Legnitsa jangi
Legnitsa jangi -Botuxon bilan salibchilar oʻrtasida Legnitsa shahri (Polsha) yaqinida boʻlib oʻtgan jang (1241 yil 9-aprel). Moʻgʻullarning Sharqiy Yevropaga bosqinchilik yurishi davrida Botuxon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshini Krakov shahrini egallab, unga oʻt qoʻygan, soʻngra Oder daryosidan oʻtib, Legnitsa yaqinida Sileziya gersogi Genrix boshchiligidagi nemis salibchilari, sileziyaliklar, Tevton ordeni ri-sarlari hamda polyaklardan iborat 30 ming kishilik lashkarlarga duch kelgan. 1241-yil 9-apreldagi jangda salibchilar moʻgʻullarning ataylab chekinayotgan avangʻoriga birinchi boʻlib hujum qiladilar. Qoʻpol qurollangan bu piyodalar asosiy qoʻshindan uzoqlashgandan soʻng moʻgʻullar ularni qurshab olib, qirib tashlaydi. Salibchilarga madad uchun borayotgan polyak va sileziyaliklar otryadi qochishga majbur boʻladi. Tevton ordeni ritsarlari jangni davom ettirishga urinib koʻradi, ammo boy berilgan jangni tiklash uchun kuchlar kamlik qiladi. Birlashgan xristian armiyasi katta talafot koʻrgan. Legnitsa atrofini vayron qilgan moʻgʻullar Ratibor shahriga qarab yurib, u yerdan Moraviyaga bostirib kiradilar.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |