Gʻijmalos, gʻichmalos — govzabondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 10—40 sm, shoxlangan poyasi tukchalar bilan qoplangan. Barglari tuxumsimon, uch qismi toʻmtoq yoki oʻtkir qirrali. Gullari mayda, gajak toʻpgulga yigʻilgan, kosacha bargi 2 mm, gul tojisi oqish, mayda, toj naychasi 2–3 mm. mevasi 4 boʻlakli yongʻoqcha. Urugʻi tuxumsimon, usti yaltiroq, tekis yoki sal gʻadir-budir. Mayiyunda gullab, iyun—iyulda urugʻlaydi. Oʻzbekistonda, asosan, Buxoro va Qoraqalpogʻistonda tarqalgan. Toshloqjoylarda va togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Ekinlar orasida begona oʻt sifatida ham uchraydi. Tarkibida geliotrin, laziokarbin va boshqa alkaloidlar bor. Zaharli.

Gʻijmalos
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Heliotropium ellipticum