Sachratqi, oddiy sachratqi (Cichorium intybus L.) – murakkab guldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi shoxlanadi, serbarg, bargi 30—130 sm, pastki qismi oq tukli. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari havorang, barg qoʻltiqlarida kalta gulbandda tup-tup boʻlib, poya uchida esa yakka savatchasimon toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻq ildiz tuproqqa 1,5 m chuqur gacha kiradi. Sachratqi ildizida 20% gacha insulin bor (Yevropa mamlakatlarida dorivor ekin sifatida ekiladi). Mart-mayda oʻsa boshlaydi, iyul-okt.gacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Asosan, sugʻoriladigan ekinlar orasida (bedazorlarda juda koʻp) uchraydi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, yoʻl, dala, ariq yoqalari, bogʻlarda oʻsadi. Zararkunandalarga makon. Xalq tabobatida oftob urganda va sachrama toshmalarni davolashda poyasi qaynatmasi va kulidan foydalaniladi.

Cichorium intybus

Kurash choralari: beda urugʻini tozalash, paxta va boshqa chopiq qilinagan.

Manbalar

tahrir