Muzbel dovoni — Chatqol tizma togʻlari (Toshkent viloyati)dagi dovon. Balandligi 3060 m. Ohangaron vodiysidagi Yangiobod shahridan chiqqan yoʻlovchilar Dukantsoy, Alatanga, Muzbel soylarining vodiylaridan Muzbel dovoniga, undan Muzbel tizmasi suvayirgʻichi orqali Teraklisoy, Oqbuloqsoy, Chatqoldaryosi vodiylariga, soʻngra Burchmulla qishlogʻiga oʻtishlari mumkin. Dovondan iyun-sentabr oylarida foydalanish xavfsiz.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil