Pamela Leora Spratlen (talaffuzi: Pamela Liora Spratlen) – afro-amerikalik davlat arbobi, AQShning Qirgʻiziston va Oʻzbekistondagi sobiq elchisi.

Pamela Spratlen
AQShning Oʻzbekistondagi elchisi
Mansab davri
2015-yil 27-yanvar – 2018-yil 4-oktyabr
Prezident Barack Obama
Donald Trump
Oʻtmishdoshi George A. Krol
Vorisi Daniel N. Rosenblum
Oʻrinbosar Lesslie Viguerie
AQShning Qirgʻizistondagi elchisi
Mansab davri
2011-yil 3-mart – 2014-yil 12-dekabr
Oʻtmishdoshi Tatiana C. Gfoeller
Vorisi Sheila Gwaltney
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-iyul 1954-yil (1954-07-14) (70 yosh)
AQSh, Ogayo shatati, Kolumbus shahri
Alma mater Wellesley kolleji
AQSh armiyasi harbiy kolleji
Berkeley Kaliforniya universiteti

Shaxsiy hayoti

tahrir

Pamela Liora Spratlen 1954-yil 14-iyulda Amerikaning Ogayo shtati Kolumbus shahrida tugʻilgan va Vashington hamda Kaliforniya shtatlarida oʻsgan. Uning otasi Thaddeus Spratlen Vashington universiteti biznes maktabida marketing boʻlimi professori boʻlib ishlagan[1]. Yoshligida u AQSh Davlat departamentining Tashqi ishlar xizmatiga ham ariza topshirgan, biroq oʻsha paytda afro-amerikaliklarga nisbatan irqchilik cheklovlari tufayli soʻrovi rad etilgan[1]. Spratlenning onasi Lois Price Spratlen Vashington universiteti hamshiralik kollejida dotsent darajasiga erishgan[1].

Biografiyasi

tahrir

Taʼlimi

tahrir

Spratlen 1972-yilda oʻrta maktabni tamomlagan va keyin 1976-yilda Wellesley kollejida psixologiya boʻyicha bakalavr darajasini olgan[2]. Keyin u 1981-yilda Berkeley Kaliforniya universitetida davlat siyosati boʻyicha magistr darajasini olishdan oldin turli davlat tashkilotlarida xizmat qilgan. 2006-yilda Spratlen AQSh armiyasi harbiy kollejida strategik tadqiqotlar boʻyicha yana bir magistrlik darajasini oldi[2].

Faoliyati

tahrir

1981-yildan 1989-yilgacha Spratlen Kaliforniya qonun chiqaruvchi organida katta maslahatchi boʻlib ishlagan va shtatning 3 milliard dollarlik oliy taʼlim byudjetini nazorat qilgan[3].

1990-yilda u AQSh Davlat departamentiga ishga kirdi va turli lavozimlarda, jumladan, 1999-yilda Davlat kotibi Madeleine Albrightning rasmiy safarlarini rejalashtirgan guruhda faoliyat olib bordi[3]. Shu maqomda Spratlen 1999-yil yanvar oyida Moskvadagi AQSh elchixonasiga Albrightning Kosovodagi vaziyat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlarini uyushtirishda yordam berdi[1].

2000-yildan 2002-yilgacha Pamela Spratlen Moskvadagi Amerika elchixonasida koordinator yordamchisi boʻlib ishlagan va keyinchalik 2002-yildan 2004-yilgacha Vladivostokdagi AQSh Bosh konsuli boʻlgan[4]. Keyin u yurtiga qaytib keldi va bir necha yil AQShda ishladi, jumladan, 2006–2007-yillarda Markaziy Osiyo bilan aloqalar departamenti direktori lavozimida ishladi.

Spratlen Vashingtonda Amerikaning Yevroosiyodagi siyosatini yoʻlga qoʻygan shaxslardan biri sanaladi[5]. U olti oy davomida AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan va Tojikiston prezidentining xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchisi Erkin Rahmatullayev hamda Qirgʻiziston davlatidan Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Erkin Bulekbayevga „Milliy demokratik institutni mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazish“ masalasi boʻyicha maslahat bergan[6]. Keyinchalik, 2007–2008-yillarda u Gʻarbiy Yevropa masalalari departamenti direktori lavozimida ishlagan[2]. Spratlen Vashington uchun Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyodagi mavqeini zaiflashtirish, shuningdek, „Ipak yoʻli iqtisodiy kamari“ strategiyasiga qarshi turish uchun yangi rejalar ishlab chiqqan[5].

Qozogʻistonning Ostona shahridagi AQSh elchixonasida missiya boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagandan soʻng Spratlen 2011-yil 15-aprelda Qirgʻizistondagi AQSh elchisi sifatida qasamyod keltirdi[7]. Bu lavozimda 2014-yil iyun oyida u Manas havo bazasini Qirgʻiziston davlatiga topshirishda asosiy rolda ishtirok etgan. Bu Afgʻonistonga qoʻshinlar va yuklarning tranziti uchun muhim edi. Spratlen Qirgʻizistondagi missiyasini 2014-yil 12-dekabrda yakunladi va 2014-yil 16-dekabrda darhol AQShning Oʻzbekistondagi elchisi lavozimiga oʻtib, bu yerda 2018-yil 4-oktyabrgacha xizmat qildi[8][9].

Spratlen rus, fransuz va ispan tillarini biladi[2]. Hozirda u nafaqaga chiqqan. Spartlen xalqaro faoliyatga, xususan, Tashqi ishlar xizmatiga qiziqqan talabalarga oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini topish hamda oshirishni maslahat beradi[2].

Mukofotlari

tahrir

Spratlenning yutuqlari qatoriga AQSh Davlat departamentining eng yuqori faxriy mukofotlari kiradi[8].

2018-yilda Oʻzbekistonning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Pamela Spratlenni koʻp qirrali oʻzaro manfaatli Oʻzbekiston-AQSh munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashdagi muhim xizmatlari uchun „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlagan edi[10].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Wallechinsky, David. „U.S. Ambassador to Uzbekistan: Who Is Pamela Spratlen?“ (en). AllGov (2014-yil 19-oktyabr). 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Goldman School of Public Policy. „Pamela Spratlen“ (en). Goldman School of Public Policy. 2015-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  3. 3,0 3,1 U.S. Department of State. „Spratlen, Pamela L“ (en). U.S. Department of State. 2020-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  4. Восток-Медиа. „Сегодня Вступила в Должность Новый Генконсул США Во Владивостоке Памела Спратлен“ (ru). Sakhalin.info (2002-yil 2-oktyabr). 2010-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  5. 5,0 5,1 Проханов 2017.
  6. Levine 2016.
  7. Parisi, Jason. „An Interview with Pamela Spratlen, U.S. Ambassador to Kyrgyzstan“ (en). The Politic (2014-yil 2-yanvar). 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  8. 8,0 8,1 U.S. Mission Uzbekistan. „Посол США Памела Спратлен Вручила Верительные Грамоты Президенту Исламу Каримову“ (ru). Посольство США в Узбекистане (2015-yil 29-yanvar). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  9. „Pamela Leora Spratlen (1954-)“ (en). Office of the Historian. 2015-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  10. Радио Озодлик. „Мирзияев Наградил Памелу Спратлен, Завершающую Свою Дипмиссию в Узбекистане, Орденом ‘Дустлик'“ (ru). Радио Озодлик (2018-yil 25-sentyabr). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.