Matilda effekti – bu ayollarning ilm-fanga qoʻshgan yutuqlarini tizimli ravishda rad etish, ularning qilgan ishlarini erkak hamkasblariga tegishli deb hisoblaniladigan termin. Bu hodisa birinchi marta sufragist va abolitsionist Matilda Joslyn Gage (1826-1898) tomonidan oʻzining „Woman as Inventor (Ayol ixtirochi sifatida)“ nomli qoʻllanmasida tasvirlangan (birinchi marta 1870-yilda traktat sifatida, 1883-yilda esa North Amrican Review (Shimoliy Amerika sharhi) adabiy jurnalida nashr etilgan). „Matilda effekti“ atamasi 1993-yilda ilm-fan tarixchisi Margaret W. Rossiter tomonidan fanga kiritilgan[1][2].

Matilda effekti

Rossiter bu taʼsirning uchrashiga bir nechta misollarni keltirgan. XII asrda Italiyada yashagan Trotula (Salernolik Trorula) ismli ayol shifokorning oʻlimidan soʻng chiqarilgan kitoblarining bari erkak mualliflarga tegishli deb etirof etilgan. Oʻn toʻqqizinchi va XX asrning Matilda effektini namoyish etadigan holatlarga Netti Stivens[3], Lise Meitner, Marietta Blau, Rosalind Franklin va Jocelyn Bell Burnell kabi ayollarning faoliyati misol boʻla oladi.

Matilda effekti Metthew effekti bilan solishtirilgan. Mazkur effektga koʻra, avvaldan taniqli boʻlgan olimning ishi, garchi u yosh tadqiqotchiniki bilan bir xil yoki aynan oʻxshash boʻlsa ham koʻproq va tezroq shuhrat qozonadi[4][5]. Bu holat esa Matilda effektining ayrim holatlariga mos keladi.

Tadqiqotlar

tahrir

2012-yilda Nijmegen Radboud universitetining ikki ayol tadqiqotchisi Niderlandiyada professorlikka qoʻyilgan nomzodlarning jinsi ularga beriladigan baholarga taʼsir koʻrsatishini isbotlab berishdi[6]. Shunga oʻxshash holat ikki italiyalik ayol tadqiqotchi tomonidan[7] Ispaniyada oʻtkazgan tadqiqotlari davomida ham kuzatilgan[8]. Boshqa tomondan, bir nechta tadqiqotlardan keltirilgan iqtiboslar erkak va ayol mualliflar nashrlarining taʼsiri oʻrtasida farq yoʻqligini aniqlagan[9][10][11].

Shveytsariyalik tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ommaviy axborot vositalari odatda ayol olimlarga qaraganda erkak olimlardan koʻproq televidinya koʻrsatuvlarida ishtirok etishlarini iltimos qilishadi[12].

AQShda olib borilgan bir tadqiqotga koʻra, Amerika jamiyatida ochiq gender diskriminatsiyasi umuman pasayishda davom etsa-da, ayollarning ilmiy mukofotlar va sovrinlarni olish holati, xususan, tadqiqotlar davomida noqulay ahvolga tushib qolish holatlari koʻp kuzatilmoqda[13].

Misollar

tahrir

Matilda effektiga duchor boʻlgan ayollarga misollar:

  • Krotonlik Theano (miloddan avvalgi 6-asr) – matematika sohasida faoliyat olib borgan ilk faylasuf, lekin uning koʻp ishlari eri, otasi yoki unga oʻqituvchilik qilgan Pifagor (manbalarga qarab) soyasida qolib ketgan[14][15] .
  • Trotula (Salernolik Trotula, 12-asr) – italyan ayol shifokori boʻlib, uning oʻlimidan keyin chop etilgan asarlari erkak mualliflarga tegishli deb hisoblanilgan. Oʻqituvchi va tabib sifatida ayollarga nisbatan dushmanlik ayolning mavjud shaxs ekanligini inkor etilishiga olib kelgan. Avvaliga uning ishi eri va oʻgʻliga tegishli deb koʻrsatilgan, ammo maʼlumotlar tarqalib ketgach, rohiblar uning ismini erkak ismi bilan almashtirib qoʻyishgan. Shu sababli ham, ayolning ismi „Ilmiy biografiya lugʻati“da tilga olinmagan[16].
  • Jeanne Baret (1740-1807) – fransuz botanik olimi, yer sharini aylanib chiqqan birinchi ayol. Botanik Philibert Commersonning hamkasbi va hamkori, u erkak koʻrinishida Louis-Antoine de Bougainville ekspeditsiyasiga qoʻshilgan. Ular Bougainvilleaʼning birinchi namunalarini toʻplashgan. Koʻpgina botanika kashfiyotlari faqat Commersonga tegishli deb hisoblanilgan va uning sharafiga yuzga yaqin tur nomlangan. Jeanne Baret nomi 2012-yilda ilk [ es ] marta Solanum baretiae [es] oʻsimligiga berilishi orqali, uning izlanishlari etirof etildi[17].
  • Netti Stivens (1861-1912) – XY jinsini aniqlash tizimining kashfiyotchisi. Uning ovqat qurtlari ustida olib borgan muhim tadqiqotlari birinchi marta organizmning jinsi atrof-muhit yoki boshqa omillar bilan emas, balki uning xromosomalari bilan belgilanishini aniqlab bergan. Stivens ilmiy hamjamiyatning ushbu yangi tadqiqot yoʻnalishi „Xromosoma jinsini aniqlash“ asnosida faoliyat olib borishiga katta taʼsir koʻrsatgan[18]. Biroq, oʻsha davrdataniqli boʻlgan genetik olim Thomas Hunt Morgan nomi bu kashfiyotga aloqador inson sifatida koʻrsatiladi[19]. Uning genetika sohasidagi keng koʻlamli ishlariga qaramay, Stivensning Morgan ishiga qoʻshgan hissasi koʻpincha eʼtiborga olinmaydi[20].
  • Mary Whiton Calkins (1863-1930) – Harvard universiteti boshqa jonli stimullar bilan bogʻlangan holatda ogohlantirishlarni eslab qolish osonroq boʻlishini aniqladi. U, shuningdek, taʼsir qilish muddati yaxshi eslab qolishga olib kelishini aniqladi. Uning kashfiyotlari keyinchalik Georg Elias Müller va Edward B. Titchener tomonidan Calkinsga hech qanday ganorar berilmagan holda foydalanilgan.
  • Gerty Cori (1896–1957) – Nobel mukofoti laureati biokimyogar. Professorlik lavozimida u bilan teng malakaga ega boʻlishiga qaramay, yillar davomida erining yordamchisi boʻlib ishlagan.
  • Rosalind Franklin (1920-1958) −1953-yilda DNK tuzilishining kashf qilishida muhim hissa qoʻshgan olimlardan biri sifatida tan olingan. Frencis Crik va Jaymes Watson 1962-yilgi Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan kashfiyotda ayolning hissasi past baholangan (Watson oʻzining 1968-yildagi "The Double Helix (Qoʻshaloq spiral)" kitobida Rosalindning kashfiyoti muhim ahamiyatli ekanligini tasvirlab bergan).
  • Marthe Gautier (1925-2022) – hozirda Daun sindromini keltirib chiqaradigan xromosoma anomaliyasini ochishdagi muhim roli bilan tan olingan, bu kashfiyot ilgari faqat Jérome Lejeunega tegishli deb hisoblangan.
  • Marian Diamond (1926-2017) – Berkeleydagi Kaliforniya universitetida ishlagan. Oldingi nevrologik dogmaga zid boʻlgan miya plastikligi fenomenini eksperimental ravishda kashf etgan. U 1964-yilda oʻzining muhim maqolasi[21] nashr etilmoqchi boʻlgan vaqtida, ikki ikkinchi darajali hammualliflari Devid Krech va Mark Rozenzweigning ismlari uning ismi oldiga qoʻyilganligini bilib qolgan (qoʻshimcha ravishda, ayolning ismi qavs ichida yozilgan). U qogʻozda tasvirlangan asosiy ishni bajarganini aytib eʼtiroz bildiradi. Shundan soʻnggin uning ismi birinchi oʻringa qavssiz holatda qoʻyiladi. Bu voqea 2016-yilda suratga olingan "My Love Affair with the Brain: The Life and Science of Dr. Marian Diamond. (Mening miyaga boʻlgan muhabbatim: Dr. Marian Diamond) nomli hujjatli filmda ham tasvirlangan[22].
  • Harriet Zuckerman (1937-yilda tugʻilgan) – eri Robert K. Mertonning mashhur Matthew effekti kontseptsiyasi uchun asosiy maʼlumotlarni taqdim etgan. Bu effekt, yuqori maqomga ega boʻlgan olimlar, oʻzlarining pastroq darajadagi yoki kichikroq yoshda boʻlgan hamkasblari bilan bir xil ishni amalga oshirganlarida, hamisha yuqori baholanishi, hamda boshqa ayni shu ishni amalga oshirgan hamkasblarining uni soyasida qolib ketish holatlarini ifodalaydi. 1968-yilda kontsepsiya haqidagi dastlabki nashrda ayolning roli hammualliflik sifatida tilga olinmay shunchaki izohlar bandda aytib oʻtildi. Ammo keyinchalik Merton maqolaning keyingi versiyalarida xato berilgan muallif ekanligi aniqlandi[23][24].
  • ENIAC dasturchilari (1946-yilga bagʻishlangan) – bir nechta ayollar loyihaga katta hissa qoʻshadilar, jumladan Adele Goldstine, Kay McNulty, Betty Jennings, Betty Snyder, Marlyn Wescoff, Fran Bilas va Ruth Lichterman. Ammo ENIAC tarixida odatda bu ayollarning qoʻshgan hissasi va baʼzida dasturiy taʼminot yutuqlariga emas, balki tizim erishgan yutuqlariga eʼtibor qaratilgan[25].

Nobel mukofoti nomzodligi uchun ayol olimlardan koʻra ustunlik boʻlgan erkaklar olimlariga misollar:

  • 1934-yilda fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti George Whipple, George Richards Minot va William P. Murpyga berildi. Ular oʻzlarining ayol hamkasbi Frieda Robscheit-Robbinsni jinsi tufayli chetlatilganidan xabar topishdi. Ammo Whipple oʻz mukofot pulini ayol bilan boʻlishdi, chunki uni ham Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblagan, chunki Frieda uning deyarli barcha nashrlaridagi hammuallifi edi.
  • 1944-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofoti Otto Hahnga berildi. Lise Meitner Hahn bilan ishlagan va yadroviy boʻlinishning nazariy asoslarini yaratgan (u „yadro boʻlinishi“ atamasini kiritgan). Meitner Nobel mukofoti qoʻmitasi tomonidan qisman jinsi va qisman fashistlar Germaniyasida taʼqib qilingan yahudiy ekanligi sababli tan olinmagan. Uning faoliyatiga yahudiylarning hukumat bilan bogʻliq lavozimlarni egallashi, jumladan, tadqiqot ishlarini olib borishini taqiqlovchi „Professional davlat xizmatini tiklash toʻgʻrisida“gi qonun taʼsir koʻrsatgan. Dastlab, uning Avstriya fuqaroligi uni bu muammoga yuzlashishdan asrab turdi, ammo 1938-yilda Gitler Avstriyani anneksiya qilganidan keyin u Germaniyadan qochib ketdi[26].
  • 1950-yilda CeCil Powell yadro jarayonlarini oʻrganishning fotografik usulini ishlab chiqqani va natijada pion (pi-mezon) ni kashf etgani uchun fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Ammo, aslida Marietta Blau bu sohada koʻplab kashfiyotlarni amalga oshirgan. Erwin Shrödinger Hertha Wambacher bilan birga ayolni sovringa nomzod qilib koʻrsatgan, biroq ikkalasining taklifi ham rad etilgan[27].
  • 1956-yilda ikki amerikalik fizik Tsung-Dao Lee va Chen Ning Yang zaif oʻzaro taʼsirlarda paritet qonunining buzilishini nazariy kashf qilishdi va uni tekshirish uchun mumkin boʻlgan tajribani taklif etishdi. 1957-yilda Chien-Shiung Vu Milliy standartlar va texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda kerakli tajribani oʻtkazdi va beta parchalanish holatida paritet buzilishini isbotladi[28]. 1957-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofoti erkak fiziklarga berildi va Vuning nomzodligi rad etildi. U ayollar orasida birinchilardan boʻlib 1978-yilda fizika boʻyicha „Boʻri“ mukofotiga sazovor boʻlgan[29].
  • 1958-yilda Joshua Lederberg fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotini George Beadle va Edward Tatum bilan boʻlishdi. Mikrobiologlar Joshua Lederberg va uning rafiqasi Ester Lederberg Beadle va Tatum bilan birgalikda bakterial koloniyalarni bir petri idishidan ikkinchisiga oʻtkazish usulini ishlab chiqdilar, bu antibiotiklarga chidamliligini aniqlash uchun juda muhim faoliyat boʻlgan[19]. Biroq, Ester Lederberg ushbu tadqiqot loyihasidagi faoliyati tan olinmadi, ammo nazariyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda uning hissasi muhim edi[30]. Bundan tashqari, u lambda fagini kashf etgani va kelajakdagi genetik va bakterial tadqiqotlar uchun asos yaratgan F unumdorlik omili boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirgani uchun ham tan olinmagan[19][31].
  • 1960-yillarning oxirida Jocelyn Bell (1943-yilda tugʻilgan) birinchi radio pulsarni kashf etdi. Ushbu kashfiyot uchun 1974-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofoti uning ilmiy rahbari Antony Hewish va Martin Rylega berildi, Hewish va Ryle radioastrofizika sohasidagi kashfiyotlari uchun taqdirlandi. Jocelyn Burnellning ishlari esa chetda qolib ketdi. U kashfiyotini amalga oshirgan paytida fan nomzodi, talaba edi. U nazariy harakatlar asosan uning rahbariga tegishli ekanligini his qilgan, ammo uning Nobel mukofotidan voz kechishi bir qancha taniqli astronomlar, jumladan Fred Hoyle tomonidan ham tanqid qilingan.

"Matilda loyihasi"

tahrir

Matilda loyihasi[32] – ilm-fan sohasida ayollarga nisbatan tengsizlik va gender tarafkashligi haqida xabardorlikni oshirish tashabbusi oʻquv animatsion videolar[33] va raqamli toʻplamlarni[34] yaratishni oʻz ichiga oladi(www.matildaproject.ca saytiga tashrif buyuring[sayt ishlamaydi]). Videolar (oʻquv animatsion videosiga qarang) mavzuning qisqacha koʻrinishini taqdim etadi, veb-sayt esa Matilda effektiga misol boʻladigan umumiy xususiyatga ega boʻlgan tarixiy va zamonaviy ayol olimlarning toʻliq toʻplamini oʻzida aks ettiradi.

Matilda loyihasi akademik hamjamiyat, STEM talabalari/mutaxassislari, tarixchilar, ijtimoiy olimlar va raqamli gumanistlar kabi keng auditoriya uchun moʻljallangan. Matilda loyihasini yaratish orqali tomoshabinlar Matilda effekti haqida bilim va qiziqishlarini shakllantirishda oʻqish, vizualizatsiya va videolar orqali faol ishtirok etishi va shu effekt tasiri kuzatilgan ayollar hayoti bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Oʻqituvchilar Loyihani topshiriqlar, oʻquv resurslari va munozaralarga muammosiz integratsiyalashlari, talabalarga gender tarafkashlikdagi ayol olimlarga qoʻshgan hissasi va uning oqibatlari haqida maʼlumot berishlari mumkin.

„No more Matildas“ harakati

tahrir

Ispaniya tadqiqotchi va texnolog ayollar uyushmasi (AMIT) Matilda Joslyn Gageni sharaflaydigan „No more Matildas (Endi Matilda yoʻq)“ deb nomlangan harakatni yaratdi[35]. Loyihadan koʻzlangan maqsad qoliplarga barham berib, ilm-fan bilan shugʻullanayotgan ayollar sonini oshirishdan iborat.

Boshqa holatlar

tahrir

Ben Barres (1954–2017) Stenford universiteti tibbiyot maktabining neyrobiologi boʻlib, oʻz jinsini ayoldan erkakka oʻtkazgan. U oʻz ilmiy ishlarining amalga oshirilishi oʻsha paytda boshqalar uni qanday jins vakili ekanligiga qarab turlicha qabul qilingani haqida gapirgan[36]. Erkak jinsiga oʻtishidan oldin Barresning ilmiy yutuqlari erkaklarga tegishli deb hisoblangan yoki oʻta qadrsizlangan, ammo erkak jinsiga oʻtgandan soʻng uning yutuqlariga avvalgidan koʻra ancha yuqori baho berilgan va koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Rossiter, Margaret W. (1993). "The Matthew/Matilda effect in science". Social Studies of Science (London, UK) 23 (2): 325–341. doi:10.1177/030631293023002004. ISSN 0306-3127. 
  2. Flegal, Katherine M. (21 August 2022). "A female career in research" (en). Annual Review of Nutrition 42 (1): annurev–nutr–062220-103411. doi:10.1146/annurev-nutr-062220-103411. ISSN 0199-9885. PMID 35363538. 
  3. Resnick. „Nettie Stevens discovered XY sex chromosomes. She didn't get credit because she had two X's“. Vox (2016-yil 7-iyul). Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  4. Rossiter, Margaret W.. The Matthew Matilda Effect in Science. Social Studies of Science (1993), s. 325–341.
  5. Dominus, Susan (October 2019). „Women scientists were written out of history. It's Margaret Rossiter's lifelong mission to fix that“. Smithsonian Magazine (inglizcha). 50-jild, № 6. 48-bet.
  6. van den Brink, Marieke; Benschop, Yvonne (2011). "Gender practices in the construction of academic excellence: Sheep with five legs". Organization 19 (4): 507–524. doi:10.1177/1350508411414293. 
  7. Andrea Cerroni; Zenia Simonella (2012). "Ethos and symbolic violence among women of science: An empirical study". Social Science Information 51 (2): 165–182. doi:10.1177/0539018412437102. 
  8. Jiménez-Rodrigo, María Luisa; Martínez-Morante, Emilia; García-Calvente, María del Mar; Álvarez-Dardet, Carlos (2008). "Through gender parity in scientific publications". Journal of Epidemiology & Community Health 62 (6): 474–475. doi:10.1136/jech.2008.074294. PMID 18477742. http://jech.bmj.com/content/62/6/474.extract. 
  9. Hegarty, Peter; Walton, Zoe (2012). "The Consequences of Predicting Scientific Impact in Psychology Using Journal Impact Factors". Perspectives on Psychological Science 7 (1): 72–78. doi:10.1177/1745691611429356. PMID 26168426. http://epubs.surrey.ac.uk/72248/6/2012%20PH%20%26%20ZW%20JIF%20The%20consequences%20of%20predicting%20scientific%20impact.pdf. 
  10. Baldi, Stephane (1998). "Normative versus social constructivist Processes in the allocation of citations: A Network-Analytic Model". American Sociological Review 63 (6): 829–846. doi:10.2307/2657504. https://archive.org/details/sim_american-sociological-review_1998-12_63_6/page/829. 
  11. Haslam, Nick; Ban, Lauren; Kaufmann, Leah; Loughnan, Stephen; Peters, Kim; Whelan, Jennifer; Wilson, Sam (2008). "What makes an article influential? Predicting impact in social and personality psychology". Scientometrics 76 (1): 169–185. doi:10.1007/s11192-007-1892-8. 
  12. von Roten, Fabienne Crettaz (2011). "Gender differences in scientists' public outreach and engagement activities". Science Communication 33 (1): 52–75. doi:10.1177/1075547010378658. 
  13. Lincoln, Anne E.; Pincus, Stephanie; Koster, Janet Bandows; Leboy, Phoebe S. (2012). "The Matilda effect in science: Awards and prizes in the US, 1990s and 2000s". Social Studies of Science 42 (2): 307–320. doi:10.1177/0306312711435830. PMID 22849001. 
  14. „Crotone, Theano of“. History of Scientific Women.
  15. „Biographies of Women Mathematicians“. agnesscott.edu. Agnes Scott College.
  16. Rossiter, Margaret W. (1993). "The Matthew / Matilda effect in science". Social Studies of Science 23 (2): 325–341. doi:10.1177/030631293023002004. 
  17. Tepe, E.; Ridley, G.; Bohs, L. (2012). "A new species of Solanum named for Jeanne Baret, an overlooked contributor to the history of botany". PhytoKeys (8): 37–47. doi:10.3897/phytokeys.8.2101. PMID 22287929. PMC 3254248. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3254248. 
  18. Hagen, Joel. Doing Biology. Glenview, IL: Harper Collins, 1996 — 37–46-bet. 
  19. 19,0 19,1 19,2 „6 Women scientists who were snubbed due to sexism“. Washington, DC: National Geographic Society (2013-yil 19-may). 2013-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-oktyabr.
  20. „Nettie Maria Stevens (1861–1912)“. embryo.asu.edu. Arizona State University. Qaraldi: 2015-yil 4-oktyabr.
  21. Diamond, Marian C.; Krech, David; Rosenzweig, Mark R. (1964). "The effects of an enriched environment on the histology of the rat cerebral cortex". The Journal of Comparative Neurology 123: 111–119. doi:10.1002/cne.901230110. PMID 14199261. 
  22. „Luna Productions“. lunaproductions.com.
  23. Merton, R.K. (1968). "The Matthew effect in science: The reward and communication systems of science are considered.". Science. Garfield Library (University of Pennsylvania) 159 (3810): 56–63. doi:10.1126/science.159.3810.56. PMID 5634379. http://garfield.library.upenn.edu/merton/matthew1.pdf. Qaraldi: 2022-11-24. Matilda effekti]]
  24. Merton, R.K. „The Matthew effect in science, II: Cumulative advantage and the symbolism of intellectual property“. University of Pennsylvania. Qaraldi: 2019-yil 4-may.
  25. Light, Jennifer S. (1999). "When computers were women". Technology and Culture 40 (3): 455–483. doi:10.1353/tech.1999.0128. http://pcfly.info/doc/Computers/18.pdf. 
  26. Marshak, R.E.; Wiesner, E.; Settle, F. Jr. (2013-04-14) [29 July 1960, July 2001]. „Discovery of nuclear fission“. Science Week (reprint-nashr). April 14, 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2015-10-10.
  27. Sime, Ruth Lewin (2012). „Marietta Blau in the history of cosmic rays“. Physics Today. 65-jild, № 10. 8-bet. Bibcode:2012PhT....65j...8S. doi:10.1063/PT.3.1728.
  28. Wu, C. S.; Ambler, E.; Hayward, R.W.; Hoppes, D.D.; Hudson, R.P. (1957). "Experimental Test of Parity Conservation in Beta Decay". Physical Review 105 (4): 1413–1415. doi:10.1103/PhysRev.105.1413. https://archive.org/details/sim_physical-review_1957-02-15_105_4/page/n285. 
  29. Wolf Fund (2018-yil 9-dekabr). „Chien-Shiung Wu“. Press-reliz.  „for her persistent and successful exploration of the weak interaction which helped establish the precise form and the non conservation of parity for this new natural force.“
  30. „CensorshipIndex“. www.esthermlederberg.com. Qaraldi: 2015-yil 10-oktyabr.
  31. „Esther Lederberg, pioneer in genetics, dies at 83“. Stanford News. Stanford University (2006-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-oktyabr.
  32. „Animation - The Matilda Project“ (en-CA). ss design studio. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  33. Gender Bias Towards Women in Science - The Matilda Effect (inglizcha), qaraldi: 2023-09-27
  34. „The Matilda Project“.
  35. „"No more Matildas", the new AMIT awareness campaign“ (2021-yil 25-mart). Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  36. Vedantam, Shankar. „Male scientist writes of life as female scientist: Biologist who underwent sex change describes biases against women“. The Washington Post (2006-yil 12-iyul).