Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967-yil 1-mayda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga qarashli Qo‘shtegirmon qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan.

Iqbol Mirzo
Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
 
Mansab davri
2020-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi
 
Mansab davri
2010-yildan – 2020-yildan
Prezident Islom Karimov,Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev,Abdulla Aripov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich

1-may 1967-yil (1967-05-01) (57 yosh)
Bagʻdod tumani
Fargʻona viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Nargiza Mirzaaliyeva
Bolalari Anvarjon Mirzaaliyev
Ulugʻbek Mirzaaliyev
Kumushoy Mirzaaliyeva
Boburmirzo Mirzaaliyev
Onasi Mirzaaliyeva Moʻtabarxon Malikovna
Otasi Mirzaaliyev Mirzakarim Mirzaaliyevich
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Farg'ona davlat universiteti
Kasbi Shoir, yozuvchi, siyosatchi
Dini islom
Ilmiy unvoni Fan nomzodi
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari
Unvoni O'zbekiston xalq shoiri

O‘zbekiston xalq shoiri[1] (2005), Filologiya fanlari bo‘yicha Falsafa doktori (PhD, 2020), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari[2] (2006-2018), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[3] (2009-2019); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati[4] (2020)

Tarjimai holi

tahrir

Iqbol MIRZO – asl ismi Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich. 1967-yil 1-mayda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga qarashli Qo‘shtegirmon qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Otasi Mirzaaliyev Mirzakarim Mirzaaliyevich, onasi Mirzaaliyeva Moʻtabarxon Malikovna o‘qituvchi bo‘lgan. Oilada 6 nafar farzand bo‘lib, sheʼriyatga togʻasi shoir Gʻulom Abdulla taʼsirida kirib kelgan[5]. Iqbol Mirzo Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgach, 1992-yilda Toshkentga keladi.

Taʼlim

tahrir

1974-1984-yillarda Bagʻdod tumanidagi 19-oʻrta maktabda oʻrta maktabda ta'lim olgan. 1991-yilda Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

1985-1987-yillarda Tomskda harbiy xizmatni oʻtagan[5].
1992-yilda „Oʻzbekiston tabiati“ gazetasida jurnalist sifatida ish boshlaydi[5], keyinchalik „Vatan“ gazetasida boʻlim boshligʻi, masʼul kotib vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1996-yildan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir, direktor oʻrinbosari va studiya bosh muharriri vazifalarida ishlagan.

2006-2018-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari[5].

2009-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[3].

2020-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati[4] vazifasida ishlab kelmoqda.

Ijodiy ishlari

tahrir

Ijod namunalari 1980-yildan matbuotda chiqa boshlagan. Dastlabki sheʼriy toʻplami – „Yurakning shakli“ 1993-yilda eʼlon qilingan. Keyinchalik „Koʻngil“ (1994), „Seni sogʻinaman“ (1994), „Meni eslaysanmi?“ (2000), „Tanlangan sheʼrlar“ (2002), „Qoʻshiqlarim“ (2004), „Sizni kuylayman“ (2006), „Agar jannat koʻkda boʻlsa…“ (2008),

„Aytgil, doʻstim…“ (2010), „Koʻrmasam boʻlmas“ (2012), „Vatan haqida qoʻshiq“ (2013) sheʼriy toʻplamlari, „Zarb“ qissasi (2015), „Bonu“ romani (2016) va uch tomlik asarlar saylanmasi 2018-yili chop etilgan. Shuningdek, rus, tojik, turkman tillarida ham kitoblari nashrdan chiqqan.

Fransuz dramaturgi Edmon Rostan qalamiga mansub „Sirano de Berjerak“ trago-komediyasini, Grigoriy Gorinning „Til haqida afsona“ pyesasini tarjima qilgan.

„Samarqand sayqali“ (2016), „Alisherbek va Husayn“ (2021), „Usmon Nosir“ (2022) pyesalari sahnalashtirilgan.

Internetdagi mashhurlik

tahrir

Iqbol Mirzo 2018-yilda Xalq soʻzi gazetasiga bergan intervyusida avvalgi davrlardagi hayotini „qora tush koʻrayotgandek edik“ jumlalari internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar keltirib chiqargan edi[6] .

Ko‘p yillar davomida o‘zimizni aldab, o‘zimizga mahliyo bo‘lib, bino qo‘yib yashadik. Yon qo‘shnilarimizni bezdirib, do‘stdan dushman yasadik, ta’limni isloh etamiz deb, bolalarimizni ko‘rsavod qildik, tibbiyot g‘orat bo‘ldi, erkin so‘zning tomog‘idan xippa oldik. Natijada kun ko‘rish uchungina yashaydigan, yuragiga qo‘rquv uya qurgan, qorindan boshqa narsani o‘ylamaydigan, qo‘shnisiga qayishmaydigan, loqayd va karaxt muhit paydo bo‘ldi. Shu asnoda iste’dodlar chetga surilib, ustoz adiblar e’tiborsiz qoldirildi. Dardi ichiga tushgan millatsevar ziyolilar uzlatga chekindi. Ko‘pchilikning ko‘ngli tubidagi kelajakka umid shamlari bir-ketin o‘cha boshladi. Biz umumiy qora tush ko‘rayotgandek edik. Ha, ulug‘ adibimiz aytganidek, qancha-qancha umrlar tushda kechdi, uyquda zoye bo‘ldi.

— Iqbol Mirzo, [7]

Mukofotlari

tahrir

Iqbol Mirzo 1999-yilda „Shuhrat“ medali bilan, 2005-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri bilan, 2014-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan[8].

Oilasi

tahrir

Turmush o‘rtog‘i – Nargiza Mirzaaliyeva.

Farzandlari: Anvarjon Mirzaaliyev, Ulug‘bek Mirzaaliyev, Kumushoy Mirzaaliyeva va Boburmirzo Mirzaaliyev.

Manbalar

tahrir