Kon kombayni — foydali qazilmalar yoki togʻ jinslarini umumiy massadan ajratib olish, maydalash va transport vositalariga ortish ishlarini bir yoʻla bajaradigan kon mashinasi. Asosiy qismlari: kon jinslari massivini buzib, ularni maydalaydigan ish organi; yuklash organi; harakatlantiruvchi dvigatellar; siljitish mexanizmlari; havosini yangilab turish va changlarni toʻtib qolish qurilmalari; boshqarish organlari. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish uchun moʻljallangan Kon kombayni — tozalash kombayni, kon yoʻlaqlarini tayyorlash uchun moʻljallangan Kon kombayni — oʻ t i sh kombayni, uchastkada lavani birinchi ishga tushirish uchun moʻljallangan Kon kombayni — k ye s i sh kombayni deb ataladi.

Tozalash Kon kombayni ning qiya, yotiq va tik qatlamda ishlovchi; juda yupqa (0,8 m gacha), yupqa (0,81 — 1,21 m), oʻrtacha yupqa (1,21—3,5 m) va qalin (3,5 m dan yuqori) qatlamlardan qazib oladigan; shuningdek, tor joyni kamraydigan va keng joyni kamraydigan xillari bor. Tik qatlamda ishlovchi kombaynda koʻmir yuklovchi qismi boʻlmaydi. Tozalash Kon kombayni dagi asosiy ish organlari: kesuvchi zanjirlari boʻlgan bir yoki bir necha bar (rama)lardan iborat boʻlgan barli; aylanish oʻqi vertikal yoki gorizontal joylashgan barabanli; aylanish oʻqi gorizontal joylashgan shnekli; burgʻilash ish organlari. Boʻlardan tashkari, birlashtirilgan (mas, burgʻilash va barabanli) ish organlari ham qoʻllanadi. Tozalash Kon kombayni kombaynga montaj qilingan mexanizm, kanat yoki gusenitsa yordamida harakatlanadi. Oʻtish Kon kombayni foydali qazilmani yoki jinslarni asosiy massadan ajratuvchi, strelkasimon, burgʻili (rotorli, rotorli-planetarli) va tebranma ish organiga ega. Ular gusenitsali, odimlovchi aralash harakatlantirgich yordamida harakatlanadi. Yuklash organi kovsh, sidirgichli konveyer, shnek va boshqa koʻrinishda boʻladi. Oʻtish kombaynlari yordamida butun kon yoʻlaklari ochib boʻlingach, shaxta maydoni lava deb ataluvchi ish uchastkalariga boʻlinadi. Har qaysi lavada tozalash kombaynlarida qazilmani qazishga kirishishdan oldin kesish Kon kombayni yordamida kon massasi butun lava boʻylab kesiladi. Bu kombayn bilan istalgan qatlamdagi koʻmir katlamini kesish mumkin. Bunday Kon kombaynining ish organi ikki sharnirli zanjiri boʻlgan tebranuvchi qoʻshaloq bardan iborat. Qazib chiqarilgan foydali qazilma yoki togʻ jinslari yuklash organi yordamida konveyerta ortiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil