Han Seung-soo (koreyscha: 한승수; 1936-yilning 28-dekabrida tugʻilgan) – Janubiy Koreyalik siyosatchi va diplomat hisoblanadi. Han 2008-yil 29-fevraldan 2009-yil 28-sentabrgacha Koreya Respublikasi Bosh vaziri lavozimida ishlagan. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibi Pan Gi Munning iqlim oʻzgarishi boʻyicha (2007-2008) va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va suv boʻyicha (2013-2018), BMT va Jahon bankining suv boʻyicha yuqori darajadagi panelining maxsus maslahatchisi (2016-2018), BMT Bosh kotibining suv va sanitariya agentligi boʻyicha maslahat kengashi aʼzosi (2007-2015) va BMT Bosh kotibining global barqarorlik boʻyicha yuqori darajali panel aʼzosi (2010-2012), global yashil oʻsish institutining asoschisi va birinchi raisi (2010-2012), Temasek xalqaro panel aʼzosi (2004-2018) hamda Standard Chartered plc kompaniyasining mustaqil ijro etuvchi boʻlmagan direktori (2010-2019) kabi bir qancha lavozimlarida faoliyat yuritgan[1]. Han Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 56-sessiyasidagi prezidenti (2001-2002), Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri (2001-2002), Bosh vazir oʻrinbosari va moliya vaziri (1996-1997), Prezident Kim Young-sam qoʻl ostida shtab boshligʻi (1994-95), Janubiy Koreyaning AQShdagi elchisi (1993-1994) va savdo va sanoat vaziri (1988-90) kabi nufuzli lavozimlarda ham faoliyat yuritgan[2][3]. U oʻzining tugʻilgan shahri, Gangwon-do viloyatining Chuncheon shahri aholisi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri saylangan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining uch muddatli aʼzosi (1988-1992, 1996-2004) boʻlgan.

Han Seung-soo
한승수

Han 2009-yil
Bosh vazir (Janubiy Koreya)
Mansab davri
29-fevral 2008-yil – 28-sentyabr 2009-yil
Prezident Lee Myung-bak
Avvalgisi Han Duck-soo
Keyingisi Chung Un-chan
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezideni
Mansab davri
18-sentyabr 2001-yil – 17-sentyabr 2002-yil
Avvalgisi Harri Holkeri
Keyingisi Jan Kavan
Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
Mart 2001-yil – Fevral 2002-yil
Prezident Kim Dae-jung
Avvalgisi Lee Joung-binn
Keyingisi Choi Sung-hong
Prezident Bosh kotibi
Mansab davri
23-dekabr 1994-yil – 21-dekabr 1995-yil
Prezident Kim Young-sam
Avvalgisi Park Kwan-yong
Keyingisi Kim Kwang-il
Janubiy Koreyaning AQShdagi elchisi
Mansab davri
23-iyun 1993-yil – 23-dekabr 1994-yil
Prezident Kim Young-sam
Avvalgisi Hyun Hong-choo
Keyingisi Park Kun-woo
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-dekabr 1936-yil (1936-12-28) (87 yosh)
Chuncheon, Kangwon
Alma mater Yonsei University (bakalavr)
Seoul National University
University of York (fan doktori)
Kasbi Iqtisodchi

Taʼlimi

tahrir

Han Yonsei universitetida (bakalavriat, 1960-yil), Seul milliy universitetida (Davlat boshqaruvida magistr, 1963-yil) va Angliyaning York universitetida, (fan doktori 1968-yil) tahsil olgan. 1988-yilda siyosatga kirishidan oldin u Seul milliy universitetida iqtisod sohasi professori (1970–1988) lavozimida katta ilmiy natijaga erishgan, York universiteti (1965–68), Kembrij (Emmanuel kolleji 1968-1970), Harvard (1985–1986), Tokio (1986–1987) va GRIPS (2004–2006) universitetlarida iqtisodiyot fanidan dars bergan va soha boʻyicha tadqiqot olib borgan. Han York, Gangwon National, Yonsei, KAIST va Kuala-Lumpur universitetlarining faxriy darajalariga ega.

Siyosiy va diplomatik karyerasi

tahrir

Han hozirda, suv ofatlari boʻyicha yuqori darajadagi ekspertlar va yetakchilar kengashi raisi (2007-yildan hozirga qadar), BMTning suv ofatlari boʻyicha ikki yillik maxsus tematik sessiyasi (2013-yildan hozirga qadar) va suv boʻyicha maslahat guruhi raisi. Osiyo Taraqqiyot Banki (2014-yil), Club de Madrid vitse-prezidenti, „WMO“ suv va iqlim yetakchilari paneli aʼzosi va „Maureen va Mike Mansfield Foundation“ xalqaro maslahat kengashi aʼzosi, „Zayed Barqarorlik mukofoti“ hakamlar hayʼati raisi oʻrinbosari, Xalqaro moliya forumida rais (Xitoy), „IFF Global Green Finance“ mukofoti hakamlar hay’ati raisi, Zhejiang universiteti xalqaro biznes maktabining taniqli professori, Xitoyning Renmin universiteti, Xalqaro valyuta institutilarida bosh xalqaro maslahatchi, „ASEAN“ tadqiqot instituti katta maslahatchisi iqtisodiyot (Shaoxing, Xitoy) va „GG56 Ltd“ asoschisi, katta maʼlumotlar va blokcheyn startaplari faol aʼzosi. U shuningdek, 2014-yilgi PyeongChang qishki olimpiya oʻyinlariga mas’ul qoʻmitaning raisi boʻlgan. Uning asosiy xalqaro yutuqlari orasida 1989-yilda, savdo va sanoat vaziri sifatida „APEC“ tashkilotining tashabbuskorlaridan biri boʻlganligi, Koreyaning 1996-yilda Bosh vazir oʻrinbosari va Moliya vaziri sifatida muzokaralar uchun „OECD“ vazirlar kengashiga aʼzo boʻlishi, global miqyosidagi 11-sentyabr voqealaridan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 56-sessiyasida prezident sifatida (saylangan kun 2001-yil, 11-sentyabr edi) tashqi ishlar vazirligi inqirozini boshqarish va „OECD“ Vazirlar kengashining bir ovozdan rezolyutsiyasini qabul qilishdagi ishtiroki muhim oʻringa ega.

Kitoblari

tahrir

Hanning koreys va ingliz tillarida koʻplab kitoblari mavjud boʻlib, eng soʻnggi nashrlari „Here for Global Good: Collected Speeches of Han Seung-soo“ (Seul, 2015-yil) toʻplami boʻlib, u xitoy tiliga tarjima qilingan va 2016-yilda Tsinghua universiteti nashriyoti tomonidan nashr etilgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
Siyosiy idoralar
Oldingisi Tashqi ishlar vaziri (Janubiy Koreya)
2001–2002-yillar
Keyingisi
Oldingisi Bosh vazir (Janubiy Koreya)
2008–2009-yillar
Keyingisi
Oldingisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti
2001–2002-yillar
Keyingisi