Foydalanuvchi:Zarifboyev/Qumloq/Shveysariya
| |||||||
Tashkil topgan | 2021-yil 6-iyul | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Boshlangan amaliyotlari | 2023-yil 25-aprel | ||||||
Havo tuguni | Samarqand xalqaro aeroporti | ||||||
Park hududi | 7 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 16 | ||||||
Egasi | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||||||
Bosh qarorgohi | Oʻzbekiston, Toshkent | ||||||
Muhim shaxslar | Raʼno Joʻrayeva (CEO) | ||||||
Sayti | silk-avia.com |
Silk Avia – 2021-yil iyul oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan Oʻzbekistonning mintaqaviy aviakompaniyasidir[1]. Kompaniya Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasining tarkibida boʻlib, uning bazasi Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan[2]. Aviakompaniya hozirda 14 ta yoʻnalishda parvozlarni amalga oshirmoqda va bu koʻrsatkichni 40 taga yetkazishni rejalashtirmoqda[3]. Shuningdek, aviakompaniya IATA kodini „US“, ICAO kodini esa „USA“ sifatida oʻzlashtirgan[4].
Tarixi
tahrirSilk Avia aviakompaniyasi 2021-yil 6-iyulda Uzbekistan Airports AJ tarkibida ichki turizm va biznesni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. 2021-yil noyabr oyida oʻtkazilgan Dubai Airshow 2021 koʻrgazmasi davomida Uzbekistan Airports va HAS Aviation GT oʻrtasida mintaqaviy aviakompaniya tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolandi[5]. Keyinchalik, aviakompaniya ATR turidagi samolyotlardan foydalanishni boshladi va Markaziy Osiyoda ushbu turdagi samolyotlardan foydalangan birinchi aviakompaniyaga aylandi[6].
Uzbekistan Airports yangi aviakompaniya mahalliy aviabozorda raqobatchi boʻlmasligini taʼkidlab, quyidagicha izoh berdi:
Silk Avia o‘zini Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyaga raqobatchi sifatida ko‘rmaydi, balki ichki parvozlarni tashkil etishda hamkor sifatida ishtirok etadi
Yangi aviakompaniya Fransiya-Italiya Avions de Transport Régional (ATR) konserni tomonidan ishlab chiqarilgan ATR 72-600 va ATR 42-600 samolyotlaridan foydalanishini bildirdi[8]. Aviakompaniya oʻz faoliyatini ilgari Bangkok Airways tarkibida parvoz qilgan uchta samolyot bilan boshladi[9]. Birinchi samolyot 2023-yil 18-mart kuni Bangkokdan yoʻlga chiqib, olti marta toʻxtash bilan, 2023-yil 21-mart kuni Toshkent aeroportiga yetib keldi[10][11]. Shuningdek, Silk Avia ATR kompaniyasidan beshta yangi samolyotga buyurtma berdi. Ulardan ikkitasi Irlandiyaning Nordic Aviation Capital (NAC) kompaniyasi bilan ijara shartnomasi asosida yetkazib beriladi[12]. Ushbu kelishuv 2023-yil 20-iyun kuni Parij Le-Burje xalqaro aviakosmik koʻrgazmasida eʼlon qilingan[13]. NAC tomonidan ijaraga olingan birinchi samolyot 2024-yil 19-fevralda yetkazib berilgan, unga qadar ATR uni 2023-yil dekabr oyida NACga topshirgan edi[14][15]. Ushbu samolyotlar Silk Avia ranglariga moslab boʻyalgan va qolgan samolyotlarning ham tez orada yetkazilishi kutilmoqda. Shuningdek, ushbu samolyotlar Pratt & Whitney PW127XT aviadvigatellari bilan jihozlangan[8]. Bu dvigatellar texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini 20 foizga va yoqilgʻi sarfini 3 foizga qisqartirish imkonini beradi[16][17][18]. 2025-yilgacha jami 10 ta samolyot sotib olish rejalashtirilgan[19][20].
ATR kompaniyasining bosh ijrochi direktori Natalie Tarno Laud (talaffuzi: Natali Tarno Lod) Silk Avia Markaziy Osiyoda yangi bozorni ochayotganini qayd etib, quyidagilarni taʼkidladi:
O‘zbekistondek tez rivojlanayotgan mamlakatda Silk Avia ichki turizmni rivojlantirish va iqtisodiyotni rag‘batlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqaviy parvozlar sonining 10 foizga oshishi mahalliy yalpi ichki mahsulotning 5 foizga o‘sishiga olib kelishi mumkin. ATR esa ishonchli va hamyonbop mintaqaviy samolyotlarni taqdim etish orqali bu jarayonga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Biz Markaziy Osiyoda ATR uchun yangi bozorni ochayotgan Silk Aviani yangi hamkorimiz sifatida kutib olishdan mamnunmiz.
— Natalie Tarno Laud, [21]
Silk Avia 2023-yil 20-aprelda havo operatori sertifikatiga ega boʻldi. Kompaniya aprel oyida sinov parvozlarini amalga oshirdi, birinchi sinov reysi Toshkent-Nukus yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirildi. Parvoz 2 soat davom etdi va muvaffaqiyatli yakunlandi[22]. Aviakompaniya samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish borasida Uzbekistan Airways Technics bilan hamkorlik qilishini eʼlon qildi[17][22]. Silk Avia muntazam reyslarni 2023-yil 25-apreldan amalga oshira boshladi. Birinchi tijorat parvozi 24-aprel kuni US-131 reysi orqali Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida amalga oshirilgan[23]. Aviakompaniya birinchi oyi davomida taxminan 12 ming yoʻlovchini tashigan[24].
2023-yil oktyabr oyida Prezident qaroriga muvofiq, Silk Avia kompaniyasining 100% kapitali va Uzbekistan Airports tomonidan sotib olingan uchta ATR 72-600 samolyoti Uzbekistan Helicopters tarkibiga oʻtkazildi[25][26][27][28][29].
2024-yil avgust oyida aviakompaniya Qirgʻizistonning Tomchi qishlog‘iga oʻzining birinchi xalqaro parvozini amalga oshirdi. Shu oyning oʻzida aviatashuvchi Oʻzbekistonning Samarqand shahridan Qozogʻistonning Turkiston shahriga muntazam reysni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda[30][31][32].
-
ATR 72-600 samolyoti Toshkent aeroportiga yaqinlashmoqda
-
ATR 72-600 samolyoti Toshkentga yetib kelib qo‘ndi
-
Samolyot suv arkasi bilan kutib olindi
-
ATR 72-600 samolyotining yon tomondan ko'rinishi
-
Ekipaj a’zolari gullar bilan kutib olindi
-
Uchuvchilar samolyotdan tushmoqda
-
Silk Avia ekipaji va xodimlari bilan guruh surati
Tashqi koʻrinishi
tahrirSilk Avianing tashqi koʻrinishi atlas matosidan ilhomlangan. Samolyotning bezagi burun qismidan fyuzelyajning yarmigacha atlas matosini tasvirlaydi. Ranglar asosan Oʻrta Osiyoda atlas matosi uchun anʼanaviy boʻlgan ranglardan, masalan, doʻppilarda qoʻllaniladigan ranglardan tanlangan. Aviakompaniya kelgusida bir nechta turli dizaynlarni joriy etishni rejalashtirmoqda[33].
Aviaparki
tahrir2024-yil oktyabr oyi holatiga koʻra, Silk Avia ATR konserni tomonidan ishlab chiqarilgan turbovintli, oʻrta masofali samolyotlar bilan parvozlarni amalga oshiradi.
Samolyot | Xizmatda | Buyurtmalar | Oʻrindiqlar | Manbalar |
---|---|---|---|---|
ATR 72-600 | 5 | 8 | 72 | [34][35][36][37][27] |
Let L-410 Turbolet | 2 | 2 | 19 | [38][39] |
ATR 42-600 | - | 2 | 46 | [8][27] |
Jami: | 7 | 12 |
Parvoz manzillari
tahrirSilk Avia Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida ichki va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi[40].
Yana qarang
tahrir
Manbalar
tahrir- ↑ „В Ташкенте встретили новый самолет авиакомпании «Silk Avia»“ (ruscha) (2024-yil 17-fevral). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia aviakompaniyasi uchun 70 o‘rinli uchta samolyot kelishi kutilmoqda — Ra’no Jo‘rayeva“ (2022-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ „A new airline, Silk Avia, is being established in Uzbekistan“ (inglizcha) (2024-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia on ch-aviation“ (inglizcha). ch-aviation. Qaraldi: 2024-yil 17-oktyabr.
- ↑ „O‘zbekistonda yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etilmoqda“ (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ Kaminski-Morrow, David „New Uzbek carrier Silk Avia solidifies ATR 72 fleet plan“ (inglizcha). Flight Global (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
- ↑ „O‘zbekistonda yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etilmoqda“ (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Авиакомпания Silk Avia получит 7 новых самолетов и создаст собственный тренажерный центр“ (ruscha) (2023-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ Woerkom, Klaas-Jan van „Uzbekistan Airways-Dochter Silk Avia Ontvangt Eerste Fabrieksnieuwe ATR“ (niderlandcha). Luchtvaart nieuws (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi“ (2023-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ Alcock, Charles. „Silk Avia Receives First ATR 72-600 Regional Airliner“ (inglizcha). AIN Online (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ „NAC has executed a lease agreement for 2 new ATR 72-600s with Silk Avia“ (inglizcha) (2023-yil 20-iyun). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ Nadalet, Ivan „Uzbekistan's Silk Avia to lease two more ATR72s“ (inglizcha). www.ch-aviation.com (2023-yil 20-iyun). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
- ↑ Vos, Ruud „Silk Avia ontvangt eerste ATR 72-600“ (niderlandcha). Piloot & Vliegtuig (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia introduces first new ATR 72-600 in Central Asia“ (inglizcha). ATR (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Airbus va ATR'dan 17 ta samolyot sotib oladi“ (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
- ↑ 17,0 17,1 Мадиева, Рисолат. „Silk Avia o‘zining o‘quv markazini yaratadi“. Янги Ўзбекистон (2023/26/06). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia and ATR sign an agreement for the purchase of five ATR 72-600 aircraft“ (inglizcha) (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia aviakompaniyasi 10 ta samolyot xarid qiladi“ (2022-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi!“ (2024-yil 16-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
- ↑ Schuurman, Richard. „Silk Avia opens up Uzbekistan for ATR“ (inglizcha). AirInsight Group (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ 22,0 22,1 „Silk Avia havo operatori sertifikatini olib texnik reyslarni boshladi“. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia o'zining ilk ko'rgazmali parvozini amalga oshirdi“ (2023-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Faoliyatining birinchi oyida Silk Avia 12 000 dan ortiq yo'lovchini o'z manziliga eltib qo'ydi“ (2023-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Uzbekistan Helicopters becomes the owner of Silk Avia“ (inglizcha) (2023-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia aviakompaniyasi Uzbekistan Helicopters tarkibiga o‘tkazilmoqda“ (2023-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ 27,0 27,1 27,2 27,3 Jarvis, Howard. „Tashkent formalises change in Silk Avia ownership“ (inglizcha). ch-aviation (2023-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Uzbekistan Airports’ning Silk Avia’dagi ulushi Uzbekistan Helicopters’ga o‘tkaziladi“ (2023-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Авиция фаолиятини самарали ташкил этишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида“ (2023-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Tashkent Formalizes Change in Silk Avia Ownership and Fleet Expansion“ (inglizcha) (2023-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Авиакомпания Silk Avia с 16 июня запустит рейсы из Ташкента на побережье озера Иссык-Куль“ (ruscha) (2024-yil 29-may). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia запускает регулярный рейс Ташкент — Тамчы — Ташкент“ (ruscha) (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Colorful Satin Fabric Themed Startup Silk Avia Bringing First ATR Aircraft To Uzbekistan !“ (inglizcha). fl360aero.com (2022-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia получила самолет ATR 72-600“ (ruscha) (2024-yil 16-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Минтранс прокомментировал передачу Silk Avia в структуру Uzbekistan Airways“ (2023-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ Тен, Александр. „Silk Avia получила четвертый самолет“ (ruscha). Kursiv Media Узбекистан (2024-yil 17-fevral), s. 1-2. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Лоукостер Узбекистана приобретет 12 самолетов концерна ATR“ (ruscha) (2024-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Aviakompaniya faoliyati to'g'risidagi hisobot“. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia возобновляет регулярные рейсы по маршруту Ташкент — Заамин“ (ruscha) (2024/22/06). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ 40,0 40,1 40,2 40,3 40,4 40,5 40,6 „Live Flight Tracker - Real-Time Flight Tracker Map“ (inglizcha). Flightradar24. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ 41,0 41,1 41,2 41,3 41,4 41,5 „Silk Avia тижорий рейсларни йўлга қўяди“ (2023-yil 23-aprel). Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
- ↑ 42,0 42,1 42,2 42,3 42,4 42,5 42,6 „Yo‘nalishlar“. Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
- ↑ Новикова, Анастасия. „Авиакомпания Silk Avia намерена развивать региональные рейсы“ (ruscha). ПЛОВ (2024-yil 28-mart). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ „“Silk Avia” Тошкентдан Шаҳрисабзга мунтазам авиақатновлар йўлга қўймоқда“ (2024-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia возобновляет регулярные рейсы по маршруту Ташкент — Заамин“ (ruscha) (2024-yil 24-iyun). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi“ (2024-yil 29-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia will have daily flights to Kokand“ (inglizcha) (2024-yil 15-iyul). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia oktabrdan O‘zbekiston bo‘ylab uchta yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda“ (2024-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Все рейсы“. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ 50,0 50,1 „Silk Avia Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi“ (2024/27/03). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Uzbek Silk Avia to launch flights on Bukhara-Urgench-Bukhara route“ (inglizcha) (2024-yil 10-aprel). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ 52,0 52,1 „Silk Avia to begin flights connecting Uzbekistan's regions“ (inglizcha) (2024-yil 30-mart). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia Issiqko‘lga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi“ (2024-yil 17-may). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Uzbekistan's Silk Avia launches regular flights to Kyrgyzstan's Issyk-Kul“ (inglizcha) (2024-yil 18-may). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ Ismoilov, Kamol „Uzbekistan's Silk Avia launches regular flights to Kyrgyzstan's Issyk-Kul“ (inglizcha) (2024-yil 18-may). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Silk Avia Samarqanddan Qozog‘istonning Turkiston shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda“ (2023-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Silk Avia mavzusiga oid fayllar bor. |