Qonli olmos — 2006-yilda Edward Zwick rejissyorlik qiligan va hamkorlikda ishlab chiqarilgan amerika siyosiy mazmundagi jangavor triller filmi. Filmda mashhur aktorlar tarkibida bosh rollarda Leonardo DiCaprio, Jennifer Konnelly va Djimon Hounsou ishtirok etgan. Film voqealari urush hududlaridan qazib olinagan va bir qancha mojarolar sabab moliyalashtirilib sotiladigan qonli olmoslarga va shu tariqa butun dunyo boʻylab foyda keltiradigan kontrabandachilar, olmos kompaniyalariga ishora qiladi.

Blood Diamond
Rejissyor(lar) Edward Zwick
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Charles Leavitt
Hikoya
Rollarda
Bastakor(lar) James Newton Howard
Kinematografiya Eduardo Serra
Muharrir(lar) Steven Rosenblum
Studiya(lar)
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 143 minut[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Ingliz[1]
Byudjeti $100 million[2]
Daromadi $171.7 million[2][3]

Film 1991–2002-yillarda Sierra-Leonedagi fuqarolar urushi davrida hukumatga sodiq jangovor qoʻshinlar va isyonchi kuchlar oʻrtasidagi kurash oqibatida parchalanib ketgan davlatni tasvirlaydi. Voqealar rivojida urushning koʻplab vaxshiyliklari aks ettirilgan, jumladan, isyonchilar tomonidan boʻlajak saylovlarda ovoz berishga toʻsqinlik qilish maqsadida tinch aholining qoʻllarini kesib tashlash sahnalar mavjud.

Filmning yakunida asosiy mavzu boʻlmish oʻtkaziladigan qonli olmoslar konferentsiyasi 2000-yilda Janubiy Afrikaning Kimberli shahrida boʻlib oʻtgan tarixiy uchrashuvga ishora qiladi. Unda ziddiyatli olmos savdosini cheklab qoʻyish masalasi koʻrib chiqiladi, lekin sertifikatlashtirish sxemasi asosan samarasiz deb bekor qilingan.

Qonli olmoslar filmi koʻproq ijobiy naijalarga erishadi, DiCaprio va Hounsouning chiqishlari maqtovga sazovor deb olqishlangan. Film butun dunyo boʻylab 171 million dollar jamgʻarib, beshta „Oskar“ mukofotiga nomzod boʻlgan. Aktorlar boʻyicha nominatsiyada DiCaprio „Eng yaxshi erkak roli“ va Hounsou „eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor“ mukofotlariga sazovor boʻlgan. DiCaprio „Eng yaxshi aktyor“ uchun „Oltin globus“ mukofotiga nomzod boʻldi. Shuningdek, Di Caprio va Hounsou 13-Ekran aktyorlari gildiyasi mukofotining bosh roldagi eng yaxshi erkak aktori va ikkinchi darajali roldagi eng yaxshi erkak aktori nominatsiyalariga nomzod sifatida qatnashgan.

Syujeti

tahrir

Filmning voqealari boshlanishida 1999-yilda Syerra-Leone fuqarolar urushi sabab vayron boʻladi. Inqilobiy Birlashgan Jabha (RUF) kabi isyonchi guruhlar qishloqlarni zoʻravonlik bilan boshqarib, Mende aholisiga zulm oʻtkazadi va koʻpchilikni olmos yigʻish ishlari uchun majburiy qul qilib olib ketadi. Bu orqali ular tobora rivojlanib borayotgan urush jarayonlarini moliyalashtiradi. Shenge qishlogʻidan mahalliy baliqchi Solomon Vandy isyonchilar qoʻliga tushadi. Uning oilasi qochib ketadi, oʻzi esa shafqatsiz yoʻlboshchi kapitan Poison tomonidan boshqariladigan ishchi kuchlar jamoasiga safarbar qilinadi.

Vandy olmos izlovchilar guruhida boshqalar kabi koʻlni qazish jarayonida ulkan pushti olmosni topadi. Kapitan Poison toshni undan olib qoʻymoqchi boʻlganida, Vandy mahalliy politsiya tomonidan qoʻlga olinishidan oldin toshni koʻmib tashlaydi. Vandy ham, Poison ham Sierra-Leone poytaxti Fritaun shahrida, Liberiyaga olmos kontrabandasida qoʻlga olingan rodeziyalik kontrabandachi va yollanma askar Danny Archer bilan bitta qamoqqa tushadi.

Archer ularning muzokarasidan pushti olmos haqida qamoqda eshitadi va oʻzi bilan birga Vandyni hibsdan ozod qilishni tashkillashtiradi. Archer olmosni qoʻlga kiritib sotmoqchiligini aytganda, unga javoban Vandy oilasini topib berish evaziga olmoslar qayerda yashiringanini koʻrsatishga vada beradi. Ular oʻzaro kelishuvdan soʻng birga harakat qilishni boshlaydi.

Ayni vaziyat RUF isyonchilari jangovar harakatlarni kengaytirgan davriga toʻgʻri keladi. Fritaun shahrini isyonchilar butunlay egallab oladi va mahalliy bolalar qatorida Vandyning oʻgʻli Diani ham kapitan Poison oʻziga bola askar sifatida tarbiyalab boshlaydi. Archer va Vandy yashirin yoʻllar bilan Lungiga qochib ketishadi, u yerda Vandy qochqinlar lagerida xotini va qizlari bilan koʻrishadi. Oʻgʻlini RUF isyonchilari olib ketganini bilgach, Vandy va Archer Konoga borishni rejalashtiradi. Ularga noqonuniy olmos savdosini fosh qilish bilan shugʻullanayotgan amerikalik tergov jurnalisti Maddy Bowen yordam beradi. Yordami evaziga Archer Bowenga maqolasi uchun kerakli dalillar, sana va raqamlarni berishga kelishadi.

Vandy, Maddy va Archer Vandyning oʻgʻlini qutqarish uchun Konoga borishga qaror qilishadi va shu yoʻldan ketayotgan matbuot karvoniga televizion jurnalistlar qiyofasida qoʻshilib oladi. Yoʻlda qoʻzgʻalonchilar hiylasiga duch kelib qochishga majbur boʻladi. Oʻrmon tomondan qochishda ular mahalliy qoʻriqlovchilarga duch keladi. Qoʻriqlovchilar sardori Benjamin Kapanay ismli odam bilan doʻstlashishadi. Kapanay ularni Kanoga yertib borishlariga yordam beradi va yoʻl koʻrsatadi. U yerda Coetzee va uning Sierra-Leone hukumati tasarrufidagi shaxsiy boshqaradigan armiyasi isyonchilarning hujumini bartaraf etishga reja tuzadi.

Archer Maddy Bowenga keraklicha dalillarni berib u bilan shu yerda hayrlashadi. Maddy evakuatsiya qilinayotgan tinch aholi bilan birga mamlakatni tark etadi. Archer va Vandy polkovnik Coetzee armiyasidan bir nechta qurol-yarogʻ oʻgʻirlab, olmosni topish va bolani qutqarish uchun kapitan Poison qarorgohiga yoʻl oladi.

Isyonchilar tomonidan tuzilgan Poison lagerida Archer ularning soni ancha koʻpligidan havotirlanadi va havo hujumini soʻrash uchun sunʼiy yoʻldosh telefoni orqali Coetzee armiyasiga qoʻngʻiroq qiladi. Qoʻshin yetib kelgunicha Vandyga faqat kutish kerakligini tushuntiradi. Oʻgʻlini topmoqchi boʻlgan Vandy esa lagerga yashirincha kirib, bolani topadi. Lagerda isyonchilar tomonidan Dianing ongi zaharlashgani sabab u oʻz otasini rad etadi. Ular Vandyni koʻrib qoladi va qoʻlga oladi. Lekin u tezda Coetzee qoʻshini yetib kelganida qochishga muvaffaq boʻladi. Vandy va Archer urush sharoitidan Diani olib yashiringan olmosni topish uchun ketishadi. Yoʻlda Dia qisqa vaqtda qurol orqali ularga tahdid qiladi. Vandy oʻgʻliga aslida kimligini eslatgach esa bola hammasini tan oladi. Ular olmosni topishadi, shu vaqt ortlaridan jangovor yollanma askarlar taqib qiladi. Qochish paytida Archer qattiq yaralanadi. U olmoslarni Vandyga ishonib topshiradi va uni oilasini qaytarish uchun ishlatishini aytadi, kerakli odamlarga murojaat qilishini tushintiradi. Vandi va uning oʻgʻlini Archerning uchuvchisi xavfsiz joyga olib ketadi. Archer koʻp qon ketgani sabab qimirlay olmaydi va soʻngi marta Keyptaundagi Bowenga qoʻngʻiroq qiladi. Archer Bowendan Vandy va uning oilasini kutib olish va yordam berishni iltimos qiladi.

Bowen Vandy va Diani Londonda kutib oladi. U yerda qonli olmoslar savdosiga boshchilik qilayotgan Van de Kaap operatsiyasining qingʻir ishlarini fosh qilishda qatnashadi. Vandy pushti olmosni 2 million funtga sotadi va butun oilasini qaytarib olishga erishadi. Bowen oʻz maqolasida olmos savdosi va Van de Kaapning jinoiy faoliyatini isbotlar bilan nashrdan chiqaradi. Vandy Kimberlidagi qonli olmoslar boʻyicha konferentsiyada mehmon vakil maʼruzachi sifatida guvohlik beradi.

Rollarda

tahrir
Leonardo Di Kaprio (chapda) va Djimon Xounsou (o'ngda) o'yinlari yuqori baholandi va ular Oskar mukofotlari uchun Eng yaxshi aktyor va Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor.

Ishlab chiqarilishi

tahrir

2004-yil fevralda Warner Bros kompaniyasi filmning dastlabki senariysini qayta yozishni Charles Leavittga topshiradi[4]. Prodyuserlar Paula Waynshtein va Gillian Gorfil tomonidan nihoyat amerikalik kontrabandachi va olmos qazib oluvchi mahalliy tashkilot va bu muhitning asiriga aylangan afrikalik baliqchining hikoyasi haqida film olish rejalashtiriladi, ammo rasmiylashtirlishdan oldin, bu voqea yillar davomida studiyadagi qoralamalarida qolib ketadi[4]. Leavitt stsenariyni yozishni boshlashdan oldin olmos sanoati haqida uzoq vaqt maʼlumot toʻplaydi[5]. U filmni olmos sanoati vakillari hamda De Beersni ranjitishini hisobga olib yozadi va shuning uchun uni De Beers va boshqa kuchli kon korporatsiyalari sudga berishi mumkinligini inobatga olgan holda, sanoatni toʻgʻri tasvirlashga harakat qiladi[5]. Paula Weinstein Leavittning Qonli olmos loyihasidan hayratlanadi, lekin uni qayta yozish uchun yozuvchilardan Ed Zwick va Marshall Herskovitzni yollaydi. Ssenariyni tugatgandan soʻng, Twick bu voqeaga qiziqib qoladi va oʻzi ham filmga rejissyorlik qilishga rozi boʻladi[6].

Tanqidiy fikrlar

tahrir

Rotten Tomatoes filmda 219 tanqidchining fikrlari asosida film 63% maʼqullash reytingiga ega boʻldi va oʻrtacha 6,30/10 ballni qoʻlga kiritdi. Saytning munozaralarida aytilishicha, Qonli olmos oʻzining sharxlariga koʻra va ajoyib ijrosi bilan bir qancha yomon hikoyalarni yengadi[7]. Metacritic sayti sharhlarida u 39 ta sharhga asoslangan holda 100 balldan 64 ballni olgan, bu umuman ijobiy natijani koʻrsatadi[8]. CinemaScore tomonidan soʻrovda tomoshabinlar filmga A dan F gacha boʻlgan shkala boʻyicha A− bahosini bergan[9].

USA Today hodimi Claudia Puig filmga ijobiy baho berib, Qonli olmosni koʻplab munosib filmlar mavsumi ichidagi marvarid deb ataydi. Puig, shuningdek, DiCaprioning ijrosini yuqori baholadi va u toʻgʻrisida „birinchi marta yosh aktyor haqiqatan ham filmdagi odamga oʻxshab koʻrindi“ deb aytgan[10]. The Christian Science Monitor hodimi Piter Rayner ham filmga ijobiy baho beradi va Puig singari DiCaprioning ijrosini ijobiy baholaydi: „DiCaprio roli ajoyib – uning ishi bu yilgi Murtadlar filmidagi ijrosi bilan deyarli bir xil[11][12]“. Deymon Wise Empire jurnali filmga besh yulduzdan toʻrttasini berib: „Spektakllar, provokatsion gʻoyalar, taʼsirchan harakatli sahnalar namoyishi soʻnggida Hollywood mantigʻining qurboni boʻlib qoladi“, deydi[13]. New York jurnalidan Devid Edelstein filmni u kutganidan ham oshib ketganini aytadi: „Filmda hech qanday kutilmagan vaziyat yoʻqligini hisobga olsak – siz har doim qahramonlar qayerga va nima uchun ketayotganini bilasiz va bu Qonli olmos qanchalik yaxshi ekanligi bilan ajablanarli[14]“. The Washington Post gazetasidan Ann Hornaday ham DiCaprioning Qonli olmos va Murtadlar (oʻsha yili chiqqan) filmlaridagi rolini yuqori baholab, aktor bu yil katta oʻsish sur’atlarini namoyish qilganini aytadi. U filmga umuman olganda „gʻayrioddiy, qiziqarli popkorn filmi“ deb baho beradi[15].

Film rivojidan Pete Vonder Haar filmni aralash baholaydi va shunday deydi: „Aktor roli juda qiziqarli va Twick zoʻravonlik sahnalarini va urush daxshatlarini tasvirlashdan qochmasligi diqqatga sazovor lekin ijtimoiy bayonot sifatida u biroz qisqaroq boʻlgan“[16]. Ostin yilnomasidan Marc Savlov ham filmga aralash fikr bildiradi: „Film hech qachon hissiy choʻqqilarni egallamasada, u faqat aniq koʻlamni kengaytirishga intiladi, Twickning ushbu filmi hali ham uch oylik maoshingizni tejashga qodir“[17]. The A. V. Club hodimi Scott Tobias filmga C daraja beradi: „Twick Qonli olmos fimining shon-shuhrati Soʻnggi samuray kabi muhim film boʻlishi mumkin, shuningdek chinakam provokatsion va badiiy jihatdan muvaffaqiyatga erishishi kamayadi“[18]. San-Francisco Chronicledan Mick LaSalle filmga salbiy baho beradi: „Rejissyor Edward Twick zoʻr film yaratishga harakat qildi, ammo jarayonning bir joyida u yaxshi film yaratishni unutib qoʻydi“, deb taʼkidlagan[19].

Film kassasi

tahrir

Qonli olmos 2006-yil 8-dekabrda AQSh va Kanadada 1910 ta teatrda namoyish qilindi. Film ochilishi dam olish kunlarida 5-oʻrinda turdi va 8 648 324 dollar mablagʻ toʻpladi. Bu har bir kinoteatrda oʻrtacha 4 527 dollarni tashkil qildi[20]. Filmning besh kunlik daromadi 10 383 962 dollarga yetgan[21].

Film ikkinchi yakshanba kunlarida 7-oʻringa tushib ketdi va birinchi dam olish kunlaridagiga qaraganda 24,6% ga kamaydi va 6 517 471 dollar toʻpladi. Har bir kinoteatrda oʻrtacha summa 3 412 dollarni tashkil qildi[22]. Uchinchi yakshanba kunlarida u 12-oʻringa tushib ketdi va 3,126,379 dollarni tashkil etgan. Bu miqdor har bir teatr uchun boʻlinganda oʻrtacha 1,628 dollarni tashkil etgan[23]. Qonli olmos kassasi AQSh va Kanadada 57 377 916 dollar, xorijda 114 029 263 dollar yigʻdi. Hammasi boʻlib film butun dunyo boʻylab 171 407 179 dollarni qoʻlga kiritgan.

Mukofotlari

tahrir
Marosim Marosim sanasi Mukofot Qabul qiluvchi(lar)
79-Oskar mukofotlari[24] 2007-yil 25-fevral Eng yaxshi aktyor Leonardo DiCaprio | Nominatsiya
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Djimon Hounsou | Nominatsiya
Eng yaxshi film montaji Nominatsiya
Eng yaxshi ovoz tahrirlash Nominatsiya
Eng yaxshi ovoz aralashtirish Nominatsiya
Film tanqidchilari uyushmasi mukofotlari 2007-yil 14-yanvar Eng yaxshi aktyor Nominatsiya
Eng yaxshi film Nominatsiya
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Nominatsiya
64-Oltin globus mukofoti 2007-yil 15-yanvar Eng yaxshi dramatik film Nominatsiya
Dallas-Fort-Uert kino tanqidchilari uyushmasi 2006-yil 19-dekabr Eng yaxshi film Nominatsiya
Eng yaxshi aktyor Nominatsiya
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Nominatsiya
Las Vegas kino tanqidchilari jamiyati mukofoti 2006-yil 18-dekabr Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Gʻolib
Milliy koʻrib chiqish kengashi mukofoti 2006-yil 6-dekabr Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Gʻolib
Sunʼiy yoʻldosh mukofoti 2006-yil 18-dekabr Eng yaxshi aktyor, Kino dramatik film Nominatsiya
13-Ekran aktyorlari gildiyasining mukofoti 2007-yil 28-yanvar Bosh roldagi erkak aktyor ijrosi Nominatsiya
Ikkinchi plandagi erkak aktyor ijrosi Nominatsiya
Visual Effects Society mukofoti 2007-yil 12-fevral Kinofilmdagi yordamchi vizual effektlar Nominatsiya
Vashington shahri kino tanqidchilari uyushmasi mukofoti 2006-yil 11-dekabr Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Gʻolib

Sauntrakti 

tahrir
NomiDavomiyligi
1.„Blood Diamond Titles“1:32
2.„Crossing the Bridge“1:41
3.„Village Attack“1:52
4.„RUF Kidnaps Dia“3:02
5.„Archer & Solomon Hike“1:55
6.„Maddy & Archer“1:56
7.„Solomon Finds Family“2:09
8.„Fall of Freetown“4:45
9.„Did You Bury It?“1:36
10.„Archer Sells Diamond“1:40
11.„Goodbyes“2:40
12.„Your Son is Gone“1:21
13.„Diamond Mine Bombed“4:31
14.„Solomon's Helping Hand“1:11
15.„G8 Conference“2:36
16.„Solomon & Archer Escape“2:12
17.„I Can Carry You“1:30
18.„Your Mother Loves You“2:24
19.„Thought I'd Never Call?“3:56
20.„London“2:38
21.„Solomon Vandy“2:11
Jami davomiyligi:61:26

Ommaviy axborot vositalarida

tahrir

Qonli olmoslar 2007-yil 20-martda birinchi region formatida DVD orqali namoyish etildi[25]. Uning bitta diskli hamda ikkita diskli versiyasi chiqarildi[26][27]. Film taxminan 3,6 million dona DVD diskda sotilgan va savdodan 62,7 million dollar mablagʻ yigʻgan[25].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „BLOOD DIAMOND“. British Board of Film Classification.
  2. 2,0 2,1 „Blood Diamond (2007)“. Box Office Mojo. IMDb. 2012-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  3. „Blood Diamond“. The-Numbers.com. Nash Information Services, LLC. 2012-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 Dunkley, Cathy (February 24, 2004). „WB leaving 'Okavango' to Leavitt“. Variety. Qaraldi: November 1, 2014.
  5. 5,0 5,1 Faye. Diamond Scribe“. Writers Guild of America West (2006). 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-noyabr.
  6. Brodesser. „WB polishes 'Diamond'“. Variety (2005-yil 28-iyun). Qaraldi: 2014-yil 1-noyabr.
  7. Blood Diamond. Rotten Tomatoes. Fandango Media. 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  8. Blood Diamond. Metacritic. CBS Interactive. 2010-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-yanvar.
  9. „BLOOD DIAMOND (2006) A-“. CinemaScore. 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Puig. Blood Diamond shines forth“ (2006-yil 7-dekabr). 2009-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-yanvar.
  11. Rainer. „Star-studded, flawed diamond“. The Christian Science Monitor (2006-yil 8-dekabr). 2018-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-yanvar.
  12. Arnold. Blood Diamond is a multicarat message movie“. SeattlePI.com. Hearst Communications Inc (2006-yil 7-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  13. Wise. Blood Diamond. Empire (film magazine). Bauer Consumer Media. 2007-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  14. Edelstein. „They Cut Glass. And Hands.“. NYMag.com. New York Media LLC (2006-yil 3-dekabr). 2012-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  15. Hornaday. Blood Diamond. WashingtonPost.com (2006-yil 8-dekabr). 2013-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  16. Vonder Haar. Blood Diamond. FilmThread.com. Hamster Stampede LLC (2006). 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  17. Savlov. Blood Diamond. AustinChronicle.com. Austin Chronicle Corp (2006-yil 8-dekabr). 2015-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  18. Tobias. Blood Diamond. AVClub.com. Onion Inc (2006-yil 7-dekabr). 2010-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  19. LaSalle. „Romancing the enormous conflict diamond“. SFGate.com. Hearst Communications Inc (2006-yil 8-dekabr). 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  20. „Weekend Box Office Results for December 8–10“. Box Office Mojo. IMDb. 2012-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  21. „Daily Box Office Results for December 12“. Box Office Mojo. IMDb. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  22. „Weekend Box Office Results for December 15–17“. Box Office Mojo. IMDb. 2019-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  23. „Weekend Box Office Results for December 22–24“. Box Office Mojo. IMDb. 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  24. „The 79th Academy Awards Nominees and Winners“. Oscars.org. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
  25. 25,0 25,1 Blood Diamond – DVD Sales“. The-Numbers.com. Nash Information Services, LLC. 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  26. Blood Diamond [DVD [2007]“]. Amazon.com. 2012-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
  27. Blood Diamond (Two-Disc Special Edition) (2007)“. Amazon.com. 2012-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.