Qrim Muxtor Respublikasi
Qrim Muxtor Respublikasi — Qrim yarim orolida joylashgan muxtor respublika. Qrim Muxtor Respublikasining maydoni 26 ming km². Aholisi 1 967 119 kishi (2013). Poytaxti — Simferopol shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 tuman, 16 shahar, 56 shaharchaga va 950 qishloqqa boʻlinadi.
| |||
Mamlakat | |||
---|---|---|---|
Madhiya: | |||
Mavqe | |||
Tarkibida |
14 tuman, 16 shahar, 56 posyolka, 950 qishloq | ||
Maʼmuriy markazi | |||
Yirik shaharlari |
Simferopol, Kerch, Yevpatoriya, Yalta, Feodosiya | ||
Qachon tuzilgan |
12-fevral 1991 | ||
Bosh vazir | |||
QMR oliy kengashi raisi | |||
Rasmiy tili |
ukraincha — davlat, ruscha va qrimtatarcha — rasmiy | ||
Aholisi (2013) |
▲ 1 967 119 kishi | ||
Zichlik |
75,42 kishi/km² | ||
Milliy tarkibi | |||
Diniy tarkibi | |||
Maydoni |
26 081 km² | ||
Vaqt mintaqasi | |||
ISO 3166-2 kodi |
UA-43 | ||
Telefon kodi |
+380-65 | ||
Internet domeni |
.crimea.ua; .cr.ua | ||
Avtomobil raqamlari kodi |
АК (oldin КР, КО, РК, МЯ, 01) | ||
Rasmiy sayt | |||
Qrim Muxtor Respublikasiga oid VikiOmbor turkumi | |||
Qrim Muxtor Respublikasi 2014-yilgacha Ukraina tarkibida va boshqaruvi ostida boʻlgan. 2014-yil boshida Ukrainada boʻlib oʻtgan siyosiy oʻzgarishlardan keyin Qrim Muxtor Respublikasi Ukrainadan ajrab chiqib Rossiyaga qoʻshilish uchun referendum oʻtkazdi. Saylov Rasmiylariga koʻra, ovoz berganlarning 95,5 foizi Rossiyaga qoʻshilishni qoʻlladi. Referendumdan soʻng Rossiyada mamlakat tarkibida ikki yangi subyekt — Qrim Respublikasi va federal ahamiyatga ega Sevastopol shahri tuzish haqidagi qarorlar qabul qilindi.
Qrim va Rossiyaning bu harakatlarini Ukraina hukumati va gʻarb mamlakatlari qoralashdi va referendum natijalarini hamda Qrimning Rossiya tarkibiga qoʻshilganini tan olmasliklarini bildirishdi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiya va Qrimlik ayrim siyosatchilarga qarshi sanksiyalar eʼlon qildi. Rossiya boʻlsa Qrimni Rossiyaga tezkorlik bilan toʻliq integratsiya qilish uchun choralar koʻrishda davom etdi. Dini: Islom shuningdek Xristian
Aholisi
tahrirAholisi rus, ukrain, qrimtatar va boshqalar. Shahar aholisi 69,2%. Davlat tillari — ukrain, rus, qrimtatar tillari. Dindorlarning aksariyati Musulmon sunniylar va Protsesantlar Yirik shaharlari: Simferopol, Boqchasaroy, Feodosiya, Yalta, Sevastopol, Yevpatoriya.
Tarixi
tahrirQrimda yashagan qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari paleolit davriga mansub. Shuningdek, bu yerda neolit, jez va ilk temir davrlariga xos koʻpgina arxeologik yodgorliklar topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Qrimda kimmeriy, tavr (Qrimning togʻli va sohil qismi qadimiy nomi — Tavrika, Tavriya; Tavrida tavr qabilasi nomidan kelib chiqqan) va skif qabilalari yashagan.
Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda Qrimning sohil qismida yunonlar oʻz koloniyalarini tashkil etdilar. Ularning eng yirigi Xersones va Pantikapey boʻldi. Miloddan avvalgi 5-asrda Kerch yarim orolida Bospor podsholigi, Qrimning dasht qismida Skif davlati (miloddan avvalgi 3-asr) vujudga keldi. Miloddan avvalgi 1-asrning 2-yarmida Qrimning sohil qismi Rim tomonidan bosib olindi.
Milodiy 3-4-asrlarda bosqinchi qabilalar (gotlar, gunnlar) Qrimning koʻpgina qadimiy shaharlarini vayron qilib, Bospor va Skif davlatlarini tugatdilar. Qrimning sharqiy qismi 10-asrdan Kiyev Rusining Tmutarakan knyazligi tarkibiga kirdi. Bu davrda Qrim aholisi skif, tavr, got, sarmat, alan, xazar, bijanak va boshqa xalqlar avlodlaridan iborat boʻlgan, sohilda yunon va slavyanlar yashagan.
13-asrda Qrimga moʻgʻullar bostirib kirgach, bu yerda Oltin Oʻrdaning Qrim ulusi vujudga keldi. 13-15-asrlarda Qrim da genuyalik savdogarlarning mudofaa istehkomlari boʻlgan savdo markazlari faoliyat koʻrsatdi. Oltin Oʻrda inqirozga uchragandan keyin (1443), Qrim ulusi oʻrnida Qrim xonligi tashkil topib, 1475-yildan boshlab Turkiya vassaliga aylandi. 1783-yilda Qrim butunlay Rossiyaga qoʻshib olindi. 1853—1856-yillardagi Qrim urushi davrida Qrim harbiy harakatlar maydoniga aylandi.
1917-yil fevral inqilobidan soʻng mayda jamoat tashkilotlari paydo boʻldi va ular „Qrim qrimliklar uchun“ shiori bilan chiqib, Qrimni Rossiyadan ajratib olishga harakat qildilar. 1917-yil 16-(29-) dekabrda Sevastopolda, 1918-yil 13-(26-) yanvarda Simferopolda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 21-martda Qrimda Tavriya Respublikasi tuzilib, u RSFSR tarkibiga kiritildi. Ammo shu yilning oʻzida (aprelda) Germaniya Qrimni ishgʻol qildi. 1918-yil noyabrda Qrimga Antanta qoʻshinlari tushirildi. 1919-yil aprelda ular Qrimni tark etdi.
1921-yil 18-oktabrda RSFSR tarkibida Qrim muxtor respublikasi tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—1945) davrida Qrim shiddatli janglar maydoniga aylandi. 1944-yil mayda nemislardan ozod etildi. 1945-yil 30-iyunda muxtoriyat tugatilib, Qrim viloyati tashkil etildi. Viloyat 1954-yil Ukraina tarkibiga oʻtkazildi.[1] Iosif Stalin Ikkinchi jahon urushi davrida Qrim aholisining bir qismi boʻlimsh qrimtatarlarni xoinlikda ayblab yoppasiga Oʻrta Osiyoga deportatsiya qildi.[2][3] 1967-yil ularning konstitutsiyaviy huquqlari tiklandi. 1991-yil 12-fevralda Qrim Muxtor Respublikasi tuzildi (Ukraina tarkibida).
2014-yilgi Qrim boʻhroni
tahrir2014-yilgi Qrim boʻhroni Ukraindagi 2013—2014-yilgi siyosiy boʻhron natijasida boshlandi. Qrimda aholining yarmidan koʻpi rus millatiga mansubdir. 2014-yil fevral oyida Ukraindagi Rossiyani qoʻllab-quvvatlovchi hukumat agʻdarildi va uning oʻrniga Yevropa Ittifoqi bilan yaqinroq aloqada boʻlish tarafdorlaridan tuzilgan hukumat oʻrnatildi. Yevropa tarafdorlarining Yevromaydon va Rossiya tarafdorlarining anti-maydon siyosiy harakatlari orasida keskinlik kuchaydi. Bunda Rossiya ommaviy axborot vositalarida yangi Ukraina hukumatini oʻng qanot siyosatchilarni va Svoboda partiyasini nazarda tutib „fashist“ va „aksil-Rossiya“ deb tasvirlanishi rol oʻynadi.[4][5][6][7] Biror mamlakatga tegishliligini koʻrsatuvchi belgilarsiz qoʻshinlar Rossiya spetsnazi qurol-aslahalaridan foydalanib Qrim yarim orolini qoʻlga oldi. Rossiya bu kuchlarni mahalliy oʻz-oʻzini himoya qilish kuchlari deb atadi.[8][9][10][11][12][13] Bundan soʻng koʻp vaqt oʻtmay Rossiya qoʻshinlari Qrimga kiritildi.[14]
Ukraina boshliqlari diplomatik yechim topishga urinishdi. Ular tomonidan koʻrsatilgan harbiy javob mamlakatning armiyasini mobilizatsiya qilish bilangina cheklanib qoldi. Rossiya boʻlsa vaziyat yaxshilangunicha qoʻshinlari Qrimda qolishini aytdi.[8] Xalqaro miqyosda AQSH, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Kanada va Yevropa Ittifoqi Rossiyani qoraladi va mamlakatni xalqaro qonunlarni va Ukraina mustaqilligini buzishda aybladi.[15][16][17][18][19][20][21] Rossiya boʻlsa Ukrainadagi yangi hukumatni tan olmadi va mamlakat shunchaki Viktor Yanukovich hududda tartib oʻrnatishga chaqirib qilgan iltimosiga javob berganini aytdi. Agar bu iddao chin boʻlsa, Rossiya oʻz harakatlarini Qora Dengizdagi flot statusi haqidagi mavjud kelishuvlarga asoslanib qonuniy deb hisoblashiga olib kelgan boʻlishi mumkin.[22][23]
2014-yil 6-mart kuni Qrim oliy kengashi Rossiyadan birlashish haqida soʻrashga ovoz berdi. Agar Rossiya buni qabul qilsa, 16-mart kuni bu masala Qrim referendumida oʻrtaga tashlanadigan boʻldi. Ukrainadagi yangi hukumat boʻlsa bu qadamni qonunga zid deb hisoblaydi.[24] Associated Press kabi baʼzi ommaviy axborot vositalari bu referendumni bir tomonlama mustaqallik eʼlon qilishga qiyoslashdi.[25][26]
16-mart kuni Qrimda Rossiya tarkibiga qoʻshilish haqida referendum boʻlib oʻtdi. Qrim rasmiylari referendumda ovoz berganlarning 95,5 foizi Rossiyaga qoʻshilishni qoʻllagani haqida xabar tarqatishdi.[27] Saylov rasmiylari ovoz berishga kelganlar soni juda yuqori boʻlganini aytishdi.[28] Shunday boʻlsada, qrimtatarlar va referendumga qarshilar ovoz berishdan bosh tortishdi.[29] 17-mart kuni Qrim parlamenti rasman mustaqillik eʼlon qildi va Rossiyaga qoʻshilishni soʻrandi.[30]
Ukraina parlamenti referendumni noqonuniy deb hisoblashini aytdi.[31] Rossiya boʻlsa referendumni tan oldi va vaziyat yaxshilangunicha qoʻshinlari hududda qolishini bildirdi.[8] AQSH va Yevropa Ittifoqi referendumni noqonuniy deb hisoblashlarini va Rossiyaga qarshi chora qoʻllashlari mumkinligini aytishdi,[32] Rossiya va Qrimlik ayrim siyosatchilarga qarshi sanksiyalar eʼlon qilishdi.
Rossiya hukumati boʻlsa Qrimni Rossiyaga tezkorlik bilan toʻliq integratsiya qilish uchun choralar koʻrishda davom etdi. Qrimliklarga Rossiya fuqaroligi berila boshlandi, mamlakat Rossiya vaqtini qabul qildi. Referendumdan soʻng Rossiya hukumati mamlakat tarkibida ikki yangi subyekt — Qrim Respublikasi va federal ahamiyatga ega Simferopol shahri tuzish haqidagi qarorlarni qabul qildi.
Xoʻjaligi
tahrirQrim — koʻp tarmoqli qishloq xoʻjaligi va sanoat tarmoqlari rivojlangan hudud. Dam olish va davolanish joyi hamda ommaviy turizm rayoni.
Sanoatida oziq-ovqat (meva-sabzavot, vinochilik, efir moyli oʻsimliklarni qayta ishlash), mashinasozlik (kema, pribor, televizor va boshqalar ishlab chiqarish), kimyo, yengil sanoat yetakchi tarmoqlardir. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Temir rudasi va tabiiy gaz qazib olinadi. Simferopol davlat tuman elektr stansiyasi va boshqalar bor. Kerch, Yalta, Sevastopol, Yevpatoriyada baliqni qayta ishlash korxonalari mavjud.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — tokchilik, bogʻdorchilik, efir moyli oʻsimliklar mahsuloti yetishtirish, goʻsht-sut chorvachiligi. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, sholi, dukkakli don ekinlari, kungaboqar, zigʻir, tamaki, efir moyli ekinlar (atirgul, lavanda, muskat shalfeyi) ekiladi. Sabzavotchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Parrandachilik bilan shugʻullaniladi.
Temir yoʻlar uzunligi 700 km ga yaqin. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 7 ming km dan ziyod. Kerch, Feodosiya, Yalta, Sevastopol, Yevpatoriya dengiz portlari bor.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
tahrirVrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari Ukraina va Qrimdagi tibbiyot oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Asosiy kurortlari: Yalta, Misxor, Alupka, Simeiz, Gurzuf, Alushta (Qrimning janubiy sohili), Feodosiya, Yevpatoriya.
Qrimda taʼlim tizimi Ukraina taʼlim tizimi asosida rivojlanmoqda. Qrimda Simferopol universiteti, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, priborsozlik institutlari bor. Ilmiy tadqiqotlar Qrim astrofizika rasadxonasi, Nikita botanika bogʻi, vinochilik va tokchilik, dengiz baliq xoʻjaligi va okeanografiya ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib boriladi.
Qrimda 5 teatr, filarmoniya, bir qancha klub muassasasi va kinoqurilma, muzey (yiriklari — Qrim oʻlkashunoslik muzeyi, Boqchasaroy tarix-arxeologiya muzeyi, „Sevastopol mudofaasi“ panoramasi, „Sapungorani shturm qilish“ dioramasi va boshqalar) va kutubxonalar bor.
Meʼmorligi
tahrirQrim hududida mis-jez davridan mengirlar qolgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda tavrlar tomonidan tosh istehkomlar qurilgan. Qadimgi Xersones, Pantikapey koloniyalarining mudofaa inshootlari, ibodatxona, maqbara yodgorliklari xarobalari saqlangan.
Oʻrta asrlarda Qrimda Vizantiya badiiy madaniyati yodgorliklari — xristian bazilikalari (7-8-asrlarda Xersonesda) va xochli gumbazsimon ibodatxonalar (Kerchdagi Ioann Predtech cherkovi, 10-13-asrlar) qurildi. 6-asrdan Qrim dashti va togʻoldi aholisi togʻlarda gʻor shahar va qalʼalar barpo etgan (Boqchasaroy yaqinidagi Chufut qalʼa, Eski Kermen, Tepe Kermen; Sevastopol yaqinidagi Inkerman va Mangup).
Qrim hududida arman meʼmorligi yodgorliklari (Feodosiya shahridagi Sergiy, Stefan cherkovlari, 14-15-asrlar) mavjud. Feodosiya (1348), Sudak (1345—1414), Balaklava (15-asr)da genuyaliklar mudofaa inshootlarini yaratganlar. Oltin Oʻrda hukmronligi va Qrim xonligi davrida serhasham masjid, madrasalar qurildi (Qrim stansiyasidagi 13-asrga mansub masjid va 14-aseda qurilgan madrasa, Boqchasaroyda 16-18-asrlarda barpo etilgan xon saroyi majmuasi, Yevpatoriyada meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan 1552-yilda qurilgan Jome masjid va boshqalar).
18-asrning 80-yillaridan shahar (Sevastopol, Simferopol), ibodatxona, saroy, bogʻlar qurildi (Sevastopoldagi Petropavlovsk sobori, 1843; Qora dengiz floti muzeyi, 1895, meʼmor A.M. Kochetov; „Sevastopol mudofaasi“ panoramasi binosi, 1902-1904, meʼmor V.A. Feldman; Alupkadagi Voronsov saroyi, Livadiyadagi podsho saroyi, 1911-1913, meʼmor N.P. Krasnov).
1920-yillardan shahar, qishloq, kurort qurilishlari avj oldi (Yalta shahri yaqinidagi „Kurpati“ sanatoriysi, 1936, meʼmor V. Kovalskiy; Alushtadagi dam olish uyi, 1939, meʼmor A. Beketov). 1960—1970-yillarda Gurzufda xalqaro „Sputnik“ lageri (1962, meʼmorlar A. Polyanskiy va boshqalar), „Artek“ pioner lageri, Yaltada „Saturn“ kinoteatri (1968, meʼmor I. Tatiyev), Sevastopolda shahar kengashi binosi (1971—1973) va „Turist“ mehmonxonasi (1974, meʼmor I. Fialko), Simferopolda musiqali drama teatri (1976, meʼmor S. Afzametdinova), Alushtada „Chayka“ pioner lageri (1979, meʼmor T. Belyayeva) bunyod etildi.
Tasviriy sanʼati
tahrirQrimda miloddan avvalgi 3-2-ming yilliklarga mansub qoya toshdagi rasmlar (jang lavhasi; Boqchasaroy yaqinidan topilgan), qabr toshlariga ishlangan naqshlar, qabila yoʻlboshchisi, jangchi, choʻpon aks ettirilgan yassi boʻrtmali tasvirlar topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan Qrim sanʼati Qrimning sohil qismidagi yunonlar sanʼati bilan bogʻliq. Bu davrda yunon sanʼati anʼanalari bilan mahalliy anʼanalarning oʻzaro taʼsiri kuchli boʻlgan. Skiflar Neapoli va Pantikapeydagi tosh daxma rasmlarida mifologik tasvirlar bilan birga hayotiy tasvirlar ham aks etgan; Qrim shaharlarida haykaltaroshlik rivojlangan (qabr toshlaridagi boʻrtma tasvirlar, har xil haykalcha va boshqalar).
Xersonesda rasmlar bilan bezatilgan stelalar va noyob mozaikalar topilgan. Pantikapeyda turli rangda vazalar tayyorlangan, yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Bospor hunarmandlarining Qrim va unga qoʻshni hududlardan topilgan oltin va kumushdan tayyorlangan buyumlari jahonga mashhur (Soloxadan topilgan oltin taroq va boshqalar).
Oʻrta asrlarda Qrim sanʼati maʼlum larajada Vizantiya taʼsirida rivojlandi. 7-8-asrlarda bazilikali xristian ibodatxonalari interyeri mozaika va freskalar bilan bezatildi (Xersonesdagi Uvarov bazilikasi). 12-15-asrlarda Qrim togʻlari gorlaridagi ibodatxonalar ham freskalar bilan qoplangan. Keyinchalik monumental rangtasvirda qadimgi rus rangtasviri anʼanalari Vizantiya sanʼati unsurlari bilan qoʻshilib ketdi (Feodosiyadagi Stefan, Kerchdagi Ioann Predtech cherkovlari devoriy tasvirlari).
18-asrda saroy interyerlari devoriy tasvirlar va turli bezaklar bilan bezatildi (Boqchasaroydagi xon saroyi). 19-asr oxiri-20-asr boshlarida Qrimda Ivan Ayvazovskiy, R. Sudkovskiy, K. Bogayevskiy, F. Vasilyev, M.Voloshin, N.Samokish va boshqa rassomlar ishladi. Undan keyingi davr rassomlari boʻlgan F. Zaxarov, K. Proxorov, P. Stolyarenko, V. Svetkova kabi rassomlar faoliyati ham Qrim bilan bogliq.
Manbalar
tahrir- ↑ „Закон СССР от 26.04.1954 О передаче Крымской области из состава РСФСР в состав Украинской ССР“. BestPravo. 2014-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart.
- ↑ Shuhrat, Bobojon „Қрим татарлари ўзбеклардан миннатдор“. Ozodlik radiosi. Qaraldi: 7-mart.
- ↑ „Qrim kimniki?“. 18-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2014-yil.
- ↑ Shaun Walker in Sevastopol. „Russian propaganda and Ukrainian rumour fuel anger and hate in Crimea“. The Guardian.
- ↑ Simon Shuster / Simferopol. „Many Ukrainians Want Russia To Invade“. Time (1-mart 2014-yil).
- ↑ Piper, Elizabeth „Russia evokes World War Two in media blitz on Ukraine“ (25-fevral 2014-yil). 7-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2014-yil. (Wayback Machine saytida 7-mart 2014-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Russia state media toe Kremlin line on Ukraine“. The Irish Times (7-mart 2014-yil).
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Ukraine crisis: Russia vows troops will stay“. BBC (3-mart 2014-yil). Qaraldi: 3-mart 2014-yil.
- ↑ Jones, Sam „US scorns Russia's version of Crimean intervention“. Financial Times (21-fevral 2014-yil).
- ↑ „Gunmen Seize Government Buildings in Crimea“. The New York Times (27-fevral 2014-yil). Qaraldi: 1-mart 2014-yil. „Masked men with guns seized government buildings in the capital of Ukraine's Crimea region on Thursday, barricading themselves inside and raising the Russian flag after mysterious overnight raids that appeared to be the work of militant Russian nationalists who want this volatile Black Sea region ruled from Moscow.“.
- ↑ „Armed men seize two airports in Ukraine's Crimea, Yanukovich reappears“. Reuters (1-mart 2014-yil). 28-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2014-yil.
- ↑ Putin ready to invade Ukraine; Kiev warns of war, Reuters, 1-mart 2014-yil, 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 8-mart 2014-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Telecom services sabotaged in Ukraine's Crimea region“. United Press International. Qaraldi: 28-fevral 2014-yil.
- ↑ arxiv nusxasi, 14-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 8-mart 2014-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Waterfield, Bruno. „Ukraine crisis: EU gives Russia 48-hour deadline to return troops to barracks in Crimea“ (3-mart 2014-yil).
- ↑ „UK and France pull out of G8 preparatory talks over Ukraine crisis“ (2-mart 2014-yil). Qaraldi: 4-mart 2014-yil.
- ↑ Traynor, Ian; Wintour, Patrick.. „Ukraine crisis: Vladimir Putin has lost the plot, says German chancellor“ (3-mart 2014-yil).
- ↑ Jones, Gavin. „Italy appeals to Russia to negotiate, not invade Ukraine“. Reuters (2-mart 2014-yil). 4-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2014-yil.
- ↑ „Statement by the Prime Minister of Canada on the situation in Ukraine“. Prime Minister of Canada (1-mart 2014-yil). 4-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2014-yil. (Wayback Machine saytida 4-mart 2014-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Obama: Russia 'On The Wrong Side Of History' On Ukraine“. Huffington Post.
- ↑ „EU leaders to hold summit on Ukraine on Thursday – Yahoo News“. Yahoo! News (20-aprel 2011-yil).
- ↑ „Russia says Yanukovich asked for intervention“. Aljazeera (2014-03-04.11.2024). Qaraldi: 2014-03-07.11.2024.
- ↑ Dilanian, Ken. „CIA reportedly says Russia sees treaty as justifying Ukraine moves“ (3-mart 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2014-yil.
- ↑ Ukraine crisis: Crimea parliament asks to join Russia BBC. Retrieved 6-mart 2014-yil
- ↑ „Crimea To Vote To Split From Ukraine, Join Russia“. Associated Press (2014-03-06.11.2024). 6-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2014-yil.
- ↑ „Move for referendum on Crimea is denounced“. Associated Press (2014-03-07.11.2024). Qaraldi: 2014-03-07.11.2024.[sayt ishlamaydi]
- ↑ http://www.voanews.com/content/voting-under-way-in-crimea-referendum-to-join-russia/1872380.html
- ↑ Crimea referendum: Voters 'back Russia unionʼ, BBC, 16-mart 2014-yil
- ↑ Crimea election chief reports 95 % vote to secede, half of ballots counted CBC Retrieved on 16-mart 2014-yil
- ↑ Crimean parliament formally applies to join Russia, BBC, 17-mart 2014-yil
- ↑ „Ukraine crisis: Russia isolated in UN Crimea vote“ (15-mart 2014-yil). Qaraldi: 15-mart 2014-yil.
- ↑ Obama: US, EU Prepared to Penalize Russia for Crimea Ballot, VOA, 16-mart 2014-yil
Havolalar
tahrirVikiomborda Qrim Muxtor Respublikasi haqida turkum mavjud |
- Qrim Muxtor Respublikasi Olish Kengashi sayti (ukr.) (rus.) (qr.tat.) (ingl.)
- „Rossiya-Uraina munosablatlarida Qrimning status“i (Wayback Machine saytida 20-sentabr 2016-yil sanasida arxivlangan), Matsey Mruz (rus.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |