar jamoasi

tahrir

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
2 DF   UZB Izzatillo Abdurasulov
6 MF   UZB Asilbek Aysarov
18 FW   UZB Saidmurod Karimov
20 MF   UZB Abdulaziz Yusufjonov
23 DF   UZB Abubakir Rajabboyev
24 DF   UZB Azizbek Usmonov
25 DF   UZB Asadbek Habibullayev
29 MF   UZB Hojimurod Asqarov
30 DF   UZB Abdulatif Oybekov
33 DF   UZB Abbosbek Abdug‘afforov
41 DF   UZB Mehriddin Adhamjonov
42 MF   UZB Diyor Madaminov
R. Poz. Millati Futbolchi
44 DF   UZB Xabibullo Xabibullayev
50 FW   UZB Bekzodjon Nasimov
55 FW   UZB Oyatillo Obidjonov
57 DF   UZB Akbarxoʻja No'monxoʻjayev
67 DF   UZB Abdusamad Hamidjonov
70 FW   UZB Hamidullo Karimov
73 DF   UZB Humoyun Husanboyev
80 DF   UZB Omad Tursunaliyev
88 MF   UZB Shohjahon Yorqinboyev
90 GK   UZB Asilbek Tojiddinov
98 MF   UZB Muhammaddiyor Mahmudov

Texnik xodimlar

tahrir

Joriy murabbiylar shtabi

tahrir
Position Name
Bosh murabbiy   Aleksandr Xomyakov
Murabbiy yordamchisi   Artyom Petrosyan
Murabbiy yordamchisi   Elyorbek Rahmatullayev
Jismoniy tayyorgarlik

boʻyicha murabbiy

  Augustin Chiriță
Murabbiy   Asilbek Azizov
Darvozabonlar murabbiyi   Qobil Olimjonov

Bosh murabbiylari

tahrir

Yillar boʻyicha

Yillar Bosh murabbiy
1964-yil Yevgeniy Valitskiy
1965 Sergey Budagov
1965—1966-yillar Vladimir Desyatchikov
1967—1983-yillar maʼlumotlar yoʻq
1973 Idgay Tazetdinov
1974 Vladimir Eremeev
1984-yil Aleksandr Averyanov
1985-yil maʼlumotlar yoʻq
1986—1987-yillar Aleksandr Averyanov
1988-yil maʼlumotlar yoʻq
1989-yil Birodar Abduraimov
1989-yil Igor Frolov
1990-yil Aleksey Petrushin
1990-yil Aleksey Stepanov
1991-yil Yuriy Hakimov
1991-yil Rustam Usmonov
1992-yil Karim Moʻminov
1992—1993-yillar Vladimir Jukovskiy
1994—1996-yillar Iskandar Galiulin
1996-yil Bahrom Hakimov
1997-yil Viktor Borisov
1997—1999-yillar Sergey Shevchenko
1999-yil Boris Lavrov
2000-2002 Iskandar Galiulin
2003-yil Hakim Fuzaylov
2004—2005-yillar maʼlumotlar yoʻq
2006—2007-yillar Edgar Gess
2007-yil Ishtvan Sekech
2007—2008-yillar Orif Mamatkazin
2008-yil Vladimir Bondarenko
2008—2009-yillar Orif Mamatkazin
2010-yil Amet Memet
2011-yil Orif Mamatkazin
2011—2012-yillar Aleksandr Averyanov
2012—2013-yillar Azamat Abduraimov
2014-yil Orif Mamatkazin
2014-yil Sergey Shevchenko
2014—2015-yillar Edgar Gess
2015—2016-yillar Sergey Kovshov
2016-yil Baxtiyor Ashurmatov
2017-yil Usmon Toshev
2018—2019-yillar Eldor Sakayev
2020-yil Aleksandr Xomyakov
2020-yil Baxtiyor Hamidulayev
2020-yil Otabek Gʻulomxoʻjayev
2020—2022 Viktor Kumikov
2023—h. v. Aleksandr Xomyakov[8]

Muxlislar, raqiblar, derbilar, taxalluslar

tahrir

Andijon mamlakatdagi eng katta muxlislar armiyasiga ega jamolardan biridir[9]. „Andijon“ jamoasining deyarli har bir uy uchrashuvida 18600 tomoshabinga moʻljallangan „ Sogʻlom avlod“ stadioni toʻlib-toshgan.

„Andijon“ jamoasining asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalaridir. Bular Oʻzbekistonning bir-biriga tutashgan 3 ta demografik yirik viloyati – Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarining (viloyatlarning) asosiy jamoalaridir.

Ularning barchasi Fargʻona vodiysida joylashgan boʻlib, u Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyoning eng unumdor va goʻzal maskanlaridan biri hisoblanadi.

Shunga koʻra, ushbu 3 klub oʻrtasidagi oʻyinlar nafaqat oʻz muxlislari, balki butun Oʻzbekiston futbol muxlislarida katta qiziqish uygʻotadi.

Bu uch jamoa toʻqnashuvi „Vodiy derbisi“ deb nomlanib, Sovet davridan qolgan.

„Andijon“ning muxlislar orasida laqablari koʻp. Eng keng tarqalganlari „Burgutlar“, „Andijonliklar“, „Avtomobisozlar“.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir