Koʻk masjid
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻk masjid — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (1830—35). Toshkentlik aka-uka Nodirmat va Hojimatboylar (avval ular nomi bilan yuritilgan) mablagʻiga qurilgan. Peshtokli darvozaxona, baland minorali keng hovli, bir qanatli madrasa va hovli toʻridagi masjiddan iborat boʻlgan. Hozir koʻrimsiz darvozaxona, keng hovlining yarmisi hamda masjid (xonaqoh va ayvon) saqlangan. Xonaqoh (9,0x9,0 m) murabba tarxli, gumbazli. Jan. Devori ichiga chuqur ravoqli mehrob va tokchalar ishlangan. Xonaqoh janubidagi naqshinkor ayvon (7,26x12,20 m) shiftiga toʻsin tashlanib, ustidan toqilar terilgan. Ustunlar koʻpqirrali, poy-ustuni koʻk rangli toshlardan (masjid nomi ham shundan) turli shakllarda yoʻnib oʻrnatilgan (hozir poyustunlar rangi kulrang tusda).
Koʻk masjid 1995—99 yillarda taʼmirlanib atrofi obodonlashtirildi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |