Neʼmat Arslon
Neʼmat Arslon (1941-yil 7-iyun Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Takiya qishlogʻi) — oʻzbek adibi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[1].
Neʼmat Arslon | |
---|---|
Tavalludi |
7-iyun 1941-yil Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Takiya qishlogʻi |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Janr | nasr |
Tarjimai holi
tahrirNeʼmat Arslon 1941-yil 7-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Miraki qoʻrgʻonchasi yaqinidagi Takiya qishlogʻida dunyoga keldi. U 1965-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 1971—1980-yillardan boshlab „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Yoshlik“, „Sharq yulduzi“ jurnallarida hikoya, qissa, romanlari nashr etila boshladi.
Ijodi
tahrirNeʼmat Arslonning dastlabki „Osmonni kim koʻtarib turadi?“ nomli hikoyasi „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasida nashr etildi. Shundan soʻng „Mahmasharif xabardor“, „Ayol suvratiga chizgilar“, „Bir yigitning xayoli“, „Quyoshning koʻz yoshlari“, „Dengizda suzardi bir kema“, „Kafolat“, „Qoʻmondon“ nomli asarlari birin-ketin chop etildi. Adibning ikkinchi kitobi „Ayol suvratiga chizgilar“ deb nomlandi. Bu kitobga „Muhabbat oʻyini“, „Osmonning boʻyogʻi“, „Aravakash“, „Oqqanotli kapalak“, „Enaga“, „Bugʻdoyzorda“, „Betakror hilqat“ kabi bir qator hikoyalar jamlangan[2]. U oʻtgan asrning 90-yillarida modernizm[3] yoʻnalishida „Adam vodiysi“, „Mavhumot“ nomli romanlarini yozdi. Neʼmat Arslon oʻz asarlari haqida shunday deydi: „Men har bir asarimni jahon adabiyoti asarlariga xos qilib yozishga harakat qilaman. Baʼzida hayot tashvishlaridan charchasam, asarlarimdagi oʻzim yaratgan Keshkash shahriga qochib ketaman. Uning koʻchalari, hiyobonlari, oʻzim yaratgan shu shahar kishilari davrasida yashayman“.
Oilasi
tahrirAdibning bobosi Mulla Toʻraboy — adabiyotni yaxshi biladigan arab, fors tillarida gaplasha oladigan kishi. Onasi Nusrat aya adabiyotga qiziquvchan ayol boʻlgan. Ishtiyoqi kelganda Muqimiydan, Furqatdan, Navoiy va Hofizdan sheʼrlar aytardi. Ikki togʻasi — Abdurashid va Xudoyberdi ham hayotini adabiyotsiz tasavvur eta olmaydigan kishilar.
Manbalar
tahrir- ↑ "Неъмат Арслон (1941) - www.ziyouz.uz" https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nemat-arslon/
- ↑ "Ne’mat Arslon. Ashirit|Xurshid Davron kutubxonasi" https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/nemat-arslon-ashirit.html
- ↑ Modernizm — (italyancha modernismo — „zamonaviy oqim“; lotinchadan kelib chiqqan modernus — „zamonaviy, yangi“) XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning 50—60-yillarida Yevropa, AQSH adabiyoti va sanʼatida rivoj topgan oqim va yo'nalishlarning umumiy nomi.