Xush kelibsiz!

Salom, Masharibov Asrorbek Fahriddin o'g'li! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! 

Do not speak Uzbek? Click here.

--MalikxanBot aloqa 14:36, 9-Noyabr 2022 (UTC)

Xattotlik maktabi tarixi

tahrir

Men bu orqali yangi malumotlar kiritishni xohlayman Masharibov Asrorbek Fahriddin o'g'li (munozara) 17:50, 10-Noyabr 2022 (UTC)

XIROT XATTOTLIK MAKTABI

tahrir

Xirot xattotlik maktabi XII-XIII asrlarda vujudga kelgan ibn Muqla,ibn Bavvob,Yoqut al Musta'simiy lar asos solganlar. Masharibov Asrorbek Fahriddin o'g'li (munozara) 15:48, 4-Aprel 2023 (UTC)

XVI-XVIII Asrlarda afrika xalqlari

tahrir

XVI asrda koʻpchilik arab mamlakatlari Usmoniylar to-

monidan bosib olindi. Mamluklar xukmronligi ostida boʻlgan

Misr xam birinchilardan boʻlib oʻz mustaqilligini yoʻqotdi. 1517 

yilning boshida Qoxirani egallagan Salim I armiyasi Misr poy-

tahtini taladi va vayron qildi.

Turklar istilosi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlarga katta oʻzgarish kiritmadi. Faqat mamluklarning

siyosiy xokimiyati agʻdarilib, barcha feodallar oʻz mulklari va im-

tiyozlarini saqlab qoldilar. Misr aloxida posholikka ajratilgan

boʻlib, amalda yarim mustaqil davlat edi. Oliy xukmdor Istambul-

dan tayinlanadigan posho xisoblanardi. U mamlakatni oʻz devoni

yordamida boshqarardi. Devon tarkibiga davlat apparatining yirik

amaldorlari, mamluk amirlari, oliy mansabdagi ruxoniylar, turk

garnizonining qoʻmondonlari, shariat sudining raisi kirardi. De-

vonning eng xurmatli aazosi mamluk zodagonlarining raxnamosi

boʻlgan mamlakat shayhi xisoblanardi.

Maxalliy boshqaruv xokimiyati toʻliq mamluk amirlari-

ning qoʻlida saqlanib qoldi. Turklar mamluklarning boshqaruv

maxorati, maxalliy sharoitni, axolining urf-odatlarini yahshi

bilishidan oʻz manfaatlarida foydalandilar.

Barcha erlarning oliy mulkdori deb turk sultoni ealon qilindi. 

Bu xuquq barcha xaydaladigan erlardan soliq yigʻishda oʻz ifodasi-

ni topdi. Baazi erlar hazina fondiga kiritildi yoki sulton mul-

kiga aylantirilib, mahsus vakillar tomonidan boshqaraladigan

boʻldi. Bu erlardan olinadigan barcha daromad sulton saroyining

harajatlari uchun sarflanardi. Hazina fondiga kiritilgan erlar-

dan olingan daromad muqaddas shaxarlar – Makka va Madinaga va

boshqa hayriya maqsadlariga xam sarflanadi.

Misrda er egaligi va olinadigan soliqlar miqdorini belgi-

laydigan xujjat – «Qonunnoma-i Misr» 1525 yili qabul qilinib, 

unda dexqonlar va yirik er egalari boʻlgan mamluk amirlari, bey-

lari, multazimlar va mulgʻozimlarning maqomlari, xuquq va maj-

buriyatlari belgilab berildi.

Multazimlar dastlab erni toʻrt yil muddatga sotib olish

xuquqini olgan boʻlsalar xam aslida erlarini xaqiqiy mulkka ay-

lantirib oldilar. Ular hazinaga maalum miqdorda pul toʻlab, eva-

ziga dexqonlardan olinadigan barcha yigʻimlarni oʻzlari olishardi. 

Ayrim tarihchilarning xisob-kitobiga qaraganda multazimlar ha-

zinaga toʻlaydigan pul ular dexqonlardan yigʻib oladigan pulning

4 foizdan 40 foizgachasini tashkil qilgan. Soliqqa tortish va

soliqlarni yigʻib olish tizimi qishloq hoʻjaligining rivojlan-

ganlik darajasiga moslashtirilgan edi. Ekish mavsumi, erning si-

fati, sugʻorilish va etishtiriladigan ekinlar xisobga olinar edi.

Asosiy qishloq hoʻjalik ekinlari bugʻdoy, arpa va bir qator

dukkakli ekinlar xisoblanardi. Turklar istilosidan soʻng

Misr dexqonlarining (ularni fallah deb atashgan) asosiy ekini

makkajoʻhori boʻlib qoldi. Bu davrda Nil daryosining xavzasida

sholi ekiladigan maydonlar xam ancha kengaydi, shakarqamish

maydonlari esa qisqartirildi. Misr qishloq hoʻjaligida pah-

taning oʻrni xam katta edi. Dexqonlar qishloq hoʻjalik ekinla-

ridan tashqari mevali darahtlar, hurmo va uzumlardan xam soliq

toʻlashardi.

Xunarmand va savdogarlar xam soliqqa tortilgan. Xunar-

mandlardan ustahona oqsoqollari soliq yigʻishardi, davlat soligʻi

umumiy maxsulotning 5% ni tashkil qilardi. Savdogarlar savdo

korhonalaridan, kemalaridan, karvonlar va bozorlardan soliq

toʻlashardi. Turklar xokimiyati va maxalliy zodagonlar axoli fao-

liyatining xamma jabxalarini xisobga olar va barchasini soliqqa

tortishga xarakat qilardi. SHoir va yozuvchilar faoliyati deyarli da-

romad keltirmasada, 1568 yili ular xam soliqqa tortiladi.

Usmoniylar imperiyasining kuchsizlanishi asta-sekin Misrda

mamluklar siyosiy xokimiyatining tiklanishiga olib keldi. Masharibov Asrorbek Fahriddin o'g'li (munozara) 18:44, 4-Aprel 2023 (UTC)

Usmoniylar imperiyasi

tahrir

Bu davlat dastlab Kichik Osiyoning Shimoliygʻarbiy qismi Eski shahar va Anatoliya hududida saljuqiylarning Koʻniya sultonligiga tobe kichik bir beklik (beylik) shaklida tashkil topgan. Bu beklikning ilk hukmdori Ertoʻgʻrul boʻlsa ham, uning oʻgʻli — Usmonbey davrida beklik mustaqil davlatga aylanganligi uchun uning nomi bilan Usmonli bekligi deb atalgan. Keyinchalik bu davlat Usmonli imperiyasi nomini olib, oʻrta asrlarda jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Usmon I va uning oʻgʻli Urxon bek (bey) unvonini qabul qilgan boʻlsa, Urxonning oʻgʻli Murod I davridan boshlab hukmdorlar sulton deb atalgan.

Usmon Gʻoziy davridayoq qoʻshni Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qancha harbiy yurishlar qilinib, Qoracha Hisor va Yor Hisor qalʼalari, Bursaning atroflari egallangan.

Uning oʻgʻli Urxon Gʻoziy Vizantiyaning Bursa, Nikeya, Nikomediya shaharlarini istilo qilib, XIV asrning oʻrtalaridayoq Qora dengiz va Marmar dengizi sohillariga chiqqan. Bu davrda usmonli turklar (ular oʻgʻuz turklarining qay urugʻiga mansub boʻlgan) Dardanell boʻgʻozidan oʻtib, Yevropa hududiga kirishgan. 1356-yilda Bolqonni zabt etish tugallanib, Yevropa hududida yangi Rum eli (Rumeliya) viloyati taʼsis etilgan. Aynan shu paytdan Usmonlilar davlatini saltanatga aylanish jarayoni boshlangan. 1360-yil yanicharlar (turkcha: yangi cherik) — maxsus piyoda qoʻshin tashkil qilingan.

Davlatning dastlabki poytaxti Melangiya, 13261362-yillarda Bursa boʻlgan. Sulton Murod I, 1362-yilda poytaxtni Bursadan Edirna (Adrianopol)ga koʻchirgan. Uning hukmronlik davrida Yevropada yangi hududlar zabt etilgan. Kosovo maydonida boʻlgan jang (1389)da serblar maglubiyatga uchragach, Serbiya Usmonli imperiyasiga qoʻshib olindi. Sulton Boyazid I Yildirim Bolgariyaning poytaxti Tirnovo (1393)ni egallab, Nikopol ostonalarida salibchi ritsarlarning birlashgan 60.000 kishilik qoʻshinini maglubiyatga uchratdi (1396) va Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni qamal qilishga kirishdi. U Bolgariya, Valaxiya, Makedoniya, Fessaliyani oʻz davlati tarkibiga kiritdi. Biroq, 1402-yilda boʻlgan Anqara jangi Amir Temur qoʻshinidan Usmonli imperiyasi ning maglubiyatga uchrashi Vizantiya imperiyasini mukarrar halokatdan saqlab qoldi. Sulton Mahmud I va Murod II hukmronliklari davrida qoʻldan ketgan hududlar qaytarib olingan. Adolatli va insofli hukmdor sifatida nom chiqargan Murod II Gʻoziy 1422-yil Konstantinopolga hujum qiladi. Varna yaqini (1444-yil 10-noyabr) va Kosovo maydoni (1448-yil 17— 19-dekabr)da chex-mojarlar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratib, 1448—50-yillarda Albaniya ustiga 2 marta yurish qilgan.

Murod II ning oʻgʻli Mahmud II Fotih turk qoʻshinlariga shaxsan oʻzi qoʻmondonlik qilib, jahongirlik siyosatini olib borgan. U Sharqiy Rim imperiyasiVizantiyaning poytaxti Konstantinopolni 53 kunlik qamaldan soʻng egallab (1453-yil 29-may), Vizantiya imperiyasini tugatgan. Konstantinopol turkcha Istanbul nomi bilan atalib, poytaxt bu yerga kuchirilgan. Bu gʻalabadan sung Mahmud II Fotih Bolqon va Markaziy Yevropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Serbiya (1459), Moraviya (1460), Bosniya (1463), Valaxiya (1476), Albaniya (1479) Trapezund — Trabzon (1461) egallangan. Qrim xonligi tobe davlatga aylantirilgan (1475). Oq qoʻyunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi harbiy harakatlar kuchaytirilgan. Yevropaning Italiya, Olmoniya, Avstriya kabi davlatlari hududlarini egallash rejasi tuzilib, amaliy harakatga oʻtilgan. Bu davrda harbiy va maʼmuriy boshqaruv sohasida katta islohotlar oʻtkazilib, ulkan saltanatni mustahkamlash choralari koʻrilgan. Ayniqsa, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik gullab-yashnagan.

Sulton Boyazid II, Salim I va Sulaymon I hukmronlik qilgan davrlarda saltanat haddan tashqari kuchaygan. Xususan, Salim I Yovuz Eron safaviylari shohi Ismoil I qoʻshinini yanchib tashlaydi (1514-yil 23-avgust). Iroq, Shom (Suriya), Falastin, Misrni egallab, Qohiraga kiradi (1517). Bu paytda Misrdan tashqari Shimoliy Afrikaning Jazoir hududi, shuningdek, Bolqon, Arabiston, Janubiy-Sharqiy Anadolu ham Usmonli imperiyasi tarkibiga kirgan. Halabda boʻlgan juma namozi (1516-yil 28-avgust)da sulton Salim I ga "ikki muqaddas shahar xizmatchisi" faxriy unvoni berilib, xalifa sifatida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan (Usmonli sultonlar shu kundan eʼtiboran to 1924-yilgacha ayni paytda islom olamining xalifasi ham hisoblangan). Sulton Sulaymon I ham jahongirlik siyosatini davom ettirgan. Mojariston bosib olingach, turklar Venani 1 marta qamal qilishgan (1529). Polsha va Ukrainaga qoʻshin joʻnatilib, Egey dengizidagi Rodos va boshqalar orollar ishgʻol qilingan. Sulaymon I Qonuniy "Muqaddas Rim imperiyasi"ga qarshi kurashish uchun Fransiya qiroli Fransisk I bilan birinchi fransuz-turk siyosiy shartnomasi va savdo bitimini imzolagan (1535). 1556-yilga kelib Usmonli imperiyasiga Kichik Osiyo hududi, Gʻarbiy Gurjiston, Gʻarbiy Armaniston, Livan, Suriya, Iroq (Bagʻdod bilan birga), Falastin, Hijoz, Yaman, Misr, Tripoli, Jazoir, Yunoniston, Bulgʻoriston, Mojariston, Serbiya, Bosniya, Valaxiya, Transilvaniya, Moldaviya, Qrim kirgan. Bu paytda u jahondagi eng qudratli saltanatlardan biri hisoblangan. Saltanatning ulkan hududi 3 qitʼa: Yevropa, Osiyo, Afrikaning katta kismini egallagan boʻlib, uning maydoni 8 mln. km²ga yetgan. XVI asrda turklarning kuchli dengiz floti butun Oʻrta dengiz havzasini nazorat qilib turgan.

Sulton Murod III hukmronligi davrida Kipr oroli boʻysundirilgan. Bu paytda Gibraltar boʻgozidan Fors qoʻltigʻigacha, Dunaydan Nil sohillarigacha boʻlgan hudud sultonlikka qaragan.

Biroq XVII asr oxiridan boshlab sultonlikning harbiy, siyosiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshlagan. Yevropa mamlakatlari oʻzaro ittifoq tuzib, Usmonli imperiyasiga qarshi kurashga chogʻlanganlar. Vena atrofida boʻlgan 2 jangda turk qoʻshini Avstriya, Olmoniya, Polshaning birlashgan armiyasidan yengilgan (1683-yil). Muntazam davom etib turgan Rossiya -Turkiya urushlari (1676-1681, 1684-1699, 1710-1711, 1768-1774, 1787-1791, 1807-1812, 1828-1829, 1853-1856, 1877-1878, 1914-1916 va boshqalar) oqibatida Usmonli imperiyasi asta-sekin zaiflashib borgan. Hatto bu paytda vahhobiylarning taʼsiri kuchayib, ular inglizlarning yordamida Fors qoʻltigʻidagi El-Xasa (1792), Karbalo (1801), Makka va Madina (1803—1806)ni egallab, turklarga qarshi qirgʻin uyushtirgan.

Salim III va Mahmud II hukmronliklari davrida saltanatni parchalanib ketishdan saqlab qolish uchun islohotlar oʻtkazilgan. Sulton Abdulmajid yana islohotlar (Tanzimat) oʻtkazish (1839) orqali, bir tomondan, sultonlik inqirozini toʻxtatishga, ikkinchi tomondan, yangi turk ziyolilarini (ular oʻzlarini yangi usmonlilar deyishgan) shakllantirishga muvaffaq boʻldi. Bu paytda boʻlgan Qrim urushida Turkiya oʻzining eski raqibi Rossiya imperiyasi ustidan gʻolib chiqdi hamda Qora dengiz va Dunay daryosidagi mavqeini qayta tikladi. Tanzimat va 1876-yilda qabul qilingan dastlabki konstitutsiya sulton Abdulhamid II tomonidan bekor qilingach (1878), mamlakatda istibdod davri boshlangan. Bu davrda sultonlik Yevropa davlatlariga iqtisodiy jihatdan qaram boʻla boshlagan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida "Ittihod va taraqqiy" partiyasi aʼzolari mamlakatda konstitutsion monarxiya oʻrnatish uchun qatʼiy harakat qilishgan (Turkiya).

1922-yil 1-noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi sultonlikni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mustafo Kamol (Otaturk) bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qilib, sultonlikning asosan turklar yashaydigan hududi — Kichik Osiyo va qisman Yevropada 1923-yil 29-oktyabrda Turkiya jumhuriyatiga asos soldi. Masharibov Asrorbek Fahriddin o'g'li (munozara) 08:03, 13-Iyun 2023 (UTC)

Ikkinchi jaxon urushi

tahrir

Ikkinchi jahon urushi (1-sentabr 19392-sentabr 1945) — XX asrda sodir boʻlgan jahon tarixidagi eng yirik urush. Ushbu urush XX asr fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirgan. Gʻarb mamlakatlari (Angliya, Fransiya, AQSh) hukmron doiralarining „kelishtirish“ siyosati Avstriyani (1939-yil mart), Chexoslovakiyani (1939-yil mart) Germaniyaga qoʻshib olinishiga va Myunxen bitimiga (1939-yil sentabr) yoʻl ochib berdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishida SSSRning ham aybi bor. 1939-yil 23-avgustda SSSR bilan Germaniya oʻrtasida Molotov-Ribbentrop pakti 10 yil muddatga hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning maxfiy qoʻshimcha ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR Sharqiy Yevropada oʻzlarining taʼsir doiralarini boʻlib oldilar. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo, Polsha davlati bilan bogʻliq edi. Sovet tomoni Gʻarbiy Ukraina, Gʻarbiy Belorussiya va Bessarabiya (1921-yilda boy berilgan) hududlarini qaytarib olmoqchi edi. Shuningdek, Germaniya Boltiqboʻyi mamlakatlariga daʼvo qilishdan ham voz kechdi.Germaniya bilan SSSR shartnomaga muvofiq, Polshaga bir vaqtda qoʻshin kiritishlari kerak edi. SSSR bu majburiyatni bajarmadi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniyaning bir oʻzi Polshaga bostirib kirdi va Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi. 3-sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. SSSR 1939-yil 17-sentabrda Polsha hududiga qoʻshin kiritdi. Koʻp oʻtmay Brestda olmon qoʻmondoni T. Guderian va sovet generali S. M. Krivosheiy qoʻmondonligida Polshaning boʻlib olinishi munosabati bilan qoʻshma sovet-olmon paradi oʻtkazildi.

SSSR Ikkinchi jahon urushi bahonasida oʻz hududlarini kengaytirish va chegaralarini mustahkamlashga kirishdi. 1939-yil noyabr — 1940-yil martda SSSR bilan Finlandiya oʻrtasida harbiy toʻqnashuv boʻldi. Bundan SSSR manfaatdor edi. Oʻzaro urush natijasida SSSR Finlandiyaning bir qator hududlarini (Leningradga chegaradosh yerlar va Viborg) tortib olib, shim.gʻarbiy chegaralarini mustahkamlab oldi. 1940-yilning yozida SSSRning rasmiy talabi bilan Ruminiya Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani sovetlarga berishga majbur boʻldi. 1940-yil iyun oyida Estoniya, Latviya va Litva sovet qoʻshinlari tomonidan bosib olinib SSSRga kiritildi.

1940-yil aprel-mayda nemis fashist qoʻshinlari Daniya va Norvegiyani istilo qildi, 1940-yil 14-mayda — Niderlandiya, 28-mayda — Belgiya taslim boʻldi. Shundan soʻng fashist qoʻshinlari Lyuksemburg va Gollandiyani bosib olib, ular hududi orqali Fransiyaga (22-iyunda taslim boʻldi) bostirib kirdi.

Sovet hukumati fashistlar Germaniyasini Yevropaning navbatdagi poytaxtini bosib olishi munosabati bilan tabriklab bordi. Internatsionalning direktivalarida fashizmga qarshi targʻibotni toʻxtatish haqidagi talablar paydo boʻldi. 1940-yil 27-sentabrda Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari Berlinda „uchlar ittifoqi“ni tuzish haqidagi shartnomaga imzo chekishdi. 1940-yil 28-oktyabrda fashistlar Italiyasi Gretsiyaga bostirib kirdi. 1940-yil 20-24-noyabrda Mojariston, Ruminiya va Slovakiya „uchlar ittifoqi“ga qoʻshildi. 1941-yil martda esa Bolgariyaning monarxiyafashistik hukumati ham bu ittifoq safiga koʻshilishga rozilik bildirdi.

1940-yil 18-dekabrda Gitler SSSRga qarshi urush haqidagi 21-sonli direktivasi „Barbarossa“ rejasiga imzo chekdi. Fashistlar Germaniyasi SSSRga qarshi kurash boshlashdan oldin 1941-yil 6-17-aprelda Yugoslaviyani bosib oldi. Shu yilning 13-aprelda SSSR Yaponiya bilan betaraflik haqida kelishib oldi. 1941-yil 20-may — 1-iyunda fashistlar Germaniyasi Krit orollarini egalladi. 18-iyunda esa hujum qilmaslik va hamkorlik haqida GermaniyaTurkiya shartnomasi imzolandi.

1941-yil 22-iyunda fashistlar Germaniyasi SSSRga qoʻqqisdan hujum boshladi. Aynan shu vaqtdan boshlab tarix notog’ri yozilib SSSR II jahon urushining faqat 1941-1945 davrini oladi. Mojariston, Ruminiya, Finlandiya, Italiya uning tomonidan turib urushga kirdi. Shu kuni Angliya hukumati SSSRni Germaniyaga qarshi urushda qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. 24-iyunda Franklin Roosevelt AQSH xukumati SSSRga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. SSSR Germaniyaga qarshi urushning 1-davri (1941-yil iyun — 1941-yil noyabr) da, asosan, mudofaa harakteridagi janglar olib bordi.

Fashistlar Germaniyasi va ittifoqchilarining tajovuzkorona harakatining tobora avj olishi jahon mamlakatlarini tashvishga soldi. 1941-yil yozida fashistlar Germaniyasiga qarshi koalitsiya tuzish yoʻlida dastlabki qadam qoʻyildi. 1941-yil 12-iyulda SSSR na Buyuk Britaniya hukumatlari fashistlar Germaniyasiga qarshi urushda birgalikda harakat qilish haqida kelishib olishdi. 1941-yil 24-sentabrda Sh. ls Goll boshchiligida Ozod Fransiya (1942-yil iyuldan Kurashayotgan Fransiya) milliy qoʻmitasi tuzilib, fashizmga qarshi kurash boshladi. 1941-yil 5-dekabrda nemisfashist qoʻshinlarining Moskva jangidagi magʻlubiyati Gitlerning „yashin tezligidagi urush“ deb atalmish rejasini puchga chiqardi va natijada unga qarshi urushga kirgan mamlakatlar soni ortdi.

1941-yil 7-dekabrda Yaponiya Pyorl Harborga hujum qilish bilan Buyuk Britaniya va AQShga qarshi urushni boshlab yubordi. 8-dekabrda AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar Yaponiyaga, 11-dekabrda esa Germaniya va Italiya — AQShga, shu kuni AQSh fashistlar Germaniyasi va Italiyaga qarshi urush eʼlon qildi.

1941-yil oxiri — 1942-yil boshida Yaponiya Malayziya, Indoneziya, Filippin, Birmani bosib olib, Avstraliyaga tavdid sola boshladi. Sharqiy frontda esa Olmonfashist qoʻshinlari yozgi hujumlar natijasida Kavkaz boʻsagʻasiga, Volga boʻyiga yetib keldi.

1942-yil 1-yanvarda Vashingtonda 26 davlat ishtirokida fashizmga qarshi kurashuvchi davlatlarning harbiy ittifoqi tuzilib, Deklaratsiya qabul qilindi. 1942-yil 26-mayda SSSR va Buyuk Britaniya oʻrtasida fashistlar Germaniyasi va uning Yevropadagi tarafdorlariga qarshi urushda ittifoqchi boʻlish va urushdan keyin oʻzaro yordam va hamkorlik qilish haqida shartnoma imzolandi. 1942-yil yoziga kelib antigitlerchi davlatlar soni yanada ortdi. 1-iyunda Meksika Germaniya, Italiya va Yaponiyaga, 22-avgustda Braziliya Germaniya va Italiyaga, 14-dekabrda Efiopiya — Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. Sharqda esa yapon militaristlari Gollandiya Hindistonini (12-mart), Filippin orollarini (9-iyun) qoʻlga kiritdi.

Sovet qoʻshinlari urushning 2-davri (1942-yil noyabr — 1943-yil oxiri) da Stalingrad jangi va Kursk jangilagm gʻalabalari natijasida Germaniya qoʻshinlari qoʻmondonligi strategik tashabbusni butunlay qoʻldan chiqardi. SSSRda va boshqa hududlarda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943-yil 13-yanvarda Gitler urushda tashabbusni yana qoʻlga olish maqsadida ommaviy safarbarlik eʼlon qildi, lekin shunga qaramasdan 1943-yil may oyiga kelib Shimoliy Afrika (qarang: Shimoliy Afrika kompaniyasi), Angliya-AQSh qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1943-yil iyul-avgust oylarida Angliya-Amerika desant qoʻshinlari Sitsiliya orolga tushirildi. 1943-yil 25-iyulda Italiyada Mussolini osib oʻldiriddi va fashistlar rejimi tugatildi. 3-sentabrda Italiya soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.

1943-yilga kelib fashizmga qarshi boʻlgan kuchlar tobora kuchayib bordi. 1943-yil 3-iyunda Jazoirda Fransiya milliy ozodlik qoʻmitasi tuzildi. 12-13-iyulda Germaniyada Ozod Germaniya milliy qoʻmitasi tashkil qilindi. Avgust- sentabr oylarida Bolgariya vatanparvarlari frontining milliy qoʻmitasi yuzaga keldi. 1943-yil sentabr-oktabr oylarida partizanlar bilan Kurashayotgan Fransiya harakati qismlari hamkorligida Korsika orol ozod etildi. 1943-yil 16-yanvarda Iroq, 7-aprelda Boliviya Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urushga kirdi. 1943-yil 13-oktabrda Italiya oʻzining sobiq ittifoqchisi Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. SSSR, Angliya va AQSh hukumatlari Italiyani „birgalikda urushayotgan mamlakat“ deb tan oldi. 1943-yil 27-noyabrda Kolumbiya Germaniyaga qarshi urushga qoʻshildi. SSSR, AQSh va Angliya hukumat boshliqlari Tehron konferensiyasiyada Angliya — Amerika qoʻshinlarini Shimoliy Fransiyaga tushirish yoʻli bilan Yevropada ikkinchi frontni ochish gʻoyatda muhim ekanligini tan olishdi.

Fashizmga qarshi urushning 3-davri (1944-yil yanvar — 1945-yil may) boshlarida sovet qoʻshinlari SSSR hududining deyarli hammasini ozod qildi. Ittifoqchilar 1944-yil 6-iyunga kelibgina Fransiyaga oʻz qoʻshinlarini tushirib, Yevropada ikkinchi frontni ochdilar va sentabrda Fransiya qarshilik koʻrsatish harakati kuchlarining faol ishtirokida Fransiya hududining deyarli hammasi fashist bosqinchilaridan ozod qilindi. 1944-yil 27-martda sovet qoʻshinlari Ruminiya hududiga kirib bordi. 13-martda SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlari Germaniya tomonida turib urushayotgan Mojariston, Ruminiya, Bolgariya va Finlandiyaga urushni toʻxtatish haqida murojaat qildi. Natijada bu mamlakatlarda fashizmga qarshi boʻlgan kuchlar harakati faollashdi. 1944-yil mayda Ruminiyada fashizmga qarshi Birlashgan ishchilar fronti, Mojaristonda esa Vatanparvar kuchlar fronti, (2-dekabrdan Milliy mustaqillik fronti) yuzaga keldi. 21-iyulda Polshada Milliy ozodlik qoʻmitasi tashkil boʻldi.

1944-yil 25-iyulda Gitler mamlakatda „o’ta ommaviy safarbarlik“ eʼlon qildi. Gitlerning bu tadbiri ham yordam bermadi. U bosib olgan mamlakatlarda ozodlik harakatlari avj oldi. 1944-yil 1 avgust-2-oktabrda Varshavada, 19-25-avgustda Parijda, 23-avgustda Ruminiyada, 6- 10-sentabrda Bolgariyada fashist bosqinchilariga qarshi qurolli qoʻzgʻolonlar boʻldi. Natijada, jahon urushi maydonida kuchlar nisbati tubdan oʻzgardi. Germaniya ittifoqchilari oʻrtasida parokandalik boshlandi. 1944-yil 26-yanvarda Liberiya, 24-avgustda Ruminiya, 15-sentabrda Finlandiya, 28-dekabrda Mojariston, 1945-yil fevralda Peru, Urugvay, Venesuela, Turkiya, Misr, Livan, Suriya, Saudiya Arabistoni, Paragvay, Ekvador, Chili kabi mamlakatlar, 27-martda esa Argentina fashistlar Germaniyasi va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildilar.

Sovet qoʻshinlari 1944-yil oʻrtalarida Markaziy va Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlarini vatanparvar kuchlar yordamida ozod qilishga kirishdi. Shu yili ittifoqchi qoʻshinlar Shimoliy Italiyani va Gʻarbiy Germaniyaning bir qator rayonlarini ozod qildi. 1945-yil 4-11-fevralda SSSR, AQSh va Angliya davlat rahbarlari ishtirokida boʻlgan Qrim (Yalta) konferensiyasida, Germaniyani batamom tor-mor qilish rejalari, shuningdek, dunyoning urushdan keyingi siyosiy tuzilishi masalalari xususida kelishib olindi.

Amerika-Angliya qurolli kuchlari Tinch okeanidagi Marshall va Mariana orollarini (1944), Filippinni va Yaponiyaning Okinava orolni (1945) egalladi. 1945-yil 25-aprelda sovet va Amerika qo‘shinlari Elbada uchrashdi. 3-mayda Angliya qoʻshinlari Birma qarshilik harakati kuchlari bilan hamkorlikda poytaxt — Rangunni ozod qildi.

1945-yil 2-mayda Sovet qoʻshinlari Berlinni ishgʻol qildi. A. Gitler oʻzini oʻldirdi. 8-mayda Berlin yaqinidagi Karlsxorstda Germaniya oliy qoʻmondonligi vakillari fashistlar Germaniyasining Ikkinchi jahon urushida soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi. 9-mayda sovet qoʻshinlari, chex qarshilik harakati kuchlari ishtirokida Chexoslovakiyaning poytaxti Pragani ozod qildi.

SSSR, AQSh va Angliya hukumatlari boshliklarining Berlin konferensiyasi, asosan, Germaniya masalasi, uning keyingi taqdiri va taraqqiyot yoʻli, uni demilitarizatsiyalash va demokratiyalash masalasi koʻrildi. Konferensiyada SSSR hukumati Yaponiyaga qarshi ittifokchilar bilan birgalikda urushga kirishini yana bir bor taʼkidladi. AQShning havo kuchlari harbiy zaruriyat yoʻqligiga qaramay Yaponiyaning Xirosima (1945-yil 6-avgust) va Nagasaki (9-avgust) shaharlariga atom bombalari tashladi. Buning natijasida har ikki shahar aholisidan 102 mingga yaqin kishi halok boʻldi, 16 ming kishi bedarak ketdi, 61 ming kishi yarador va 324 ming kishi kuchli radiatsiya bilan zaharlandi.

1945-yil 8-avgustda SSSR olgan majburiyatiga binoan Yaponiyaga urush eʼlon qildi va 9-avgustda unga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. SSSR bilan birgalikda, 10-avgustda Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR), 11-avgustda Xitoy xalq ozodlik armiyasi yapon bosqinchilariga qarshi urushga kirishdi.

Manjuriyadagi yapon qoʻshinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya 1945-yil 2-sentabrda soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga qoʻl qoʻydi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaldi.

Nyurnberg sud jarayoni (1945-yil 20-noyabr — 1946-yil 1-oktabr)da natsist harbiy jinoyatchilari ustidan xalqaro sud oʻtkazilib, unda 20 kishi: G. Gering (u oʻzini oʻldirdi), V. Keytel, E. Kaltenbrunner, I. Ribbentrop, G. Gess va boshqa adolatli jazolandi. Fashistik tashkilotlar: Natsional-sotsialistik partiya (natsistlar), Gestapo, SS, SD, butun insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatchi tashkilotlar deb eʼlon qilindi. Nyurnbergda boʻlib oʻtgan bu xalqaro sud Ikkinchi jahon urushiga soʻnggi nuqtani qoʻydi.

Ikkinchi jahon urushi.ga 72 davlat jalb etildi. Urushda ishtirok qilgan mamlakatlarning 110 million aholisi unga safarbar etildi. Harbiy qarakatlar 40 davlat hududida boʻlib oʻtdi, barcha harajatlar 4 trillion dollarni tashkil etdi. Urush davomida 62 million kishi (shu jumladan 27 million SSSR fuqarosi) halok boʻldi.

1941-yil 22-iyunda Germaniya SSSRga hujum qilgach, SSSR tarkibida boʻlgan Oʻzbekiston xalqlari ham bu urush girdobiga majburan tortilgan edi. Oʻsha kuni mamlakatda harbiy holat joriy etildi.

Gitlerchilarning Sharqqa doir harbiy rejalarida SSSRni qisqa muddatli kompaniya jarayonida magʻlub qilish va urushni 1941-yil kuzida tamomlash moʻljallangan edi. Yashin tezligida boshlangan urush sovet rahbariyatida sarosimani yuzaga keltirdi. 29-iyundagina Xalq Komissarlari Soveti (XKS) nomidan joylarga koʻrsatmalar yuboriddi. I. V. Stalin faqat 3-iyuldagina xalqqa murojaat bilan chiqdi.

1941-yil 30-iyunda Davlat mudofaa qoʻmitasi (DMQ) tuzildi. Uning raisi I. V. Stalin 8-avgustda SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni lavozimini egalladi. Urushning dastlabki kunlari mamlakatning barcha iqtisodiymaʼnaviy kuchlarini zudlik bilan mudofaa manfaatlariga boʻysundirish, xalq xoʻjaligini toʻliq harbiy izga solish lozimligi xususida qarorlar, koʻrsatmalar qabul qilindi.

Urush davrining musibatlarini oʻz boshidan kechirgan kishilarning xotiralaridan maʼlum boʻlishicha, odamlar oʻsha vaqtda sovet rejimini himoya qilish zaruriyati haqida kam oʻylar edilar. Xalqning aksariyat qismi mustabid tuzumni qoralar edi. Chunki, xalqning xotirasidan hali Turkiston Muxtoriyatinij qonga belanganligi, istiqlolchilik harakatining zoʻravonlik bilan bostirilishi, diniy eʼtiqod uchun taʼqib qilishlar esdan chiqmagandi. Jamoalashtirishning stalincha zoʻravonlik bilan amalga oshirilishi natijasida yuz bergan jinoyatlar xotiradan koʻtarilmagan edi. Mustabid tuzumning ommaviy qatagʻonlaridan qolgan yaralar hali bitmagan edi. Biroq, oʻzbek xalqining fashizmga boʻlgan nafrati mustabid tuzum yetkazgan gʻam-alamni orqa oʻringa surib qoʻydi va u dushmanga qarshi otlandi. Shuningdek, mustabid tuzumning „mafkura mashinasi“ ham benuqson ishladi — u SSSR tarkibidagi barcha mustamlaka xalqlarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qila oldi. Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtirokining axloqiy-maʼnaviy jihatdan asosi shundaki, bu urushda oʻzbek xalqi fashizmdan faqat SSSRnigina emas, eng avvalo, Oʻzbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saqlab qolishni maqsad qilib qoʻygan edi.

Sovet-olmon urushi boshlangʻich davrining eng murakkab vazifalaridan biri iqtisodiyotni harbiy izga solish edi. Bu masʼuliyatli vazifani SSSRning qariyb 40 % aholisi istiqomat qiladigan, koʻmirning 63 % qazib olinadigan, poʻlatning 50 % ishlab chiqariladigan, donning 38 % yetishtiriladigan, ayniqsa, koʻpgina mudofaa korxonalari joylashgan hududni fashistlar bosib olgan bir paytda hal qilish kerak edi. Front yaqinidagi hududlardan mamlakat ichkarisiga koʻchirilayotgan aholi, sanoat korxonalari, oʻquv-yurtlari va boshqaning koʻpchiligi Oʻzbekistonga yuborildi. Chunonchi, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga evakuatsiya qilingan 308 sanoat korxonasining 104 tasi („Lentekstilmash“, „Rostselmash“, „Krasniy Aksay“, Moskvadagi „Elektrokabel“ va „Podʼyemnik“, Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, „Krasniy put“, Kiyev „Transsignal“ zavodlari, Stalingrad kimyo kombinati va b.), 30 dan ortiq harbiy gospital, harbiy artilleriya (toʻpchi) akademiya, bir necha harbiy bilim yurtlari koʻchib keldi.

Rossiya hududidan turli millatga mansub 200 ga yaqin yozuvchi va shoirlar (mas, A. Axmatova, A. Tolstoy, V. Yan, M. Shaginyan va b.) Toshkentga koʻchib kelib, shu yerda ijod qildilar. Rossiya, Ukraina va Belorussiyaning fashistlar bosib olgan hududlaridan 1 milliondan ortiq kishi, jumladan 200 ming bola Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinib, ularga 135 ming kv.m hajmda uy-joy ajratib berildi. Ko‘pgina oʻzbek oilalari ikkita va undan ortiq yetim bolalarni oʻz tarbiyalariga (jumladan, Sh. Shomahmudovlar oilasi — 14, H. Samadovlar oilasi — 12, M. Joʻrayeva va Ashurxoʻjayevlar oilasi 8 tadan bolalarni oʻz tarbiyalariga oldilar. 1943-yil oxiriga kelib shaharlarda 4672 bola, qishloqlarda esa 870 bola oʻzbek oilalari tomonidan tarbiyaga olinib, ularga xaqiqiy insonparvarlik va mehr-shafqat namunasi koʻrsatildi. O’sha davr bilan hozirgi vaqtni solishtirganda odamlar ancha mehribon, urush bo’lishiga qaramasdan, oziq-ovqatlar tanqisligi muammosi bor davrda odamlar yetim boshini silashgan va o’z uyidan to’ridan joy bergan. Uyda bir dona krovat bo’lsa o’shanda asrab olingan bola yotgan, qolganlar yerda yotgan.

Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan sanoat korxonalari nihoyatda qisqa muddatda ishga tushirildi. 1941-yil dekabrda evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi, 1942-yil 1-yanvarda esa barchasi qayta qurilib toʻla quvvat bilan mahsulot bera boshladi. Bu harbiy korxonalarni ishga tushirishga shaharliklardan tashqari qariyb 500 ming kolxozchi dehqonlar jalb qilindi. Korxonalarni harbiy izga oʻtkazish harbiy kommunistik usulda amalga oshirildi: 1941-yil 26-iyundan boshlab mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish, katta yoshdagilar uchun xaftada 6 kunlik ish joriy etildi, ish vaqti 11 soatgacha uzaytirildi, taʼtilga chiqish bekor qilindi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, oʻquvchilar ishlab chiqarishga jalb qilindi. Agar 1940-yilda sanoat ishchilari orasida xotin-qizlar salmogʻi 34 %ni tashkil qilgan boʻlsa, 1942-yilda bu koʻrsatkich 63,5 % ga yetdi. Mehnat intizomini buzganlar uchun jazo choralari keskin qoʻyildi. Korxonalardan oʻzboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 yildan 8 yilgacha muddatga qamoqqa hukm qilindi. 1941-yil dekabrda Oʻzbekiston sanoat korxonalaridan 230 tasi (birgina Toshkentda 63 korxona) harbiy izga ko‘chirilib, front uchun qurol-yarogʻ ishlab chiqarishga kirishdi.

Oʻzbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoatning oʻsishi va rivojlanishi bilan birga xom ashyo va yoqilgʻi-energetika bazasini kengaytirish vazifasi ham keskin boʻlib turdi. Ayniqsa, rangli metallarga, neft va koʻmirga boʻlgan ehtiyoj kuchaydi. 1942-yilda Langar molibden koni zaminida molibden fabrikasi barpo etildi. Qoʻytosh va Qoratepa rangli metallar konining quvvati keskin oshirildi. Olmaliqda mis va b. rangli metallarning boy konlari topildi. Angren koʻmir koni respublikaning birinchi koʻmir markaziga aylandi. 1942-yil boshlarida l-Oqtepa va Z-Oqqovoq GESlari, shuningdek, Farhod GES umumxalq hashari bilan bunyod etilishi respublikada front ehtiyojlari uchun ishlayotgan sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim rol oʻynadi.

Oʻzbekistonda urush yillarida 280 ta yangi korxona barpo etildi. Respublikaning sanoat potensiali 1945-yilga kelib 1940-yildagiga nisbatan deyarli 2 barobar koʻpaydi, neft qazib olish 4 barobardan ziyod, metall ishlash tarmoqlari mahsulotlari 4,8 barobar, mashinasozlik mahsulotlari 13,4 barobar, koʻmir qazib chiqarish 30 barobardan ko‘proq, poʻlat va prokat eritish 2 barobar, elektr energiyasi ishlab chiqarish 2,42 marta ortdi. Buning natijasida Oʻzbekiston urush yillarida front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 taminomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yoʻq qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 million dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 million dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 million radio lampa, 330 mingga parashut, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom kir yuvish poyezdi, 2200 ta Koʻchma oshxona va koʻpgina harbiy anjomlar yetkazib berish imkoniga ega boʻldi. Respublika yengil sanoat komissarligi korxonalari 1941—1945-yillar mobaynida jangchilar uchun 7518,8 mingta gimnastyorka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi qo‘lga qurol olib jang qilgan oʻzbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263000 dan ziyod kishi halok boʻldi, 132670 kishi bedarak yoʻqoldi, 60452 vatandoshimiz urushdan nogiron boʻlib qaytdi. Shuningdek, un minglab oʻzbekistonlik jangchilar asirlikda boʻldi. Mustabid tuzum ular bilan „ochiqchasiga“ gaplashdi. Demak, frontga safarbar qilinganlarning xar uchtasidan bittasi uyiga qaytmadi. Umuman, SSSR boʻyicha urush davrida fashistlar qoʻlida 6,2 million kishi asirlikda boʻlgan. Urush oxiriga kelib ulardan 4 million kishi halok boʻlgan. Omon qolgan asrlar soni 1 milliondan sal koʻproq edi. Ulardan 60 % dan koʻprogʻi GULAG qamoqxonalariga tashlandi. Aybsiz surgun qilinib, sovet konslagerlariga joʻnatilgan yoki otib tashlanganlar orasida Oʻzbekistonliklar ham oz emasdi. taxminan hisoblarga qaraganda, oʻzbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortigʻi sovet konslagerlariga yuborilgan. Ikkinchi jahon urushidagi bu gʻalaba millionlab begunoh kishilarning, jumladan, Oʻzbekiston xalqining qoni, haddan ziyod mashaqqatli mehnati va uning buyuk insonparvarligi tufayli qoʻlga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 35 jildli Xotira kitobi tayyorlanib, nashr qilindi. Toshkentdagi Mustaqillik maydoni xiyobonida maxsus majmua qurildi (2000). 9-may — kuni yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida har yili nishonlanadigan boʻldi. Buni g’alaba kuni sifatida nishonlash noto’gri bo’ladi. Chunki bu bu urushda juda ko’p qurbon berilgan va qon bilan yutilgan. Masharibov Asrorbek Fahriddin o'g'li (munozara) 08:07, 13-Iyun 2023 (UTC)