Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi

Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi (xalq orasida Team Kanada nomi bilan tanilgan) (fransuzcha: Équipe Canada) Kanada sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qiluvchi xokkey jamoasidir. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasini Xalqaro Xokkey Federatsiyasi aʼzosi Kanada xokkeyi tashkiloti nazorat qiladi. 1920-yildan 1963-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasining xalqaro vakolatlari Kanadadagi katta havaskor klub jamoalari tomonidan amalga oshirildi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1963-yilda David Bauer tomonidan Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasining bir qismi sifatida tashkil etilgan[1]. "Team Kanada" nomi birinchi marta 1972-yilgi Sammit seriyasi oʻyinlari uchun ishlatilgan (Bu nom oʻshandan beri Kanada milliy erkaklar va ayollar terma jamoalariga murojaat qilish uchun tez-tez ishlatiladi).

Kanada xokkey boʻyicha xalqaro oʻyinlarda yetakchi milliy terma jamoa hisoblanadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1972-yilda Sovet Ittifoqi erkaklar milliy xokkey terma jamoasiga qarshi Sammitlar seriyasida gʻalaba qozongan edi. 1976-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi toʻrtta Kanada kubogini qoʻlga kiritgan. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi jami xokkey boʻyicha ikki marta Jahon kubogi, toʻqqizta Olimpiada oltin medali va 27 marta xokkey boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.

Kanada xokkey boʻyicha dunyodagi eng muvaffaqiyatli milliy terma jamoalardan biri hisoblanadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi Rossiya, AQSh, Shvetsiya, Finlandiya va Chexiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi bilan bir qatorda eng kuchli erkaklar xokkey davlatlarining norasmiy guruhi boʻlgan „Katta oltilik“ tarkibiga kiradi[2].

Tarixi

tahrir

Xokkey Kanadaning milliy qishki sport turi hisoblanadi[3] va kanadaliklar oʻyinga juda ishtiyoqlidir. Kanada birinchi marta xalqaro miqyosda 1910-yilgi Yevropa chempionatida Oxford universitetining xokkey jamoasi „Oxford Canadians“ klubi sifatida ishtirok etdi. Bu xokkey klubi 1912-yilgi Jahon chempionatida yana Kanada sharafni himoya qilishdi.

1920-yildan 1963-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi vakili boʻlgan katta havaskor klub jamoalari odatda Allan kubogi chempioni boʻlishgan. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi vakolati doirasida xokkey boʻyicha Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan soʻnggi havaskor klub jamoasi (1961-yilda) „Trail Smoke Eaters“ xokkey klubi edi. Kanada sharafini qaysi jamoa vakil sifatida himoya qilishini tanlash mas’uliyati Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasi (CAHA) kotib-menejeriga tegishli edi. Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasi kotib-menejeri 1947-yildan 1960-yilgacha George Dudley va 1960-yildan 1963-yilgacha Gordon Juckeslar boʻlishgan[4].

1963-yilgi Jahon chempionatidan soʻng David Bauer doimiy muassasa sifatida Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasiga asos solgan. Yangi doimiy terma jamoa birinchi boʻlib xokkey boʻyicha 1964-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi uchun bu oʻyinlardagi asosiy maqsad hisobni oshirish oʻrniga kuchsiz davlatlarga qarshi oʻyinlarda gʻalaba qozonish edi[5]. Jahon chempionati yakunida Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi Chexoslovakiya va Shvetsiya terma jamoalaridan keyin bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Sovet Ittifoqi erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1954-yilda xalqaro musobaqalarga qoʻshilishidan oldin Kanada terma jamoasi xalqaro xokkey boʻyicha ustunlik qilib, Olimpiada oʻyinlarida yettita oltindan oltitasini va Jahon chempionatida 10 oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 50 yil davomida Qishki Olimpiada oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kirita olmadi va 1962-yildan 1993-yilgacha birorta ham xokkey boʻyicha jahon chempionatlarida gʻalaba qozona olmadi. Bu qisman Kanadaning eng yaxshi professional xokkeychilari Milliy xokkey ligasi klublari bilan majburiyatlari boʻlganligi sababli ushbu tadbirlarda qatnasha olmagani uchun deb izohlandi.

Kanada 1970-yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqiga ega boʻldi.

Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1977-yilda IIHF prezidenti Sabetzki va Kanada va Qoʻshma Shtatlardagi professional xokkeyning yuqori mansabdor shaxslari oʻrtasidagi bir qator muzokaralardan soʻng IIHFga qaytdi. Bu muzokaralar natijasida, professional xokkeychilarga Jahon chempionatida qatnashish uchun ruxsat beriladigan boʻldi. Yana muzokaralarda, Stanley kubogi pley-off bosqichidan chiqarib yuborilgan NHL jamoalari orasidan koʻproq oʻyinchilar mavjudligini taʼminlash uchun turnir yil oxirida rejalashtirilgan boʻldi. Buning evaziga Shimoliy Amerika hududida Kanada, AQSh va Yevropaning eng kuchli toʻrtta terma jamoalari, jumladan, professionallar ishtirokida „Kanada kubogi“ uchun musobaqa har toʻrt yilda oʻtkazilishi kerakligi belgilandi.

1983-yilda Kanada xokkeyi „Mukammallik dasturi“ ni boshladi. Dasturning maqsadi har toʻrt yilda bir marta qishki Olimpiada oʻyinlariga jamoa tayyorlash edi. Ushbu dasturdagi yangi Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi butun dunyoda milliy va klub jamoalariga qarshi toʻliq mavsum oʻynadi. 1986-yilda Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi professional sportchilarning 1988-yildan boshlab Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishiga ruxsat berish uchun ovoz berdi[6]. Shundan soʻng, Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi safiga NHL tajribasiga ega boʻlgan faxriy mutaxassislar va baʼzi hollarda shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarda qatnashgan hozirgi NHLchilar qoʻshildi. Ushbu dastur 1998-yilda toʻxtatildi.

Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 33 yil davomida oltin medalni qoʻlga kiritmaganidan keyin 1994-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻshandan beri Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 1997, 2003, 2004, 2007, 2015, 2016 va 2021-yillarda oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 2002-yilda Salt Lake Cityda 50 yil ichida birinchi Olimpiada oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi. Undan soʻng, 2010-yildagi Vankuverda oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi finalda AQSh terma jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[7]. 2012-yilda Finlandiya va Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Ryan Murrey xokkey bo‘yicha jahon chempionatida Kanada vakili bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan birinchi oʻyinchi bo‘ldi.

Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi 2014-yilgi Sochida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasining tinimsiz hujumkor bosimi va boʻgʻuvchi himoyasi 2014-yilgi shakllantirilgan terma jamoani Kanada terma jamoasida yigʻilgan eng yaxshi, eng mukammal jamoa sifatida maqtovga sazovor boʻlishiga olib keldi[8].

Bosh direktor Jim Nill, bosh murabbiy Todd McLellan va kapitan Sidney Crosbyning Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi safiga tufayli Kanada 2015-yilgi IIHF jahon chempionatida Rossiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yil reglamentdagi 10 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozongan Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasining har bir ishtirokchisi 1 million Shveysariya franki bonus mukofotiga sazovor boʻldi[9]. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi aʼzolari musobaqada 10 ta oʻyinda 66 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi toʻpurarlari uchligiga kirdi: Jason Spezza, Jordan Eberle va Taylor Hall. Bu g‘alaba Kanadaning 2010-yildan beri birinchi marta IIHF jahon reytingida birinchi o‘ringa qaytishini taʼminladi[10].

1920-yildan 1963-yilgacha Kanada milliy xokkey terma jamoasini ifodalovchi jamoalar roʻyxati

tahrir
Tadbir Jamoa Joy
1920-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari Winnipeg Falcons Vinnipeg, Manitoba
1924-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Toronto Granites Toronto, Ontario
1928-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari University of Toronto Toronto, Ontario
1930-yilgi Jahon chempionati Toronto CCMs Toronto, Ontario
1931-yilgi Jahon chempionati University of Manitoba Vinnipeg, Manitoba
1932-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Winnipeg Hockey Club Vinnipeg, Manitoba
1933-yilgi Jahon chempionati Toronto National Sea Fleas Toronto, Ontario
1934-yilgi Jahon chempionati Saskatoon Quakers Saskatun, Saskachevan
1935-yilgi Jahon chempionati Winnipeg Monarchs Vinnipeg, Manitoba
1936-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Port Arthur Bearcats Port Artur, Ontario
1937-yilgi Jahon chempionati
Kimberley Dynamiters
Kimberley, Britaniya Kolumbiyasi
1938-yilgi Jahon chempionati Sudbury Wolves Sadberi, Ontario
1939-yilgi Jahon chempionati Trail Smoke Eaters Trail, Britaniya Kolumbiyasi
Jahon chempionati 1940-yildan 1946-yilgacha Ikkinchi jahon urushi davrida oʻtkazilmagan.
1947-yilgi Jahon chempionati Ishtirok etmadi
1948-yil Qishki Olimpiada oʻyinlari Ottawa RCAF Flyers Ottava, Ontario
1949-yilgi Jahon chempionati Sudbury Wolves Sadberi, Ontario
1950-yilgi Jahon chempionati Edmonton Mercurys Edmonton, Alberta
1951-yilgi Jahon chempionati Lethbridge Maple Leafs Lethbridge, Alberta
1952-yil Qishki Olimpiada oʻyinlari Edmonton Mercurys Edmonton, Alberta
1953-yilgi Jahon chempionati Ishtirok etmadi
1954-yilgi Jahon chempionati East York Lyndhursts Sharqiy York, Ontario
1955-yilgi Jahon chempionati Penticton Vees Penticton, Britaniya Kolumbiyasi
1956-yilGI Qishki Olimpiada oʻyinlari Kitchener-Waterloo Dutchmen Kitchener — Waterloo, Ontario
1957-yilgi Jahon chempionati Ishtirok etmadi
1958-yilgi Jahon chempionati Whitby Dunlops Whitby, Ontario
1959-yilgi Jahon chempionati Belleville McFarlands Belleville, Ontario
1960-yilGI Qishki Olimpiada oʻyinlari Kitchener-Waterloo Dutchmen Kitchener- Waterloo, Ontario
1961-yilgi Jahon chempionati Trail Smoke Eaters Trail, Britaniya Kolumbiyasi
1962-yilgi Jahon chempionati Galt Terriers Galt, Ontario
1963-yilgi Jahon chempionati Trail Smoke Eaters Trail, Britaniya Kolumbiyasi

Olimpiada oʻyinlari

tahrir

1920-1968-yillardagi xokkey boʻyicha barcha Olimpiada oʻyinlari ham Jahon chempionati deb hisoblangan[11].

Oʻyinlar Vakil jamoalar Oʻyin Gʻalaba Magʻlubiyat Durang Murabbiy Bosh murabbiy Sardor Oʻrin Ref.
1920 Antwerp Winnipeg Falcons 3 3 0 0 Sigurjonsson, GordonGordon Sigurjonsson Axford, H. A.H. A. Axford Fredrickson, FrankFrank Fredrickson 1-oʻrin [12]
1924 Chamonix Toronto Granites 5 5 0 0 Rankin, FrankFrank Rankin Hewitt, WilliamWilliam Hewitt Munro, DuncDunc Munro 1-oʻrin [13]
1928 St. Moritz University of Toronto Grads 3 3 0 0 Smythe, ConnConn Smythe Hewitt, WilliamWilliam Hewitt Porter, JohnJohn Porter 1-oʻrin [14]
1932 Lake Placid Winnipeg Hockey Club 6 5 0 1 Hughes, JackJack Hughes Marsh, LouLou Marsh Cockburn, WilliamWilliam Cockburn 1-oʻrin [15]
1936 Garmisch-Partenkirchen Port Arthur Bearcats 8 7 1 0 Pudas, AlAl Pudas Cochrane, MalcolmMalcolm Cochrane Murray, HermanHerman Murray 2-oʻrin [16]
1948 St. Moritz Ottawa RCAF Flyers 8 7 0 1 Boucher, FrankFrank Boucher Watson, SandySandy Watson Mara, GeorgeGeorge Mara 1-oʻrin [17]
1952 Oslo Edmonton Mercurys 8 7 0 1 Holmes, LouLou Holmes Christianson, JimJim Christianson Dawe, BillyBilly Dawe 1-oʻrin [18]
1956 Cortina d’Ampezzo Kitchener-Waterloo Dutchmen 8 6 2 0 Bauer, BobbyBobby Bauer Goman, ErnieErnie Goman McKenzie, JackJack McKenzie 3-oʻrin [19]
1960 Squaw Valley Kitchener-Waterloo Dutchmen 7 6 1 0 Bauer, BobbyBobby Bauer Goman, ErnieErnie Goman Sinden, HarryHarry Sinden 2-oʻrin [20]
1964 Innsbruck Milliy terma jamoa 7 5 2 0 Bauer, DavidDavid Bauer Hindmarch, BobBob Hindmarch Akervall, HankHank Akervall 4-oʻrin [21]
1968 Grenoble Milliy terma jamoa 7 5 2 0 McLeod, JackieJackie McLeod Bauer, DavidDavid Bauer Johnston, MarshallMarshall Johnston 3-oʻrin [22]
1972 Sapporo Ishtirok etmadi
1976 Innsbruck
1980 Lake Placid Milliy terma jamoa 6 3 3 0 Drake, ClareClare Drake Noonan, RickRick Noonan Gregg, RandyRandy Gregg 6-oʻrin [23]
1984 Sarajevo Milliy terma jamoa 7 4 3 0 King, DaveDave King King, DaveDave King Tippett, DaveDave Tippett 4-oʻrin [24]
1988 Calgary Milliy terma jamoa 8 5 2 1 King, DaveDave King King, DaveDave King Yawney, TrentTrent Yawney 4-oʻrin [25]
1992 Albertville Milliy terma jamoa 8 6 2 0 King, DaveDave King King, DaveDave King Schlegel, BradBrad Schlegel 2-oʻrin [26]
1994 Lillehammer Milliy terma jamoa 8 5 2 1 Renney, TomTom Renney Kingston, GeorgeGeorge Kingston Joseph, FabianFabian Joseph 2-oʻrin [27]
1998 Nagano   6 4 2 0 Crawford, MarcMarc Crawford Clarke, BobbyBobby Clarke Lindros, EricEric Lindros 4-oʻrin [28]
2002 Salt Lake City   6 4 1 1 Quinn, PatPat Quinn Gretzky, WayneWayne Gretzky Lemieux, MarioMario Lemieux 1-oʻrin
2006 Turin   6 3 3 0 Quinn, PatPat Quinn Gretzky, WayneWayne Gretzky Sakic, JoeJoe Sakic 7-oʻrin
2010 Vankuver   7 6 1 Babcock, MikeMike Babcock Yzerman, SteveSteve Yzerman Niedermayer, ScottScott Niedermayer 1-oʻrin [29]
2014 Sochi   6 6 0 Babcock, MikeMike Babcock Yzerman, SteveSteve Yzerman Crosby, SidneySidney Crosby 1-oʻrin
2018 Pyeongchang Milliy terma jamoa 6 4 2 Desjardins, WillieWillie Desjardins Burke, SeanSean Burke Kelly, ChrisChris Kelly 3-oʻrin
2022 Pekin Milliy terma jamoa 5 3 2 Claude Julien Shane Doan Eric Staal 6-oʻrin

Jahon chempionatlari

tahrir

1920-yildan 1968-yilgacha boʻlgan barcha xokkey boʻyicha oʻtkazilgan Olimpiada turnirlari ham Jahon chempionati deb hisoblangan[11]. Jahon chempionatlari 1940-yildan 1946-yilgacha, ikkinchi jahon urushi paytida va 1980, 1984 yoki 1988-yillardagi qishki Olimpiada yillarida vaqtida oʻtkazilmagan[11]. 2020-yilgi turnir COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingan[30].

Yil Joy Natija
1920 Antverpen, Belgiya Oltin
1924 Chamonix, Fransiya Oltin
1928 St. Moritz, Shvetsiya Oltin
1930 Chamonix, Fransiya / Berlin, Germaniya / Vena, Avstriya Oltin
1931 Krinitsa, Polsha Oltin
1932 Lake Placid, New York, AQSH Oltin
1933 Praga, Chexoslovakiya Kumush
1934 Milan, Italiya Oltin
1935 Davos, Shvetsiya Oltin
1936 Garmisch-Partenkirchen, Germaniya Kumush
1937 London, Birlashgan Qirollik Oltin
1938 Prague, Chexoslovakiya Oltin
1939 Zürich / Basel, Shvetsiya Oltin
Jahon chempionati 1940-yildan 1946-yilgacha Ikkinchi jahon urushi davrida oʻtkazilmagan.
Ishtirok etmadi
1948 St. Moritz, Shvetsiya Oltin
1949 Stokgolm,Shvetsiya Kumush
1950 London, Birlashgan Qirollik Oltin
1951 Paris, Fransiya Oltin
1952 Oslo, Norvegiya Oltin
Ishtirok etmadi
1954 Stokgolm,Shvetsiya Kumush
1955 Krefeld / Dortmund / Cologne, Germaniya Oltin
1956 Cortina d’Ampezzo, Italiya Bronza
Ishtirok etmadi
1958 Oslo, Norvegiya Oltin
1959 Praga/ Bratislava, Chexoslovakiya Oltin
1960 Squaw Valley, California, AQSH Kumush
1961 Geneva / Lausanne, Shvetsiya Oltin
1962 Colorado Springs / Denver, Colorado, AQSH Kumush
1963 Stokgolm,Shvetsiya 4-oʻrin
1964 Innsbruck, Avstriya 4-oʻrin
1965 Tampere, Finlandiya 4-oʻrin
1966 Ljubljana, Yugoslavia Bronza
1967 Venna, Avstriya Bronza
1968 Grenoble, Fransiya Bronza
1969 Stokgolm,Shvetsiya 4-oʻrin
Ishtirok etmadi
1977 Vena, Avstriya 4-oʻrin
1978 Praga, Chexoslovakiya Bronza
1979 Moskva, Sovet Ittifoqi 4-oʻrin
1981 Gothenburg / Stokgolm,Shvetsiya 4-oʻrin
1982 Helsinki / Tampere, Finlandiya Bronza
1983 Düsseldorf / Dortmund / Munich, Germaniya Bronza
1985 Praga, Chexoslovakiya Kumush
1986 Moskva, Sovet Ittifoqi Bronza
1987 Vena, Avstriya 4-oʻrin
1989 Stokgolm / Södertälje,Shvetsiya Kumush
1990 Bern / Fribourg, Shvetsiya 4-oʻrin
1991 Turku / Helsinki / Tampere, Finlandiya Kumush
1992 Praga/ Bratislava, Chexoslovakiya 8-oʻrin
1993 Dortmund / Munich, Germaniya 4-oʻrin
1994 Bolzano / Canazei / Milan, Italiya Oltin
1995 Stokgolm / Gävle,Shvetsiya Bronza
1996 Vena, Avstriya Kumush
1997 Helsinki / Turku / Tampere, Finlandiya Oltin
1998 Zürich / Basel, Shvetsiya 6-oʻrin
1999 Oslo / Lillehammer / Hamar, Norvegiya 4-oʻrin
2000 Sankt-Peterburg, Rossiya 4-oʻrin
2001 Cologne / Hanover / Nuremberg, Germaniya 5-oʻrin
2002 Gothenburg / Karlstad / Jönköping,Shvetsiya 6-oʻrin
2003 Helsinki / Tampere / Turku, Finlandiya Oltin
2004 Praga/ Ostrava, Chexiya Oltin
2005 Innsbruck / Vena, Avstriya Kumush
2006 Riga,Latviya 4-oʻrin
2007 Moskva/ Mytishchi, Rossiya Oltin
2008 Quebec City / Halifax, Kanada Kumush
2009 Bern / Kloten, Shvetsiya Kumush
2010 Cologne / Mannheim / Gelsenkirchen, Germaniya 7-oʻrin
2011 Bratislava / Košice, Slovakiya 5-oʻrin
2012 Helsinki, Finlandiya / Stokgolm,Shvetsiya 5-oʻrin
2013 Stokgolm,Shvetsiya / Helsinki, Finlandiya 5-oʻrin
2014 Minsk,Belarussiya 5-oʻrin
2015 Praga/ Ostrava, Chexiya Oltin
2016 Moskva/ Sankt-Peterburg, Rossiya Oltin
2017 Cologne, Germaniya / Paris, Fransiya Kumush
2018 Copenhagen / Herning, Daniya 4-oʻrin
2019 Bratislava / Košice, Slovakiya Kumush
2021 Riga,Latviya Oltin
2022 Tampere / Helsinki, Finlandiya Kumush

Kanada kubogi / Xokkey boʻyicha Jahon kubogi

tahrir
  • 1976-yil- Chempion
  • 1981-yil- Ikkinchi oʻrin
  • 1984-yil- Chempion
  • 1987-yil- Chempion
  • 1991-yil- Chempion
  • 1996-yil- Ikkinchi oʻrin
  • 2004-yil- Chempion
  • 2016-yil- Chempion

Sammit seriyasi

tahrir
  • 1972-yil- Gʻolib
  • 1974-yil- Ikkinchi oʻrin

Spengler kubogi

tahrir

Spengler kubogida Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi har yili Vaillant Arenada turnirga mezbonlik qiladigan HC Davos kabi Yevropa klublari jamoalariga qarshi kurashadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi dastlab ushbu tadbirda doimiy milliy terma jamoa oʻyinchilari ishtirokida qatnashgan, ammo keyinchalik odatda Yevropa ligalarida yoki Amerika Xokkey Ligasida oʻynaydigan kanadaliklardan iborat yangi Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi bilan ishtirok eta boshlagan. 2019-yilda Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi oʻzining 16-Spengler kubogini qoʻlga kiritdi.

Natijalar Yillar
Gʻolib 1984, 1986, 1987, 1992, 1995, 1996, 1997, 1998, 2002, 2003, 2007, 2012, 2015, 2016 , 20
Ikkinchi o‘rin 1985, 1988, 1990, 2000, 2001, 2005, 2006, 2008, 2010, 2018
Uchinchi oʻrin 1989, 1991, 1994, 1999, 2004, 2009

Joriy roʻyxat

tahrir

2022 IIHF jahon chempionati uchun roʻyxat[31].

Bosh murabbiy: Claude Julien[32]

Raq Pozitsiyasi Ismi Boʻyi Ogʻitligi Tugʻilgan sanasi va yoshi Jamoa
2 Himoyachi Zach Whitecloud 1.88 m (6 ft 2 in) 95 kg (209 lb) 28-noyabr 1996-yil (1996-11-28) (28 yosh)   Vegas Golden Knights
5 Himoyachi Nick Holden 1.93 m (6 ft 4 in) 97 kg (214 lb) 15-may 1987-yil (1987-05-15) (37 yosh)   Ottawa Senators
6 Himoyachi Travis Sanheim 1.93 m (6 ft 4 in) 91 kg (201 lb) 29-mart 1996-yil (1996-03-29) (28 yosh)   Philadelphia Flyers
10 Hujumchi Nicolas Roy 1.93 m (6 ft 4 in) 92 kg (203 lb) 5-fevral 1997-yil (1997-02-05) (27 yosh)   Vegas Golden Knights
13 Hujumchi Mathew Barzal 1.85 m (6 ft 1 in) 85 kg (187 lb) 26-may 1997-yil (1997-05-26) (27 yosh)   New York Islanders
16 Hujumchi Morgan Geekie 1.91 m (6 ft 3 in) 87 kg (192 lb) 20-iyul 1998-yil (1998-07-20) (26 yosh)   Seattle Kraken
17 Hujumchi Adam Lowry 1.95 m (6 ft 5 in) 97 kg (214 lb) 29-mart 1993-yil (1993-03-29) (31 yosh)   Winnipeg Jets
18 Hujumchi Dawson Mercer 1.83 m (6 ft 0 in) 82 kg (181 lb) 27-oktyabr 2001-yil (2001-10-27) (23 yosh)   New Jersey Devils
19 Hujumchi Drake Batherson 1.88 m (6 ft 2 in) 85 kg (187 lb) 27-aprel 1998-yil (1998-04-27) (26 yosh)   Ottawa Senators
22 Hujumchi Eric O'Dell 1.85 m (6 ft 1 in) 91 kg (201 lb) 21-iyun 1990-yil (1990-06-21) (34 yosh)   Dynamo Moscow
24 Hujumchi Dylan Cozens 1.91 m (6 ft 3 in) 85 kg (187 lb) 9-fevral 2001-yil (2001-02-09) (23 yosh)   Buffalo Sabres
28 Himoyachi Damon Severson 1.88 m (6 ft 2 in) 93 kg (205 lb) 7-avgust 1994-yil (1994-08-07) (30 yosh)   New Jersey Devils
33 Himoyachi Ryan Graves 1.95 m (6 ft 5 in) 100 kg (220 lb) 21-may 1995-yil (1995-05-21) (29 yosh)   New Jersey Devils
34 Hujumchi Cole Sillinger 1.83 m (6 ft 0 in) 85 kg (187 lb) 16-may 2003-yil (2003-05-16) (21 yosh)   Columbus Blue Jackets
36 Darvozabon Logan Thompson 1.91 m (6 ft 3 in) 82 kg (181 lb) 25-fevral 1997-yil (1997-02-25) (27 yosh)   Vegas Golden Knights
44 Hujumchi Max Comtois 1.89 m (6 ft 2 in) 98 kg (216 lb) 8-yanvar 1999-yil (1999-01-08) (25 yosh)   Anaheim Ducks
60 Darvozabon Chris Driedger 1.93 m (6 ft 4 in) 94 kg (207 lb) 18-may 1994-yil (1994-05-18) (30 yosh)   Seattle Kraken
61 Himoyachi Dysin Mayo 1.88 m (6 ft 2 in) 88 kg (194 lb) 17-avgust 1996-yil (1996-08-17) (28 yosh)   Arizona Coyotes
72 Himoyachi Thomas Chabot — C 1.88 m (6 ft 2 in) 89 kg (196 lb) 30-yanvar 1997-yil (1997-01-30) (27 yosh)   Ottawa Senators
73 Hujumchi Noah Gregor 1.90 m (6 ft 3 in) 86 kg (190 lb) 28-iyul 1998-yil (1998-07-28) (26 yosh)   San Jose Sharks
77 Hujumchi Josh Anderson — A 1.88 m (6 ft 2 in) 91 kg (201 lb) 7-may 1994-yil (1994-05-07) (30 yosh)   Montreal Canadiens
80 Hujumchi Pierre-Luc Dubois — A 1.91 m (6 ft 3 in) 94 kg (207 lb) 24-iyun 1998-yil (1998-06-24) (26 yosh)   Winnipeg Jets
90 Darvozabon Matt Tomkins 1.92 m (6 ft 4 in) 92 kg (203 lb) 19-iyun 1994-yil (1994-06-19) (30 yosh)   Frölunda HC
93 Hujumchi Kent Johnson 1.85 m (6 ft 1 in) 76 kg (168 lb) 18-oktyabr 2002-yil (2002-10-18) (22 yosh)   Columbus Blue Jackets

Murabbiylar

tahrir

Xokkey boʻyicha Kanada erkaklar milliy terma jamoasi murabbiylari roʻyxati.

Olimpiada
  1. Gordon Sigurjonsson, 1920
  2. Frank Rankin, 1924
  3. Conn Smythe, 1928
  4. Jack Hughes, 1932
  5. Al Pudas, 1936
  6. Sgt. Frank Boucher, 1948
  7. Louis Holmes, 1952
  8. Bobby Bauer, 1956, 1960
  9. Father David Bauer, 1964
  10. Jackie McLeod, 1968
  11. Clare Drake, 1980
  12. Dave King, 1984, 1988, 1992
  13. Tom Renney, 1994
  14. Marc Crawford, 1998
  15. Pat Quinn, 2002, 2006
  16. Mike Babcock, 2010, 2014
  17. Willie Desjardins, 2018
  18. Claude Julien, 2022
Sammit seriyasi, Kanada kubogi, Jahon kubogi
  1. Harry Sinden, 1972 Sammit seriyasi
  2. Bill Harris, 1974 Sammit seriyasi
  3. Scotty Bowman, 1976, 1981 Kanada kubogi
  4. Glen Sather, 1984 Kanada kubogi, 1996 Jahon kubogi
  5. Mike Keenan, 1987, 1991 Kanada kubogi
  6. Pat Quinn, 2004 Jahon kubogi
  7. Mike Babcock, 2016 Jahon kubogi
Jahon chempionlari
  1. Les Allen, 1930
  2. Blake Wilson, 1931
  3. Harold Ballard, 1933
  4. Johnny Walker, 1934
  5. Scotty Oliver, 1935
  6. John Achtzener, 1937
  7. Max Silverman, 1938, 1949
  8. Elmer Piper, 1939
  9. Jimmy Graham, 1950
  10. Dick Gray, 1951
  11. Greg Currie, 1954
  12. Grant Warwick, 1955
  13. Sid Smith, 1958
  14. Ike Hildebrand, 1959
  15. Bobby Kromm, 1961, 1963
  16. Lloyd Roubell, 1962
  17. Gord Simpson, 1965
  18. Jackie McLeod, 1966, 1967, 1969
  19. Johnny Wilson, 1977
  20. Harry Howell, 1978
  21. Marshall Johnston, 1979
  22. Don Cherry, 1981
  23. Red Berenson, 1982
  24. Dave King, 1983, 1987, 1989, 1990, 1991, 1992
  25. Doug Carpenter, 1985
  26. Pat Quinn, 1986
  27. Mike Keenan, 1993
  28. George Kingston, 1994
  29. Tom Renney, 1995, 1996, 2000
  30. Andy Murray, 1997, 1998, 2003, 2007
  31. Mike Johnston, 1999
  32. Wayne Fleming, 2001, 2002
  33. Mike Babcock, 2004
  34. Marc Habscheid, 2005, 2006
  35. Ken Hitchcock, 2008, 2011
  36. Lindy Ruff, 2009, 2013
  37. Craig MacTavish, 2010
  38. Brent Sutter, 2012
  39. Dave Tippett, 2014
  40. Todd McLellan, 2015
  41. Bill Peters, 2016, 2018
  42. Jon Cooper, 2017
  43. Alain Vigneault, 2019
  44. Gerard Gallant, 2021
  45. Claude Julien, 2022

Kiyim evolyutsiyasi

tahrir

Formalar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Hockey Canada
  2. „NHL announces World Cup of Hockey for 2016“ (2015-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  3. „National Sports of Canada Act“ (en). laws-lois.justice.gc.ca. Government of Canada (1994-yil 12-may). Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  4. Young, Scott. 100 Years of Dropping the Puck. Toronto, Ontario: McClelland & Stewart Inc., 1989 — 218-bet. ISBN 0-7710-9093-5. 
  5. Oliver, Greg (2017), p. 120
  6. Monsebraaten, Laurie. Players in NHL are now eligible in the Olympics. Toronto Star (1986-yil 15-oktyabr).
  7. „Canada win thrilling final gold of Winter Olympics“. BBC Sport (2010-yil 28-fevral). Qaraldi: 2010-yil 1-mart.
  8. „Sochi hockey squad one of the greatest Canada has ever iced“. Toronto Sun (2014-yil 23-fevral). Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  9. „Will Canada hit jackpot?“. IIHF. 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-may.
  10. „Canada wins first hockey worlds gold since 2007“. ESPN (2015-yil 17-may). Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  11. 11,0 11,1 11,2 Hockey Canada-IIHF World Menʼs championship
  12. Podnieks 1997, ss. 1–10
  13. Podnieks 1997, ss. 11–22
  14. Podnieks 1997, ss. 23–32
  15. Podnieks 1997, ss. 33–40
  16. Podnieks 1997, ss. 41–52
  17. Podnieks 1997, ss. 53–66
  18. Podnieks 1997, ss. 67–78
  19. Podnieks 1997, ss. 79–88
  20. Podnieks 1997, ss. 89–100
  21. Podnieks 1997, ss. 101–112
  22. Podnieks 1997, ss. 113–124
  23. Podnieks 1997, ss. 137–146
  24. Podnieks 1997, ss. 147–158
  25. Podnieks 1997, ss. 159–172
  26. Podnieks 1997, ss. 173–182
  27. Podnieks 1997, ss. 183–194
  28. Wallechinsky 2002, s. 31
  29. Elliott, Helene. „Canada defeats U.S., 3–2, to win gold medal in men's hockey“. Los Angeles Times (2010-yil 28-fevral). Qaraldi: 2010-yil 1-mart.
  30. Steiss. „2020 IIHF Ice Hockey World Championship cancelled“. iihf.com. IIHF. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  31. „24 players selected to represent Canada at 2022 IIHF World Championship“. Hockey Canada (2022-yil 9-may).
  32. „Team Roster Canada“. iihf.com (2021-yil 15-may).

Adabiyotlar

tahrir