Qutlugʻ Nigorxonim
Qutlugʻ Nigorxonim (? — 1505/ 1506) — Fargʻona viloyati hukmdori Umarshayx mirzoning toʻngʻich xotini. QN.ning otasi Yunusxon Chingizxonning 2-oʻgʻli Chigʻatoyxon naslidan boʻlgan, onasi Eson Davlat begim tuman beklaridan Sher Xonibekning qizi edi. Yunusxon Eson Davlat begimdan 3 qiz koʻrgan. Q. N. oʻrtancha qiz boʻlgan. Q. N. Umarshayx mirzoga uzatilgach, undan bir qiz (Xonzodabegim) va bir oʻgʻil (Zahiriddin Muhammad Bobur) koʻrgan. Dono, oqila, mehribon va vafodor bu ayol Boburning Temuriylar saltanatini inqirozdan saq-lab qolish maqsadidagi harakatlarida madadkor boʻlgan, darbadarlik vaqtlarida hamrohlik qilgan. Bobur Kobulni qoʻlga kiritgandan soʻng, 5—6 oy oʻtgach, Q. N. ich terlama kasaliga chalinadi va dunyodan koʻz yumadi. U Ulugʻbek tomonidan qurilgan Bogʻi Navroʻziyda dafn etilgan.
Qutlugʻ Nigorxonim | |
---|---|
Tavalludi | nomaʼlum |
Vafoti | iyun 1505 |
Otasi | Yunusxon |
Onasi | Eson davlat begim |
Adabiyot
tahrir- Zahiriddin Muhammad bobur, Boburnoma, T., 1989.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |