Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Finikchik!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Umarjon Rahimov (munozara) 12:08, 10-Mart 2023 (UTC)

Vikifikator

tahrir

Salom. Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz hurmatga loyiq. Oʻzbek Vikipediyasida oʻ, gʻ harflari hamda tutuq belgisining yozilishiga eʼtiborli boʻling. Buning uchun, maqolani yozib yoki tahrirlab boʻlganingizdan soʻng, tahrir oynasining pastidagi „Vikifikator“ tugmasini bosing. Shunda, bu tugma sizning matningizni qoidalarga muvofiq toʻgʻrilab beradi.--Amir.Temur (munozara) 17:16, 29-Iyun 2022 (UTC)

Salom. {{Aktyor bilgiqutisi}} andozasidan foydalanar ekansiz, tasvir izohi uchun sarlavha parametridan emas, balki imzo parametridan foydalaning. Keraksiz joylarda boʻshliq (probel) tashlamang. Malikxan munozara 07:47, 7-Iyul 2022 (UTC)

Hormang. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Maqolani Laila (aktrisa)dan Lailaga koʻchirdim. Nega? Chunki, oʻzbekcha Vikipediyada Laila nomli maqola yoʻq, shu sababli unga disambig qoʻshishga hojat ham yoʻq. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 19:35, 1-Avgust 2022 (UTC)

Lakshmi (aktrisa) maqolasini Lakshmiga koʻchirdim. Iltimos, yozganlarimga amal qiling. Malikxan munozara 20:39, 1-Avgust 2022 (UTC)
Assalomu alaykum, hoʻp boʻladi) Finikchik (munozara) 18:20, 2-Avgust 2022 (UTC)

{{manbalar}} andozasidan foydalanish

tahrir

Hormang qardosh! Avvalambor, O‘zbekcha Vikipediyaga hissa qo‘shayotganingiz uchun tashakkur! Lekin, bir masala mavjud. Har maqola yaratganingizda ==Manbalar== bo‘limida {{manbalar}} andozasini qoldirib ketishni unutib qo‘ymoqdasiz. Iltimos, keyingi maqolalarni bunday xatolikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilsangiz. Maroqli tahrirlar tilayman. Hurmat bilan, Optima D (munozara) 21:44, 3-Avgust 2022 (UTC)

Salom! Rahmat sizga oqko‘ngil inson Finikchik (munozara) 17:13, 4-Avgust 2022 (UTC)

{{Qizlik familyasi}} yoki {{QF}} andozalaridan foydalanish

tahrir

Hormang, qardosh! Biror bir aktirsaning qizlik familyasini yozmoq uchun ajoyib andoza mavjud. Istasangiz qo'llashingiz mumkin. {{QF}} andozasi bilan tanishib chiqishingizni maslahat beraman. MaxiMillian  (menga yozish!) 05:39, 7-Avgust 2022 (UTC)

Salom! Rahmat sizga, albatta foydalanaman) Finikchik (munozara) 05:42, 7-Avgust 2022 (UTC)

Joy sahifasini koʻchirish

tahrir

Hormang, Gulasal. Joy sahifasini Park Soo-young yoki Joy (qoʻshiqchi)ga koʻchirish taklifim bor. Nima deysiz? Muzaffar murodovich (munozara) 15:05, 20-Avgust 2022 (UTC)

Salom, Muzaffar Murodovich! To'g'ri aytasiz, o'zim ham ikkilanib turgan edim) Finikchik (munozara) 15:15, 20-Avgust 2022 (UTC)
Maqolani Joyga qayta koʻchirdim. Masalan, Rayhon (qoʻshiqchi) nomli maqola Rayhon Gʻaniyeva, deb nomlanmagan. Joy (qoʻshiqchi)ga koʻchirmasligimiz sababi oʻzbekcha Vikipediyada Joy nomli maqola yoʻq, shuning uchun unga qoʻshiqchi, deb disambig qoʻshilmaydi. Malikxan munozara 15:42, 20-Avgust 2022 (UTC)
Tushunarli, rahmat Finikchik (munozara) 15:46, 20-Avgust 2022 (UTC)

Sahifani koʻchirish taklifi

tahrir

Oxirgi maqolangizni koʻchirish va atoqli otlarga ichki havola berish taklifim bor Muzaffar murodovich (munozara) 16:05, 24-Avgust 2022 (UTC)

Mayli nima deb ko`chirish kerak? Finikchik (munozara) 16:07, 24-Avgust 2022 (UTC)
"Islom dinining ayol olimlalari" boʻlib qolgan. Olimalari' ga oʻzgartirish kerak Muzaffar murodovich (munozara) 16:11, 24-Avgust 2022 (UTC)
ichki havola deb qizartirib chiqishni aytyapsizmi?)) Finikchik (munozara) 16:09, 24-Avgust 2022 (UTC)
@Finikchik ha shunday Muzaffar murodovich (munozara) 16:11, 24-Avgust 2022 (UTC)

Salom. Vikipediya diniy sayt emas. Maqolalarda „s.a.v.“, „a.s.“ va boshqa shu kabi gonorativlardan foydalanmang. Maqolalar neytral ohangda yozilishi lozim. Misol uchun, maqolalarda „Muhammad s.a.v“ emas, shunchaki „Muhammad“ deb yozing. Iloji boʻlsa, qolgan maqolalaringizda ham buni tuzatib chiqing.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 15:18, 28-Avgust 2022 (UTC)

Salom. Tushunarli rahmat) Finikchik (munozara) 15:23, 28-Avgust 2022 (UTC)
Tarjima qilayotganda maqola mazmuniga eʼtiborli boʻling. Yaqinda yaratgan Jack and the Cuckoo-Clock Heart maqolangizni olsak, mana bu jumlaga eʼtiboringizni qaratmoqchiman: 2013-yilda fransuz 3D animatsion musiqiy fantastik film. Maqolani yaratgandan keyin oʻzingiz ham oʻqib koʻring. Yodda tuting, 2 ming soʻzda iborat mazmunsiz maqoladan 200 ta soʻzdan iborat mazmunli maqola afzaldir.
Malikxan munozara 15:41, 28-Avgust 2022 (UTC)
Maqolani tahrirlayotib ikki marta o'qib chiqqanman, rostdan ham siz yuborgan jumla mazmunsiz bo'lib qolgan, albatta by meni e'tiborsizligimdan. Bundan keyin yanada yahshiroq qilib tahrirlashga harakat qilaman, albatta sizlarning yordamlaringiz bilan. Finikchik (munozara) 16:43, 28-Avgust 2022 (UTC)

Minnatdorlik

tahrir
  Mendan sizga bir boʻlak oq va qora shokolad!
Mendan sizga bir boʻlak shokolad! Oʻzbekcha Vikipediyada yangi kelgan foydalanuvchilarga berayotgan yordamingiz (jumladan menga ham) uchun minnatdorman! Shu tahlidda yana siz bilan bir qator ishlarni birgalikda amalga oshirishlikdan umidvorman! Yoqimli ishtaxa! PanPanChik (munozara) 07:18, 31-Avgust 2022 (UTC)

Forumda ishtirok eting!

tahrir

Salom, Finikchik Vikipediyada faol va tajribali foydalanuvchilardan biri boʻlganingiz uchun sizni ushbu forumda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! MaxiMillian (talk) 10:39, 14-Oktabr 2022 (UTC)

Ovoz berishda ishtirok eting!

tahrir

Assalomu alaykum! Ushbu sahifada boʻlayotgan ovoz berish jarayonida qatnashishingizni iltimos qilib qolgan boʻlar edim. Soʻrovnomaga befarqlik koʻzi ostida boqmasligingiz, ovoz berishda ishtirok etishingiz, Vikimizda tahrirlar soninig oshishiga xizmat qilishi mumkin. Hurmat bilan MaxiMillian (talk) 12:56, 12-Noyabr 2022 (UTC)

Bajarildi ^_^ Finikchik (munozara) 13:40, 12-Noyabr 2022 (UTC)
  Oʻzbekcha vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun raxmat, bu atirgul sizga, doimo shu gul kabi yashnab yuring :) DarkHorse(munozara) 15:37, 27-Noyabr 2022 (UTC)
Rahmat! Finikchik (munozara) 15:39, 27-Noyabr 2022 (UTC)
  Faxrli tarjimon ordeni
Hurmatli Finikchik, Oʻzbekcha Vikipediyaga qo'shayotgan salmoqli hissangiz uchun, WikiOromgoh ostloyihasida yangi foydalanuvchilarga berayotgan yordamingiz uchun sizni Tarjimon ordeni bilan mukofotlashga ijozat bergaysiz. Umid qilamanki, maqolalaringiz son va sifat jihatdan yanada yuksalib boradi. Umarjon Rahimov (munozara) 07:49, 26-Noyabr 2022 (UTC).
Tashakkurlar! Finikchik (munozara) 08:55, 26-Noyabr 2022 (UTC)

Neytrallik

tahrir

Salom! Ummu Kulsum bint Muhammad maqolasi bo'yicha bezovta qilyapman. Vikipediya:Betaraflik sahifasi bilan tanishsiz deb umid qilganim holda shuni sizga eslatmoqchimanki, s.a.v, r.a, alayhisalom kabi so'zlarni payg'ambarlar va boshqa diniy shaxslar ismi yonidan yozmasangiz. Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 00:56, 1-Dekabr 2022 (UTC)

Yulduz

tahrir
  Portalchilar“ yulduzi
Hurmatli, Finikchik sizni "Portalchilar" jamoasiga a'zo bo'lganingiz uchun tabriklagan holda, ushbu yulduzni sizga sovg'a qilmoqchiman. Biz bilan birga bo'lishni tanlaganingiz uchun tashakkurlar! Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 06:36, 5-Dekabr 2022 (UTC)
Rahmat katta! Finikchik (munozara) 10:28, 5-Dekabr 2022 (UTC)

8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan

tahrir
Fayl:Women's day.png 8-mart bilan!

Assalomu alaykum do'stim Gulasal ! Sizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimizdan qutlab, Sizga baxoriy tabassum, mustaxkam sixat-salomatlik, quyosh xarorati-yu olam-olam quvonchga to‘la xissiyotlarni yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdosh bo‘lib qolamiz!

Lablaringizdan samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuyg‘ulari, ezgulik xissi, nur va sevinch, mehr va muxabbat aslo arimasin!
Samimiy tilaklar ila

HusniddinRasulov(munozara) 20:28, 7-Mart 2023 (UTC)

Va alaykum assalom, katta rahmat Husniddin! Onajoningizni meni nomimdan tabriklab qoʻying Finikchik (munozara) 01:29, 8-Mart 2023 (UTC)

Soʻrovnomada qatnashing!

tahrir

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, Salazarov 17:59, 9-Iyun 2023 (UTC)

Chustiy

tahrir

Hayrli kun! Chustiyni tahrirlayotgan edim oxiriga yetmagandim hali siz ham tahrirlabsiz shunga oʻzimga tegishli joyini tahrirlar marafoniga qoʻysam maylimi? Abdufattohov Ibrohimjon (munozara) 00:31, 10-Iyun 2023 (UTC)

Salom. Albatta, oʻzingizning tahriringizni kiritsangiz boʻladi. Finikchik 05:02, 10-Iyun 2023 (UTC)

Avtomat tarjima

tahrir

Hormang! Avtomat tarjimachi faxriy yorligʻini olmoqchmisiz? :) Sal evi bilan-da endi.

"Yulduz Usmanova 1980-yillarning oxirida oʻzining „Maida“ debyut albomini chiqarish orqali oʻz vatanida tan olindi."

"Mayda" deb yozilgan narsa qanday qilib "Maida" boʻlib qoldi? Maida-maida. Usmonova qanday qilib Usmanova boʻldi? Keyin, qoʻshiqchi qanday tan olinadi? Bir kun belgilanib, hamma oʻzbek bir dalada toʻplanib, tan olish yoki olmaslik haqida ovoz beradimi? "добилась признания у себя на родине" — vatanida shuhrat qozondi, desa boʻladi-ku odam tilida.

Bu bir misol xolos. Avtomat tarjima bilan boʻlsa-da mukofot olmoqchilar: kimni laqillamtoqchisizlar? Yoki bizni lox deb oʻylaysizlarmi? Mukofot yaxshi, ammo til haqida ham sal qaygʻuraylik. Ertaga siz yaratgan axlat tarjima tufayli Google Translate kabi mashina tarjimonlar yanada yomon tarjima qila boshlaydi. Bu birgina muammo xolos. Asosiy muammo esa uzwiki axlatga toʻlayotgani. Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:30, 13-Iyun 2023 (UTC)

Nima keragi bor Nodir Atayevning xabarini Copy paste qilishni, guruhda oʻqib javobini ham berib boʻldim. Finikchik 06:10, 13-Iyun 2023 (UTC)
Munozara sahifada tarix uchun saqlab qoʻydim. Sizga noqulaylik tugʻdirmaydi deb umid qilaman. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:28, 13-Iyun 2023 (UTC)
bemalol ;) Finikchik 06:34, 13-Iyun 2023 (UTC)
Rahmat) Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:39, 13-Iyun 2023 (UTC)

TM nomzodi

tahrir

Assalomu alaykum. Mana bu yerda tanlangan maqola uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, Mrjavokh1r (munozara) Mrjavokh1r (munozara) 08:18, 30-Iyul 2023 (UTC)

Tanlangan maqola uchun nomzod

tahrir

Assalamu alaykum xurmatli admin va faol foydalanuvchi. Men Inson yuragi nomli maqolamni TM uchun nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Bu jarayonda sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Hurmat bilan Wikisurgery94 (munozara) 09:42, 30-Iyul 2023 (UTC)

TM statusi

tahrir

TM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqolamga izoh bildirishingizni, xatolarini koʻrsatib oʻtishingiz, hamda loyiq koʻrsangiz, rozilik ishoratini qoldirishingizni soʻrab qolgan boʻlar edim! Mahmud Hamrayev (munozara) 10:43, 22-Avgust 2023 (UTC)

„Hanaa Ben Abdesslem“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „Hanaa Ben Abdesslem“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqola“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Hasan Xamidovich (munozara) 02:28, 18-Iyul 2024 (UTC)

„Oisha Abdur-Rahmon“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „Oisha Abdur-Rahmon“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Hasan Xamidovich (munozara) 02:34, 18-Iyul 2024 (UTC)

„Amena Khan“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „Amena Khan“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! MinaUktamova (munozara) 17:48, 18-Iyul 2024 (UTC)

„Hina Khan“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „Hina Khan“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! MinaUktamova (munozara) 17:52, 18-Iyul 2024 (UTC)

„Amina al-Sadr“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „Amina al-Sadr“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Hasan Xamidovich (munozara) 04:05, 19-iyul 2024 (UTC)

„Amin Xonim“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „Amin Xonim“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Hasan Xamidovich (munozara) 04:09, 19-iyul 2024 (UTC)