Nasim Hasanov (1924-yil 9-avgust, Urgut tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR1977-yil 9-aprel, Orjonikedzeobod tumani, Tojikiston SSR) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, „Shuhrat“ ordenining toʻliq sohibi, 39-gvardiya oʻqchi diviziyasining 41-alohida gvardiya razvedka rotasi razvedkachisi, gvardiya serjanti[1].

Nasim Hasanov
Tavalludi 9-avgust 1924-yil
Urgut tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 9-aprel 1977-yil(1977-04-09)
(52 yoshda)
Chirtak qishlogʻi, Orjonikedzeobod tumani, Tojikiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari Piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 19421947
Unvoni gvardiya serjanti
Harbiy  qism 41-alohida gvardiya razvedka rotasi
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Shuhrat ordeni Shuhrat ordeni

Shuhrat ordeni

Tarjimayi holi

tahrir

Nasim Hasanov 1924-yil 9-avgustda Urgut tumani, Oʻzbek qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan[2]. Millati oʻzbek. 6-sinfni tamomlagan[1]. 1936-yilda Dushanbe shahriga, 1941-yilda Norak qishlogʻiga (hozirgi Norak shahri), soʻngra Orjonikidzeobod qishlogʻiga (hozirgi Vahdat shahri) koʻchib kelgan. Umumiy ovqatlanish shoxobchasida oshpaz boʻlib ishlagan. 1942-yil avgustda Tojikiston SSR, Stalinobod viloyati, Fayzobod tumani harbiy komissariati tomonidan harbiy xizmatga chaqirilgan. 1942-yil oktyabrdan Ikkinchi jahon urushida ishtirok eta boshlagan. Stalingrad, Janubi-G'arbiy (1943-yil 20-oktyabrdan 3-Ukraina) va 1-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Stalingrad jangida, Dnepr uchun jangda, Barvenkovo-Lozovskiy, Nikopol-Krivoy rog, Bereznegovato-Snigiryovskiy, Odessa, Lyublin-Brest, Varshava-Poznan va Berlinga hujum operatsiyalarida qatnashgan. 1945-yil 27-yanvarda Varshava-Poznan hujum operatsiyasida Nasim Hasanov bir guruh razvedkachilar bilan Poznan (hozirgi Polsha hududi) shimolidagi Shyonnernxauzen qishlogʻini egallash uchun jangda qatnashadi. Nasim Hasanov nemislarning o‘qotar qurollari bilan jihozlangan eng chekka uyiga yashirincha yaqinlashib, uyga qarata granatalar uloqtiradi. Natijada dushmanning 5 nafar askari yo‘q qilindi, oʻqchi bo‘linmalar esa hech qanday yo‘qotishlarsiz oldinga o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi[1]. 39-gvardiya oʻqchi diviziyasi komandirining 1945-yil 10-apreldagi buyrugʻi bilan gvardiya serjanti Nasim Hasanov 3-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan[2]. 1945-yil 23-aprelda Berlindagi hujum operatsiyasi vaqtida Nasim Hasanov razvedkachilar guruhi tarkibida Kyopenik shahri yaqinida (hozirgi Germaniyaning Berlin shahri hududida) Shpre daryosini kechib oʻtgan. Ko'prikni egallash uchun jangda Hasanov ikki nemis askarini yo'q qiladi va 5 asirni asir oladi. Razvedkachilar dushmanning qarshi hujumlariga kurashgan holda, qoʻlga olingan ko'prikni qo'shimcha kuchlar kelguniga qadar himoya qilib turishgan[2]. 8-gvardiya armiyasi qo‘mondonining 1945-yil 7-iyundagi buyrug‘i bilan gvardiya serjanti Nasim Hasanov 2-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan. 1945-yil 29-aprelda Nasim Hasanov razvedkachilar guruhi tarkibida Berlin shahri ichidagi Tempelhof bog'ini kuzatish vazifasini bajaradi. Dushmanning bir guruh piyoda askarlari bilan toʻqnash kelgan razvedkachilar jangni boshlab yuboradi va bu jangda Hasanov ikki nafar nemis askarini pulemyotdan oʻqqa tutib, yoʻq qilgan. Tirik qolgan fashistlar taslim boʻlishadi. Rota komandiri tomonidan Hasanov Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. 8-gvardiya armiyasi qo‘mondonining 1945-yil 11-iyuldagi buyrug‘i bilan gvardiya serjanti Nasim Hasanov yana 2-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan[1]. 1947-yil mart oyida harbiy xizmatdan ozod etiladi[2]. Vahdat tumanidagi Chirtak qishlog‘ida yashagan. Kolxozda ishlagan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1976-yil 4-maydagi farmoni bilan Nasim Hasanovni qayta taqdirlash maqsadida 1-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan mukofotlangan[2]. 1977-yil 9-aprelda vafot etgan[2]. Chirtak qishlogʻida dafn etilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Олег Кожухарь. „Хасанов Насим“ (rus tilida). 2023-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Хасанов Насим“ (rus tilida). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.