Islom sotsializmi
Islom sotsializmi – Turli musulmon olimlari va siyosatchilari tomonidan kiritilgan atama. Musulmon sotsialistlari Qur’on va Muhammad paygʻambar taʼlimotlari ijtimoiy adolat, erkinlik va ijtimoiy tenglik tamoyillariga mos keladi, deb hisoblashadi.
Tarixi
tahrirKoʻpchilik islom sotsializmining asoschisini Muhammad paygʻambarning sahobasi Abu Zarr al-Gʻiforiy deb atash mumkinligiga ishonishadi[1][2][3][4][5]. U xalifalik davrida hukmron tabaqaning boylik toʻplashiga qarshi chiqqan. Usmon ibn Affon uni boylikni adolatli taqsimlash zarurligiga ishontirishga harakat qildi. Islom mafkurasi va iqtisodining baʼzi olimlari islom iqtisodi va kommunizm, jumladan, zakot yoki jizya kabi islomiy gʻoyalar oʻrtasida koʻplab oʻxshashliklar mavjudligiga ishonishadi[6][7].
Islom umumiy farovonlik davlati
tahrirKambagʻallarga ijtimoiy yordam va pensiya taʼminoti kabi muassasalar VII asrda Arab xalifaligida Islomning besh ustunidan biri sifatida „zakot“ shaklida ilk shariat qonunlarida joriy qilingan. Bu amaliyot Abbosiylar xalifaligiga qadar davom etdi. Soliqlar (xususan, zakot yoki jizya) islom hukumati gʻaznasi tomonidan yigʻilib, muhtojlarga, jumladan, kambagʻallar, qariyalar, yetimlar, bevalar va nogironlarga yordam koʻrsatish uchun foydalanilgan. Islom huquqshunosi va faylasufi Al-Gʻazzoliyning (1058–1111) taʼkidlashicha, hukumat tabiiy ofat yoki ocharchilik yuz bergan taqdirda mamlakatning har bir hududida oziq-ovqat zahirasini ham yigʻgan. Shunday qilib, xalifalikni dunyodagi birinchi farovonlik davlati yoki ijtimoiy davlat deb hisoblash mumkin[8][9]. Shuningdek, bugungi kunda „islom sotsializmi“ atamasi koʻpincha Ikkinchi jahon urushidan keyin musulmon dunyosini qamrab olgan kengroq harakat – milliy ozodlik harakatining mafkurasi va amaliyoti boʻlgan islom millatchiligi bilan birlashtirildi.
Zamonaviy islom sotsializmi
tahrirBirinchi eksperimental islom kommunasi 1917-yilda Qozon shahrida Rossiya musulmonlari oʻrtasida sovet gʻoyalarini targʻib qiluvchi Voisiylar harakati doirasida tashkil etilgan. Koʻp oʻtmay Qozonda Vaxitov va boshqa tatar inqilobchilari xuddi shu maqsadda Musulmon sotsialistik qo‘mitasini tuzdilar.
Muammar Qazzofiy 1969-yilda Liviyada hokimiyatni qoʻlga kiritgach, islom sotsializmini oʻzining mafkurasi deb eʼlon qildi.
Mashhur musulmon sotsialistlar roʻyxatiga quyidagilar ham kiradi:
- Jamoliddin al-Afgʻoniy – islom modernizmi va panislomizm asoschilaridan biri;
- Umar Said Chokroaminoto — Indoneziya islom sotsializm maktabining asoschisi, milliy ozodlik harakati yetakchilaridan biri;
- Tan Malaka – Indoneziyadagi kommunistik va milliy ozodlik harakati yetakchilaridan biri;
- Rofe Ahmad Kidvay – 1947-yildan 1954-yilgacha hind siyosatchisi va vazirlar mahkamasi vaziri;
- Xolid Muhammad Xolid – misrlik siyosiy va ijtimoiy islohotchi;
- Jalol al-a-Ahmad – eronlik ijtimoiy va siyosiy tanqidchi;
- Muhammad Siyod Barre – Somalilik harbiy va siyosiy arbob, 1969—1991-yillarda Somali prezidenti;
- Masloh Muhammad Siyod – Somalilik harbiy va siyosiy arbob, Somali Demokratik partiyasi rahbari.
Islomiy marksizm
tahrirIslom marksizmi – bu atama Assef Bayadning „Shariati va Marks“ kitobida ishlatilgan: Eron inqilobchisi Ali Shariatiy gʻoyalarini tasvirlash uchun „Marksning tanqidi islom tanqidi“ deyilgan. Bu atama baʼzan Eron xalq mujohidlari tashkiloti kabi guruhga nisbatan ham qoʻllanadi[10].
Yana qarang
tahrirManba
tahrir- ↑ Oxford Encyclopedia of the Modern Islamic World. New York: Oxford University Press, 1995 — 19-bet. ISBN 0195066138.
- ↑ „Abu Dharr al-Ghifari“. Oxford Islamic Studies Online. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-yanvar.
- ↑ And Once Again Abu Dharr.
- ↑ Hanna, Sami A.; George H. Gardner. Arab Socialism: A Documentary Survey. Leiden: E.J. Brill, 1969 — 273-bet.
- ↑ Hanna, Sami A. al-Takaful al-Ijtimai and Islamic Socialism(ingl.) // Muslim world. — 1969. — Vol. 59, no. 3—4. — P. 275—286. Архивировано 13 sentyabr 2010 года. „Архивированная копия“ (deadlink). 2010-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-yanvar.
- ↑ Jomo summarizing 'Islamic economic alternatives' ( at books.google.pt Error: unknown archive URL 20140514082303 sanasida arxivlangan), in Religion in modern times: an interpretive anthology, Linda Woodhead,Paul Heelas
- ↑ Islamic Economic Fundaments- (Interest – Free) (Wayback Machine saytida 2011-02-14 sanasida arxivlangan). Misconceptions about IF, „Islamic Finance is essentially communist in nature“
- ↑ Crone, Patricia (2005), Medieval Islamic Political Thought, Edinburgh University Press, 308–9-bet, ISBN 0748621946
- ↑ Shadi Hamid (August 2003), „An Islamic Alternative? Equality, Redistributive Justice, and the Welfare State in the Caliphate of Umar“, Renaissance: Monthly Islamic Journal, 13 (8) (see online (Wayback Machine saytida 2003-09-01 sanasida arxivlangan))
- ↑ „About So-Called Islamic Marxism“. 2017-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-yanvar.
Adabiyotlar
tahrir- John Esposito, ed (1995). "Socialism and Islam". Oxford Encyclopedia of the Modern Islamic World. 4. Oxford University Press. 81-86 b. ISBN 0195066138. OCLC 94030758.
- Maxime Rodinson. Marxism and the Muslim world. Zed Press, 1979, 229 pages, ISBN 978-0-905762-21-0 (transl. from the French reference book Maxime Rodinson, Marxisme et monde musulman. s. Missing parameter/s! (Andoza:P.): Éditions du Seuil, 1972, 698 pages