Xalq tabobati
Xalq tabobati (anʼanaviy tibbiyot)[1] — xalq tomonidan toʻplangan, kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashda foydalaniladigan, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan empirik bilimlar yigʻindisi. Samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan xalq tabobati usullarining bir qismi zamonaviy tibbiyot tomonidan qabul qilingan. Xalq tabobati sehr, ezoterizm va muqobil elementlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Uning tarkibiga koʻpincha samarasiz yoki hatto xavfli davolash usullari ham kirgan. Xalq tabobati atamasi bir qatorda, anʼanaviy tibbiyot atamasi bilan bir xil maʼnoda uchraydi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan taʼriflangan „Anʼanaviy Tibbiyot“ atamasi Yin-Yang ta'limoti ustiga qurilgan: Xitoy An'anaviy Tibbiyoti (Zhong yi - 中醫), Yapon An'anaviy Tibbiyoti (Kampo - 漢方医学), Koreys An'anaviy Tibbiyoti (Koryo -고려의학); Dosha (Hiltlar) ustiga qurilgan Hindlarning Ayurveda (आयुर्वेद), Tibet An'anaviy Tibbiyoti (Soua Rigpa - (བོད་ཀྱི་གསོ་བ་རིག་པ), Siddha An'anaviy tibbiyoti (சித்தா), Yunonlar An'anaviy Tibbiyoti (Tibbi Yunani - طب یونانی - Gippokrat, Galen, Ibn Sino maktabi), Yevropaning An'anaviy Tibbiyotiga esa Antroposofik an'anaviy tibbiyot (Anthroposophical medicine) va Gomeopatiya Tibbiyoti (Homoeopathy), Folklor-Xalq Tabobatlariga esa Arab Badaviylarining Folklor Xalq tabobati va mahalliy tibbiyotning boshqa shakllari kabi Afrika va Lotin Amerikalaridagi Kuranderizm Tabobati (El curanderismo) sohalarga tegishli hisoblanadi. Anʼanaviy tibbiyot milliy sogʻliqni saqlash tizimiga kiritilmagan mamlakatlarda koʻpincha „Qoʻshimcha-o'rinbosuvchi Tibbiyot“, „Muqobil tibbiyot“, „Integratsion tibbiyot“ deb ham nomlanadi[2].
Tarixi
tahrirXVIII asrning oxirigacha xalq tabobati umumiy tibbiyotdan ajralib turmagan. Bazel shifokori Teodora Tsvingera ning „Sicherer und geschwinder Arzt, oder vollständiges Arznenbuch“ (1684) kitobida bu haqida aniq koʻrsatilgan. U asosan Gippokrat va boshqa qadimgi shifokorlarning „tana sharbatlarining nisbati“ haqidagi koʻrsatmalariga asoslanib faoliyat olib borgan. „Xalq tabobati“ atamasi dastlab XIX asrning birinchi yarmida nemis olimlarining tibbiy asarlarida paydo boʻlgan. Unda aholining oʻz sogʻligʻiga nisbatan oʻzi qanday choralar koʻrishini tasvirlab bergan, shuning uchun u faqat sehr va naturopatiyaga asoslangan tibbiyotni oʻz ichiga olmay, davolash usullarini ham birlashtirgan. Shunday qilib, bu atama kasalliklar va ularni qanday davolash kerakligi haqida odamlar orasida hukm surayotgan deyarli koʻrinmas turli xil gʻoyalarni oʻz ichiga olagan. Bu davrda shifokorlar aholining tibbiy tushunchalarini oshkor etishdan tortinmadilar va ularning bilimlarini birlashtirishni maqul topdilar. Jeremiah Gotthelf oʻzining „Anne Bäbi Jowäger haushaltet und wie es ihm mit dem Dokteren geht“ (1843 — 1844) asarida xuddi shunday yoʻl tutganini koʻrsatib beradi.
XIX asr oxirida tibbiyot yoʻnalishlariga ilmiy dalillarga asoslangan yondashuvni ishlab chiqqan „xalq tabobati“ tushunchasi kirib kela boshladi. XX asr oxiriga kelib xalq tabobati mamlakatlar orasida ham keng tarqaldi. Klassik tibbiyotdan farqli ravishda Xalq tabobati asosan irratsional anʼanaga asoslangan tibbiyot sifatida qoʻllanila boshladi.
Xalq tabobati tomonidan toʻplangan maʼlumotlar qadimgi dunyoning eng yirik shifokorlari — Bogar, Tirumular, Sushruta, Charaka, Vagbhata, Kashyapa, Nagarjuna, Amenhotep, Byan-Tsyue, Chjan Tszi, Rufus, Erasistrat, Pifagor, Aristotel, Disquridus, Gippokrat va Galen, Boquniy Yunoni, A. Sels, Zahraviy, Roziy, Abu Sahl Masihiy, keyinchalik — Ibn Sino, Muso Qurtubiy, Ibn Nafis, Al-Oqsaroyi, Chag'miniy, Muhammad Akbar Arzoni, Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy, Alixonto'ra Sog'uniy, Muhitdin Umarov asarlaridan olingan. Rossiya xalqlari xalq tabobatining xususiyatlarini XVIII asr oxirida ilmiy ekspeditsiya ishtirokchilari P. S. Pallas, V. F. Zuev, I. Gmelin, S. P. Krasheninnikov, I. I. Lepexin va boshqalar asarlaridan oʻrganishgan. Rus xalqlari XIX asrda rus klinik tibbiyotining asoschilari M. Ya. Mudrov, N. I. Pirogov, S. P. Botkin, G. A. Zaxarin va boshqalar xalq tabobatida qoʻllanadigan baʼzi texnika va dori-darmonlarni oʻz amaliyotlarida qoʻllashgan.
Xalq tibbiyotiga yondosh tarzda Ilmiy tibbiyot haqiqatda ishlaydigan anʼanaviy usullarni sinab koʻrish va qabul qilishni yoʻlga qoʻymoqda. Masalan koʻp yillik tajriba davomida (1969-yildan beri) Xitoy anʼanaviy tibbiyoti ikki mingdan ortiq oʻsimlik preparatlarini oʻrgangan va Tu Yuyu boshchiligidagi guruh bir yillik shuvoq oʻsimligidan artemisinin (lotincha: Artemesia annua) faol moddasini ajratib, bezgakka qarshi davo yaratdi. Ushbu preparatni yaratgani uchun 2015-yilda Tu Yuyu Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[3].
Bilimlarni yaratish va uzatish
tahrirXalq tabobati odatda jamoa, oila va shaxslar yig'ilguncha og'zaki ravishda uzatilgan. Ma'lum bir madaniyat doirasida mahalliy tibbiyot bilimlari elementlari ko'pchilik tomonidan ma'lum bo'lishi mumkin yoki shoman, doya kabi tabibning o'ziga xos rolida qo'llanilishi ko'zda tutiladi[4]. Uchta omil tabibning rolini qonuniylashtiradi - o'z e'tiqodlari, harakatlarining muvaffaqiyati va jamiyatning e'tiqodlari[5]. Mahalliy tibbiyotning da'volari madaniyat tomonidan rad etilganda ham, odatda uch tur tarafdorlari undan foydalanadilar - Xalq tabobati muhitida tug'ilgan va unda ijtimoiylashgan, doimiy e'tiqod qiluvchilar, inqiroz davrida unga murojaat qiladigan vaqtinchalik foydalanuvchilar va faqat o'ziga xos jihatlarga ishonadiganlar[6].
Etnologlar anʼanaviy tibbiyot faoliyati bilan shugʻullanish qarori uchun yana uchta sababni aniqlaydilar[7]:
- Yashash joyi yoki oilaviy aloqalar tufayli xalq tabobati anʼanalarida ishtirok etish. Bunday holda, mavjud texnika va koʻnikmalar meros boʻladi, qoʻshimcha taʼlim olish va davlat roʻyxatidan oʻtish koʻpincha kasbiy faoliyatni kengaytirish va uni qonuniylashtirish zarurati bilan bogʻliq;
- Psixologik yoki jismoniy jarohatlar natijasida yuzaga kelgan dunyoqarashning keskin oʻzgarishi, gʻayrioddiy qobiliyatlarning paydo boʻlishi hissining paydo boʻlishi kabi holatlarda oʻz oʻzini ruhiy davolash. Ushbu holatlarda oʻzini sogʻlomlashtiruvchi va mafkuraviy tizimi yaratiladi va bu faqat shifokorning koʻrsatmalariga bogʻliq boʻlib qolmaydi;
- Oʻz-oʻzini takomillashtirish va shu asosda sogʻlom turmush tarzi tizimini yaratish;
Tanqid
tahrirJahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hozirda an'anaviy, o'rinbosuvchi va integral tibbiyotdan foydalanishni tavsiya etmoqda va bundan tashqari baʼzi anʼanaviy tibbiyot usullarining xavfsizligi, samaradorligi va sifatini baholashda dalillarga asoslangan yondashuvni aniqlash ustida ishlanmoqda[8].
Xavfsizlik
tahrirDunyo aholisining 80%i 130 dan ortiq mamlakatlarda xalq tabiblari faoliyati va ularning usullari bilan bogʻliq xavf-xatarlarni tartibga soluvchi boʻlimlar mavjud. Aholi orasida tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan dori-darmonlar xavfsizroq degan fikr keng tarqalgan, ammo bu har doim ham toʻgri emas[9]. Bundan tashqari, koʻplab xalq tabobati amaliyotlari samaradorligi isbotlanmagan yoki hatto kasallikni yomonlashtirishi mumkin boʻlgan amaliyotlarni ham oʻz ichiga oladi[10][11] .
Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarni yoʻq qilish
tahrirBaʼzi xalq tabobati amaliyotlarida noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlardan tayyorlangan preparatlar qoʻllanadi. Ulardan: sekin lorislar, akulalarning ayrim turlarining qanotlari[12], karkidon shoxlari, Amur yoʻlbarslarining tana qismlari va boshqalar dori tayyorlashda ishlatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda brakonerlik keng tarqalgan boʻlib, ular xalq tabobatida qoʻllanadigan hayvonlar va oʻsimliklarni qazib olish, ovlashga ixtisoslashgan.
Avstraliya buta dori
tahrirAvstraliya aborigenlari va Torres bo'g'ozi orollari aholisi tomonidan qo'llaniladigan buta po'stlog'i, barglari va urug'laridan dori-darmon tayyorlanadi, ammo hayvonot mahsulotlari ham ishlatilishi mumkin[13]. Xalq tabobatining asosiy tarkibiy qismi o'simlik dori-darmonlari bo'lib, kasallikni davolash yoki oldini olish uchun tabiiy o'simlik moddalaridan foydalanishdir[14].
Uy davolari
tahrirUy davosi (ba'zan buvining davosi deb ham ataladi) muayyan ziravorlar, o'tlar, sabzavotlar yoki boshqa oddiy narsalar yordamida kasalliklarni davolash. Uyda davolanishda kasallikka qarshi qo'llanilayotgan usullar yoki dardni davolovchi manbalar dorivor xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin yoki bo'lmasligi ham mumkin. Chunki ular odatda oddiy odamlar tomonidan yaratiladi (buni so'nggi yillarda Internet orqali osonlashtirmoqda). Xalq tabobati dorilarining ko'pchiligi faqat an'ana yoki odat natijasida yoki platsebo ta'sirini qo'zg'atishda samarali bo'lgani uchun ishlatiladi[15].
Sovuq yoki yengil gripp kabi nafas olish yo'llari infektsiyalarini davolash uchun tovuq sho'rvasidan foydalanish uy sharoitida davolanishning eng mashhur usullaridan biridir. Uyda davolanishning boshqa misollariga singan suyaklarni o'rnatishga yordam beradigan yopishqoq lentalar ham kiradi. Tarixiy oshpazlik kitoblari ko'pincha dispepsiya, isitma va ayollar shikoyatlarini davolash usullariga to'la[16]. Aloe vera o'simlikining tarkibiy qismlari teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi[17]. Ko'pgina Yevropa likyorlari yoki hazm qilish vositalari dastlab dorivor vositalar sifatida sotilgan. Xitoy xalq tabobatida shifobaxsh konjelar (o'tlar bilan uzoq vaqt pishirilgan guruch sho'rvalari), ovqatlar va sho'rvalar davolash amaliyotining bir qismidir[18].
Manbalar
tahrir- ↑ Сорокина 2013.
- ↑ Стратегия ВОЗ 2001.
- ↑ Алексей Куденко. „От народной китайской медицины — к Нобелевской премии“. ИноСМИ (2015-yil 10-oktyabr). 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
Annie Bligh (University of Westminster). „How traditional Chinese medicine drove the discovery of a Nobel-winning anti-malarial drug“ (en). The Conversation (2015-yil 7-oktyabr). 2019-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar. - ↑ Acharya, D. Indigenous Herbal Medicines: Tribal Formulations and Traditional Herbal Practices. Jaipur: Aavishkar Publishers, 2008. ISBN 978-81-7910-252-7.
- ↑ Maurice Mwu, Eric Gbodossou. „ALTERNATIVE MEDICINE: NIGERIA The role of traditional medicine“. The Lancet (2000-yil dekabr).
- ↑ Laguerre, Michel S.. Afro-Caribbean folk medicine. New York: Bergin & Garvey, 1987. ISBN 978-0-89789-113-4.
- ↑ Ларионова 2005.
- ↑ WHA62.13 2009.
- ↑ „National Policy on Traditional Medicine and Regulation of Herbal Medicines - Report of a WHO Global Survey“. World Health Organization (2016-yil aprel). 2009-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-yanvar.
- ↑ Оксана Прилепина. „Чем опасна «народная медицина»?“. Российская газета (2007-yil 18-may). 2013-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ Марина Слета. „Альтернативная медицина: чего больше — пользы или вреда?“. medpulse.ru. ООО «Правда.Ру» (2008-yil 27-oktyabr). 2012-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
- ↑ „Traditional medicines continue to thrive globally“. CNN. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-aprel.
- ↑ „Traditional Aboriginal Bush Medicine“. Aboriginal Art Online. 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun.
- ↑ „Select Your Library - Credo Reference“. search.credoreference.com. Qaraldi: 2015-yil 17-aprel.
- ↑ „Placebo Effect: A Cure in the Mind“. Scientific American (february–march 2009).
- ↑ Catherine Esther Beecher Mrs. Beecher's Housekeeper and Healthkeeper 1874. Retrieved on 2007-11-05.
- ↑ Sidgwick, G. P; McGeorge, D; Bayat, A (2015). "A comprehensive evidence-based review on the role of topicals and dressings in the management of skin scarring". Archives of Dermatological Research 307 (6): 461–477. doi:10.1007/s00403-015-1572-0. PMID 26044054. PMC 4506744. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4506744.
- ↑ Prince Wen Hui's Cook Bob Flaws and Honora Wolf 1985