Nazirxon Kamolov (oʻzbekcha: Назирхон Камолов; 1899, Fargʻona viloyati Oʻsh tumani Oʻsh shahri — 1970, Oʻsh shahri, Qirgʻiziston SSR, SSSR) — Oʻsh teatri hamda Oʻzbekiston radiosi asoschilaridan biri, Oʻzbekiston radiosi oʻzbek boʻlimining birinchi diktori[1].

Nazirxon Kamolov
Tugʻilgan sanasi 1899-yil
Tugʻilgan joyi Оʻsh, Оʻsh tumani, Fargʻonа viloyati
Vafot sanasi 1970-yil
Vafot joyi Оʻsh, Qirgʻiziston SSR, SSSR
Fuqaroligi  SSSR  Rossiya imperiyasi
Kasbi aktyor, boshlovchi, pedagog.
Faoliyat yillari 1918—1962-yillar
Ampluasi Komik, fojiali, dramatik sahna aktyori
Teatr Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri
Spektakllar M.Behbudiy „Padarkush“, M.Uygʻur „Turkistonlik tabib“, Hamza „Zaharli hayot“, Gʻ. Zafariy „Yetim“, Hamza „Tuhmatchilar jazosi“, Komil Yashin „Lolaxon“, M.Rahmon „Janubdan raport“, K.Yashin va M.Muzaffarov „Gulsara“.

Biografiyasi

tahrir

Nazirxon Kamolov 1899-yilda Oʻsh shahrida tugʻilgan. Yoshligidan madaniyatga qiziqqan. Qiziqishlari uni 1918-yilda Rahmonberdi Madazimov[2][3] boshchiligida Turkiston fronti Inqilobiy Harbiy Soveti huzurida mahalliy musulmon aktyorlaridan tashkil topgan kontsert brigadasi negizida tashkil etilgan teatr toʻgaragiga yetaklagan.

1925-yilda Nazirxon Kamolov Toshkentga joʻnab ketgan va Oʻrta Osiyo Davlat universitetining (SADU) melioratsiya fakultetiga oʻqishga kirgan.

1927-yil yanvar oyida Oʻzbek radiosining rus boʻlimi mudiri Sumbatov Oʻrta Osiyo Davlat universiteti talabasi Nazirxon Kamolovni yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston radiosiga oʻzbek boʻlimi mudiri lavozimiga va boshlovchilik qilishga taklif qiladi[4]. 1927-yil 11-fevralda diktor N.Kamolov radioda oʻzbek tilida „Toshkent gapiradi“ dasturida ilk bor efirga chiqqan. 1927-yil 11-fevral Oʻzbek radiosining tugʻilgan kuni hisoblanadi. Oʻzbek radiosining birinchi diktori va asoschisi Nazirxon Kamolovdir[5].

1927-yilda oʻzbek radiosi har kuni ikki soatdan oʻzbek tilida efirga uzatilgan. Dastur yangiliklar va kontsertlardan iborat boʻlib, vaqti-vaqti bilan maʼruzalar va suhbatlar oʻtkazilgan. Birinchi radio kontsertlarining ishtirokchilari Benyamin Davidov, Nina Davidova va Berta Davidovalar boʻlgan.

Radioeshittirishlar sifatini oshirish uchun N.Kamolov Oʻzbekiston Sanʼatshunoslar uyushmasiga yordam soʻrab murojaat qilgan. Shundan soʻng konsert radioeshittirishlarida madaniyat arboblari Yunus Rajabiy, Rizqiy Rajabiy, Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev, Mulla Toʻychi Toshmuhammedov, Toʻxtasin Jalilov, sozandalar Abduqodir naychi, Ahmadjon naychi, Raim Oxun va boshqalar faol ishtirok etgan.

N.Kamolov Oʻzbekiston radiosining oʻzbek boʻlimi mudiri sifatida koʻplab yosh ijodkor kadrlarni tarbiyalagan. N. Kamolov 1928-yilning iyuniga qadar oʻzbek boʻlimi mudiri, Oʻzbek radiosining diktorlik vazifasida ishlagan[6]. U oʻzining oʻrniga boshlovchilik qilish uchun shogirdi, kollej oʻquvchisi Hojimurod Avazxoʻjayevni qoldirgan. Keyinchalik Oʻzbekiston radiosida boshlovchilik oʻrnida Fotima Yunusova, Tuygʻuna Yunusxoʻjayeva, Qodir Maxsumov, Q.Rashidov, Oʻktam Jobirov, Nasiba Ibroximova, Qodir Tojiyev, Mirzohid Rahimov, Farhod Bobojonov va boshqalar ishlagan.

„Oʻzbekiston“ radiosining asoschisi va tashkilotchi boʻlim mudiri, shuningdek,  birinchi diktori Nazirxon Kamolov boʻlib, birinchi direktori Iskandar Qalandarovdir.

1928-yil iyul oyida N.Kamolov mas’uliyatli partiya ishini bajarish uchun ona yurti Oʻsh shahriga joʻnab ketgan. 1950-1962-yillarda Oʻsh pedagogika institutida katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan va nafaqaga chiqqan.

Yil Ism Asl nomi oʻzbekcha: {{{1}}} Muallif
1919-yil Parritsid padarkush M.Behbudiy
1919-yil Turkistonlik shifokor Turkistonlik tabib Mannon uygʻur
1920-yil zaharlangan hayot Zaharli Hayot Hamza
1921-yil Yetim Etim Gʻulom Zafariy
1922-yil Tuhmatchilarni jazolash Tuhmatchilar jazosi Hamza
1923-yil Lolaxon Lolaxon Komil Yashin
1924-yil janubdan xabar Janubdan hisoboti Mahmud Rahmon
1925-yil Gulsara Gulsara K.Yashin va M.Muzaffarov

Bundan tashqari, Nazirxon Kamolov koʻplab kontsert dasturlarida ishtirok etgan.


Nazirxon Kamolov Oʻsh viloyat va Oʻsh shahar Kengashlari deputati etib saylangan.

Oʻzbekiston radiosining asoschisi, tashkilotchisi va birinchi diktori, Oʻsh oʻzbek drama teatri asoschilaridan biri Nazirxon Kamolov 1970-yilda Oʻsh shahrida vafot etgan.

Adabiyotlar

tahrir
  1. Rixsiev B. „Tulqindan tovushlar“. — Toshkent: Oʻzbekiston, 1967. 16, 17-betlar.
  2. Hamdamov Yu. „Radionlash Qudratli ovozi“ // „Sado“ jurnali. 2013-yil 4-aprel

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „История дикторов телевидения“. 3-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
  2. „«Жайдари келин» чегара оша томоша кўрсатди“. 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
  3. Гримасы и капризы Обезьяны. 24-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
  4. „Oʻzbek jurnalistikasi tarixidan“. 27-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2019-yil.
  5. „Radiojurnalistika“. 2-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2018-yil.
  6. „Radioning qudratli ovozi“. 13-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.

Havolalar

tahrir