Salvatore Schillaci
Salvatore Schillaci (italyancha: Salvatore Schillaci; 1-dekabr 1964-yilda tugʻilgan — 18-sentyabr 2024) – odatda Totò Schillaci nomi bilan tanilgan[3][4], italiyalik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Klublardagi faoliyati davomida Schillaci Messina (1982—1989), „Juventus“ (1989—1992), „Internasionale“ (1992—1994) va Jubilo Ivata (1994—1997) klublarida oʻynagan[5].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Salvatore Schillaci | ||
Tavallud sanasi | 1-dekabr 1964-yil | ||
Tavallud joyi | Palermo, Italiya | ||
Vafot sanasi |
18-sentyabr 2024-yil (59 yoshda) | ||
Vafot joyi | Palermo, Italiya | ||
Boʻyi | 1.73 m (5 ft 8 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1981 | AMAT Palermo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1982–1989 | Messina | 219 | (61) |
1989–1992 | Juventus | 90 | (26) |
1992–1994 | Internazionale | 30 | (11) |
1994–1997 | Júbilo Iwata | 78 | (56) |
Total | 417 | (154) | |
Milliy terma jamoa | |||
1989 | Italiya U21 | 1 | (0) |
1989 | Italy B[2] | 1 | (0) |
1990–1991 | Italiya | 16 | (7) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Terma jamoa miqyosda Schillaci 1990-yilgi FIFA Jahon chempionatining kutilmagan yulduzi boʻlgan. Salvatore turnir davomida Italiya terma jamoasiga oʻz mezbonligada oʻtgan mundialda uchinchi oʻrinni egallashida katta xizmat qilgan. Italiyaning birinchi oʻyinida zahiradan tushgan Shillaci jahon chempionati davomida oltita gol urgan va turnirning eng yaxshi toʻpurariga beriladigan „Oltin butsa“ qoʻlga kiritgan. Musoboqaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan „Oltin toʻp“ tanlovida birinchi egallagan bo'lsa, Lothar Matthäus ikkinchi va Diego Maradona uchinchi oʻrinni egallagan[6]. Oʻsha yili Salvatore 1990-yilgi „Oltin toʻp“ sovrinida ham Matteusdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirMilliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 1990-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 16ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.[7] 1990-yilgi Jahon chempionati musobaqalari ishtirokchisi hisoblanadi.
Shaxsiy hayot va oʻlim
tahrirShillasining jiyani Francesco Di Mariano va amakivachchasi Antonio Maurizio Schillaci ham professional futbol oʻynashgan[8][9]. Ikki marta uylangan va uch farzandi bor edi[10]. Salvatore oʻzini Rim-katolik deb hisoblagan[11].
Schillaciga 2022-yilda yoʻgʻon ichak saratoni tashxisi qoʻyilgan[12]. 2024-yil sentyabr oyida u atriyal aritmiya bilan kasalxonaga yotqizilgan[13]. Schillaci 2024-yil 18-sentyabr kuni ertalab 59 yoshida vafot etdi. Milanning „Inter“ klubi Schillaciga hurmat koʻrsatib: „U 90-yillarda Italiyaning Sehrli kechalarida butun xalqni orzu qilishga majbur qilgan“ degan bayonot bergan[14].
Statistika
tahrirTerma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Italiya | 1990 | 12 | 6 |
1991 | 4 | 1 | |
Jami | 16 | 7 |
- Hisob va natijalar birinchi navbatda Italiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1990-yil 9-iyun | Stadio Olimpico, Rim | Avstriya | 1–0 | 1–0 | FIFA Jahon chempionati 1990 |
2 | 1990-yil 19-iyun | Stadio Olimpico, Rim | Chexoslovakiya | 1–0 | 2–0 | FIFA Jahon chempionati 1990 |
3 | 1990-yil 25-iyun | Stadio Olimpico, Rim | Urugvay | 1–0 | 2–0 | FIFA Jahon chempionati 1990 |
4 | 1990-yil 30-iyun | Stadio Olimpico, Rim | Irlandiya | 1–0 | 1–0 | FIFA Jahon chempionati 1990 |
5 | 1990-yil 3-iyul | Stadio San Paolo, Naples | Argentina | 1–0 | 1–1 (q.v, 3–4 pen.) | FIFA Jahon chempionati 1990 |
6 | 1990-yil 3-iyul | Stadio San Nicola, Bari | Angliya | 2–1 | 2–1 | FIFA Jahon chempionati 1990 |
7 | 1991-yil 5-iyun | Ullevaal Stadion, Oslo | Norvegiya | 1–2 | 1–2 | UEFA Yevro-1992 saralashi |
Manbalar
tahrir- ↑ „Schillaci Sig. Salvatore“ [Schillaci Mr. Salvatore] (it). Quirinale. Presidenza della Repubblica Italiana. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ Courtney, Barrie „England – International Results B-Team – Details“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2014-yil 22-may). Qaraldi: 2017-yil 21-aprel.
- ↑ Bedeschi, Stefano „Gli eroi in bianconero: Salvatore SCHILLACI“ (it). Tutto Juve (2013-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 23-iyul.
- ↑ „Salvatore Schillaci: A story that will burn forever in memory of those who experienced it“. BBC Sport (2024-yil 18-sentyabr).
- ↑ „Salvatore Schillaci“. 2014-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-noyabr.
- ↑ Salvatore Schillaci Statistics FIFA. Retrieved 25 January 2010.
- ↑ Salvatore Schillaci National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „Semi-finalist profile: Roma“ (2015-yil 8-aprel).
- ↑ „Salvatore Schillaci cousin became a beggar - both have major health problems“. Tribuna.com (2024-yil 14-sentyabr).
- ↑ „Totò Schillaci: età, moglie, figli e carriera dell'ex calciatore“ (it). tag24.it (2023-yil 5-mart).
- ↑ Giordano, Lucio (11 August 2023). „Ho ricominciato a credere in Dio quando ho avuto paura di morire“. Dipiù (italyan). № 32. 86–89-bet.
- ↑ „Italy great Schillaci hospitalized in Palermo“. TSN.ca (2024-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Salvatore Schillaci: Italy's World Cup icon dies aged 59“. BBC Sport (2024-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Totò Schillaci, Italy's goalscoring hero of 1990 World Cup, dies aged 59“. The Guardian (2024-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
- ↑ Salvatore Schillaci National-Football-Teams.com saytida
Havolalar
tahrirVikiomborda Salvatore Schillaci haqida turkum mavjud |
- Salvatore Schillaci IMDbda
- Salvatore Schillaci National-Football-Teams.com saytida
- Salvatore SchillaciJ liga saytida (arxivlangan) (yaponcha)