Murinak gʻori
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Murinak gʻori — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi gʻor. Chaqilkalon (Zarafshon) tizmasining shimoliyyon bagʻrida. 2370 m balandlikda joylashgan. Silur davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning ogʻzi ravoqsimon, shim.-gʻarb tomon ochilgan (eni va balandligi 14 m). Uning shipi va devorlaridan har tomonga bir qancha yoʻlaklar tarqalgan. Gʻorning sahni ichkariga tomon koʻtarilib boradi va qalinligi 3-4 m li gil, tosh parchalari bilan qoplangan. Gʻorda koʻrshapalak va har xil qushlar yashaydi. Shipi va devorlaridan suv tomchilab turadi. Mahalliy aholi tomonidan noqulay obhavo sharoitlarida chorva mollarini saqlashda foydalaniladi. Gʻorning umumiy uz. 41 m, maydoni 1612 m2, hajmi 8187 m3.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |