Sayfiddin Boharziy maqbarasi
Sayfiddin Boharziy maqbarasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (XIII—XIV-asrlar). Buxoroning sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei)da 2 maqbara — Bayonqulixon maqbarasi va Sayfiddin Boharziy maqbarasi bunyod etilgan.
Sayfiddin Boharziy maqbarasi | |
---|---|
Sayfiddin Boharziy maqbarasi (2020-yil) | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | davlat himoyasida |
Turi | maqbara |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Sayfiddin Boharziy maqbarasi Vikiomborda |
Sayfiddin Boharziy maqbarasining kichik goʻrxonasi (XIII asr ikkinchi yarmi) va ziyoratxonasi (XIV asr ikkinchi yarmi) charxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq chuqur ravoqli, 2 yoniga guldastalar ishlangan. Peshtoq va guldasta oraligʻidagi yassi mehrobiy tokchalarga tuynuklar qilingan. Peshtoq yuqorisida ravoqli darchalar bor. Ziyoratxona va goʻrxona ichidagi gumbaz osti bagʻali 8 va 16 qirrali muqarnas bezaklar bilan toʻldirilgan. Maqbaraga Shayx Sayfiddin Boharziy, uning 2 oʻgʻli Jamoliddin Muhammad va Mazhariddin Mutahhar, shuningdek, nevarasi Abu Mufaxir Yahyo, evaralari Xovand Burhoniddin, Ruhiddin Shayx Dovudlar dafn etilgan. Amir Temur Buxoroga tashrif buyurganda Shayx qabrini albatta ziyorat qilgan. Uning farmoni bilan maqbara obod qilinib, ziyoratxona va sharqiy peshtoq qurilgan. Shayx qabri ustidagi yogʻoch sagʻananing yasalish uslubi, zarhal bezaklari Amir Temur davri yogʻoch oʻymakorligi sanʼatining noyob yodgorligi hisoblanadi. Sagʻanada tugʻilgan va vafot etgan sana, Qurʼondan oyatlar, Shayxni madh etuvchi madhiyalar, rangbarang naqshlar oʻzaro uygʻunlashgan. Mustaqillikdan keyin Sayfiddin Boharziy maqbarasi qayta taʼmirlanib, yodgorlik atrofida goʻzal Fathobod bogʻi bunyod etildi.
Adabiyot
tahrir- Nemseva N.B., Xanaka Sayfaddina Baharzi v Buhare, Buhara, 2003.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |