Koʻngoʻzlik togʻlari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻngoʻzlik togʻlari - Hisor tiz ma togʻlarining janubi-gʻarbiy tarmoqlaridan biri. Qashqadaryo viloyatining sharqiy chekkasida. Eng baland joyi 2446 m, janubida 2260 m (Kurek togʻi). Koʻngoʻzlik togʻlari shimoli-sharqdagi Xontaxti tizma togʻlari bilan birgaliqda yagona togʻ tugunini hosil qilgan. Togʻlar yura va boʻr davrlarining choʻkindi jinslaridan tuzilgan. Guldar soyi oʻzanidan boshlanib Langarsoyning shimoli-sharqqa tomon yoʻnalgan irmogʻigacha davom etadi, oʻz. 16–18 km. Koʻngoʻzlik togʻlarining janubi-gʻarbiy yon bagʻri ancha keng va Langarsoy, Oqsuv, Qizildaryo irmoqlari bilan parchalangan. Togʻning suvayirgʻich qismi yalangʻoch qoyalardan iborat boʻlib paleogenning qattiq qumtoshlaridan tashqil topganligi tufayli kuesta relyef shakllari vujudga kelgan. Bu hodisa, ayniqsa, Oqsuv havzasida yaxshi ifodalangan. 1500 m balandlikdan quyida yon bagʻirlar kamroq parchalangan va asta-sekin pasayib boradi. 700 m balandlikda Qizildaryo terrasali allyuvial-prolyuvial tekisligiga qoʻshiladi.
Koʻngoʻzlik togʻlarining suvayirgʻich qismi bilan Xontaxti tizmasi oraligʻida keskin farq sezilmaydi, bu joyda 200 m li izogips asosiy balandlikdir.
Togʻ yon bagʻirlarida buloq koʻp. Toʻq boʻz tuproqlar 800–1200 m balandliklar orasida tarqalgan, bu tuproqlarda bugʻdoyiq va boshqa oʻtlar oʻsadi. Uvdan yuqorida jigarrang va chimli qoʻngʻir boʻz tuproqlarda bodom, doʻlana, baʼzan yongʻoq, turli oʻtli siyrak archazorlar tarqalgan. Yaylovlarning mahsuldorligi gektariga oʻrtacha 3—4 s.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |