Iran Air Tours
Iran Air Tours - bosh qarorgohi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi. Aviakompaniya Iran Airning sho'ba korxonasi sifatida tashkil etilgan bo'lib, ichki va xalqaro yo'nalishlarga rejali va charter reyslarni amalga oshiradi.
Tarix
tahrir1973-yilda Iran Air kompaniyasi Iran Air Tours deb nomlangan sho'ba aviakompaniyasini tashkil qildi.Yangi aviakompaniya 1990-yillarning boshida rejalashtirilgan ichki reyslarni boshladi. Aviakompaniya parki asosan Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan Tu-154M samolyotlaridan iborat edi.Bir muncha vaqt Yak-42D va IrAn-140-100 Faraz samolyotlari ishlatilgan. Kompaniya shuningdek,bir nechta Tu-204SM samolyotlarini olishi kerak edi,ammo o'sha paytda Rossiya tomonidan qo'llab-quvvatlangan AQShning Eronga qarshi iqtisodiy embargosi tufayli ular etkazib berilmadi.
2011-yil fevral oyida Tu-154 samolyotining ishlashi to'xtatildi. Buning o'rniga McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlari foydalanishga topshirildi. Ikkita A300, bitta A320, bitta A310, ikkita Boeing 737 Classics qisqa muddatlarda foydalanilgan.2017-yil iyun oyida aviakompaniya Airbus bilan 45 ta A320neo samolyotiga buyurtma berish bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzolagani e'lon qilindi. 2018-yil aprel oyida aviakompaniya yigirmata Sukhoi Superjet 100 samolyotlarini sotib olish bo'yicha shartnoma imzoladi. 2018-yilda kompaniya parkiga bittadan A320-200 va bittadan A300-600 kirdi.
Yo'nalishlar
tahrir- Eron
- Andoza:Country data Ирак
- Багдад — Международный аэропорт Багдад
- Andoza:Country data ОАЭ
- Andoza:Country data Турция
- Стамбул — Стамбульский аэропорт имени Ататюрка
samolyot turi | Ishda | Buyurtma qilingan | Yo'lovchi sig'imi | Eslatmalar | |||
F | C | Y | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Airbus A300-600 | bitta | — | — | 280 | |||
Airbus A320-200 | bitta | — | — | — | 174 | 174 | |
McDonnell Duglas MD-82 | to'rtta | — | — | — | 143 </br> 147 </br> 150 </br> 172 |
143 </br> 147 </br> 150 </br> 172 |
Yana ikkitasi omborda. |
McDonnell Duglas MD-83 | bitta | — | — | — | 155 | 155 | |
Airbus A320neo | — | 45 | TBA | ||||
Sukhoi Superjet 100 | — | 20 [1] | TBA | ||||
Jami | 7 | 65 |
Baxtsiz hodisalar va halokatlar
tahrir1993-yil 8-fevralda Mehrobod xalqaro aeroporti yaqinida Tu-154M samolyoti Eron harbiy-havo kuchlarining Su-24 qiruvchisi bilan havoda to‘qnashib ketadi.To'qnashuv natijasida 133 kishi halok bo'ladi - Su-24 uchuvchisi, 12 ekipaj a'zosi va Tu-154 bortida bo'lgan 119 yo'lovchi.
2002-yil 12-fevralda 956-reysning Tu-154M samolyoti Xorramobod aeroportiga tushayotganda kuchli yomg‘ir,qor va qalin tuman vaqtida Sefid Kuh tog‘larida qulab tushdi. Barcha 12 ekipaj a'zosi va 107 yo'lovchi halok bo'ldi.
2006-yilning 1-sentabrida Bandar Abbos aeroportidan 945-reysni amalga oshirayotgan Tupolev Tu-154M samolyoti bortida 11 nafar ekipaj aʼzolari bor edi va bundan tashqari 137 nafar yoʻlovchisi bilan Eronning Mashhad xalqaro aeroportiga qoʻnayotganda yonib ketadi.Bortdagi 28 kishi halok bo'lgan edi.
Adabiyotlar
tahrir- ↑ „«Сухой» продаст иранским компаниям самолеты SSJ100 на сумму более $2 млрд“. 2018-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-mart.